Ilmiy izlanish asoslari


O‘zbekiston recpublikasida ilmiy izlanish ishlarining tashkillantirilishi



Download 0,83 Mb.
bet4/72
Sana06.07.2021
Hajmi0,83 Mb.
#110428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
Ilmiy izlanish Fanidan Umka

1. O‘zbekiston recpublikasida ilmiy izlanish ishlarining tashkillantirilishi

Hozirgi vaqtda ilmiy izlanish ishlarining tashkillashtirish dunyo mamlakatlarida davlat miqyosida – muhim davlat ishlari sifatida olib boriladi. Chunki, har qanday mamlakatning rivojlanish darajasi, undagi olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning qanday darajada olib borilishiga, uning yangi texnika-texnologiyalar yaratilishiga, jamiyat va tabiat qonunlarini o‘rganib, hayotga tadbiq etganligiga bog‘liqdir. Shuning uchun ham, yer yuzidagi minglab ilmiy-izlanish korxonalarida, muntazam ravishda millionlab ilmiy tadqiqot natijalari olinib, tahlil etilib, inson hayoti amaliyotiga tadbiq etib, bashariyat sivilizatsiyasining rivojlanishiga hissa qo‘shib kelmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston ham o‘zining rivojlangan ilmiy izlanish material bazasi keng ilmiy fondi, ilmiy ishlari dunyo miqyosida tan olingan yuqori malakaviy ilmiy kadrlari bilan Markaziy Osiyodagi katta salohiyatga ega bo‘lgan ilmiy markaz hisoblanadi.

Albatta, bu ilmiy potensial ichida 50 yillik tarixga ega O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi regionda yetakchi ilmiy va eksperimental markaz hisoblanadi.

Ayniqsa, O‘zRFA Yadro fizikasi instituti, “Quyosh - fizikasi” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, IPO “Biolog” va boshqa ko‘plab institutlar nafaqat regionda, balkim dunyo miqyosida tanilgan tashkilotlar hisoblanadi. Yurtimizda, hozirgi vaqtda jami 18,5 mingdan ortiq o‘qituvchi, shulardan 52 foizi fan doktorlari va fan nomzodlari faoliyat olib borishayapti. Respublikada tayyorlanayotgan yosh ilmiy kadrlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasi olib boradi.

Respublika olimlari hozirgi vaqtda ko‘pgina zamonaviy fan yo‘nalishlarida fundamental va amaliy izlanishlar olib borayaptilar, shulardan matematika, ehtimollar nazariyasi, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni matematik modellashtirish, axborot va hisoblash texnikasi, astronomiya, gelogik jarayonlar qonuniyatini o‘rganish va mineral – xomashyo resurslarni ko‘paytiruvchi izlanishlar, hamda tektonika, geofizika, seysmologiya va yer haqidagi fanlarga bog‘liq izlanishlar keng ko‘lamda olib borilmoqda.

Shu bilan birga qishloq xo‘jalik ilmiy-texnika progressining, mikrobiologik sanoat va atrof-muhit xavfsizligining asosi bo‘lgan molekulyar genetika, gen-hujayra muxandisligi, biotexnologiya oblastida; biotexnologiyani yaratishda organik va neorganik kimyo, o‘simliklar moddasi kimyosi, biologiya va genetika oblastida: ya’ni yuqori samarali ekologik toza o‘g‘itlar, kam zaharli defoliantlar, yangi dori-darmonlar, o‘simliklarni o‘sishni rivojlantiruvchi va himoya vositalarini ishlab chiqish, moddalarni kompleks fizikaviy-kimyoviy xossalarni o‘rganish, yadro energetikasi va amaliy yadro fizikasi asosi bo‘lgan yadro fizikasi va elementar zarralar, radiatsion fizika va materialshunoslik ilmiy izlanishlari, hamda netraditsion energiya turi bo‘lgan – quyosh energiyasi, butundunyo va mamlakatimiz tarixi, madaniy va ma’rifiy merosimiz, o‘zbek tili, adabiyoti va O‘zbekiston folklori hamda xizmat sohalarining rivojlanishiga bag‘ishlangan ilmiy izlanish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Respublika intellektual potensialini rivojlantirish va xalqaro ilmiy madaniy aloqalarni kengaytirish uchun ijtimoiy soha olimlari, ayniqsa tarixchilar, arxeologlar, epnograflar, tilshunos va adabiyotshunoslar katta hissa qo‘shib kelmoqdalar. O‘zbek xalqining ob’ektiv tarixini va etnogezini, urf-odatlari, hayot va madaniyatini o‘rganish borasidagi ilmiy izlanish ishlari dunyo ilmiy ahli orasida katta qiziqish o‘yg‘otib kelmoqda.

O‘zbekiston o‘zining fan va texnologiyalari rivojlanishini dunyo hamjamiyati bilan qadamma-qadam hamkorlikda, o‘zaro kelishuvida olib bormoqda. Hozirda, O‘zbekiston Rio Deklaratsiyasiga, BMTning iqlim o‘zgarishi, biologik turli xillik, sahrolanishga qarshi konvensiyasiga, ozon qatlamini himoyalash Vena konvensiyasiga, xavfli chiqindilarning tashilishi va chiqarilishini nazorat qilish Bazen konvensiyasiga qo‘shilib ratifikatsiya qilgan. Bundan tashqari yana 12 dan ko‘p atrof-muhitni saqlash bo‘yicha xalqaro bitimlar va hamkorlik shartnomalariga qo‘shilgan.

O‘zbekiston hukumati faolligida Orol dengizi va Orol dengizi basseynida ekologik muhitni yaxshilash uchun konsepsiya ishlab chiqildi va bu konsepsiya 1994 yili Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan qabul qilindi va bu haqda Xalqaro konferensiya (1995 yil sentyabr Nukusda) o‘tkazildi va Nukus Dekloratsiyasi qabul qilindi.

Yurtimiz hayotida turli xildagi Milliy dasturlar ishlab chiqilganki, ularning asosiy vazifasi iqtisodiyotimiz asosiy tarmoqlarini texnologik modernizatsiya qilish, eksport potensialini rivojlantirish va O‘zbekistonning dunyo iqtisodiyoti integratsiyasini amalga oshirishdan iboratdir.

Davlatning ilmiy-texnika siyosatida, 2006-2008 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadqiqotlar Davlat ilmiy-texnika dasturlarning nomlari va ular doirasida amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlarning ustivor yo‘nalishlari (DITD-1-11) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengash raisi tomonidan tasdiqlangan.

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston ilmiy ahlining 70 %i oliy ta’limning 58 ta dargohlarida faoliyat ko‘rsatib kelishmoqda. Shuning uchun yurtimiz ilmiy salohiyati, albatta oliy ta’lim muassasalarining faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir.

1.1-jadvalda O‘zbekiston oliy o‘quv muassasalarining mustaqilligimizning dastlabki yillaridan hozirgi vaqtgacha bo‘lgan holatini ko‘rish mumkin.

1.1-jadval

OO‘YU soni































Jami

54

55

55

57

58

60

60

61

61

61

63

64

66

58

Shundan

Toshkent shahrida



25

26

26

27

27

28

28

29

29

29

31

32

34

27

Bu jadaldan ko‘rinib turibdiki, dastlabki yillarda respublikamizda OTMlarining rivojlanishi kuzatiladi, ammo 2010 yilda bir nechtaga qisqarganligi ma’lum bo‘lmoqda. Bunga sabab, Respublikamizda Oliy ta’lim muassasalarida ayrim ta’lim yo‘nalishlarning birlashishi tufayli klassifikator bo‘yicha qisqartirilgan.

Shu jumladan: 2 ta akademiya, 18 ta universitet, 36 ta institut, 1 ta konservatoriya a 1 ta Oliy maktab mavjud.

Ushbu oliy o‘quv yurtlarining bilim sohalari bo‘yicha 57 ta ijtimoiy, 23 ta iqtisodiyot, huquq va sotsial, 47 ishlab chiqarish texnikasi, 18 ta qishloq va suv xo‘jaligi, 9 ta sog‘liqni saqlash va sotsial ta’minlash va 11 ta xizmat sohalari ta’lim yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi.

Bularning 36 tasi O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga, qolganlari tarmoqlar vazirligiga bo‘ysiniladi (1.2-jadval).

O‘zbekistonda “Ta’lim qonuniga” asosan 1998 yildan ikki darajada – bakalavriatura va magistratura oliy malakali kadrlar tayyorlanadi.



  1. 2-jadval

O‘zbekiston Respublikasi tasarufidagi vazirlik va qo‘mitalar

Jami

Akade miya

Universitet

Institut

Konse rvatoriya

Oliy makta b

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

31

0

15

16

0

0

Xalq ta’limi vazirligi

4

0

0

4

0

0

Sog‘liqni saqlash vazirligi

6

1

0

5

0

0

Madaniyat va sport ishlari vazirligi

5

0

0

3

1

1

O‘zbekiston Badiiy

akademiyasi



1

0

0

1

0

0

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat

qo‘mitasi



1

0

1



0

0

Adliya vazirligi

1

0

0

1

0

0

“O‘zbekiston temir yo‘llari”

DAK


1

0

0

1

0

0

«Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK

1

0

0

1

0

0

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

4

0

1

3

0

0

Tashqi ishlar vazirligi

2

0

1

1

0

0

Davlat soliq qo‘mitasi

1

1

0

0

0

0

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

1

0

1

0

0

0


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish