Ichki nazoratni tashkil qilishga xalqaro talablar. Reja ichki nazorat tizimi va ichki auditga qo’yilgan talablar Ichki nazoratning turlari



Download 270,69 Kb.
bet5/9
Sana14.04.2023
Hajmi270,69 Kb.
#928514
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ichki nazoratni tashkil qilishga xalqaro talablar.

2. Ichki nazoratning turlari

Ichki nazorat tizimi quyidagi omillar ta’siri ostida bo’ladi:

  • Boshqaruvning ichki nazoratga bo’lgan munosabati;

  • Korxona faoliyatining ichki sharoitlari, uning hajmi, ko’lami va faoliyat turi;

  • Uning soni va hududiy jihatdan har xil joylashganligi, uning bir qismli yoki shuba korxonalariga ega bo’lishi;

  • Maqsad va vazifalarining strategik o’rnatilganligi;

  • Faoliyatning mexanizatsiyalashganligi va kompyuterlashganligi darajasi;

  • Resurs bilan ta’minlanganligi;

  • Xodimlar tarkibining bilim darajasi;

Ichki nazorat quyidagicha tashkil etilishi mumkin:

  1. yillik hisobotni tasdiqlash maqsadida yig’ilgan aktsiyadorlar yig’ilishida saylangan taftish komissiyasi shaklida;

  2. bevosita rahbarga buysunuvchi ichki audit bo’limi shaklida

  3. nazorat guruxi shaklida

  4. inventarizatsiya bo’limi shaklida;

  5. ichki audit tekshiruvini o’tkazish uchun auditorlik tashkiloti bilan shartnoma shaklida bo’lishi mumkin.

Savol: korxona rahbariga yoki boshqaruviga ichki audit kerakmi? Korxonalarda hozirda an’anaga ko’ra faoliyat ko’rsatayotgan ichki nazorat xizmati va nazorat-taftish xizmati foydaliroqmi? (shuni ta’kidlash keraki hozirda G’arb mamlakatlari korxonalarning amaliyotida ichki audit xizmati ko’proq tarqalgan; ichki nazorat xizmati kam qo’llaniladi va nazorat-taftish xizmati esa umuman qo’llanilmaydi.
Korxonaga nechta nazorat organi kerakligi va qaysi biri muhimroq ekanligini korxona rahbari va menejeri aniqlaydi. Qaror qabul qilishda korxonaning nazorat bo’limi muhim ahamiyatga egadir, agar ichki nazorat yoki risklarni boshqarish tizimi to’g’ri yo’lga qo’yilmagan yoki samarasiz ishlayotgan bo’lsa, ichki audit faoliyatning maydoni keskin torayib boradi, chunki uning vazifasi ichki nazorat tizimining samarani baholashdan iboratdir. Bu holatda korxona menejerining asosiy vazifasi korxonada nazorat tizimini takomillashtirish hisoblanadi.
Taftish. Korxonada ichki nazorat tizimini ishlab chiqish jarayoni murakkab va uzoq vaqtni oladi hamda korxonada nazorat taftish bo’limi tashkil etilishi zaruriyati tug’iladi, bu holatda nazorat-taftish xizmati xatoliklarni yoki lavozimni suiste’mol qilinishi xolatlari yuzaga kelishini aniqlaydi. Shuni ta’kidlash joizki, taftish faoliyati amalga oshirib bo’lingan faoliyat ustidan o’tkaziladi. Ichki audit esa korxonaning umumiy istiqbolini ko’ra oladi va kelgusida bo’lishi mumkin bo’lgan hodisalarni tahlil qiladi. Boshqacha qilib aytganda, taftish ishlari bo’lib o’tgan kamchiliklar bo’yicha xulosa beradi, ichki audit esa imkoniyatni baholaydi hamda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan riskni kamaytirishga hamda salbiy oqibatlarga olib kelmaslikni oldini olish bo’yicha takliflar beradi. Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, korxonada ichki taftish tizimining mavjudligi ichki auditning keragi yo’q degan fikrni inkor etadi.
Shtat bo’yicha ichki audit xizmati. Ichki audit xizmatining korxona rahbarlariga bo’ysunishiga har xil yondashiladi. Eng yaxshi yo’l ichki audit xizmati boshlig’ining kuzatuv kengashi bo’ysunishidir. Aynan shunday yondashish zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillariga to’g’ri keladi. Bu vaziyatda ichki audit tizimining ijro boshqaruvidan mustaqilligi ancha oshadi. Bu holatda ichki audit xizmati salohiyatidan maksimal darajada foydalanish imkonini beradi. Har xil sabablarga ko’ra bu variantni amalga oshirish imkoni bo’lmasa, ichki audit xizmati direktorlar kengashiga bo’ysunadi.
Ichki audit xizmatining tarkibiy tuzilishi va xodimlari soniga aniq bir cheklov berilmagan, bu quyidagi omillarga ko’ra har xil bo’ladi: birinchi omil bu korxonaning ichki audit oldiga qo’ygan vazifasi. Ikkinchi omil bu ichki audit xizmatining tuzilishiga ta’sir etuvchi omillar, korxonaning xar xil turdagi risklarga duch kelganligi. Uchinchi omil korxonada nazorat tizimining yetukligi. To’rtinchidan, korxona shohobchalarining ko’pligi va har xil joyda joylashganligi.
Ichki audit xizmati tizimini ishlab chiqishdan oldin, avvalo ichki audit xizmatining ob’ektivligini hamda erkinligini ta’minlash lozim. Sho’’balari ko’p va har xil joyda joylashgan xolding kompaniyalari uchun markazlashgan ichki audit xizmati to’g’ri keladi. Uning xodimlari hududiy holatda korxonaning bosh ofisida yoki sho’’ba korxonalarida joylashishi mumkin. Ammo nima bo’lganda ham ular funktsional ravishda korxonaning rahbariga bo’ysunadi. Ichki audit xizmati ishchilarning markazlashgan strukturasi korxonaning qaysi bir filial yoki sho’’basida joylashmasin, korxonaning ichki audit xizmati boshlig’iga yoki korxona rahbariga bo’ysunadi. Bu turdagi korxonalarga boshqaruv kuchsizlanish ehtimoli yuzaga keladi hamda ichki audit xizmatining erkinligi va ob’ektivligida yuzaga kelish mumkin bo’lgan riskni kamaytiradi.
Autsorsing va kosorsing. Ichki audit tekshiruvidan tashqari tekshiruvchi, chetdan audit tekshiruvi bo’yicha shug’ulanuvchi korxonani jalb qilgan holda yoki tashqi maslahatchi jalb qilish orqali amalga oshirish ham mumkin. Bu autsorsing variantidir, ammo korxonaning ichki audit masalalarini tashqi audit hal etishiga tavsiya etilmaydi. Yana kosorsing varianti ham mavjud bo’lib bunda korxona ichki audit xizmati tizimini tashkil etishi va ba’zi hollarda tashqi ekspert korxonalarini yoki tashqi maslahatchilarni jalb qilish mumkin. Autsorsing va kosorsindan foydalanishning afzalligi quyidagicha:

  • Har xil doiradagi ekspertlar xizmatidan foydalanish;

  • Yuqori malakali audit xodimlari xizmatidan foydalanish;

  • Audit resurslarini jalb qilishda tanlay olish.

Autsorsing va kosorsingdan foydalanish ko’pgina korxonalarga ma’qul keladi, chunki ko’pgina yirik va kichik korxonalar o’zining shaxsiy audit xizmati tizimini tashkil eta olmaydi Ichki audit tizimini tashkil etish qo’shimcha xodimlarini jalb etish, ularga sharoitlar yaratishni talab etadi. Bu esa korxonaga moliyaviy zarar keltiradi.
Tashqi va ichki nazorat bir - biriga bog’liqligi nazoratni yagona tizim
ekanligini bildiradi. Shu bilan birga tashqi va ichki nazorat o’rtasida quyidagi
farqlar mavjud.
1. Nazoratni majburiyligi. O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya
hisobi to’g’risida»gi Qonuniga asosan tashkilotlar yillik buxgalteriya hisoboti bilan
auditorlik xulosasi topshirilishi kerak.
Qolgan holatlarda auditorlik tekshiruvlari tashqi nazorat bo’lganligi uchun
ixtiyoriydir. Buni korxona rahbarining qaroriga asosan o’tkaziladi.
Ichki nazorat har bir korxona uchun uni tashkiliy - xuquqiy formasiga,
mulkchiligidan qat’iy nazar, hajmiga va tarmoqqa bo’ysinishidan qat’iy nazar
majburiy.
2. Nazoratni tashkil kilish maksadi. Tashqi auditni maqsadi -tashkilotning buxgalteriya hisobini, xisobot ko’rsatkichlarini tashqi foydalanuvchilar uchun ishonchliligini tasdiqlash. Auditor tekshirishni yakunlab auditorlik xulosasini bersa maqsadga erishilgan bo’ladi. Ichki nazoratni maqsadi -korxonaning barcha xodimlarini o’zlariga birkitilgan vazifalariga amal qilishlarini ta’minlash. Ichki nazoratni maqsadiga erishishi doimiy.



3. Axborotlardan foydalanuvchilar. O’tkazilgan tashqi audit axboroti
natijalaridan foydalanuvchilar tashqi foydalanuvchilar.
O’tkazilgan ichki nazoratni axborotlari ichki foydalanuvchilar uchun tayyorlanadi,
xususan tashkilot boshqaruvchisi va menejerlar uchun.
4. Tanlash erkinligi. Mustaqil tashqi audit auditorlik faoliyati to’g’risidagi
qonun asosida tashkil qilinib, uning asosiy tamoyillari, maqsadi, izlanish tartibi,
auditorlik dalillarini to’plash, natijalarni yoritish, tekshirilayotgan tashkilot rahbari
bilan birgalikda ish olib borish ko’rsatilgan. Tashqi nazorat ma’lum bir ma’noda
markazlashtirilgan va belgilab qo’yilgan.
Ichki nazorat tashkilot boshqaruvining maqsadi va vazifalaridan kelib
chiqqan holda tashkil qilinadi. Davlat tomonidan ichki nazoratni asosiy
yo’nalishigina belgilab beriladi - xatlovdan o’tkazish tartibi, xujjatlashtirishni
tashkillashtirish qoidalari, analitik hisobni yuritish tavsiyalari, boshqaruv lavozim
majburiyatlarini aniqlash va boshqalar.



2-chizma. Ichki nazorat usullari2


Download 270,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish