Ii kurs ishi tаrkibi, ulаrgа qo‘yilаdigаn tаlаblаr



Download 419,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana09.02.2022
Hajmi419,32 Kb.
#438750
  1   2   3   4
Bog'liq
КУРС ИШИ 20.01.2022.



II.4. Kurs ishi tаrkibi, ulаrgа qo‘yilаdigаn tаlаblаr 
O‘quv rejasiga ko‘ra talabalar V semestrda mazkur fandan kurs ishi 
yozadilar. Kurs ishini tayyorlash−yuqori malakali mutaxassisni tayyorlashning 
muhim bosqichi, u mustaqil tadqiqot ishini olib borish ko‘nikmasini, adabiyotlar 
bilan ijodiy ishlash malakasini rivojlantiradi. Kurs ishini bajarish jarayonida 
quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: 
-
kasbiy bilimlarni sistemalashtirish, mustahkamlash va kengaytirish; 
-
tadqiq etilayotgan muammo va savollarni hal etishda bilim va ko‘nikmalarni 
qo‘llash; 
-
egallangan nazariy va amaliy, uslubiy bilim va ko‘nikmalar asosida 
tanlangan mavzu bo‘yicha innovatsion pedagogik faoliyat metodikasini 
ishlab chiqish. 
Tavsiya etilayotgan quyidagi kurs ishlari mavzulari banki pedagogika oliy 
ta’lim muassasasi “Matematika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi talabalariga 
mo‘ljallangan. Uning maqsadi – talabalarga kurs ishi mavjuzini tanlash, uning 
rejasini tuzish va yozishda yordam berishdan iborat. Buning uchun har bir tavsiya 
etilayotgan kurs ishi mavzusiga qaralayotgan muammoning qisqacha mazmuni; 
masalaning qo‘yilishi keltirilgan. Tavsiya etilgan reja bandlari uchun 
ma’lumotlarni ushbu uslubiy majmua uchun qayd etilgan adabiyotlardan, 
Internetdan olish mumkin. 
1-mavzu.O‘zbekistonda matematika ta’limi mazmunining muammolari 
Tahminiy mazmuni. O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi islohotlar mazmuni. 
Uzluksiz ta’limda matematika fanlarining maqsad va vazifalari, mazmuni. 
2-mavzu.Matematika ta’limini insonparvarlashtirish. 
Tahminiy mazmuni. Ta’limni insonparvarlashtirish muammosi. Uzluksiz 
ta’lim matematikasini o‘qitishda ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish yo‘llari, 
mazmuni, vositalari, metodlari. 
3-mavzu. Matematika ta’limi jarayonida tarbiya muammolari 
Tahminiy mazmuni. Matematika fanlarini o‘qitish jarayonida ta’lim 
oluvchilarning tarbiyasi masalalari. Ularning individual xislatlari, qobiliyatlarini 
namoyon etish, tarbiyalash, rivojlantirish metodikasi. 
4-mavzu. Matematikani o‘qitish jarayonida Vatanga muhabbat hissini 
tarbiyalash. 
Tahminiy mazmuni. Matematikani o‘qitish jarayonida mavzularga mos holda 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Konun, Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekistonda ta’limni isloh qilishga qaratilgan Qarorlar, 
rivojlangan davlatlarda ta’lim masalalari, muammolarining Respublikada 


erishilgan bu sohadagi yutuqlar, aniq faktlar bilan qiyoslash yordamida 
o‘quvchilarda vatanparvarlikni tarbiyalash yo‘llari, imkoniyatlari. 
5-mavzu. Matematikani o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni ma’naviy 
tarbiyalash. 
Tahminiy mazmuni.Matematikaning insonga xos haqqo‘ylik, mehnatsevarlik, 
maqsadga intiluvchanlik, qat’iyatlilik, intizomlilik, mas’uliyatlik kabi xislatlarni 
tarbiyalashdagi o‘rni. O‘quvchilarni ma’naviy tarbiyalash metodlari va uni amalga 
oshirishga qaratilgan dars loyihalari. 
6-mavzu. Matematikani o‘qitish jarayonida o‘quvchilar bilimlarini nazorat 
qilish va baholashning innovatsion metodlari va monitoringi. 
Tahminiy mazmuni.O‘quvchilar bilim, malaka, ko‘nikmalarini nazorat qilish 
va baholashning maqsadi, asosiy funksiyalari, tur va shakllari. Kamida ikkita 
mavzuga o‘quvchilar bilimini baholashning aniq tanlangan metodlarini qo‘llashga 
oid dars loyihalarini ishlab chiqish. 
7-mavzu. Matematikani o‘qitishda muammoli ta’lim. 
Tahminiy mazmuni.Muammolm ta’lim turlari, muammoli vaziyat, muammoli 
masala. Muammoli ta’limning metodologik va psixologik asoslari. Muammoli 
vaziyatni darsda, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda yaratishning shartlari. 
Muammoli ta’limning
ijobiy va salbiy tomonlari. Ikkita mavzu bo‘yicha muammoli ta’lim loyihasini 
yaratish. 
8-mavzu. Matematikani o‘qitishda o‘quvchining shaxsiy qobiliyatlarini 
aniqlash va rivojlantirish. 
Tahminiy mazmuni. SHaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, individual ta’lim 
texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda ikkita mavzu bo‘yicha 
o‘quvchilarning ayrim qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirishga qaratilgan 
metodik tavsiyalar, darslar loyihasi. 
9-mavzu. Matematik xarakatlar algoritmini o‘rgatishda masalalardan 
foydalanish metodikasi. 
Tahminiy mazmuni.Matematik xarakatlar algoritmini shakllantirishga 
qaratilgan masalalar tizimiga qo‘yilgan didaktik va metodik talablar. Bunday 
algoritmni shakllantiruvchi masalalarni tanlash. Tanlangan masalalar tizimi bilan 


ishlash yo‘llarini ishlab chiqish. Bunday masalalardan foydalaniladigan amaliy 
mashg‘ulot loyihalarini yaratish, kutiladigan natijalarni ishlab chiqish. 
10-mavzu. O‘quvchilarda faollikni shakllantirish asosida matematikani 
o‘rgatish metodikasi. 
Tahminiy mazmuni. Faollik tushunchasi. O‘quvchilarning dars, darsdan 
tashqari faol o‘quv faoliyati. O‘quvchilar faolligini orttiruvchi metodlar asosida 2 
ta mavzu bo‘yicha dars ishlanmasini ishlab chiqish. Ko‘zlangan natijalarni 
rejalashtirilgan maqsadlar bilan taqqoslash, xulosalar chiqarish. 
Talabalar tomonidan kurs ishi mavzusi tanlangandan so‘ng kurs ishi rahbari 
bilan hamkorlikda yuqorida tavsiya etilgan mazmun va maqsadga ijodiy yondoshib 
kurs ishi rejasi va adabiyotlari aniqlanadi. 
Quyida topish mumkin bo‘lgan manbalar asosida maqsad va mazmunni 
aniqlash uchun kurs ishi mavzularini tavsiya etamiz: 
1.
Maktabda o‘quvchilarni matematik isbotlashga o‘rgatish. 
2.
Maktabda matematikani o‘rgatishni tabaqalashtirish metodlari. 
3.
Geometriyani o‘qitishda ko‘rgazmalilik tamoyili vositalari. 
4.
Maktabda matematik o‘yinlar 
5.
Boshlang‘ich sinflardan yuqori sinflarga o‘tishda matematika mazmunining 
uzviyligi. 
6.
Maktabda algebrani o‘qitish jarayonida o‘quvchilar mustaqil ishini tashkil 
etish. 
7.
Matematika darslarida o‘quvchilar bilimlarini nazorat qilish metodlari. 
8.
7-9 sinfda algebrani o‘qitishda muammoli ta’lim. 
9.
Geometriyani o‘qitishda loyihalash metodi. 
10.
Algebraik masalalarni echishda tanqidiy tafakkurni rifojlantirish 
metodikasi. 
11.
Geometrik masalalarni echishda tanqidiy tafakkurni rifojlantirish 
metodikasi. 
12.
Geometriyani o‘qitishda produktiv tafakkurni rivojlantirish metodikasi. 
13.
Matematikani o‘qitishning innovatsion vositalari. 
14.
Matematika darslarida tarixiy materiallarning o‘rni va funksiyalari. 
15.
Matematik masalalar asosida o‘quvchilarda ijodkorlik qobiliyatini 
rivojlantirish. 
16.
O‘quvchilarni matematik masalalarni echish usullarini izlashda evristik 
metoddan foydalanishga o‘rgatish. 
17.
Geometriyani o‘qitishda individuallashtirish va tabaqalashtirish 
tamoyillarini amalga oshirish. 
18.
Algebrani o‘qitishda individuallashtirish va tabaqalashtirish tamoyillarini 
amalga oshirish. 
19.
Natijalarni baholash orqali ta’lim sifatini ta’minlash. 


20.
Planimetriyani o‘rgatishda takrorlashni tashkil etish texnologiyasi. 
21.
Stereometriyani o‘rgatishda takrorlashni tashkil etish texnologiyasi. 
22.
Algebrani o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning evristik faoliyati. 
23.
Geometriyani o‘qitishda pedagogik elektron resurslardan foydalanish 
metodikasi. 
24.
O‘quvchilarning matematik bilimlari diagnostikasining innovatsion 
metodlari. 
25.
Pedagogik elektron vositalar asosida o‘quvchilarning algebraik 
tayyorgarligini takomillashtirish. 
26.
Masalalarning o‘quvchi shaxsiy sifatlarini rivojlantirishdagi funksiyalari. 
27.
Matematikani o‘qitishda tadqiqiy faollikni rivojlantirish. 
28.
Matematikani o‘qitishda o‘quvchilarda kommunikativlikni shakllantirish. 
29.
Maktab matematikasini o‘qitishning innovatsion muhitini shakllantirish. 
30.
O‘quvchilarni innovatsion darslarni amalga oshirishga tayyorlash. 
Har bir talaba mavzu xarakteridan kelib chiqqan holda tavsiya etilgan rejaga 
aniqlik kiritish uchun 
− mavzuga aloqador nazariy materiallarni tavsiya etilgan adabiyotlardan, 
Internetdan foydalanib o‘rganishi; 
− olgan nazariy materialini o‘rganish, tahlil qilish, hulosalar chiqarish, keng 
va savodli yozma bayon etishi; 
− manbalarda keltirilgan uslubiy ishlanmalarni mustaqil tahlil qilib o‘rganish; 
− qo‘yilgan metodik muammo uchun o‘z yechimini ishlab chiqish. 
Kurs ishini bajarish nazorat shakli hamdir. Bunda o‘qituvchi kurs ishini 
chuqur tahlil qilib uni baholaydi. 
Jiddiy bajarilgan kurs ishlari talabalar ilmiy anjumanlarida ma’ruza uchun 
mavzu vazifasini o‘tashi, kelajakda bitiruv malakaviy ishi yozishda asos bo‘lishi 
ham mumkin. 
Talaba, ilmiy rahbarning ijobiy taqrizidan so‘ng, kurs ishini kafedrada 
tasdiqlangan komissiya huzurida himoya qiladi va baholanadi. 
Talabaning kurs ishi quyidagicha baholanadi: 
Nazariy 
bilimlar 
Amaliy uslubiy 
ko‘nikmalar 
Kurs ishining jihozlanishi 
Ballar 
(100 ball) 
Mummo to‘liq, 
to‘g’ri, dalil va 
asoslar bilan 
nazariy tadqiq 
qilingan va 
ayrim nazariy 
Mummoning yechilish 
jarayoniga ijodiy 
yondoshib, to‘liq 
uslubiy tahlil qilingan. 
Mustaqil ishlangan 
metodik tavsiyalar 
Muammoning o‘rganilganlik 
darajasi, tadqiqot maqsad va 
vazifalari aniq, olingan 
natijalar to‘g’ri bayon 
etilgan, qo‘shimcha 
manbalar, Internetdan, ilg‘or 
86−100 
ball 


natijalar 
olingan.
nazariy bilimlar 
darajasini toliq aks 
ettiradi 
tajribalardan unumli 
foydalanilgan. Kurs ishi 
talab darajasida jihozlangan.
Mummo to‘liq, 
to‘g’ri, dalil va 
asoslar bilan 
nazariy tadqiq 
qilingan.
Mummoning yechilish 
jarayoniga ijodiy 
yondoshib, to‘liq tahlil 
qilingan. Mustaqil 
ishlangan metodik 
tavsiyalar nazariy 
bilimlar darajasini 
asosan yoritadi 
Muammoning o‘rganilganlik 
darajasi, tadqiqot maqsad va 
vazifalari aniq, olingan 
natijalar to‘g’ri bayon 
etilgan. Kurs ishi talab 
darajasida jihozlangan.
71−85 ball 
Mummo dalil 
va asoslar bilan 
nazariy tadqiq 
qilingan. 
Mummoning yechilish 
jarayoni tahlil qilingan. 
Mustaqil ishlangan 
metodik tavsiyalar 
soda, boshlang‘ich 
tushunchalar
darajasida. 
Mummoning yechilish 
jarayonida kamchiliklar 
mavjud. 
Muammoning o‘rganilganlik 
darajasi qisman, tadqiqot 
maqsad va vazifalari, 
olingan natijalar amaliy 
ko‘nikmalardan iborat. Kurs 
ishini jihozlasda ayrim 
kamchiliklar mavjud.
55−70 ball 
Mummoni 
o‘rganishda 
faqat 1 ta 
manbadan 
ma’lumotlar 
olingan. Tahlil 
berilmagan. 
Mummoning yechilish 
jarayoni tahlil 
qilinmagan. Mustaqil 
ishlangan metodik 
tavsiyalarda qo‘pol 
xatoliklarga yo‘l 
qo‘yilgan. 
Talaba muammoning 
o‘rganilganlik darajasi, 
tadqiqot maqsad va 
vazifalari haqida to‘g’ri 
tasavvurga ega emas. 
Nazariy va amaliy uslubiy 
topshiriqlar chala, manbadan 
so‘zma−so‘z ko‘chirilgan, 
o‘z fikri, xulosalari 
shakllanmagan
1−54 ball 

Download 419,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish