Iii a – guruh elementlarining umumiy tavsifi. B ning tavsifi va olinishi



Download 47,68 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi47,68 Kb.
#924664
Bog'liq
Kimyo mustaqil ish1


Mavzu: Elementlar davriy sistemasi p- blok elementlari umumiy xarakteristikasi Elementlar davriy sistemasining XIII gurux elementlarining xossalari.
Reja:
1) III A – guruh elementlarining umumiy tavsifi.
2)B ning tavsifi va olinishi.
3)Al ning tavsifi va olinishi.
Mendeleyev davriy sistemasi, Kimyoviy elementlar davriy sistemasi — D. I. Mendeleyevning oʻzi kashf etgan davriy qonun asosida tuzgan elementlar davriy sistemasi, davriy qonunning grafik ifodasi. Kimyoviy elementlar davriy sistemasi s. mavjud elementlarning hammasini bir butun qilib birlashtiradi, ular oʻrtasida obyektiv qonuniy aloqa borligini koʻrsatadi va hali maʼlum boʻlmagan elementlarni, ularning xossalarini oldindan aytishga imkon beradi.
Mendeleyevgacha ham kimyoviy elementlarni sistemaga solishga urinib koʻrilgan (fransuz kimyogari J. Dyuma, nemis kimyogarlari I. Dyobereyner, L. Meyer, ingliz kimyogari U. Odling, amerikalik olim J. Nyulends va boshqalar)

Bor guruxchasi elementlari birikmalarda +3 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Faqat talliy +3, +1 oksidlanish darajalarini namoyon qila oladi. Buning sababi elementlarning atom radiuslari
B-Al-Ga-In-Tl qatorida ortib borishidir.
Atom radiusi ortgan sari S - elektron orbitallari bilan p - elektron orbitallari orasida energiya farqi orta boradi. SHuning uchun talliyninng 6p - elektroni birinchi valent elektronga aylanib (Tl+1), keyin 6s2 - elektronlari ximiyaviy bog’lanishda ishtirok etishi tufayli Tl+3 xolatga o’tadi.
Bu guruxcha elementlarining tartib rakami (Z = 5) V dan (Z = 81) Tl gacha ortib borishi bilan ularning oksid va gidroksidlari asosli xossalari kuchayib, kislotalik xossalari kuchsizlanib boradi.
Kimyoviy elementlar davriy sistemasi (boshqa nomlari: Davriy jadval, Mendeleyev davriy sistemasi) — kimyoviy unsurlarni ularning atom raqami, elektron konfiguratsiyasi va davriy takrorlanuvchi kimyoviy xossalariga asoslangan holda jadval shaklida tasvirlashdir. Unsurlar unda atom raqamlari (protonlari soni) oshib borishi tartibida joylashgan. Jadvalning standart shakli tepada 18 × 7 kataklardagi asosiy unsurlar va ostida ikki qator boshqa guruh unsurlaridan iborat. Jadval shuningdek toʻrtta toʻrtburchak bloklar: chapda s-blok, oʻngda p-blok, oʻrtada d-blok va pastda f-bloklarga boʻlinishi mumkin. Jadval qatorlari davr, s-, d- va p-bloklardagi ustunlar esa guruh deyiladi; bu ustunlarga galogenlar yoki inert gazlar degan alohida nomlar ham beriladi. Davriy jadval taʼrifiga binoan u davriy qonunga koʻra tuzilgan uchun, har qanday davriy jadval yordamida tegishli unsurlarning xossalari orasida aloqadorlik keltirib chiqarish va yangi, hali ochilmagan yoki sintezlanmagan unsurlar xossalarini bashorat etish mumkin. Natijada davriy jadval kimyoda keng qoʻllanilib, muhim asos boʻlib xizmat qiladi.
Masalan: bor oksidi faqat kislotali xossalarini namoyon qiladi, alyuminiy oksidi amfoter, qolgan oksidlar (Ga2O3, In3O3, Tl2O3) asosli xossalarni namoyon qiladi. H3BO3 kislotadir, Al(OH)3 amfoter gidroksiddir. Bu qatordagi qolgan gidroksidlar kislotalarda eriydi. Buning sababi: Al+3 dan Tl+3 -ga o’tgan sayin ion radiuslari kattalashib borishidir.
p — elementlar III — VIII guruhdagi bosh guruhchalarda joylashgan. Valentli elektronlari tashqi p-pogʻonachada joylashgan, tashqi pogʻonaning umumiy elektron formulasi ns2npa, bunda a = 1 — 6. p elementlarning musbat oksidlanish darajasi guruhning tartib raqamiga teng boʻladi. Toq sonli guruhda joylashgan elementlar toq oksidlanish darajasini, juft sonli guruhda joylashgan elementlar juft oksidlanish darajasini koʻrsatadi.
p- elementlarning chapdan oʻng tomonga qarab atom radiusi kichrayib, ionlanish energiyasi ortadi, bu esa p- elementlarning metalmaslik xossalarining ortishiga va oksidlovchi xossalarining oʻsishiga olib keladi. Guruhlarda elementlarning yuqoridan pastga tomon metallik xossalari ortadi.

Borning tabiatda tarqalishi: bor asosan birikma xolida tarqalgan bo’lib, ular qatoriga: Na2B4O7*10H2O - bura, Na2B4O7*H2O - kernet, H3BO3*4H2O - sasolin. Borning yer po’stlog’idagi miqdori 5*10-4 %. Ikki izotop 10B (19,6%) va 11B (80,40%) ko’rinishidan iborat.
Olinishi. Bor asosan metallotermiya usuli bilan olinadi:
B2O3 + 3Mg = 3MgO + 2B
Metallotermik usul bilan olingan bor uncha toza bo’lmaydi.
Toza xolatdagi bor uning birikmalarini suyuqlantirib elektroliz qilish usuli bilan olinadi. Juda toza xoldagi borni, bug’ xolatdagi borbromidni cho’g’lantilgan tantal simi ishtirokida vodorod bilan qaytarib bor olish mumkin:
2BBr3+ 3H2 2B + 6HBr
Bundan tashqari, vodorodli birikmalarini termik parchalab ham erkin holdagi borni olish mumkin:
B2H6 2B + 3H2
Bor amorf va kristall modifikasiyaga ega.
Borning vodorodli birikmalari boranlar deb ataladi. Ularning ko’pchiligi xatto ochiq xavoda o’z-o’zidan alangalanib, katta issiqlik ajratib yonadi.
Bor oksidi B2O3 oq kristall modda.
Borning kislorodli birikmalari asosan polimer tuzilishli bo’ladi.
Alyuminiy atomi radiusi bornikidan kattaroq bo’lgani sababli ionlanish energiyasi kichikroq, shuning uchun ham alyuminiyning metallik xossalari bornikiga qaraganda kuchliroq namoyon bo’ladi. Alyuminiy amfoter elementdir.
Alyuminiy
Al - ning tabiatda tarqalgan birikmalari: Al2O3*H2O - boksit (korund), Me2[Al2Si2O8]; Me5[AlSi3O10]; KAl2[AlSi3O10](OH)2 muskovit, (Na,K)2[Al2Si2O8] - nefelin, Al4[Si4O10](OH)8 - kaolinit, Na3[AlF6] - kriolit. Al ning yer pustlogidagi umumiy miqdori 5,5 % ni tashkil etadi. Alyuminiy tabiatda faqat birikma holida uchraydi.

Alyuminiy asosan, boksit Al2O3* H2O - dan elektroliz usuli bilan olinadi. Boksitning suyuqlanish haroratini pasaytirish uchun ftoridlar CaF2, MgF2, AlF3 qo’shiladi elektroliz jarayoni quyidagicha boradi:
katodda: Al+3 + 3e- → Al0
anodda: 4AlO3 - 2e- → 2Al2O3 + 3O20
Al2O3 Al+3 + AlO33 (suyuqlanma)
Elektrolizer korpusi katod vazifasini bajaradi. Unda alyuminiy suyuq holatda ajralib chiqadi (Tsuyukl = 6600C). Grafitdan yasalgan anodda kislorod ajralib chiqadi va grafitni uglerod oksidlarigacha oksidlaydi.
Al2O3 - Na3AlF6 suyuklanmasining elektroliz sxemasi.
1 - Grafitdan yasalgan anodlar
2 - Elektrolit suyuklanmasi
3 - Suyuk xolatidagi alyuminiy
4 - Katod (pechning tubi)
5 - Pechning korpusi.
Al - oq, kumushsimon, plastik (yumshoq), yengil, yaxshi elektr o’tkazuvchan, havoda oksidlanuvchi metall. Kimyoviy xossalari jixatdan aktivlik qatorida ishqoriy yer metallaridan keyin tursada, sirtida oksid parda hosil qilgani uchun passiv metall.
Alyuminiy oksidi - Al2O3 oq rangli, suvda erimaydigan modda. Amorf va kristall holatda mavjud bo’lib, kislota va ishqorlarda eriydi. Yuqori temperaturaga chidamli modda. Tabiatda Al2O3 - boksit nomi bilan ataladigan mineral holida bo’ladi.
Alyuminiy gidroksidi Al(OH)3 suvda (pH=7) erimaydigan, amfoter xossaga ega bo’lgan oq amorf modda.
Foydalangan adabotiotlar
1. N.A.Parpiyev, H.R.Rahimov, A.G.Muftaxov. Anorganik kimyo nazariy asoslari. Toshkent. «O'zbekiston». 2000 y.
2. Q.Ahmerov, A.Jalilov, R.Sayfutdinov . Umumiy va anorganik ximiya. Toshkent. «O'zbekiston». 2003 y.
3. YU.T.Toshpo'latov, SH.YE.Ishoqov. Anorganik kimyo. Toshkent. «O'qituvchi». 1992 y.
4. www.google.uz
Download 47,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish