Ijtimoiy madaniy faoliyatda jamoatchilik nazorati


II BOB. IJTIMOIY – MADANIY FAOLIYAT VA JAMOATCHILIK NAZORATI 13



Download 207 Kb.
bet2/12
Sana20.01.2022
Hajmi207 Kb.
#393182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2 5296388210107093307

II BOB. IJTIMOIY – MADANIY FAOLIYAT VA JAMOATCHILIK NAZORATI 13

2.1 Buyuk sharq allomalarining jamoatchilik nazorati to’g’risidagi qarashlari. 13

2.2 Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yo’nalish va mexanizmlari………………………………………………………………... 18

2.3.Madaniy – ma`rifiy muasssalar faoliyatini ruvojlantirishda jamoatchilik nazoratining o`rni va ahamiyati. 23



2.4. Madaniy – ma`rifiy soha rivojida jamoatchilik nazoratining o`rni va ahamiyati 27

XULOSA VA TAKLIFLAR 31

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI 35

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi: Ma’lumki, 2021 yilda xalqimiz necha yuz yillik tarixi davomida orzu qilib, intilib yashagan va XX asr so‘nggida erishgan, mamlakatimiz hayoti va taqdirida tub burilish yasagan, tom ma’nodagi buyuk, olamshumul voqea – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e’lon qilinganiga o‘ttiz yil to‘ladi. Mustaqillik yillarida ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi o‘zining buyuk salohiyati, mustahkam irodasi va matonatini namoyon etdi, og‘ir sinov va mashaqqatlarni mardona yengib, katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Yurtimiz ilgarigi iqtisodiyoti bir tomonlama shakllangan, qoloq respublikadan barcha sohalarda jadal rivojlanib, fuqarolarning hayot darajasi, siyosiy-ijtimoiy faolligi, ongu tafakkuri tobora yuksalib borayotgan, jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi sifatida uzoq-yaqindagi barcha mamlakatlar bilan do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini keng miqyosda olib borayotgan zamonaviy, ochiq va demokratik davlatga aylandi. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarimiz natijasida, ayniqsa, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini hayotga joriy etish asosida mamlakatimizning siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotini tubdan yangilash, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasini real voqelikka aylantirish borasida salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. Jamiyatimizda tinchlik va barqarorlik, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik muhiti mustahkamlanmoqda. Yangi O‘zbekistonni barpo etish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar, hayotimizning barcha jabhalarini erkinlashtirish, iqtisodiyot va uning tarmoqlarini, xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari va daromad manbalarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligi bosib o‘tgan rivojlanish yo‘limizni sarhisob qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish jarayonlarini chuqur tahlil qilish orqali oldimizda turgan ustuvor vazifa – O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davri uchun poydevor yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlarimizni yanada kuchaytirishda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. So`nggi yillarda erishgan eng katta yutuqlarimizdan biri sifatida jamiyatda adolatning tiklanishi, barcha davlat idoralari ustidan jamoatchilik nazorati institutining asta tashkil etilishi natijasida yillar davomida og`riqli bo`lgan masalalarning yechim topayotganini ko`rib yanada quvonamiz. Demakratik huquqiy davlatlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan jamoatchilik nazorati instituti faoliyatini tartibga solishda milliy qonunchiligimiz sohaga doir qonunlar va qonunosti xujjatlari qabul qilindi. Lekin, qonunlar dogma bo‘lmay jamiyat va davlat taraqqiyoti bilan hamohang rivojlanishini inobatga olsak bu sohadagi qonunchilikni yanada tadqiq etishni taqozo etadi. Mavzuning dolzarbligi shundaki, jamoatchilik nazorati instituti aholining huquqiy madaniyatini va faolligini oshirish, ularning davlat siyosatini tashkil etish va boshqarishdagi ishtirokini ta'minlash jamiyatda qonuniylik prinsiplarining tashkil topishi, davlat idoralalarining shaffof ishlashini ta`minlashda aholining jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi, fuqorolarning siyosiy hayotda faol ishtirokini ta'minlashga doir faoliyatini, qonunchilik va ijro hokimiyatiga ta'sir etishini taxlil qilishdan iboratdir.


Download 207 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish