Ijtimoiy fanlar va kutubxonashunoslik


Jorj Braun klassifikatsiyasi



Download 480,85 Kb.
bet19/20
Sana14.06.2022
Hajmi480,85 Kb.
#667839
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
MALAKAVIY ISHI

Jorj Braun klassifikatsiyasi
Ingliz kutubxonashunosi Jorj Braun XX asr boshlarida juda o‘ziga xos, ammo umuman yaxshi chiqmagan va amalda foydalanish noqulay bo'lgan kutubxona
klassifikatsiyasi sxemasini yaratib, uni «Predm et klassifikatsiyasi» deb atagan edi. Braun bilim ning asosiy sohalari bo‘lim larini dunyoning anorganik tabiatdan inson va jam iyatga tom on evolyutsiyasini aks ettiradigan izchillikda joylashtirgan; am-
mo u bunda tabiat taraqqiyotini idealistik tushunishga asoslangan edi.Masalan, Jorj Braun anorganik tabiat haqidagi fanlarga «materiya» haqidagi fanlar deb qaragan, inson va jam iyat haqidagi fanlarni insonda aql-idrok mavjudligi bilan bog‘lagan edi.
Asosiy bo‘lim lar sxem ada lotin harflari bilan belgilangan; bir guruhdagi fanlar bo‘lim lariga bir necha bosh harflar qo'yilgan. Keyingi bo‘linm alar uch xonali ra- qamli (tuzilishiga ko‘ra o‘nli indekslarga o‘xshash) indekslar bilan ifodalangan.Jorj Braun texnikaga doi r fanlar, tibbiyot, san’at degan alohida bo‘limlar hosil qilish- dan voz kechib, bu fanlarning ayrim sohalarini ularga tegishli nazariy fanlar bo‘lim lariga kiritgan edi. Masalan, mexanika bo‘lim id an keyin sxem ada mexanika bilan aloqador «am aliy» fanlar (texnika) san’at, yorug`lik fizikasi (optika) bo‘limidan keyin — yoritish texnikasi bo‘limi, tovush fizikasi (akustika) bo`limidan keyin — musiqa va qo‘shiq bo`limlari keladi. Shunday qilib, go‘yo «predmet kompleks- lari» yaratilgan «yorug‘lik» predm eti, «tovush» predmeti bilan bog`liq bo`lgan barcha bilim sohalari shu kompleksga kiritilganedi. Jorj Braun nazariy va amaliy fanlarni bir-biriga yaqinlashtirish haqidagi to‘g‘ri fikrni rasman amalga oshirib, texnikaga oid fanlar, san’at, tibbiyotning tabiiy komplekslarini buzgan.Braun aniq-
lagichlar xususida yoki ularning «kategoriyalar» xususida ham fikr bildirgan.Sxe- ada «kategoriyalar»ning bitta jadvali berilgan bo‘lib, u juda xilm a-xil va tasodifiy tartibda joylashtirilgan 1000 ta tushunchani o‘z ichiga oladi.
Shiali Ramamrita Ranganatan (1892—1972)
Shiali Ramamrita Ranganatan (1892—1972) hind kutubxonashunos olimi. Ax- borotlashtirish va kutubxonashunoslik sohasida faoliyat yuritgan olim , professor. Londondagi Oliy kutubxonachilik maktabini tugatgan. Hindistondagi yirik kutub- xonalarni birlashtirib, 1933-yilda tashkil etilgan kutubxonachilik assotsiatsiyasini
boshqargan. «Kitoblar ulardan foydalanishlari uchun xizmat qiladi», «Har bir ki- kitobxonga o‘z kitobini taqdim etish» kabi kutubxonashunoslikning muhim qoida-larini yaratgan. U faset klassifikatsiyasi nazariyasini yaratgan. «Ikki nuqta yordam ida klassifikatsiyalash» mazkur klassifikatsiya zamonaviy klassafikatsiya nazariya- sining yaratilishiga ta ’sir ko'rsatgan. Ranganataning ilmiy ishlari kutubxona klas- sifikatsiyasi va sistem ali katalog sohasidagi tadqiqotlar bilan ko‘proq bog‘liqdir.
Ranganatan ishlab chiqqan va birinchi bor 1933-yilda e’lon qilingan «Bayon alomati yordamida klassifikatsiyalash», degan asarida klassifikatsiya qilinayotgan asarlar tematikasiga muvofiq keladigan barcha tushunchalar uchun oldindan rubri- kalar belgilangan «sanama» sxemalar usulidan qat’iyan voz kechadi. «Universal o‘nli klassifikatsiya»da keng foydalanilgan indekslarni kombinatsion tuzish usulini Ranganatan yanada rivojlantirdi. Uning sxemasida 26 ga asosiy bo‘lim ko‘rsatilgan (keyingi nashrlarida bo‘limlarning soni ko‘paytirilgan). Bu bo‘limlarning sxemada
qabul qilingan izchilligi qiziqish tug‘dirmaydi. U ko‘p jihatdan Braun va Bliss sxe- malariga o‘xshaydi, binobarin, asosiy qatorning ilmiyligi muammosiga uncha ah- amiyat bermaydi. U asosiy e’tiborini bilimning asosiy sohalari bo'limlarini detal- lashtirish masalalariga qaratadi. Ranganatan har bir asosiy bo‘lim doirasida bir necha jadval tuzib chiqadi, bu jadvallar mazkur bilim sohasini turlicha nuqtayi
nazardan aks ettiradigan bo‘linm alarni o‘z ichiga oladi.Ranganatan birinchi nashr- da bu jadvallarni «xarakteristikalar» deb ataydi, keyinchalik ularga «fasetlar»(bilim ning shu sohasi qarab chiqilishi mumkin bo‘lgan nuqtayi nazarlar) deb nom beradi. Msalan, kimyo bo‘limida kimyoning asosiy masalalari bo`lgan moddalarning bel- gisi va elem entlarning birikish usullarining jadvallari (fasetlari) berilgan. O‘sim- likshunoslik bo‘limida o‘simliklar turlarining o‘simik xizmati tarkibiy qismlari- ning, qishloq xo‘jalik ekinlarini parvarish qilish usullari geografik belgisining fa- setlari bor. Tibbiyot bo‘limida odam tanasi organlari, bemorlarni davolash, ularga qarash ilmiy muammolari usullari nuqtayi nazaridan tuzilgan jadvallar berilgan.
Fasetlarning bo'linmalari raqamli belgilarga ega. Kerakli tushuncha indeksi asosiy bo‘lim ning harfiy ifodasiga tegishli fasetlar jadvallaridan olingan ifodalarni qo‘shish yo‘li bilan hosil qilinadi. Raqamli ifodalar, har xil belgilar ko‘pincha ba- yon alomati yordamida birlashtiriladi; xuddi shu narsa «Bayon alomati yordamida klassifikatsiyalash» sistemasining nomini belgilabbergan. Ranganatanning klassifi- katsiya sxemasi foydalanish uchun juda murakkab sxema bo‘lib chiqdi va keng yoyilmadi. Uning klassifikatsiyalashga doir asarlarida, misol uchun, Iceltirilgan ba’zi bir indekslar umumiy aniqlagichlar va faset belgilarni har xil jadvallaridan olingan 25—30 belgidan iboratdir. Indeks ayrim elementlari tartibining murakkab- ligi va shartliligi, indekslar tarkibiga bu elementlarni bog‘lab turuvchi har xil qo‘- shimcha belgilarning kiritilishi indekslarni kutubxonachi uchun ham , katalogdan foydalanadigan kitobxon uchun ham murakkablashtirib qo‘yadi.
Ranganatan o‘zining bundan keyingi asarlarida fasetli klassifikatsiya g‘oyasini ishlab chiqishni davom ettiradi. Bilim ning xilma-xil sohalarini fasetlar bo'yicha bo`lishni tartibga solish yo‘llaridagi izlanishlarida u matbuot asarlarini klassifikat-siya qi lishning o‘ziga xos standarti bo‘lib xizmat qilishi lozim bo‘lgan umumiy «fasetli formula»ni qo'llanish mumkin deb o‘ylaydi. Har bir asar bu formulaga mu- vofiq quyidagi besh nuqtayi nazardan qarab chiqilmog'i lozim: konkret tushuncha (bilim sohasi, predmet, masala), modda (material), energiya (jarayon, harakat),fazo
(geografik nuqtayi nazar),zamon (davr, vaqt, yil).Ranganatan xuddi mana shu besh hadl i formulaga yopishib olmay, fasetlarni standartlashtirish g‘oyasining o‘ziga alohida e’tibor beradi. Chetel kutubxonashunoslarining ko‘pchiligi bu g'oyani qo‘l- lab-quvvatlamoqdalar, biroq fasetli formulaning birmuncha boshqacha variantlarini belgilab olmoqdalar.Fasetlarga qarab klassifikatsiyalash prinsipi, shubhasiz, kutub- xona fondi mundarijasini ochib berishdan iborat bu jarayonni tartibga solish yo'lini ko‘rsatadi, klassifikatsiya sxemasi tuzilishiga qonuniy tus berish imkonini tug‘di- radi. Biroq bilimning xilma-xil sohalari bo‘limlarini qismlarga ajratishning umu- miy formulasi topilishi dargumon.Ranganatan va umumiy fasetli formula degan bu g‘oyani ishlab chiqayotgan chetel kutubxonashunoslari xilma-xil fanlar o‘rgana- digan obyektlar o‘rtasida chuqur sifat tafovuti borligini anglamayotirlar. Masalan, ijtimoiy fanlar bo‘limlarida ijtimoiy hayot hodisalari uchun tabiat hodisalarini yoki ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini tadqiq etuvchi farqlar bo'limlaridan
mutlaqo boshqa nuqtayi nazarlarda bo‘linmalar tashkil etish zarurati paydo bo‘ladi.
Ranganatan ilgari surgan bir qancha qoidalarning bahsli xarakterda ekanligiga qa- ramay, uning klassifikatsiyalash sohasidagi asarlari chetel kutubxonashunosligida katta voqeadir.

Xulosa

Demak O‘zbekistonda Axborot-kutubxona markazlari, axborot resurs markazlari kitobxonlar talabiga javob beradigan ilmiy, ommaviy va maxsus resurslari bilan fa- oliyat olib bormoqda. Respublikamizdagi mavjud axborot-kutubxona muassasalari keng doiradagi kitobxonlarning talabiga javob beradigan resurslar: electron nashr- lar, kitoblar, gazeta, jurnallar va boshqa nashriyot mahsulotlari bilan to'ldirilib bo- riladi. «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonu- nining 2011-yil 13-aprel kuni Respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan imzolanishi kutubxonachilik ish faoliyatida katta voqea bo‘ldi. Kutub-


xonachilik ishining tatbiq etilishi va hal qilinishi lozim bolgan masalalari qonun orqali muvofiqlashtirildi. Kutubxona fondini, mavjud resurslarni har tomonlama ochib berishda mazkur hujjatlarning tartibga keltirilganligi, ya’ni fan sohalari bo‘- yicha klassifikatsiya qilinishi, bu jarayonning samarali tashkil etilishida ahamiyati beqiyosdir.Kataloglarning vujudga kelishi, taraqqiyoti, rivojlanishi o`ziga xos tarz- da tarixiy qonuniyatlar ta’siri ostida vujudga kelgan. Sharqda o‘ziga xos, G ‘arbda
o‘ziga xos prinsiplar asosida rivojlangan, taraqqiy etgan. Har bir davrning kutub- xonashunos olimlari o‘z davrlariga hamnafas holda klassifikatsion sistemalarini yaratganlar. Bu esa axborot-kutubxona fondlarini to‘g‘ri shakllantirish Axborot-kutubxona muassasasi ish faoliyatini samarali tashkil etishning asosi bo‘lib qoladi.


Download 480,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish