Ijtimoiy-gumanitar



Download 154,86 Kb.
bet1/11
Sana02.07.2022
Hajmi154,86 Kb.
#729459
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Muhammadiyeva M.





DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
IJTIMOIY-GUMANITAR” FAKULTETI
FILOLOGIYA VA TILLARNI O‘QITISH: O‘ZBEK TILI YO`NALISHI
203-GURUH TALABASI
MUHAMMADIYEVA MUNISANING
HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
MAVZU: BADIIY NUTQDA ANTONIMIYA HODISASI

Tayyorladi: MUHAMMADIYEVA M.
Qabul qildi: BOYMIRZAYEV A.
Denov- 2022
MUNDARIJA


I.KIRISH …………………………………………………….......................3-5
II. ASOSIY QISM
1. LISONIY ANTONIMLAR …………...…………………….....................6-8
2. NUTQIY (KONTEKSTUAL) ANTONIMLAR ……………………......9-12
3. LUG‘ATLARDA ANTONIMLARNING BERILISHI………………...13-17
4. SINTAKTIK ANTONIMIYA ………………………………................18-22
III. XULOSA. ………………………………………………....................23-25
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………….....................26

KIRISH
Kurs ishi mavzuning dolzarbligi. Olamdagi narsa va hodisalarni kuzatsangiz, ular taraqqiyotining asosida muntazam qarshiliklar, ziddiyatlar yotganligining guvohi bo‘lishingiz mumkin. Qarama-qarshiliklar qonuni dunyo taraqqiyotining asosiy mezonlaridan biri sanaladi. Turgan gapki, bu qarama-qarshiliklar tilda ham o‘z aksini topgan.Avvalo biron bir xalqni bilmoqchi bo'lsak uning tili va ma'daniyatini yaxshi bilmog'imiz lozim.Birinchi prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov o'z asarida til haqida «Til har bir millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi. Har bir xalq, har bir elat, o‘zi hurmat va ehtirom qiladigan tilga ega. Tilda ana shu tilning ijodkori bo‘lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug‘vor ahamiyat kasb etadi. Til – har bir millat o‘zligining ajralmas belgisidir»1,-deb aytgan edilar. Til haqida muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonivich Mirziyoyev ham o'z fikrlarini aytganlar:"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir.Kimda-kim oʻzbek tilining bor latofatini, jozibasi va taʼsir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi boʻlsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, oʻlmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qoʻshiqlariga quloq tutsin.Turkiy tillarning katta oilasiga mansub boʻlgan oʻzbek tilining tarixi xalqimizning koʻp asrlik kechmishi, uning orzu-intilishlari, dardu armonlari, zafarlari va gʻalabalari bilan chambarchas bogʻliqdir.Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga oʻz soʻzini aytib kelganlar. Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar."2


Yaxshilik bilan yomonlik, oqlik bilan qoralik, yorug’lik bilan qorong’ilik o‘rtasidagi ziddiyatlar asosida son-sanoqsiz qarama-qarshiliklar yuzaga kelganki, ularni ifodalash uchun har bir holatda alohida til birliklari jalb qilingan. Bu esa o‘z navbatida tilda yangi bir hodisaning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Bu til hodisasi antonimiya, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar esa antonimlar atamasi bilan yuritiladi. Antonimiya so‘zi grekcha anti-zid, onyma—nom so‘zlaridan olingan.
Antonimiya hodisasini belgilashda tilshunoslikda bir-biriga to‘g’ri kelmaydigan, zid fikrlar ham yo‘q emas. Har qanday qarama-qarshi turgan so‘zlarni antonimlar sifatida talqin qilish ham o‘rinli emas. Masalan, oq-qora, baland-past, sekin-tez so‘zlaridagi qarama—qarshi ma’nolar yaqqol sezilib turibdi. Ularda har ikki jihat: ham ifoda plani, ham mazmun plani bir - biriga zid qo‘yilgan. Shunga ko‘ra ularni lug’aviy antonimlar deyish mumkin.
Antonimik juft hosil boʻlishi uchun ikkita mustaqil tushuncha ma’no jihatdan oʻzaro qarama qarshi boʻlishi kerak."Fe’llardagi boʻlishli-boʻlishsizlik xususiyati antonimlikni vujudga keltirmaydi"3,-deb aytadi tilshunos olim. Antonimlar ba’zan juft holda qoʻllanib ma’no kengaytiradi yoki ma’no ifodalaydi: tun-u kun (har doim). Koʻp ma’noli soʻz oʻzining har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim soʻzlarga sinonim boʻlishi mumkin: xafa soʻzi bir oʻrinda xursand soʻziga antonim boʻladi. Yoki qattiq yer – yumshoq yer; qattiq (xasis) odam – saxiy odam.
Ko‘rinib turibdiki, antonimiyada ikkita til birligi ishtirok etmoqda. Biri ikkinchisi ifodalagan ma’noning aks ma’nosini, teskarisini ifodalamoqda. Ikki til birligi orasidagi ma’noviy munosabat antonimiya hodisasini keltirib chiqarmoqda. Ikkisi birgalikda antonimik juftlikni tashkil qilmoqda. Antonimlarning 3 turi mavjud:
1) leksik antonim (baland-past, uzun-qisqa)
2) affiks antonim(qulay-noqulay, suvli-suvsiz)
3) sintaktik antonim (yuz-bashara)
Tol-terak, opa-singil, aka-uka ko‘rinishlarida ham o‘ziga xos ziddiyatlar bor, lekin ularni antonimlar deb bo‘lmaydi. Sababi antonimiya hodisasini belgilaganda ikki til birligi o‘rtasidagi semantik tuzilishga, ulardagi semalarning ziddiyatiga alohida e’tibor qilinadi.
Antonim badiiy nutqda qoʻllanib tazod yaratish uchun xizmat qiladi: Yaxshining ehsoniga yomonning boshi ogʻrir. Antonimlarni kel – kelma, bor – borma kabi birliklardan farqlamoq kerak, bu birliklar fe’lning boʻlishli va boʻlishsiz shaklidir. Antonimlar faqat bir xil soʻz turkumlari doirasida kuzatiladi yaxshilik – yomonlik (ot), uzun – qisqa (sifat), koʻp – oz (ravish), keldi – ketdi (fe’l). Nutqimizda lugʻaviy antonimlardan foydalanish fikrimizni ta’sirli ifodalashda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, badiiy adabiyotda zid ma’noli soʻzlarni bir-biriga zidlash asosida badiiy san’at hosil qilinadi. Bunday san’atga tazod san’ati deyiladi.
Antonimlik ikki til birligi orasidagi ma'no munosabati bo‘lib, ikkisi birgalikda antonimik juftlikni tashkil qiladi. Antonimlardan biri yoki har ikkisi o‘z sinonimiga ega bo‘lishi mumkin, lekin shunda ham antonimik juftlik holati buzilmaydi. Masalan, ko‘p- leksemasining mo‘l-, bisyor- kabi sinonimlari mavjud, shunga ko‘ra bu leksemalar oz- ko‘p, oz– mo‘l,oz – bisyor kabi antonimik juftliklarda qatnashadi.

Antonimlar ro'yxati:



Yaxshi - yomon
Rad etish-qabul qilish
Sevgi-nafrat
Qiziqarli - zerikish
Quvonch - qayg'u
Ochiq- yopiq
Kelish – ketish
Kechasi-ertalab
Alvido - salom
Yon - markaz
To'g'ri - egilgan
Hozir-o'tmish



Yupqa-yo'g'on
Yoqimli - chirkin
Katta-kichkina
Uzoq- yaqin
Katta - kichik
Haqiqat-yolg'on
Tashqarida-ichkarida
Qulay-noqulay
Yoritish - zulmat
Tabassum qildi - jiddiy
Yumshoq - qattiq

Antonimik munosabat odatda bir turkum leksemalari orasida bo‘ladi (yuqoridagi misollar). Bu – asosiy holat. Ba'zan antonimik munosabat ot leksemaning belgi ma'nosi bilan sifat leksema orasida voqe bo‘ladi: bosh


(to‘ng‘ich) – kenja- kabi.
Antonimiya leksemalar orasidagi zidlik munosabatidir: [katta]-[kichik],[yosh]-[qari], [mitti]-[ulkan], [oq]-[qora] va hokazo .Antonim leksemalarning umumiy , birlashtiruvchi semasi bilan bir qatorda, qarama-qarshi semasi ham bo‘lishi lozim . Masalan ,[katta] va [kichik] leksemalari umumiy — «sifat», «koiam » semasi bilan birga, qarama-qarshi - « nisbatan ortiq» ([katta]) va «nisbatan katta bo'lmagan» ([kichik]) semasiga ham ega. Yoki [qish] —«yilning eng sovuq fasli», [yoz]- « yilning eng issiq fasli»4.

Download 154,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish