Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni prognozlashtirish


ITTni turli rivojlanish bosqichlardagi vazifalari



Download 169 Kb.
bet3/11
Sana24.06.2022
Hajmi169 Kb.
#700140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3. ITTni turli rivojlanish bosqichlardagi vazifalari.
Prognozda ko‘rsatilgan yo‘nalishlar mamlakat ilmiy-texnik rivojlanishining uzoq muddatli strategiyasi doirasida global xarakterga ega.
Xususiy ilmiy-texnik prognozlarni ishlab chiqarish jarayonida prognozlashtirish ob‘ekti sifatida ITTning turli yo‘nalishlari hamda innovatsion siklning asosiy bosqichlari qatnashishi mumkin. Perspektiv (5-10 yil) va yillik xususiy ilmiy-texnik prognozlar ITTni davlat tomonidan tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi.
Ular boshqarishning barcha darajalarida ishlab chiqarilishi mumkin (mamlakatning xalq xo‘jaligi, respublika, viloyat, tarmoqlararo kompleks, tarmoq, tashkilot). Davlatning maqsadli ilmiy-texnik dasturlari umumdavlat va tarmoqlararo xarakterga ega bo‘lgan eng perspektiv ilmiy-texnik yo‘nalishlarning muhim muammolari bo‘yicha ishlab chiqariladi. Bu dasturlar texnikaning yangi avlodlarini va bazaviy texnologiyalarni yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lib, yangiliklarning butun innovatsion siklini o‘z ichiga oluvchi 10-15 yil muddatiga ishlab chiqariladi. Markaziy, tarmoq, region va davlatlararo ilmiy-texnik dasturlari mavjud.
Davlatning ilmiy-texnikaviy siyosati shu davlatning ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatiga bo‘lgan munosabatni ifodalaydi hamda ilm, texnika va ilmiy-texnik yutuqlarini amalga oshirish sohasida O‘zbekiston davlat hukumat organlar faoliyatining shakli, yo‘nalishi va maqsadlarini aniqlab beradi.
Uning asosiy maqsadlari quyidagilar:

  1. Ilmiy-texnik potensialni rivojlantirish, ratsional joylashtirish va samarali foydalanish.

  2. Moddiy ishlab chiqarish sohasida progressiv tuzilmaviy o‘zgarishlarni ta‘minlash, uning samaradorligini va mahsulot raqobatbardoshligini oshirish.

  3. Davlat iqtisodiyotini rivojlantirishda ilm va fan- texnikaning hissasini oshirish, muhim ijtimoiy masalalarni amalga oshirish.

  4. Mamlakat mudofaa kuchlarini mustahkamlash.

  5. Ekologik muhitni yaxshilash va boshqalar.

Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida asosiy masalalardan biri, ilmiy-texnik faoliyatni moliyalashtirish prinsip va omillaridir.
O‘zbekistonda ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni moliyalashtirish qonunchilik asosida uning maqsadli mo‘ljaliga va moliyalashtiruvchi omillarning ko‘pligiga asoslanadi.
Fundamental ilmiy izlanishlar asosan, markaziy byudjet mablag‗lari hisobidan moliyalashtiriladi. Markaziy ilmiy-texnik dasturlar, asosiy izlanishlar va eksperimental yangiliklar, markaziy byudjet mablag‗lari, ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash fondi mablag‗lari hamda qatnashish ulushiga qarab tashkilotlar, uyushmalar, banklar va boshqa xo‘jalik sub‘ktlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Regional ahamiyatga ega bo‘lgan ishlar O‘zbekiston sub‘ektlarining byudjeti, mahalliy byudjet, regional fondlar va qatnashish hissasiga qarab tashkilotlar, uyushmalar, banklar va boshqa xo‘jalik sub‘ktlari mablag‗lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Shuningdek, O‘zbekistonda davlat, nodavlat va xalqaro ilmiy va ilmiytexnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlaydigan fondlar faoliyat ko‘rsatadi. Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat grantlar hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin.

Download 169 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish