Ii asosiy qism 1 Kaliforniya qalqondorining morfologik belgilari


Tarqalishi. Oziqlanadigan o‘simliklari va zarari



Download 0,61 Mb.
bet4/5
Sana16.04.2022
Hajmi0,61 Mb.
#555774
1   2   3   4   5
Bog'liq
KALIFORNIYA QALQONDORI

2.3 Tarqalishi. Oziqlanadigan o‘simliklari va zarari.




Ma’lumki yangi hududlarga kaliforniya qalqondori ekuv materiallari bilan tarqaladi.
Hududiy kengayishi shamol yordamida amalga oshiriladi.
Shuning uchun shamolning tezligi, yo‘nalishi va relfning joylashuvi katta ahamiyatga ega.
Vodiylarda qalqondor tog‘li hududlarga nisbatan tezroq tarqaladi.Ular asosan tig‘iz qilib ekilgan (intensiv tipdagi) bog‘larda tez tarqaladi.
Kaliforniya qalqondori turli o‘simliklarni zararlaydi—daraxtlar, butalar va o‘t o‘simliklari.
Kaliforniya qalqondori o‘rmon o‘simliklariga nisbatan mevali o‘simliklarni olma, nok, olxo‘ri, qizilni ko‘proq zararlaydi (7 rasm).

7-rasm.Kaliforniya qalqondori:


1,2-daraxt shoxlaridagi erkak va urg‘ochi qalqondor
koloniyalari.

O‘t o‘simliklaridan loviya, sabzi, chirmovuq va oshqovoqda ko‘proq uchraydi va vegetatsiya davrining oxirigacha rivojlanib, mavsum tugashi bilan ushbu o‘tlar qatori halok bo‘ladi.


Qalqondorlar bilan zararlangan o‘simlik mevalarida, shoxlarida, yosh novdalar po‘stlog‘ida qizil dog‘larning paydo bo‘lishi xarakterli belgi hisoblanadi.
Eski po‘stloqlarda qizil dog‘lar ko‘rinmaydi, bo‘ylamasiga qarab kesilganda ko‘kish yoki qo‘ng‘ir rangdagi dog‘larni ko‘rish mumkin, yuza qismida esa qalqondor oziqlanayotgan qismlarda qorayishlarni kuzatish mumkin. Po‘stloq ustida dog‘lar bilan bir qatorda chuqurchalar va shishlar paydo bo‘ladi, shu sababli po‘stloq notekis holga kelib qoladi.
O‘simlik uzoq muddat qalqondor bilan zararlansa nafaqat po‘stloqlar, balki ichki to‘qimalar ham zararlanib o‘simlikning sog‘lom bo‘lib o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Natijada yoriqlar paydo bo‘ladi, po‘stloq to‘rsimon bo‘lib qoladi va eski daraxtlar po‘stlog‘iga o‘xshab qoladi.
Qalqondorlar koloniyasining uzoq muddat o‘simlikni zararlashi natijasida ayrim po‘stloq qismlarining, shoxlarining va butun daraxt tanasining qurib qolishiga olib keladi.
Mevalardagi qizil dog‘lar kaliforniya qalqondoriga o‘xshash qalqondorlar ta’sirida ham bo‘lishi mumkin.
Bunday dog‘lar odatda mevalar ustida tarqoq holda bo‘ladi.
Kaliforniya qalqondorida esa to‘p to‘p bo‘lib joylashganligi bilan farqlanadi.
Ularni to‘g‘ri aniqlash uchun entomologik laboratoriyaga jo‘natish lozim.



Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish