Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni prognozlash usullari 2-mashg`ulot reja


Ekstrapolyasiya usullarini qo‘llash sharoitlari



Download 81,5 Kb.
bet2/2
Sana30.05.2022
Hajmi81,5 Kb.
#620443
1   2
Bog'liq
2-ma'ruza mashg'uloti

Ekstrapolyasiya usullarini qo‘llash sharoitlari

Ekstrapolyasiya usullarida turli xil miqdor ko‘rsatkichlari va harakteristikalar prognozlash jarayonida qo‘llaniladi. Bunda ko‘pchilik hollarda prognozchilar muvaffaq qatorlar ekstrapolyasiyasi bilan ish ko‘radilar. Bunda iqtisodiy ma’lumotlarni tahlil qilish bosqichida dinamik qatorlarning qonuniyatli harakterini aniqlash, empirik formulalarni tanlash, bu formulalar parametrlarini hamda belgilangan bog‘liqliklarining to‘g‘ri aniqlanganligini baholash kabilar asosiy vazifa hisoblanadi.
Ekstrapolyasiya hodisalar yoki jarayonlarning kelgusidagi holati qonunlari, nazariyalari yoxud tajribasini keng yoyishni taqozo qiladi. Ekstrapolyasiya usullarni prognozlanadigan ob’ektni rivojlantirishning barqaror sharoitida qo‘llanish maqsadga muvofiqdir.
Ozgina vaqt uchun prognozlashda shu narsa ko‘zda tutiladiki, kelgusidagi sharoitlar mavjud qonunlar, nazariyalar va tajribalar taalluqli bo‘lgan sharoitlardan umuman farq qilmaydi yoki ozgina farq qiladi. YA’ni, bu holda ekstrapolyasiya tizimni rivojlantirishning ilgarigi tendensiyalariga tayanadi.
Ekstrapolyasiyaning quyidagi bir nechta usullari mavjud: funksional va korrelyasion aloqalar asosidagi ekstrapolyasiya; egri egiluvchan ekstrapolyasiya;
taqqoslama usullar yordamidagi ekstrapolyasiya. Bularning hammasi to‘ppa -to‘g‘ri ekstrapolyasiya usullaridandir. Ular butun davr uchun doimiy bo‘lgan taraqqiyot sur’atlari va xususiyatlaridan kelib chiqadi hamda ob’ektni rivojlantirishga ta’sir qiladigan ko‘p tomonlama aloqalarni hisobga olishga qodir emas. Ilgarigi ob’ektni rivojlantirish dinamikasini aniq aks ettiradigan, approksimatsiya qiladigan funksiyani belgilash va miqdor jihatdan baholash yo‘li bilan olingan matematik modellar ekstrapolyasiyaning asosini tashkil etadi.
O‘rta darajalarni sirg‘alish usuli
Ayrim hollarda dinamik qatorlardagi ma’lumotlar tebranish bilan harakterlanadi. Bu vaziyatda dinamik qatorlarni silliqlash zarur. Silliqlash natijasida tebranish kamayib, umumiy tendensiya yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Bu maqsadda keng qo‘llaniladigan usullardan biri – o‘rta darajalarni sirg‘alish usulidir.
Sirg‘anuvchi o‘rtacha usul o‘rtacha qiymatini aniqlash vaqtida tasodifiy chetlamalarning o‘sish holatiga asoslanadi.
O‘rtacha amaldagi qiymatlar qatorlari dinamikasi tekislanayotgan vaqtda sirg‘anishning o‘rtacha nuqta davrini ko‘rsatadigan o‘rtacha qiymatlar bilan almashinadi. Vazniy tenglashtirish turli nuqtadagi qatorlar dinamikasi uchun vazniy o‘rtacha qiymatlarini o‘rtalashdan iborat.
Birinchi 2r+1 qatorlar dinamikasini olib ko‘raylik. (r odatda 1 yoki 2 ga teng).
Tendensiyalar funksiyasi sifatida qandaydir:

tenglamasi yordamida eng kichik kvadratlar usuli bilan aniqlanadi.
Ko‘phad (polinom) o‘rtacha darajasi r+1 nuqtasiga joylashgan. a0 ga nisbatan tenglamani echsak:

hosil qilamiz. Bu erdagi b1 qiymati p va k mohiyatiga bog‘liq bo‘ladi. hosil bo‘lgan tenglama (4) birinchilardan 2r+1 qatorlar dinamikasi qiymatining vazniy o‘rtacha qiymat arifmetikasi hisoblanadi. Sirg‘aluvchan o‘rtacha qiymat usuli boshqa usullarga nisbatan qator afzalliklarga ega. Jumladan, sirg‘aluvchan o‘rtacha qiymat shunday tendensiya funksiyasini beradiki, u mohiyatiga ko‘ra o‘rganilayotgan qatorlar mohiyatiga yaqin turadi. CHunki qatorning ayrim qismlari - eng yaxshi tendensiya tanlab olinadi. O‘rganilayotgan qatorlarga ya ngi daraja qo‘shilishi mumkin. Tendensiyalarni aniqlash ko‘p mehnat talab etishi singari xususiyatlar sirg‘aluvchan o‘rtacha qiymat usulining afzalliklari hisoblanadi. Lekin sirg‘aluvchan o‘rtacha usul sirg‘anish davri oshirilishi bilan qatorning eng chetki davrlari haqidagi informatsiya yo‘qolishi singari kamchiliklarga ham ega.
Faraz qilaylik, quyidagi dinamik qator berilgan bo‘lsin:
Y1, Y2, Y3,…, Yn Uch yillik silliqlash intervali uchun o‘rta darajali dinamik qator quyidagicha hisoblanadi.

Uch, to‘rt, besh yillik silliqlash interval uchun o‘rta darajali qatorlar ham hisoblanishi mumkin. Ko‘rinib turibdiki silliqlangan qator boshlang‘ich dinamik qatorga nisbatan kaltaroqdir, n- yillik interval qo‘llansa, n-2 ko‘rsatkich qoladi, besh yillikda esa n-4. Shuning uchun interval uzoqligini tanlanganda bu muammoni e’tiborga olish zarur.
Download 81,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish