Ii asosiy qism 1 Kaliforniya qalqondorining morfologik belgilari


Kaliforniya qalqondorining rivojlanishi



Download 0,61 Mb.
bet3/5
Sana16.04.2022
Hajmi0,61 Mb.
#555774
1   2   3   4   5
Bog'liq
KALIFORNIYA QALQONDORI


2.2 Kaliforniya qalqondorining rivojlanishi




Kaliforniya qalqondori yiliga to‘liq ikki marta avlod beradi Uchunchi avlodi iqlim sharoitlaridan kelib chiqib qisman yoki to‘liq rivojlanishi mumkin.
Birinchi yoshdagi lichinkasi pishiq qora qalqon ostida qishlaydi. Havo harorati o‘rtacha +7,3°S bo‘lganda uyg‘onadi,
+10°S da esa birinchi tullashi boshlanadi, tullash olmaning
birinchi kurtaklari chiqishi bilan mos keladi.Oziqlanib boshlashidan birinchi tullashgacha12-16 kun o‘tadi, ikkinchi tullash ham shuncha davom etadi.
Bu vaqt davomida erkak qalqondor ucha boshlaydi, urg‘ochisi esa jinsiy yetiladi. Erkak qalqondor juda kam, bir necha soat yashaydi. Urg‘ochi bilan qo‘shilgandan keyin halok bo‘ladi.
Urg‘ochi va erkak qalqondorlarning paydo bo‘lishi havo xaroratiga qarab aprel oxiridan (eng erta) 20 maygacha (eng kech) davom etadi.
Erkak hasharotlarning paydo bo‘lish vaqtini aniqlash juda muhim hisoblanadi, shu sababli feromon tutqichlarni eng maqbul muddatlarda qo‘yish kerak, sababi erkak hasharotlar atigi bir necha kun uchadi xolos.
Ba’zan erkak hasharotlarning asosiy qismi ikki uch kun davomida uchadi.
Urg‘ochi hasharot esa ikki yarim oydan oshiqroq yashaydi xolos.
Urg‘ochi hasharotning tuxumdonlari urug‘langandan so‘ng, tuxum xo‘jayralari rivojlanadi.
Bu jarayon bir oy davom etadi.

Kaliforniya qalqondori rivojlanishining fenologik kalendari



Aprel

May

Iyun

Iyul

Avgust

Sentabr

Qishlovchi fazasi

1 2 3

1

2 3

1

2

3

1 2 3

1 2

3

1

2

3











































































Imago



Lichinka



Qishlovchi bosqichi
















Daydi hasharotlarning tug‘ilishi meteorologik sharoitlardan kelib chiqib yiliga o‘zgarib turadi.


Kuzatishlar natijasida eng erta muddati 28 may, kechki muddati esa 22 iyun ekanligi aniqlangan. Tug‘ilish ham yillar bo‘yicha bir xil emas, 50 kundan 60 kungacha davom etadi.
Daydi lichinkalar urg‘ochi qalqoni ostidan sirpanib chiqib oladi va po‘stloq, barg yoki mevalarga yopishib oladi.
Bir sutkadan so‘ng daydi lichinkalarning ust qismi oq mum qobiq bilan qoplanadi, bu davrdagi rivojlanish fazasini “oq qalqon” deb ataladi.
Uch to‘rt kun ichida oq mum qobiqlar qotadi va kulrang tusga kiradi, bu rivojlanish fazasini “kulrang qobiq” deyiladi.
Iyun oyining ikkinchi dekadasida bu lichinkalarning
ko‘pchillik qismi juda qattiq qora qalqon bilan qoplanadi va diapauzaga ketadi.
Kuzda ba’zilari diapauzadan chiqadi va rivojlanishni boshlaydi, qolganlari diapauza holatini davom ettiradi (asosan 80%).
20-30% daydi lichinkalar oziqlanib 20-27 kundan keyin po‘st tashlaydi va ikkinchi yoshga o‘tadi 12-15 kundan keyin ikkinchi marta po‘st tashlaydi va voyaga yetgan (erkak, urg‘ochi) hasharotga aylanadi.
Bu avlodning paydo bo‘lishi ob havo sharoitiga qarab yillar bo‘yicha turlicha bo‘lishi mumkin, eng erta muddati iyul oyining boshi, eng kech muddati iyul oyining uchinchi dekadasi hisoblanadi.Mana shu muddatlar feromon tutqichlarni qo‘yish uchun qulay hisoblanadi.
Urg‘ochi tuxumdonlarida tuxumlarni rivojlanishi tez sur’atda boradi, sababi bu muddatlarda havo harorati odatda yuqori, ya’ni +27°S ni tashkil qiladi.
Ikkinchi avlodning daydi lichinkalari iyul oxiri, avgustning boshlarida paydo bo‘ladi.
Ular ham oldingi avlodlar singari rivojlanadi.
Havo harorati sovib +10°S gacha pasayganda, qalqondorlar rivojlanishdan to‘xtaydi.
Qishlovga ketgan lichinkalar -30°S sovuqda ham yashovchanligini saqlab qoladi.
Daydi lichinkalarning uchinchi avlodi sentabr oktabr oylarida chiqadi, ularning bir qismi qora rangli qalqonlar bilan qoplanadi va qishlashga ketadi.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish