Maqsadli-oqilona harakat — sub'ekt tomonidan o‘z maqsadini aniq anglaganligini, oqilona vositalar tanlaganini taqozo etadi. Ammo, konkret inson harakati maqsadli-oqilona harakatga qisman yaqinlashishi mumkin, lekin aynan mos kelmaydi. Maqsadli-oqilona harakat o‘ziga xos harakat modeli rolini o’ynaydi, uning yordamida harakatlardagi chetga og‘ishlarni aniqlash mumkin. Bu esa harakat qilayotgan sub'ektning haqiqiy motivlarini tushunish imkonini beradi.
Qadriyatli-oqilona harakat - etik, estetik, diniy va boshqa ma'lum xatti-harakat qadriyatlariga bo‘lgan ishonchga asoslangan ijtimoiy harakatdir. Qadriyatli-oqilona harakat doimo ma'lum bir bajarilishi burch hisoblangan talablarga bo‘ysunadi. Ma'lum bir qadriyatni anglash bilan bog‘liq bo‘lgan bu harakat o‘zining ma'lum bir tartibliligi tufayli rejali, oqilona xususiyatga ega bo‘ladi. Qadriyatli-ratsional harakatda odam .tashqi dunyodagina emas, balki o‘zining sub'ektiv qadriyatlariga ham mos ravishda vosityalar tanlaydi, bu qadriyatlar harakatni tezlashtirishi va aksincha, susaytirib qo‘yishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |