Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


-modda. Malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholashdan o‘tkazish natijalari



Download 410 Kb.
bet56/76
Sana16.11.2022
Hajmi410 Kb.
#867313
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   76
Bog'liq
AHOLI BANDLIGI TO‘G‘RISIDA конун

84-modda. Malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholashdan o‘tkazish natijalari
Malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholash natijalari besh balli tizim bo‘yicha baholanadi.
Agar shaxs malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholashdan o‘tkazish yakunlariga ko‘ra uch va undan yuqori ball olsa, unga uch kunlik muddatda malaka pasporti, agar uchdan past ball olsa, malaka, bilim va ko‘nikmalar baholashdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida xulosa beriladi.
Malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholash natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Malakani baholash markazi tomonidan ishchilarga malaka razryadi va mutaxassislarga malaka toifasi berish bo‘yicha imtihonni o‘tkazish yakunlariga ko‘ra qabul qilingan qarorlardan norozi bo‘lgan shaxslar imtihondan o‘tish natijalari to‘g‘risida o‘zlari xabardor qilingan sanadan e’tiboran o‘n kalendar kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yozma ravishda shikoyat berishga haqli.
Ishchilarga malaka razryadi va mutaxassislarga malaka toifasi berish bo‘yicha imtihonni o‘tkazish natijalari va malaka pasportlarini berish bilan bog‘liq shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilanadi.
Berilgan malaka pasportlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Tasdiqlangan malakaga ega bo‘lgan shaxslarning milliy reyestriga kiritiladi.
85-modda. Tasdiqlangan malakaga ega bo‘lgan shaxslarning milliy reyestri
Tasdiqlangan malakaga ega bo‘lgan shaxslarning milliy reyestri O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan yuritiladi.
Tasdiqlangan malakaga ega bo‘lgan shaxslar milliy reyestrining elektron platformasini, shuningdek malakani baholash markazlari faoliyatining dasturiy ta’minotini ishlab chiqish va ta’minlab borish O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Tasdiqlangan malakaga ega bo‘lgan shaxslarning milliy reyestrida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
tartib raqami;
identifikatsiya raqami (avtomatik ravishda hosil bo‘ladigan noyob raqam);
talabgorning (kasbiy malakasi, bilimi va ko‘nikmalarini baholashdan o‘tishni xohlovchi shaxsning) familiyasi, ismi, otasining ismi;
Oldingi tahrirga qarang.
talabgorning (kasbiy malakasi, bilimi va ko‘nikmalarini baholashdan o‘tishni xohlovchi shaxsning) pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid ma’lumotlar;
(85-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi O‘RQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
malaka, bilim va ko‘nikmalar baholashdan o‘tkazilgan kasb (mutaxassislik) (yoki tegishli chet tili);
malaka, bilim va ko‘nikmalar baholashdan o‘tkazilgan kasb (mutaxassislik) kodi (bundan chet tilini bilishga doir imtihon topshirilgan hollar mustasno);
tegishli kasb (mutaxassislik) bo‘yicha malaka, bilim va ko‘nikmalarni yoki chet tilini baholash;
Oldingi tahrirga qarang.
chet davlat qonunchiligining bazaviy asoslarini bilish darajasini baholash;
(85-modda uchinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
chet davlatning tayanch madaniy-etnik asoslarini bilish darajasini baholash — mavjud bo‘lgan taqdirda;
malakani baholash markazining nomi va joylashgan eri (pochta manzili);
telefon (faks) raqami;
rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
ishchilarga malaka razryadi va mutaxassislarga malaka toifasi berish bo‘yicha imtihonni topshirish sanasi va vaqti;
berilgan malaka pasportlari to‘g‘risida axborot;
akkreditatsiya qilingan sana va akkreditatsiya raqami.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tasdiqlangan malakaga ega bo‘lgan shaxslarning milliy reyestriga joylashtirish uchun talab qilinayotgan axborot turlarini to‘ldirishi mumkin.
Tasdiqlangan malakaga ega bo‘lgan shaxslarning milliy reyestridagi axborot O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi hamda tanishish uchun ochiq bo‘ladi.
Tasdiqlangan malakaga ega bo‘lgan shaxslarning milliy reyestri kasblar (mutaxassisliklar), chet tillarining turlari va boshqa belgilar bo‘yicha ajratilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilangan tartibda malakani baholash markazlari ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlarni Tasdiqlangan malakaga ega bo‘lgan shaxslarning milliy reyestriga elektron raqamli imzoni qo‘llagan holda, himoyalangan tarzda foydalanish yo‘li bilan mustaqil ravishda kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi malakani baholash markazlari tomonidan malakasi, bilimi va ko‘nikmalari baholashdan o‘tkazilgan shaxslarning malakasi, bilimi va ko‘nikmalarini baholash sifatini tekshirish, shu jumladan uchinchi tarafni jalb etgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan tekshirish hamda tekshiruv yakunlariga ko‘ra malaka pasporti olgan shaxslarning Tasdiqlangan malakaga ega bo‘lgan shaxslarning milliy reyestrida bo‘lishi to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga ega.

Download 410 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish