Ijtimoiy-madaniy faoliyat va musiqa ta’limi


-mavzu: О‘zbekistonda milliy madaniyatni rivojlantirish Konsepsiyasi



Download 1,66 Mb.
bet6/146
Sana14.07.2022
Hajmi1,66 Mb.
#797197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Bog'liq
Namangan davlat universiteti

2-mavzu: О‘zbekistonda milliy madaniyatni rivojlantirish Konsepsiyasi
Reja:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2022-yillarda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori
2. Konsepsiyaning mazmun mohiyati
3. Milliy madaniy markazlar faoliyati


Tayanch so’z va iboralar: Milliy madaniyat, madaniyat konsepsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2022-yillarda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori, Moddiy, nomoddiy madaniy meros, muzeylar,Teatr, kino va sirk, Milliy musiqa sanʼati, Milliy estrada sanʼati, Milliy raqs sanʼati, Tasviriy va amaliy sanʼat, Madaniyat va istirohat bogʻlari hamda madaniyat markazlari, Ilm-fan, taʼlim, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, Madaniyat turizmi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2022-yillarda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hamda “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari shu bilan birga Madaniyat vazirining yil davomida sohada amalga oshirilgan ishlar va 2019-yilda koʻzlangan rejalar yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Keyingi yillarda oʼzbek xalqining maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini yuksaltirish, madaniyat va sanʼat muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, soha vakillarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 28-noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” PQ-4038-sonli qarori qabul qilingan edi. Mazkur Konsepsiyada milliy madaniyatni yanada rivojlantirishda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzviy va ajralmas qismi sifatida qaraladi.
Milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi 9 ta asosiy yoʻnalishni oʻz ichiga qamrab olgan.
1. Moddiy, nomoddiy madaniy meros, muzeylar; 2. Teatr, kino va sirk; 3. Milliy musiqa sanʼati; 4. Milliy estrada sanʼati; 5. Milliy raqs sanʼati; 6. Tasviriy va amaliy sanʼat; 7. Madaniyat va istirohat bogʻlari hamda madaniyat markazlari; 8. Ilm-fan, taʼlim, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish; 9. Madaniyat turizmi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat koʻrsatayotgan madaniyat va aholi dam olish markazlari negizida madaniyat markazlari tashkil etilmoqda. 2019–2022-yillarda yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital taʼmirlanadigan va jihozlanadigan madaniyat markazlarining manzilli roʻyxati tasdiqlandi. Roʻyxatga koʻra 2019–2022-yillarda 147 ta obyektda qurilish, taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi belgilandi. Yangi bino qurish (26 ta obyekt), rekonstruksiya (45 ta obyekt), kapital taʼmirlash (76 ta obyekt)ni tashkil etadi. 2019-yilda davlat buyurtmasi asosida Amir Temur (Namangan) va Hakim at-Termiziy (Surxondaryo) mavzularida tarixiy spektakllar, Abay, Boburshoh (Toshkent sh.) va Temur Malik (Samarqand) kabi 100 dan ortiq koʻplab mavzulardagi yangi spektakllar sahnalashtiriladi. 1 ta teatr yangi bino qurish, 2 ta teatr binosi rekonstruksiya qilish, 1 ta teatr binosini mukammal taʼmirlanadi. 2019-yildan 30 ta muzeyning “Virtual muzey” bazasini yaratish va Oʻzbekiston muzeylari yagona portalini yaratish ishlari yakunlanadi. Muzeylar tomonidan bir yilda pullik xizmatlar qiymati 10 mlrd.ni tashkil etayotgan boʻlsa, buni kelgusi 2 yilda 1,5 marotabaga oshirib, 15 mlrd.ga yetkaziladi. 2019-yil 5-10-aprel kunlari Surxondaryo viloyatida ilk marotaba oʻtkaziladigan “Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali”ni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish rejalashtirilgan.Shuningdek, 2019-yilda oʻtkaziladigan festivallar Buyuk ipak yoʻli (Margʻilon, iyul),“Sharq taronalari” (Samarqand, avgust), “Raqs sehri” (Xiva, sentyabr), Hunarmandchilik (Qoʻqon, sentyabr), xalqaro festivallari oʻtkazilishi belgilangan.Milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha 2019-2020-yillarga moʻljallangan “yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, unga asosan A.Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrida “Opera va balet sanʼati” xalqaro festivalini oʻtkazish (2 yilda bir marta, dastlab 2019-yilda), internet tarmogʻida respublikadagi mavjud barcha muzeylarning yagona portalini tashkil etish, tarixiy, ilmiy, “Sahrodagi qasrlar”, “Sarmishsoy qoyatosh rasmlari”, “Xonbandi”, “Zarautsoy qoyatosh rasmlari”, “Qadimiy Termiz” obyektlarini YUNЕSKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritish choralarini koʻrish respublikada hamda Oʻzbekiston tarixi va madaniyatiga oid xorijiy davlatlardagi nomoddiy madaniy meros elementlarini yozib olish, ular asosida “Oʻzbekiston nomoddiy madaniy merosi” toʻplamini nashr etish, avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan milliy musiqa asarlari orasidan madaniy qimmatga egalarini saralab, milliy musiqiy asarlar fonotekasini yaratish rejalashtirilgan. Oʻzbekiston xalqining umummilliy boyligi hisoblanadigan madaniy merosini muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish va undan foydalanish borasida mamlakatda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari YUNЕSKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga, “Boysun madaniy muhiti”, “Shashmaqom musiqasi”, “Navroʻz”, “Katta ashula”, “Askiya”, “Palov madaniyati va anʼanalari” nomzodlari Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ roʻyxatiga, Usmon Qurʼoni, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar toʻplami, Xiva xonligi devonxonasi hujjatlari Jahon xotirasi roʻyxatiga kiritilgani yurtimiz madaniy merosining dunyo miqyosida eʼtirof etilganiga yorqin misol boʻla oladi. Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish, ulardan oqilona foydalanish va yurtimizning sayyohlik salohiyatini oshirishda ularning oʻrni va ahamiyatini oshirish hamda moddiy madaniy meros sohasidagi davlat nazoratini tubdan takomillashtirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi hamda uning mintaqaviy davlat inspeksiyalari negizida, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniy meros departamenti hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tashkil etilishi koʻzda tutilgan. Tarixiy va madaniy merosimizni saqlash hamda uni yosh avlod tarbiyasida keng qo'llash hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yoshlarimiz ongiga singdirish, etnik madaniy an'analarni asrab-avaylash va shu asosda xalq ijodiyotini qo'llab-quvvatlash Konsepsiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi. Qaror bilan bugungi kunda barcha hududlarda faoliyat ko'rsatayotgan madaniyat va aholi dam olish markazlari negizida madaniyat markazlari tashkil etilishi belgilandi.
Shuningdek, qarorda “Madaniyat va san'at fidokori” ko'krak nishoni ta'sis etilishi qayd etildi.
2019-yil 1-iyungacha “Madaniyat to'g'risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Qarorga muvofiq, quyidagi ko'rik-tanlovlar an'anaviy ravishda o'tkaziladi:
“Xalq cholg'ulari ijrochilari” ko'rik-tanlovi ikki yilda bir marta, dastlab 2019-yilning iyun oyida;
Mukarrama Turg'unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” ko'rik-tanlovi ikki yilda bir marta, dastlab 2019-yilning oktyabr oyida;
Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” ko'rik-tanlovi ikki yilda bir marta, dastlab 2020-yilning aprel oyida o'tkaziladi.
Ko'rik-tanlov g'oliblari tegishli yo'nalishi bo'yicha oliy ta'lim muassasasining bakalavriat bosqichiga davlat granti asosida qabul qilinadi. Har yili 21-27 mart kunlari “Teatr tomoshalari haftaligi” tashkil etiladi. Bundan tashqari, Buyuk ipak yo'lining mamlakatimizdan o'tgan qismini “Ipak yo'li: Zarafshon daryosi vohasi” va “Ipak yo'li: Farg'ona – Sirdaryo havzasi”nomi ostida YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro'yxatiga, Xorazm “Lazgi”sini “Xorazm raqsi – Lazgi” nomi ostida YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro'yxatiga kiritish bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Nazorat savollari:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2022-yillarda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori haqida nimalar bilasiz?
2. Konsepsiyaning mazmun mohiyati haqida aytib bering?
3. Milliy madaniy markazlar faoliyati haqida nimalar bilasiz?
4. Madaniyat markazlari faoliyati qanday moliyalashtiriladi?



Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish