Ilm – eng buyuk sharaf nimaga muhtojmiz?



Download 200,5 Kb.
bet9/18
Sana21.02.2022
Hajmi200,5 Kb.
#48705
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Ilm haqida

IXLOS BILAN ISHLASH

Inson qiladigan ishini sevib amalga oshirishi lozim. Istamasdan, yoqtirmay bajarilgan ishlar xayrli bo‘lmaydi. Inson ishiga qay darajada ixlos bilan yondoshsa, shunchalik muvaffaqiyatga erishadi.


Shuning uchun, qilinadigan ishlarga sevib qo‘l urishimiz kerak. Kasb tanlayotganda juda e'tiborli bo‘lishimiz lozim. Sevilmagan kasbimiz biz erishadigan samaradorlikka to‘sqinlik qilishi mumkin. O‘zimizga zimdan qarabchiqaylik. Qobiliyatimiz nimalarga yetadi, o‘qituvchi, ota-ona va yaqinlarimizning maslahatlariga quloq solishda, albatta biz uchun foydalar bor. Ular bizning yomon bo‘lishimizni xohlashmaydi. Lekin shunga qaramay, bizni hammadan ko‘ra yaxshiroq taniydigan yana o‘zimiz. O‘z qobiliyatlarimizni hisobga olmasdan, birovlarning tavsiyasiga ko‘ra ish yuritsak yoki biror kasbni tanlasak, oxir-oqibatda qilgan ishimizdan afsus-nadomat chekamiz. Avvalo aqlimiz tarozusiga solib ko‘raylik. Muvaffaqiyatga erishishimiz va bu ish bizga foydali ekanligiga ishonch hosil qilganimizdan keyingina biror ishni tanlaylik. Shunisi ham borki, mavjud shartlar ham orzuimizga yetishish yo‘lida to‘siq bo‘lishi mumkin. O‘zimiz xohlamagan holda biror ishga qo‘l urishga majbur bo‘lishimiz mumkin. Agar bu ishimiz foydali bo‘lishiga qaramay, bizga qiyinchilik tug‘dirsa, sabr qilib, ixlos bilan yondoshishga harakat etishimiz lozim. Ishimizga mehr qo‘ysak, har qanday qiyinchilikni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lamiz.


ISHTIYOQ, G‘AYRAT, HAYAJON

Koinotda atomdan to quyosh tizimigacha bo‘lgan olamda zerikish, charchashdan xoli bir g‘ayritabiiy harakat hukmron. Atom atrofida bir soniyada yuz ming kilometr tezlik bilan harakat qiladigan elektronlarda bu ishtiyoqning alomati bor. Quyosh atrofida juda katta suratda aylanib yuruvchi sayyoralarda ham shu sir yashiringan. Yomg‘ir shu shavq bilan yog‘adi, gullar o‘shanday shavq bilan ochiladi, quyosh shu shavq bilan chiqib botadi, tabassum bilan bizga salom beradi.


Shavq va hayajon yukli karvonga yer yuzining hokimi bo‘pmish inson butun borlig‘i bilan qo‘shilishi kerak. Bu tuyg‘udan uzoq insonning barcha ishlari ostin-ustin bo‘pib ketadi. Ishtiyoq va g‘ayratdagi cheksiz lazzatni his qilgan kishi o‘zini qo‘yarga joy topolmaydi. «G‘ayratning qanchalik qiymatli ekanini bilganingizda bir soniya ham bo‘sh o‘tirmas edingiz»,- degan olimlar bu haqiqatni ifodalab berganlar.
Boshqa narsaga hojat yo‘q, g‘ayrat va ishtiyoqning zamiridagi lazzat bizni harakatga keltirish uchun yetadi. Chunki shavq va g‘ayrat ruhning qamchisidir. Hayotning yana faoliyat va harakatdan iborat ekanini aytib o‘tgan olimlar "Ishtiyoq hayotning ulovidir" deb ta'kidlaganlar. Bu nuqtai nazardan ishtiyoq uloviga g‘ayrat bilan minib, hayot maydonida olg‘a intilmoq lozim. Ishtiyoq, g‘ayrat va hayajon bilan amalga oshirilgan ishlargina samara beradi. Bu tuyg‘ulardan uzoqlashmaslik kerak. Quvvat manbai bo‘lgan bu tuyg‘ular bilan "Muvaffaqiyatga erishaman, bajaraman, uddasidan chiqaman!", desak baxtga erisha olamiz. Ishtiyoq, baxt, kuch-quvvat, g‘ayratdir. Shuning uchun, «Men ishlashni istayman, ammo vaqtim yo‘q. Or-zuim bor, faqat kuch-quvvatim yo‘q", degan kishiga ishonmang. Boshqa narsalarga vaqt topa olgan insonning bu gaplari, o‘zini oqlash uchun aytilgan bahonadan boshqa narsa emas. Inson istasa boshqa narsalarga vaqt topgani kabi, ishlashga ham vaqt va kuch topa oladi.
Ishtiyoqimizni so‘ndiradigan, g‘ayratimizni o‘ldiradigan tuyg‘u yoki biror voqe'lik bo‘lsa, ularni darhol bartaraf etib, shavq va g‘ayratni uyg‘otuvchi fikr va kitoblarga e'tibor qaratmog‘imiz kerak. Bajarayotgan ishimiz va zimmamizga yuklatilgan vazifaning buyukligini his qila olsak, bizdagi g‘ayrat tuyg‘ularini uyg‘otishga ularning o‘zi kifoya bo‘ladi.
Biz erishadigan ma'naviy, bebaho foyda bizni quyosh chiqmasdan uyg‘otmog‘i, o‘rni kelsa bizni kechgacha ishlashga undamog‘i lozim. Biz buzg‘unchilikuchun emas, bunyodkorlik uchun dunyoga kelganmiz. Biz adovat, gina-kudurat, dushmanlik va yomonlik uchun emas, sevgi, birodarlik va yaxshilik uchun tug‘ilganmiz.
Mavjudligimizning o‘zi bizni g‘ayratga keltirishi yetarli emasmi? Bu tuyg‘ular bilan harakat qilganimizdagina, o‘qigan kitoblarimizdan, bajargan ish va darslardan, zimmamizga yuklatilgan vazifadan zavq olamiz. Shavq va g‘ayrat bilan unga intilamiz. Ish va vazifamizni yuksakligi bizni bir qolipga tushib va bee'tibor bo‘lib qolishdan qutqaradi. So‘nggi nafasimizgacha shavq, g‘ayrat va hayajon bilan to‘lib-toshib yashashga yordam beradi.

Download 200,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish