MAVZU: BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA GAPNING BOSH BO’LAKLARI MAVZUSINI O’RGANISH.
MUNDARIJA:
II.KIRISH:
II.ASOSIY QISM:
I.Bob. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida gapning bosh bo’laklari mavzusini o’rganish.
1.Gap bo’laklarining shakliy - mazmuniy tuzilishiga ko’ra xususiyatlari.
2.Ikkinchi darajali bo’laklar turlari va ifodalanishi haqida ma'lumot.
II.bob. Boshlang`ich sinflarda gap bo`laklarini o`rgatishda o'yinli texnologiyalardan foydalanish metodikasi
3.3- sinf ona tili darsida gap bo’laklarini o’rgatishda interfaol metodlarlardan foydalanish.
4.4- sinf ona tili darsida gap bo’laklarini o’rgatishda interfaol metodlarlardan foydalanish.
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
V.Ilovalar
KIRISH
Ajdodlarimizning asriy orzu-armonlari ro’yobga chiqayotgan istiqlol yillarida boshqa sohalar qatori, umummilliy masala bo’lmish ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish, shu jumladan, maktab ta’limini taraqqiy ettirish ishlariga ham davlatimiz rahbari doimiy e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatib kelmoqda. Qisqa davrda soha ravnaqi yo’lida zarur xuquqiy, ilmiy-uslubiy va moliyaviy sharoitlar yaratildi. Chunki kelajagimiz poydevori maktabda bunyod etiladi. Ulug’ vatandoshlarimizdan biri takidlaganidek, maktab taraqqiyot, madaniyat va saodatning kalitidir.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti ta’kidlaganidek, “Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan muhim hayotiy omil bu ta’lim-tarbiya tizimi bo’lib, ular o’zaro chambarchas bog’liqdir. Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ajratib bo’lmaydi”.1
Yangi asr o`qituvchisini tayyorlashda uning pеdagogik-psixologik va intеllеktual salohiyat bo`yicha chuqur bilimga egaligi, innovatsion ta'lim bo`yicha chuqur bilimga egaligi, innovatsion ta'lim tеxnologiyalari, ta'limning intеrfaol usullari va ilg`or samarali mеtodlariga oid ijodiy faollikni oshirishning samarali usullaridan xabardor bo`lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Muhtaram Birinchi Prеzidеntimiz I.A.Karimov o`zining
«Yuksak ma'naviyat – еngilmas kuch» asarida “...farzandlarimizni mustaqil va kеng fikrlash qobiliyatiga ega bo`lgan, ongli, yashaydigan komil insonlar etib voyaga еtkazish – ta'lim-tarbiya sohasining asosiy maqsad va vazifasi bo`lishi lozim,” dеb ta'kidladi2.
Ma’lumki ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo’lmish ilmu ma’rifat, ta’lim-tarbiyani inson kamoloti, millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Albatta, ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda u ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini
shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim- tarbiya tizimini va shu asosda ongni o’zlashtirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |