Ilmiy texnika taraqqiyoti va uni boshqarish Reja: I. Kirish II



Download 126,67 Kb.
bet3/9
Sana09.04.2022
Hajmi126,67 Kb.
#539378
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Birinchidan.resurslar tarkibida kelib chiqishi, ishlatilishi, vazifalari va turlariga ko‘ra xilma-xillikka ega bo‘lgan vositalar mavjudki, ularsiz ishlab chiqarish sodir bo'lmaydi. Xususan, qishloq xo‘jalikgining moddiy-texnika resurslari tarkibida energetik va ishchi mashinalar, texnologik uskunalar, traktor (universal va haydaydigan), o ‘zi yurar shassi, statsionar issiq dvigatellar, yer qazuvchi meliorativ va boshqalar, texnologik mashinalar; yuk avtomobillari va boshqalar, transport mashinalar, traktor tirkamalari, chorvachilik fermalari uchun uskunalar, yerga ishlov berish va hosil y ig ‘ish uchun maxsus ishchi mashinalari borki, ularsiz ishlab chiqarish to ‘xtab qoladi. Faqatgina energetic mashinalarning o’zi qishloq xo‘jaligida energetik quwatning 80 foizini yaratadi. Ushbu mashinalarning alohida vazifasiga ko‘ra yoki tizimli ravishda ishlashi insonni o g ‘ir va charchatuvchi mehnatdan ozod qilib, qo‘l mehnati bilan bajarib bo‘lmaydigan ishlami texnologik jarayonlar vositasida amalga oshiradi. Shuning bois alohida tarmoqlar uchun qishloq xo’jalik resurslari tarkibida kompleks mashinalardan foydalanish zaruriyati tug‘iladi.
Ikkinchidan. moddiy-texnika resurslari qayta yaratilishi mumkin. Bu hodisa esa sanoat ishlab chiqarishi hisobida sodir bo‘ladi. Shu bilan birga, x o ‘jalik faoliyati jarayonida ushbu resurslarning jismonan va ma‘naviy eskirishini hisobga olib, ulami yangi usul va texnologiyalar asosida yanada sifatliroq va miqdor jihatdan k o‘proq qilib yaratish talab etiladi.
Uchinchidan. qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslari joriy etish cheklangan hisoblanadi. Bu cheklanish iqtisodiy shart-sharoitlardan kelib chiqib, qayta ishlanishiga zamin yaratadi. Asosiy cheklanish omillariga sanoat quwatlari, resurs ishlab chiqaruvchilar takhfi, qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaming to‘lov qobiliyati, Tovar ayirboshlash shart-sharoitlari kabilami kiritish mumkin.
To‘rtinchidan.Qishloq xo‘jaligi uchun hududiy birlik xarakterhdir, shunga k o‘ra moddiy-texnika resurslarning ko‘p sonli qishloq joylarda birdek xizmat ko'rsatish kontsentratsiyasi ta’minlanadi.
Beshinchidan,moddiy-texnika.vositalarining qishloq xo’jaligi maqsadlari mo‘ljallangan hissasi boshqa alohida tarmoqlamikiga ko‘ra kattaroq b o‘ladi. Bulardan tashqari, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishda moddiy-texnika vositalaridan foydalanishning yana quyidagi xususiyatlari mavjud:
- qishloq xo'jaligining o ‘zi mavsumiy xarakterga egaligini inobatga olib, moddiy-texnika vositalaridan foydalanish ham mavsumiy xarakterga egadir. Bu esa, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish bilan bog‘liq muammolami keltirib chiqaradi;
- moddiy buyumlashgan ko‘rinishdagi moddiy-texnika resurslari tabiiy sharoitlar ta’siriga uchraydi va ulami saqlash ma‘lum miqdorda sarf-xarajatlarni talab etadi;
- qishloq xo‘jalikda foydalaniladigan moddiy-texnika resurslari tarkibiga jonli organizmlar, o ‘simlildar va chorva mollari ham kiradi;
Ishlab chiqarishda foydalaniladigan ayrim moddiy resurslar shu xo‘jalikning o‘zida yaratiladi (chorvachilikda foydalaniladigan yem-xashak, o‘simlikchilikda urug‘lik, organik o ‘g ‘itlar va boshqalar). Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslarining turkumlanishi asosan: kelib chiqishi, moddiy-ashyoviy turi, faoliyat turi, mulk shakllari xo‘jalik sub‘ektlari taqsimoti, amalda foydalanish imkoniyatlari va boshqalarga qarab amalga oshiriladi. Quyidagi chizmada moddiy-texnika resurslarining turkumlanishi berilgan: Chizmadan ko‘rinib turibdiki, kelib chiqishiga ko‘ra moddiy-texnika resurslari tabiiy va sun‘iy moddiy resurslariga b o‘linadi. Sun‘iy moddiy texnika resurslari asosan sanoatda va qisman qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilari yordamida ishlab chiqariladi (1-rasm). Tabiiy moddiy-texnika resurslariga biologik, mineral resurslari, quyosh energiyasi, yer, shamol, suv energiyasi, yer-suv resurslari kabilar kiradi. Mineral resurslar, o ‘z navbatida, o ‘z ichiga yoqilg‘i-energitika qazilmalari (neft, gaz, k o‘mir va hokazo), foydali ruda qazilmalari (temir, rangli metall, oltingugurt va hokazo), shuningdek, boshqa mineral resurslami (qum, tabiiy tosh, loy, bo‘r, torf, ohak va hokazo) qamrab oladi. Moddiy-ashyoviy tarkib bo‘yicha resurslarning turlanishi resurslarning miqdoriga ko‘ra umumiy texnik olchovlar bilan belgilanadi. Bunday resurslarga ishchi mashinalar, ishlab chiqarish inshootlari, texnologik uskunalar, traktorlar, avtomobillar kiradi. Faoliyat turi bo‘yicha moddiy-texnika resurslari asosan alohida tarmoqlarga ixtisoslashgan bo‘lsa, bajarayotgan vazifasiga ko‘ra, resurslarning taqsimlanishi ko‘zda tutilgan resurslami o ‘z ichiga oladi. Masalan, sanoat korxonasi uchun alohida resurslar talab etilsa, qishloq xo‘jalik uchun boshqa resurslar kerak bo‘ladi.

Moddiy texnika resurlari



Asosiy foydalanish imkoniyatlari

Xo’jalik sub’ektlari bo’yicha taqsilash

Mulk shakklari

Faoliyat turi

Moddiy-ashyoviy tarkib

Kelib chiqishi


Turkumlanishni belgilash

1 rasm. Qishloq xo’jaligida moddiy-texnika resurslaring turkumlanishi


Mulk shakllariga ko'ra, resurslar ham turkumlanadi. Masalan, fermer o‘zi texnika vositasini sotib oladi yoki uni ijaraga oladi va hokazo. Xo‘jalik sub‘ektlari bo‘yicha taqsimlashda resurslarning kim tomonidan foydalanishi e ’tiborga olinadi. Masalan, qishloq xo‘jaligida ekish ishlariga kompyutyer kerak emas, chorvachilik mahsuloti ishlab chiqarishda o‘rim kombayni kerak emas. Shunga ko‘ra, xo‘jalik sub‘ektlarining o ‘zi resurslarning kerakligini, talabga javob beradiganini tanlaydi. Amaliy foydalanish imkoniyati bo‘yicha resurslarning turkumlanishi asosan fan-texnika taraqqiyotiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, yangi ixtiro qilingan kombayn yoki traktor sinovdan o ‘tgach, amalda undan qancha muddat sifatli foydalanish mumkin bo'ladi, buni albatta ishlab chiqarish jarayoni belgilab beradi. Yuqoridagilar bilan birga moddiy-texnika resurslari qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish va ijtimoiy ob‘ekt bo‘yicha taqsimlanadi. Bular quyida chizmada aks ettirilgan (2-rasm): Ko'rmib turibdiki, ishlab chiqarish qatlamiga mansub bo‘lgan moddiy texnika resurslari tarkibiga asosan qishloq x o ‘jalikda mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi resurslar kiradi. Masalan, qishloq xo‘jalikning o‘zi (dehqonchilik va chorvachilik), qishloq x o ‘jalikni qayta ishlovchi va mahalliy sanoat, o ‘rmon xo'jaligi, baliqchilik, qishloq xo ‘jaligi qurilishi, savdo-sotiq va hokazo tarmoqlarga bo‘linadi, moddiytexnika resurslariga esa uy xo‘jaliklari, uy-joy qurilish xo‘jaliklari, o‘zini o‘zi boshqarish xo‘jaliklari, sog'liqni saqlash maskanlari, ta’lim va fan, maktabgacha tarbiya muassasalari,madaniyat, ijtimoiy ta‘minot, jamoat transporti va hokazoga xi2mat qiluvchi resurslar kiradi. Qishloq xo‘jalik infrastrukturasi esa ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish uchun qishloq xo‘jaligida yaratilgan jami shart-sharoillami o‘z ichiga oladi. Bunga, ishlab chiqarish uchun va insonlar yashashiga zarur sharoitlar - issiqlik energitikasi, gaz, yorug‘lik bilan ta’minlanganlik, omborxonalar va hokazo resurslar kiradi.

Qishlo xo’jalik infrastrukturasi

Ishlab chiqarish qatlami

Ijtimoiy qadam

Moddiy-texnika resurslari (qishloq xo’jalik)

2 rasm. Qishloq xo’jaligida moddiy-texnika resurlarining ob’ektlari bo’yicha taqsimlanishi


Qishloq xo‘jaligida islohotlarning chuqurlashtirilishi, fermerlik harakatini qo‘llab-quwatlash, moddiy va moliyaviy bazani mustahkamlash, ularga yanada keng y o ‘l ochib berish, bu borada yangi imtiyoz va imkoniyatlami to‘g ‘diradi, qisqacha aytganda, qishloqda paydo bo'ladigan mulkiy munosabatlami, yangi o‘rta sin f vakillari - mulkdorlar, tadbirkor va ishbilarmonlaming manfaatlarini himoyalash bugungi kunda eng katta ahamiyatga ega.
Misol uchun fermer xo'jaliklari moddiy-texnika bazasining tarkibiy
tuzilmasi quyidagilardan iborat:
- fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari;
- fermer xo‘jaliklaridagi ko‘p yillik daraxtlar va uzumzorlar;
- chorva fermalarining mahsuldor va ishchi xayvonlari;
- fermer xo‘jaliklaridagi bino-inshootlar, texnikalar, mashinalar va
boshqa ish qurollari;
- fermer xo‘jaliklaridagi aylanma mablag'lar (urug‘lik, ozuqa,
YOMM, mineral o‘g‘itlar va kimyo);
- fermer xo'jaliklarining hisob raqamidagi pul mablag‘lari,
qimmatbaho qog'ozlar;
- fermer xo'jaliklarining ta‘sischiligi asosida tashkil qilingan muqobil MTP, SIU va agrofirmalar hisobidagi mol-mulki;

Download 126,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish