Iii-chorak 34- dars Mavzuning texnologik xaritasi va o‘tkazilish ishlanmasi Mavzu: Aholiga xizmat ko‘rsatish va turizm



Download 67,5 Kb.
Sana11.03.2022
Hajmi67,5 Kb.
#490438
Bog'liq
Geografiya 8





Geografiya fanidan VIII-sinflar uchun dars ishlanmasi


Tuzuvchi: RTM geografiya fani bosh metodisti


E. Nazaraliyeva
III-chorak
34- dars
Mavzuning texnologik xaritasi va o‘tkazilish ishlanmasi


Mavzu: Aholiga xizmat ko‘rsatish va turizm.


Darsning maqsadi:

  1. Ta ‘limiy maqsad:

O‘quvchilarga xizmat ko‘rsatish sohalari turlari, ularning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, rekreatsiya resurslari va turizm haqida ma’lumot berish, O‘zbekistondagi rekreatsiya rayonlari bilan tanishtirish;

  1. Tarbiyaviy maqsad:

O‘quvchilarda jamoa bo‘lib ishlash, o‘zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda mas ‘uliyat sezish ko‘nikmalarini tarkib toptirish;

  1. Rivojlantiruvchi maqsad:

O‘rganilgan mavzulardan asosiy tushunchalarni ajrata bilish, ularni amaliyotga qo‘llay bilishga o‘rgatish, mustaqil fikrlash doirasini kengaytirish.
Darsning jihozi:
O‘zbekistonning tabiiy, siyosiy – ma‘muriy, turizm kartalari, O‘zbekistonning rekreatsiya rayonlari rasmlari, darslik, atlas, yozuvsiz xarita.
Dars tipi: Aralash.
Darsning turi: Noan’anaviy.
Darsning metodi: “ Interfaol ”, juftlikda ishlash, guruhlar bilan ishlash, aqliy hujum, konseptual xarita, Sinkveyn, Zigzag, Insert.
Dars rejasi:

  1. O‘qituvchining kirish so‘zi. (3-daqiqa)

  2. Guruhlarga bo‘linib ishlashni tashkillashtirish. (2-daqiqa)

  3. Guruh a’zolariga juftlikda ishlash uchun topshiriq berish. (4-daqiqa)

  4. Juftlikdan guruhda ishlashga o‘tish. (3-daqiqa)

  5. Mavzuga ijodiy yondashish. (7-daqiqa)

  6. Yangi guruhlarga o‘tish. (2-daqiqa)

  7. Yozuvsiz xaritaga rekreatsiya obyektlarini tushirish. (7‑daqiqa)

  8. Yangi atamalar bilan tanishish. (5-daqiqa)

  9. Uchinchisi ortiqcha o‘yini. (5-daqiqa)

  10. Mavzuni mustahkamlash. (3-daqiqa)

  11. O‘quvchilarni baholash. (2-daqiqa)

  12. Uyga vazifa. (2-daqiqa)



I. Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Emblemalar orqali o‘quvchilar 5 ta guruhga ajratiladi, juftliklar belgilab olinadi.
Oltin qoidalar ishlab chiqiladi:

  1. Faollik.

  2. Intizom.

  3. Reglamentga rioya qilish.

  4. Ahillik.

  5. O‘zaro hurmat.

  6. O‘ng qo‘l qoidasi.

  7. Hamkorlik.

  8. Rag‘batlantirish.

II. Yangi mavzu bayoni: (Yangi mavzu o‘tilishi mobaynida o‘tilgan mavzu takrorlanadi).
Juftliklarga “Bilaman, Bilishni istayman, Bilib oldim” jadvali beriladi.
Ular hizmat ko‘rsatish sohalari haqida bilgan va bilishni istaganlarini yozadilar.
Juftliklar ishi guruhlarda ko‘rib chiqiladi va guruh a ‘zolaridan bir o‘quv chi u haqda bayon qiladi.
Har bir guruhga alohida topshiriq beriladi.
1 - guruhga: Xizmat ko‘rsatish sohalarini rasmlar orqali tasvirlash.
2 - guruhga: Xizmat ko‘rsatish sohalaridan birortasiga Sinkveyn usulida she’r yozish.
3 - guruhga: Xizmat ko‘rsatish sohalarining Konseptual xaritasini chizish.
4 - guruhga: O‘zingiz yashab turgan joydagi xizmat ko‘rsatish sohalari korxonalari va ulardagi muammolarni yoritish.
5 - guruhga: O‘zbekistondagi turizm rivojlangan hududlarni va tarixiy obidalarni yozish.
5 - daqiqadan so‘ng guruh ishlari taqdimoti (2 daqidan) tinglanadi.
Guruh a’zolari boshqa belgilar orqali yangi guruhlarga ajratiladi.
Har bir guruhga turli xil rekreatsiya rayonlari beriladi, ular yozuvsiz xaritaga shartli belgilar orqali belgilaydilar.
1 - guruhga: Farg‘ona rekreatsiya rayoni.
2 - guruhga: Chirchiq – Ohangaron rekreatsiya rayoni.
3 - guruhga: Qashqadaryo – Surxondaryo rekreatsiya rayoni.
4 - guruhga: Zarafshon rekreatsiya rayoni.
5 - guruhga: Quyi Amudaryo rekreatsiya rayoni.

5 - daqiqadan so‘ng guruh ishlari boshqa guruhga beriladi.


Har bir guruh sardori o‘zidan oldingi guruh bajargan ishini tahlil qilib beradi. Yangi guruhdagi o‘quvchilar qadrdon guruhlariga qaytadilar.
“Akvarium”dan yangi so‘zlar, geografik atamalar yozilgan baliqchalar olinadi:
“Rekreatsiya” – polyakcha “rekrasia” – “dam olish”, lotincha “rekratio” – “sog ‘likni tiklash” demakdir.
“Turizm” fransuzchadan olingan bo‘lib, “sayr – sayohat” demakdir.
“Kurort” so‘zi nemischa bo‘lib, “davolanadigan joy” degan ma’noni bildiradi.
Har bir guruh a’zolari boshqa guruhlarga “Uchinchisi ortiqcha” o‘yinini beradi.
Yuqorida berilgan topshiriqlar bo‘yicha rag‘bat kartochkalari berib boriladi va dars yakunida ular sanaladi. Shunga ko‘ra o‘quvchilar baholanadilar.
Dars boshida berilgan jadvaldagi “Bilib oldim” bo‘lagi to‘lidiriladi.
III. Yangi mavzuni mustaxkamlash. (O‘qituvchi mavzuni mustahkamlaydi.
IV. Uyga vazifa: O‘zbekiston rekreatsiya rayonlari mavzusini Insert usulidan foydalanib o‘qib kelish. Atlasdagi 34-35 betdagi Turistik xaritani yozuvsiz xaritaga tushirish.
Download 67,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish