Ilova davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish tartibi



Download 116,5 Kb.
bet1/4
Sana25.02.2022
Hajmi116,5 Kb.
#463206
  1   2   3   4
Bog'liq
ekologik ekspertizasini o‘tkazish tartibi


Davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish tartibi
SXEMASI

Bosqichlar




Subyektlar




Chora-tadbirlar




Bajarish muddatlari






















1-bosqich




Buyurtmachi




Mo‘ljallangan, rejalashtirilayotgan va amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati materiallarini Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalariga Internet jahon axborot tarmog‘idaorqali taqdim qiladi.




zarur bo‘lganda


































2-bosqich




Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari




Taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizomning 24-bandiga muvofiqligi va atrof muhitga ta’sir bo‘yicha toifa to‘g‘ri aniqlanganligi yuzasidan ko‘rib chiqadi hamda ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:
hujjatlar muvofiq bo‘lganda — to‘lovni amalga oshirish mumkinligini tasdiqlab beradi;
hujjatlar muvofiq bo‘lmagan taqdirda — qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqda buyurtmachini xabardor qiladi.




1 ish kunida





































3-bosqich




Buyurtmachi




Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun ushbu Nizomning 58-bandida belgilangan to‘lovni amalga oshiradi.




5 kun ichida




























4-bosqich




Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari




1. Davlat ekologik ekspertizasi ekspertlari tomonidan taqdim etilgan loyihalar ko‘rib chiqilib, ularning natijasi ijobiy bo‘lganida davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi tayyorlanadi va buyurtmachining shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
2. Ko‘rib chiqish natijasida kamchiliklar aniqlangan taqdirda, kamchiliklarni bartaraf etgan holda loyihani qayta ishlab chiqish haqida javob tayyorlanib, buyurtmachining shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.




I toifa — 20 kun
II toifa — 15 kun
III toifa — 10 kun
IV toifa — 5 kun





































5-bosqich




Buyurtmachi




Loyihadagi kamchiliklarni bartaraf etib, tegishli hujjatlarni elektron shaklda to‘lovsiz qayta taqdim qiladi.




60 kun ichida






















6-bosqich




Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari




Davlat ekologik ekspertizasi ekspertlari tomonidan qayta taqdim etilgan loyihalar ko‘rib chiqilib, ularning natijasida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
davlat ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasi tayyorlanadi va buyurtmachining shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi;
loyihani rad etish xaqida davlat ekologik ekspertiza xulosasi tayyorlanadi va buyurtmachining shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.




I toifa — 10 kun
II toifa — 7 kun
III toifa — 5 kun
IV toifa — 3 kun

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-sentabrdagi


541-son qaroriga
3-ILOVA


Atrof muhitga ta’sirni baholash loyihalarini jamoatchilik eshituvlaridan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilgunga qadar mo‘ljallanayotgan, rejalashtirilayotgan yoki amalda faoliyat ko‘rsatayotgan atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning yuqori darajada xavfli (keyingi o‘rinlarda — I toifaga mansub) va o‘rtacha darajada xavfli (keyingi o‘rinlarda — II toifaga mansub) faoliyat turlari bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari o‘tkazishni (keyingi o‘rinlarda — jamoatchilik eshituvi) tartibga soladi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
manfaatdor tomonlar — qulay atrof muhitga bo‘lgan huquq va qonuniy manfaatlariga mo‘ljallanayotgan, rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati natijasida ta’sir ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar;
buyurtmachi — yuridik va jismoniy shaxs, mo‘ljallanayotgan yoki rejalashtirilayotgan xo‘jalik faoliyati tashabbuskori yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati rahbari;
jamoatchilik eshituvi — atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan mo‘ljallanayotgan, rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyatining maqsadga muvofiqligi bo‘yicha qaror qabul qilinishini muhokama qilish uchun tashkil etiladigan yig‘ilish;
ekologik jihatlar — mo‘ljallanayotgan, rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan faoliyatning atrof muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi elementlari.
3. Jamoatchilik eshituviga atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga mansub mo‘ljallanayotgan va rejalashtirilayotgan xo‘jalik faoliyatining texnik xususiyati bo‘lmagan hamda quyidagilarni o‘z ichiga oladigan rezyume (keyingi o‘rinlarda — loyiha) taqdim qilinadi:
faoliyatning qisqacha tavsifi;
texnologik yechimlar va tadbirlarni joylashtirishning muqobil variantlari;
atrof muhitning joriy holati, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning qisqacha bahosi;
loyihani amalga oshirish natijasida atrof muhitga salbiy ta’sir manbalari va turlarining qisqacha ta’rifi;
atrof muhit holatining, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning mumkin bo‘lgan o‘zgarishlari prognozi va bahosi;
loyiha va loyihadan tashqari avariya holatlari prognozi hamda bahosi;
salbiy ta’sirning oldini olish, minimallashtirish va (yoki) o‘rnini to‘ldirish bo‘yicha chora-tadbirlar;
mumkin bo‘lgan sezilarli salbiy transchegaraviy ta’sirlar bahosi (transchegaraviy ta’sir etish holatlarida).
4. Jamoatchilik etishituvi atrof muhitga va aholi sog‘lig‘iga uzluksiz salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi yuzasidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning haqli shikoyatlariga sabab bo‘lgan holatlarda amalda faoliyat ko‘rsatayotgan I va II toifalarga mansub faoliyat turlari bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin.
Agar amalda faoliyat ko‘rsatayotgan I va II toifalarga mansub faoliyat turlarida texnologik jarayon kengaytirilmagan yoki to‘liq rekonstruksiya qilinmagan va texnik jihatdan qayta jihozlanmagan hamda ekologik normativlarga ega bo‘lsa, ushbu Nizom talablari tatbiq etilmaydi, bundan ushbu bandning birinchi xatboshisida keltirilgan holat mustasno.
5. Jamoatchilik eshituvi, muhokama qilinayotgan masalaga aloqador bo‘lgan va maxfiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olmaydigan hujjatli ma’lumotlarni o‘rganish asosida, muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha barchaning o‘zlarining asosli fikrlarini bildirish huquqi tengliligini nazarda tutadi.
6. Jamoatchilik eshituvi ishtirokchilari quyidagilar hisoblanadi:
manfaatdor tomonlar;
nodavlat notijorat tashkilotlar;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari;
ommaviy axborot vositalari (keyingi o‘rinlarda — OAV).
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari vakillari jamoatchilik eshituvlarida kuzatuvchi sifatida qatnashadilar.
Tuman (shahar) hokimliklari jamoatchilik eshituvining tashkilotchisi hisoblanadi.
7. Jamoatchilik eshituvi o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar buyurtmachi mablag‘lari yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.

Download 116,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish