Iii. Qishloq xo’jalik ekinlarining sug’orish rejimi 1 Qishloq xo’jalik ekinlarining sug’orish rejimi



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana30.06.2022
Hajmi0,61 Mb.
#719411
1   2   3
Bog'liq
YDJRCNuYRwjAePoTpGL1I9nArD81InGRNlx44tIm

га
с
л
t
m
q
сугориш
.
/
,
4
,
86


bu yerda, m - sug’orish normasi, m3/ga. 
86,4 - o’tish koeffitsiyenti.
t - suv berish davri, kun. 
Suv berish gidromoduli, bu ekinning bir gektariga rivojlanish davomida beriladigan nisbiy suv 
berish miqdori.
Keltirilgan gidromodul - har bir aniq qishloq xo’jalik ekini uchun 1 gektar maydonga 1 sekundda litr 
hisobida berilgan suv miqdori. 
га
с
л
t
m
q
экин
экин
сугориш
.
/
,
4
,
86
q
келтир







bu yerda, 

ekin - har bir ekinning xo’jalikda ekilgan maydon foizi.


Qishloq xo’jaligi ekinlarining sug’orish rejimini tabaqalashtirilgan holda qo’llash maqsadida 
sug’oriladigan yerlar tabiiy va boshqa qator omillarga ko’ra gidromodul rayonlarga ajratilgan. 
Gidromodul rayon- bu tabiiy sharoitlar majumi bo’yicha ekinlarni bir xil sug’orish rejimini qo’llashni 
talab etuvchi xududdir. Gidromodul rayonlar bo’yicha ekinlarni belgilangan sug’orish rejimlari asosida 
suvdan foydalanish rejalashtiri-ladi, sug’orish tarmoqlarining xisobiy suv sarfi aniqlanadi. 
Markaziy Osiyo tuproqlarining gidromodul rayonlashtirish bo’yicha dastlab A.N.Kostyakov, S.N. 
Kondrashov, M.M. Bushev, V.M. Legostaev, B.S. Konkov, G’.P. Gelser tomonidan tadqiqotlar olib 
borilgan bo’lib, keyin-chalik V.M. Legostaev, B.F.Fedorov, S.N. Rijov, V.E. yeremenko tomonidan unga 
ba’zi bir aniqliklar kiritilgan. Gidromodul rayonlashtirish va qish-loq xo’jaligi ekinlarining xisobiy sug’orish 
rejimini aniqlash bo’yicha O’rta Osiyosuvpaxtaloyiha, sobiq Butunnittifoq paxtachilik, shuningdek, 
qo’shni respublikadagi ilmiy tadqiqot institutlari tomonidan bu sohada katta ishlar bajarildi va 
gidromodul rayonlashtirish yanada mukammallash-tirilib borildi hozirgi kunda SANIIRIda O’zbekistonning 
sug’oriladi-gan yerlarini gidromodul jihatdan rayonlashtirish masalasi qayta ishlab chiqilmoqda. 
Sizot sularining joylashgan chuqurligi, tuproqning mexani tarkibi, tuproq qatlamining litologik tuzilishiga 
ko’ra S.N.Rijov va N.F.Bespalov sug’oriladigan yerlarni 9 ta gidromodul rayonga ajratishgan (3.1- jadval). 
Gidromodul rayonlar 
3.1 jadval 
Gidromodul 
rayonlar 
Tuproq va tuproq osti yotqiziqlari 
Sizot suvlarining joylashgan 
chuqurligi, m 

Katta qatlamli qumoq, qum-shag’al yotqiziqli, 
katta qatlamga ega qumoq va soz tuproqlar
3-4 
II 
O’rtacha qatlamli, qum-shag’al yotqiziqli 
qumoq va soz tuproqlar va katta qatlamga ega 
qumloq tuproqlar
3-4 


III 
Katta qatlamga ega qumoq va soz tuproqlar 
3-4 
IV 
Qumli va qumloq tuproqlar 
2-3 

O’rtacha va og’ir qumoq, bir jinsli yoki quyi 
qatlamlarga yengillashib boruvchi og’ir qumoq 
2-3 
VI 
Bir jinsli, zich yoki o’rtacha mexanik tarkibli, 
qatlamli tuzilishiga ega og’ir qumoq va soz 
tuproqlar
2-3 
VII 
Qumli va qumloq tuproqlar 
1-2 
VIII 
O’rtacha va og’ir qumoq, bir jinsli yoki quyi 
qatlamlarga yengillashib boruvchi og’ir qumoq 
1-2 
IX 
Bir jinsli, zich yoki o’rtacha mexanik tarkibli, 
qatlamli tuzilishiga ega og’ir qumoq va soz 
tuproqlar
1-2 
O’zbekiston Respublikasida 10 - gidromodul rayoni mavjud. 1-gidromodul rayonida suv ko’p berilishi, 10 
- gidromodul rayoniga esa kam berilishi mumkin. Buning sababi 1 - gidromodul rayonida sizot suvlar 
sathi yer sathiga nisbatan 3 metrdan pastda, 10- gidromodul rayonida esa 1-2 metrda joylashgan 
(3.1-jadval).
Qishloq xo’jalik ekinlarining suv iste’moli aniqlashda quyidagi usullardan foydalaniladi: 
1.Nazariy - bug’lanish va energiya fizikasi qonuniyatlari; 
2.Metodologik - bunda suv iste’moli havoning harorati va nisbiy namligi bilan uzviy bog’lanishi hisobiga; 
3.Ekin hosildorligi va transpiratsiya koeffitsiyenti hisobiga;
4. Maxsus priborlar - lizimetrlar bilan kuzatuvlar bo’yicha, bevosita tajriba yo’li va boshqalar. 
3.6. Me’yoridan ortiq sug’orish va uning salbiy oqibatlari 
Ekin maydondagi tuproqning unumdorligi pasayishi odatda suv ko’p berish natijasida kuzatiladi. Bundan 
tashqari sho’r yuvishga yoki sug’orishga sarflangan ortiqcha suv ham hosildorlikka salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Sug’orishga berilayotgan me’yoridan ortiqcha suv ekin uchun ko’plab muammolar tug’diradi. Agar 
yetishtirayotgan ekindan mo’ljalangan hosil olinmasa, bu asosan ortiqcha sug’orish orqali yuzaga 
keladigan muammolardan biri deb tushinish mumkin, ammo buni oldini olish mumkin. Uni bartaraf etish 
uchun ekin maydonini ekishga to’g’ri tayyorlash, ekin talabidan kelib chiqqan holda suv berish kerak va 
buning natijasida ko’zlangan hosilni olish mumkin. 
Ekin maydoniga me’yoridan ortiq suv berilgan paytda tuproqning havo bilan to’lgan 
bo’shliqlarini(g’ovaklarni) suv egallab oladi va natijada o’simlik ildiziga kerakli hajmdagi kislorod yetmay 
qoladi. Ya’ni o’simlikdagi havo-suv-tuz-ozuqa tartibi buziladi. Bu hodisa tuproqda namlik me’yorining 
oshib ketishidan ya’ni zaxlanishdan dalolatdir. Bu muammo tuproqdagi mavjud ozuqa elementlarning 
kamayishiga sabab bo’ladi va o’simlikning ozuqalarni o’zlashtirishini pasaytiradi. Ko’pchilik fermerlar bu 
muammoni juda kech anglab yetadilar. Olimlar ekinni sug’orish normalarini tuproqning mexanik tarkibi, 
sizot suvlari joylashishi, hamda ekin turiga qarab belgilash ekin hosildorlikkini keskin oshirishini 
aniqlashgan. 
Suvni ko’p berish natijasida kelib chiqadigan salbiy natijalar nimalardan iborat: 


Sizot suvlari sathi ko’tariladi, natijada tuproqning sho’rlanishiga olib keladi; 
Ortiqcha suvlar daladan tashlamaga chiqib ketadi va o’zi bilan hosildor qatlamidagi ozuqa elementlarni 
olib chiqib ketadi; 
Sug’oriladigan maydon keragidan ortiqcha namlanib, dalaning yetilishi kechikadi; 
Oqibatda o’simlik uchun kerak bo’lgan tuproqdagi suv-ozuqa-tuz-havo almashinuvi buziladi.
Dalaga sug’orish uchun berilgan suv tuproqning mexanik tarkibiga qarab turli darajada tuproqqa singadi. 
Past unumdorli tuproq namlikning tez ortib ketishiga moyil bo’ladi. Ko’pincha ekin maydonida og’ir 
vaznli texnikalarning ko’p harakatlanishi va yerni noto’g’ri haydash tuproq tuzilmasiga shikast yetkazadi. 
yerni namligida haydash uning kuchli zichlashishiga olib keladi. yer zichlanishi o’simlik ildizlari va suvning 
tuproqqa shimilishi uchun qiyinchilik tug’diradi. Ushbu muammo O’rta Osiyo mamlakatlarida tez-tez 
uchrab turadi. Tuproqda natriy tuzlarining oshib ketishi tuproqning unumdorligini pasaytiruvchi 
sabablardan biri hisoblanadi. 
Tuproq sho’rlanishi O’rta Osiyoning sug’oriladigan yerlarida keng tarqalgan bo’lib, bu yer osti suvlari 
sathining yuqori joylashganligidir. Tuproqda eruvchan tuzlarning yig’ilib qolishi natijasida sho’rlanish yuz 
beradi. Chunki mintaqaning yarim qurg’oqchil hududlarida yog’ingarchilikka nisbatan bug’lanishning 
yuqoriligi tuzlarning tuproq sathida to’planishiga sabab bo’ladi. SHu tufayli tuzlar o’simlik ildizi atrofida 
to’planadi va hosildorlikka jiddiy zarar yetkazadi. 
Ushbu muammo sug’orishni to’g’ri tashkil qilish orqali bartaraf etilishi mumkin. Oddiy egatlab sug’orish 
ekin maydonida yig’ilib qolgan tuzlarni o’simlikning ildiz zonasi (hosildor qatlami) orqali yuvib chiqib 
ketadi. Biroq sizot suvlari sathi yuqori bo’lsa, to’plangan tuzlarni tuproqdan yuvib tashlashning iloji 
bo’lmaydi. Muammoni oldini olishning yagona yo’li sizot suvlarini to’g’ri boshqara bilishdir. Ya’ni dalaga 
ortiqcha suv berishdan qochish darkor. Chunki berilayotgan suv sizot suvlari sathining ko’tarilishiga 
sabab bo’ladi. 
Keragidan ortiqcha suv berish quyidagi salbiy oqibatlarga olib keladi:
Qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligi kamayadi; 
Ekinning bo’yi o’sib ketadi, ozuqa elementlari yuvilib ketadi; 
Etishtirilgan hosilning sifati tushib ketadi; 
Tuproqni meliorativ holati yomonlashadi; 
Tuproq eroziyaga uchraydi; 
Tuproq sho’rlanishi yuzaga keladi. 
Mavjud muammolarni oldini olish uchun quyidagilarni amalga oshirish talab qilinadi: 
Suvdan foydalanish rejasini to’g’ri tuzish va shu asosda suv taqsimotini yo’lga qo’yish; 
Limitdan ortikcha suv olmaslik; 
Fermer va suvchilar psixologiyasini o’zgartirish; 
Suvchilarni suv bo’yicha trening(seminar)larga jalb qilish; 
Suvning hisob-kitob ishlarini yo’lga qo’yish; 
Fermerlarga suvni tejaydigan ilg’or texnologiyalarini o’rgatish; 
Tajriba almashishni yo’lga qo’yish; 


Suv yetkazib berish xizmatiga haq to’lashni joriy qilish; 
Sug’orish dalasini tekislashda dala nishobliligiga amal qilish (sug’orish dalasini tekislash); 
Erni sug’orishga to’g’ri tayyorlash, tuproq holatini yaxshilash va o’q ariqlarni talab darajasida kesish; 
Ekinlar agrotexnikasini talab darajasida amalga oshirish. 

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish