Ilmiy texnika taraqqiyoti va uni boshqarish Reja: I. Kirish II


Qishloq xo‘jaligi da zamonaviy, samarali, ekologik jihatda foydali hisoblangan texnikalarni, kimyoviy vositalarni, texnologiyalami yaratish



Download 126,67 Kb.
bet6/9
Sana09.04.2022
Hajmi126,67 Kb.
#539378
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1.3 Qishloq xo‘jaligi da zamonaviy, samarali, ekologik jihatda foydali hisoblangan texnikalarni, kimyoviy vositalarni, texnologiyalami yaratish
Moddiy-texnika resurslarining qishloq xo‘jaligidagi asosiy xususiyatlaridan yana biri shundaki, ularning umumiy to‘liq va talabga javob beruvchanligini batafsil va oqilona o ‘rganishdir. Bunda esa ularning baholanish ko‘rsatkichlari mavjud. Moddiy-texnika resurslarini baholashda natural, qiymat va miqdor ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi, hamda sifati bo‘yicha izohlanadi. Moddiy-texnika resurslarining natural baholanishi qishloq xo‘jaligida ulaming miqdori, fizik shakli, quwati ko'rsatkichlari asosida amalga oshiriladi. Masalan, traktorlar miqdori birliklarda, shu bilan birga, quwati ot kuchi bilan hisoblanadi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash uskunalari, texnologik liniyalari tarmoqlar asosida, ularning quvati asosida bir smenada ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotiga qarab hisoblanadi. Ishlab chiqarishda qatnashadigan moddiy-texnika resurslari ishlab chiqarish fondlari tarkibiga kiritiladi. Ishlab chiqarish fondlari bu mehnat predmetlari va vositalari y ig ‘indisi b o‘lib, ular yordamida xo‘jalik faoliyati amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish jarayoni sodir bo‘lgach, tayyor mahsulotga qiymatini o ‘tkazish jihatidan ishlab chiqarish fondlari 2 ta asosiy va aylanma fondlarga b o‘linadi. Asosiy fondlar ishlab chiqarishda uzoq vaqt ishtirok etadigan moddiy ashyoviy, qimmatbaho buyumlami o ‘z ichiga oladi: bino-inshootlar, mashinalar, uskunalar, transport vositalari, ishchilar va mahsuldor chorva mollari, daraxtzorlar va hokazo. Aylanma fondlarga esa shunday ishlab chiqarish vositalari kiradiki, ular bir ishlab chiqarish tsiklida to‘liq qatnashib, o ‘z qiymatini to‘lig ‘icha ishlab chiqariladigan mahsulotga o ‘tkazadilar. Bularga yem-xashak, ozuqa, o ‘g ‘itlar, urug‘lik, yoqilg‘imoylash materiallari, elektroenergiya va hokazolar kiradi. Asosiy fondlaming qiymati asosiy vositalar bahosi bilan aniqlanadi. Aylanma fondlar aylanma vositalar bilan birgalikda muoamala fondlarini ham hisobga oladi. Hamma asosiy ishlab chiqarish vositalari ham qiymat bahosiga ega emas. Ulardan ba‘zilari to ‘liq b o‘lmagan qiymat bahosiga ega, ba‘zilari esa umuman ega emas va tashkilotlar balansida hisobga olinmaydi. Moddiy-texnika resurslarining qiymati shuningdek, asosiy aylanma kapital tarkibida hisobga olinadi. Asosiy kapital ishlab chiqarish kapitalining bir qismi bo‘lib, u o ‘z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qisman o ‘tkazadi. Aylanma kapital esa bu ishlab chiqarish kapitalining xom-ashyoga, materiallar va ishchi kuchiga qilinadigan sarfxarajatlar ko‘rinishidagi qismi bo‘lib, ishlab chiqariladigan mahsulotga qiymatini to ‘liq o‘tkazadi.Moddiy-texnika resurslarining sifat b o‘yicha baholanishi bir qator ko‘rsatkichlar yordamida amalga oshiriladi: yangi texnika va uskunalaming zamoanaviy turlari b o‘yicha hissasi; bino va inshootlar turlari; ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgandagi taqqoslama o g ‘irligi; asosiy vositalar eskirishi ko‘rsatkichlari; bino va inshootlaming taqqoslama o g ‘irligi hamda ulaming kapital remont talab qilinishi yoki eskirgan ko‘rsatkichlari; asosiy moddiy-texnika vositalarining xizmat qilib berish muddati va hokazo. Alohida tarmoqlarda va faoliyat turlari da baholanish o‘zining maxsus ko‘rsatkichlari yordamida amalga oshiriladi. Masalan, muhandislik kommunikatsiyalari sifati ulaming uzoq muddat xizmat qilib berishi, ishonchliligi, xavfsizligi atrof-muhitga zarar yetkazish darajasi va hokazo ko‘rsatkichlar yordamida baholanadi.
Asosiy fondlami baholash uchun quyidagi shakllardan foydalaniladi:
- asosiy vositalaming boshlang‘ich qiymati (yoki to‘liq qiymati) b o ‘yicha baholash asosiy fondlami sotib olish yoki qurish, ulami olib kelish va o ‘matishga ketgan barcha xarajatlami o ‘z ichiga oladi;
- asosiy vositalami qayta tiklash qiymati bo'yicha baholash - bir xil vazifani bajaruvchi, lekin turli yillarda ishga tushirilgan asosiy fondlami joriy yil baholarida aynan shu fondlami takror ishlab chiqarish qiymati bo‘yicha qayta baholash va taqqoslama ko‘rinishga keltirish. Qayta tiklash qiymati asosiy fondlarning bozor qiymatiga ham mos keladi va tekinga olingan asosiy fondlami hisobga olishda ham foydalanilishi mumkin;
- asosiy vositalaming qoldiq qiymati bo‘yicha baholanishi
– asosiy fondlarning boshlang‘ich yoki qayta tiklash qiymatidan hisoblangan eskirish summasini (amortizatsiya ajratmalari) ayirib tashlash orqali baholanishi mumkin;
- balans qiymati bo‘yicha baholanishi asosiy fondlarning buxgalteriya balansida aks etadigan qiymati;
- tugatish qiymati bo‘yicha baholanishi asosiy vositalaming moddiy yoki ma‘naviy eskirishi va boshqa sabablarga ko‘ra tugatilayotgan asosiy fondlarning tugatish qiymatini baholashda ishlatiladi.Moddiy texnika resurslarining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati ulaming qishloq joylarida ham mavjudligi bilan belgilanadi. Moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlanganlikka oid ko‘rsatkichlar quyidagicha: alohida resurs turlarining umumiy hajmi bo‘yicha (hissasi); aholi soni bilan ulaming to‘g‘ri kelish-kelmasligi, boshqa resurslar bilan aloqadorlik nisbati ko‘rsatkich dinamikasi va hokazo. Xususan, qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi: mehnatning fond bilan qurollanganligi, ya’ni ishchilaming fond bilan qurollanganligi, fond bilan ta’minlanganlik, energiya bilan qurollanganlik, energiya bilan ta’minlanganlik va hokazo. Ushbu ko‘rsatkichlar me’yoriy hujjatlar bilan solishtiriladi, shu bilan birga milliy va chet el tajribasi asosida solishtiriladi.Mehnatning fond bilan qurollanganligi ko‘rsatkichi bir ishchi hisobida foydalanilayotgan moddiy-texnika resurslarining qiymati asosida aniqlanadi:
AFQ
Fq = ---------- ;
N
Bu yerda
Fq - fond bilan qurollanganlik, so‘m/kishi
AFQ - asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati so‘m;
N - ishchilar soni, kishi.
Fond bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi ishlab chiqarish ob‘ekti yoki asosi ishlab chiqarish resursi birligi yoki ishlab chiqarish maydoni hisobiga moddiy-texnika resurslarining to‘g‘ri kelishi, qiymatini bildiradi. Xususan, fond bilan ta’minlanganlik qishloq xo‘jahgida asosiy fondlarning qishloq xo‘jalik tadbirlariga ishlatilishi jihatidan baholanadi. Bunda yoki 100 gektar, 1000 gektar qishloq xo‘jalik ekin maydoniga fondlarning to‘g‘ri kelishi bo‘yicha baholanadi.
AFQ
Ft = ---------- ;
Sq
Bu yerda:
Ft - fond bilan ta’minlanganlik
AFQ - asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati so‘m;
Sq- qishloq xo'jaligi ekinlari maydoni ga.
Mehnatning energiya bilan qurollanganligi bir kishiga to‘g‘ri keladigan energiya quvati miqdori bilan aniqlanadi:
EnyerQ
Eq = ---------- ;
N
Bu yerda:
Eq- energiya bilan qurollanganlik, ot kuchi / kishi
Enyer Q - energiya quwati, ot kuchi
N - ishchilar soni, kishi.
Energiya bilan ta’minlanganlik ishlab chiqarilayotgan ob‘ekt yoki ishlab chiqarish resursi birligiga yoki ishlab chiqarish maydoniga nisbatan hisoblanadi:
EnQ
Et = ---------- ;
S
Bunda: Ej- energiya bilan ta’minlanganlik, ot kuchiga
EnQ - umumiy energiya quvati, ot kuchi
S - ekin maydoni, ga
Bulardan tashqari, qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslaridan to‘liq va samarali foydalanishni baholashda resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi ko‘rsatkichi muhim ahamiyatga ega. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moddiytexnika resurslari bilan ta‘minlanishi bir qancha omillarga borib taqaladi. Kelib chiqish xarakteriga ko‘ra ikki asosiy manba: sanoat ishlab chiqarishi va qishloq xo‘jaligida resurslar ishlab chiqarish manbalariga ko‘ra moddiy-texnika resurslari ta‘minoti amalga oshiriladi. Sanoat ishlab chiqarishi shunday muhim faoliyatki, xoh o‘zimizning, xoh import tovar ishlab chiqarish bo‘lsin, uning hammasi umumiy ishlab chiqarish jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Bu ishlab chiqarishning muhim xususiyati shundaki, uning (sanoatning) barcha tarmoqlarida mehnat vositalari va iste’mol tovarlari yaratilib, fan-texnika taraqqiyoti aniqlanadi, jami ijtimoiy mahsulot chiqariladi va yaratiladi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning jadallashuvi birinchidan iqlimga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan albatta, mehnat resurslari bilan zamonaviy, ilg‘or texnologiyalarga bog‘liq. Qishloq xo‘jaligida resurslar ishlab chiqarish tarkibiga turli materiallar, ishchilar, mashina va inventarlar tayyorlash, texnika vositalarini yangilash, alohida ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, texnika va uskunalami kompleks ishlatish, yemxashak ishlab chiqarish, urug‘liklar, ko‘chatlar, shuningdek ko‘p yillik daraxtzorlar yaratish, bog‘ va tokzorlar yaratish, chorva mollari mahsuldorligini oshirish, parrandachilik va baliqchilikda, o‘rmon xo‘jaligida yangiliklar yaratish va ishlab chiqarish jarayonini yanada intensivlashtirish kabilar kiritiladi. Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslarini ishlab chiqarish ishlab chiqarishni ta’minlash maqsadida olib boriladi. Moddiy-texnika resurslarining zamonaviy ko‘rinishi ikki manba orqali ko‘zga tashlanadi:
1) mamlakatimizda fan-texnika taraqqiyoti yuksalishi natijasidagi ishlanmalar hamda
2) import, ya’ni chet el ilg‘or texnologiyalari kirib kelishi natijasida.
Ikkinchi turdagi ishlab chiqarish orqali qishloq xo‘jaligining‘ ko'pgina qirralari rivojlantirilmoqda. Masalan, AQSH tajribasi (mashina-uskunalar keltiriladi); Gollandiya tajribasi (kartoshka va boshqa poliz sabzavot ekinlari); Kanada, Angliya, Frantsiya va Germaniya tajribalari (yuqori unumli minizavodlar, ilg‘or texnologiyalar); Xitoy tajribasi (yuqori quvatli minizavodlar) va hokazo. Moddiy-texnika resurslarining qishloq xo‘jaligida shakllantirishdagi asosiy xarakteristikasi, bu ishlatilayotgan moddiy-texnika resurslari hajmini o ‘zgartirish, shunga ko‘ra zamonaviy, sifatli yuqori samaraga ega bo‘lgan, ekologik jihatdan foydali hisoblangan texnik resurslami kimyoviy vositalami texnologiyalami yaratishdir. Bunga yana quyidagilami qo‘shimcha qilish kerak: hozirgi fan-texnika yuksalayotgan bir davrda ratsional, iqtisodiy va ekologik jihatdan ilg ‘or bo‘lgan moddiytexnika resurslari nafaqat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida, balki umuman qishloq hayoti va atmosferasi uchun hayotiy zaruratdir.

Asosiy vositalar ajratilishi

Moddiy-texnika vositalarning chetdan olib kelishi





Qishloq xo’jaligining moddiy-texnika resurslari



Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan MTR

Moddiy-texnika resurlarining ishlatilishi





Ob’yekt va quvvatlarning ishga tushurilishi



Moddiy resurslarining yo’qotilishi

3 rasm:Qishloq xo‘jalik iqtisodiyotida moddiy-texnika


resusrlarining shakllanishi
Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslarining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar quyidagilar: moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlanganlik, qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilarining umumiy iqtisodiy ahvoli va daromadliligi, investitsiya faoliyatini faollashtirish, moddiy-texnika ta'minoti tizimlihgi, ishlab chiqarish va muhandislik infrastrukturasining rivojlanish darajasi, fan-texnika taraqqiyoti, davlatning qishloq xo'jaligidagi moddiy-texnika ta‘minoti borasidagi siyosati va hokazo. Moddiy-texnika resurslari shakllanishi, shuningdek, moliyaviy vositalar yordamida amalga oshiriladi. Bu moliyaviy vositalar zamonaviy, samaradorligi yuqori bo‘lgan hamda ekologik jihatdan foydali hisoblangan texnikalami, ilg ‘or texnologiyalami yaratishda investitsiyalar va joriy kapital qo‘yilmalar shaklida safarbar etiladi. Joriy capital qo‘yilmalar ishlab chiqarish jarayonida takror ishlab chiqarishning qaytarilishini ta’minlash uchun xom-ashyo va materiallami yetkazish uchun foydalaniladi.

Download 126,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish