Ii-1-mavzu. Yassi ramalarni ko’chishlar usuli bilan hisoblash ma’ruza rejasi


Ko’chishlar usulining asosiy tizimi



Download 263,17 Kb.
bet4/5
Sana28.06.2022
Hajmi263,17 Kb.
#716800
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-maruza.YASSI RAMALARNI KO’CHISHLAR USULI BILAN HISOBLASH

3. Ko’chishlar usulining asosiy tizimi.
Ko’chishlar usulida asosiy tizim berilgan ramadan tugunlarining burchakli va chiziqli ko’chishlariga qarshilik ko’rsatuvchi ikki xil bog’lanishlar kiritish yo’li bilan hosil qilinadi. Birinchi xil bog’lanishlar bikr bog’lanishlar bo’lib, faqat tugunlarning burchakli ko’chishlariga qarshilik ko’rsatadi. Ikkinchi xil bog’lanishlar sterjenlar bo’lib, tugunlarning chiziqli ko’chishlariga imkon bermaydi. Demak, ko’chishlar usulining asosiy tizimi berilgan rama tugunlarining burchakli va chiziqli ko’chishlarini cheklash orqali hosil qilinadi. Ko’chishlar usulida rama uchun yagona asosiy tizimni ko’rsatish mumkin (kuchlar usulida ramaning asosiy tizim variantlari cheksiz ko’p bo’lar edi).
4-misol. 3,a-shakl va 4,a-shakllarda ko’rsatilgan rama sxemalari uchun ko’chishlar usulining asosiy tizimini ko’rsating.
3,a-shakldagi rama erkinmas ramalar guruhiga kiradi. Bunday ramaning asosiy tizimini hosil qilish uchun 1, 2 va 3-tugunlarining burchakli ko’chishlardan cheklovchi uchta qo’shimcha bog’lanish o’rnatiladi (5,a-shakl).
1.5-shakl
4,a-shakldagi rama erkin ramalar guruhiga kiradi. Bunday ramaning asosiy tizimini hosil qilish uchun 1, 2 va 3-tugunlarining burchakli ko’chishlardan cheklovchi uchta qo’shimcha bog’lanishdan tashqari shu tugunlarning gorizontal yo’nalishda ko’chishini bog’lab turuvchi to’rtinchi qo’shimcha bog’lanish (5,b-shakl) o’rnatiladi.
4. Ko’chishlar usulining kanonik tenglamalari.
Berilgan rama va uning ko’chishlar usulidagi asosiy tizimi orasida ikki xil farq bor:
**Deformatsiya farqi.
**Kuch farqi.
Deformatsiya farqi shundan iboratki, berilgan rama tugunlarida tutashgan sterjenlar tashqi yuk ta’sirida deformatsiyalanadi – ularning chekka kesimlari
φi-- burchakka buriladi va ustunlar uchi esa ∆i-- masofaga ko’chadi. Ramaning asosiy tizimida mazkur deformatsiyalar nolga teng, chunki qo’shimcha bog’lanishlarni o’rnatish orqali ularning hosil bo’lishi cheklab qo’yildi. Yuqoridagi farqni yo’qotish uchun ramaning asosiy tizimidagi qo’shimcha
bog’lanishlarni birin-ketin navbati bilan tugunlardan olib tashlab, tugunlarga kinematik ta’sir qilinadi, ularning har biri tegishli φi- burchakka buriladi va ∆i-- masofaga ko’chiriladi. Shundan keyin tugun qaytadan mahkamlab qo’yiladi. Natijada, asosiy tizimning deformatsiyalangan holati berilgan ramaning deformatsiyalangan holatiga mos keladi.
Kuch farqi shundan iboratki, ramaning asosiy tizimiga o’rnatilgan qo’shimcha bog’lanishlarda tashqi yuk va kinematik (φi, ∆i) ta’sirlarida Ri reaksiya kuchlari paydo bo’ladi. Bu kuchlar berilgan ramada yo’q, chunki unda bog’lanishlar yo’q. Bu farqni yo’qotish uchun asosiy tizimga ta’sir qilinadigan (φi, ∆i) ko’chishlar miqdori va yo’nalishi shunday tanlab olinadiki, asosiy tizimning qo’shimcha bog’lanishlarda hosil bo’ladigan reaksiyalari ham nolga teng bo’ladi.
Yuqoridagi shartlar matematik ko’rinishda quyidagicha ifodalanadi:
(1.4)
Bu yerda: Ri-- asosiy tizimnng i- bog’lanishda hosil bo’ladigan reaksiyasi
(moment yoki kuch); n- ramaning kinematik aniqmaslik darajasi.
(1.4) da ko’rsatilgan har bir reaksiya – bu tashqi yuk va miqdori, yo’nalishi
noma’lum bo’lgan kinematik ta’sirlardan hosil bo’lgan reaksiyalarning
algebraik yig’indisiga teng bo’ladi. Ko’chishlar usulida noma’lum kinematik
ta’sirning miqdori Z harfi orqali yoziladi. Shularni hisobga olib (1.4) quyidagi
ko’rinishga olib kelinadi:

(1.5)
Materiallar qarshiligida qabul qilingan mustaqillik prinsipiga asosan (1.5) yoyib ko’rsatiladi:
(1.6)
Materiallar qarshiligida qabul qilingan proporsionallik prinsipiga asosan (19.6) dagi noma’lumlardan hosil bo’ladigan reaksiyalarni quyidagi ifoda orqali almashtiriladi:
(1.7)
Bu yerda: rij-i- qo’shimcha bog’lanishda Z=1 bo’lgan kinematik ta’sirdan hosil
bo’ladigan reaksiya. (1.7) ni hisobga olib, (1.6) ni kanonik ko’rinishga olib
kelinsa, ko’chishlar usulining kanonik tenglamalar sistemasiga ega bo’linadi:
(1.8)
(1.8) sistemaning bosh diagonali bo’yicha joylashgan birlik reaksiyalar rij-- ni bosh reaksiyalar yoki bosh koeffitsiyentlar, bosh diagonaldan tashqarida joylashgan reaksiyalar rik ni yordamchi reaksiyalar (koeffitsiyentlar) deyiladi. Birlik reaksiyalarning o’zaro bog’lanish teoremasiga asosan bosh diagonalga nisbatan simmetrik bo’lgan koeffitsiyentlar bir-biriga teng bo’ladi:
(1.9)
Birlik reaksiyalar bosh diagonalga nisbatan ma’lum qonun bo’yicha joylashgani sababli (1.8) tenglamalar sistemasini ko’chishlar usulining kanonik tenglamalar sistemasi deyiladi,
lar ozod hadlar yoki yuk reaksiyalari deyiladi.
Asosiy tizimning bog’lanishlaridagi birlik reaksiyalar va ozod hadlar hisoblangandan so’ng ular kanonik tenglamalar sistemasiga qo’yiladi. Hosil bo’lgan algebraik tenglamalar sistemasi Gauss usuli yoki boshqa usul bilan yechilib noma’lum ko’chishlar aniqlanadi.

Download 263,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish