Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi



Download 2,45 Mb.
bet12/138
Sana02.02.2023
Hajmi2,45 Mb.
#906724
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Partenogenez


Partenogenez lotincha partenos - qiz holida, genezis - tug’ish, tug’ilish degan ma’noni bildiradi. Tuxum hujayraning urug’lanmasdan ko’payishi, qiz holida ko’payish yoki partenogenez deb ataladi. Bu hodisani birinchi marta 1762 yilda shveysariyalik tabiatshunos Sh. Bonne shiralarda (o’simlik bitlarida) kuzatgan. XIX asiga kelib bu hodisa, ko’plab o’simlik va hayvonlarda sodir bo’lishi isbotlandi.
Partenogenez hasharotlarda, qisqichbaqasimonlarda va boshqa hayvonlarda keng tarqalgan. Ko’pchilik hollarda partenogenez jinsiy ko’payish bilan gallanib turadi. Masalan, o’simlik bitlarida yoz davomida faqat urg’ochisi bo’ladi. Kuzga kelib erkagi ham paydo bo’ladi va jinsiy ko’payish sodir bo’ladi. Demak, bularda partenogenez oziq moddalar ko’p bo’lganda sodir bo’ladi.
Asalarilarda bir qism tuxum partenogenez, bir qismi esa urug’lanish yo’li bilan taraqqiy etadi. Urug’lanmagan tuxumdan erkaklari yoki trutenlari, urug’langanlaridan esa ona va ishchi asalari yetishadi. Ishchi asalari, ona asalaridan, jinsiy bezlarining taraqqiy etganganligi bilan farqlanadi. Bunday partenogenez, fakultativ partenogenez deb ataladi. Chunki asalarining jinsiy voyaga yetislishi telergon degan modda cheklaydi.
Umurtqali hayvonlardan ba’zi kaltakesaklar va osyotrsimon baliqlarda bu hodisa kuzatiladi.
Partenogenezning ochilishi, urug’lanishdan keyin zigotada normal sharoit yaratish bilan, sun’iy partenogenezga yo’1 ochdi. Birinchi marta 1887 yilda A. A. Tixomirov tut ipak qurtining urug’lanmagan tuxumini cho’tka bilan ishqalab, yoki o’tingugurt kislota ta’sir ettirib, rivojlanishga majbur etdi va sun’iy partenogenezga asos soldi.
Tixomirov tajribalaridan keyin, tabiiy partenogenez uchramaydigan hayvonlarning tuxurni ustida ish olib borish, davom ettirildi. Masalan, dengiz kirpisi, amfibiyalar tuxumlari ustida tajribalar olib borildi. Dastlabki tajribalarda bir necha blastomer hosil bo’lgandan keyin ,tuxum nobud bo’lardi. Sun’iy panenogenez usullari ishlab chiqilgandan keyin, ijobiy natijalar olina boshlandi. Tuxumga ta’sir etuvchi turli ta’sirotlar - fizikaviy (issiq ,ph, elektr), kimyoviy (kislotalar, erituvchilar, qon zardobi va boshqalar) ta’sirotlar natijada, tuxumda partenogenetik ko’payish sodir bo’lishi kuzatiladi.
Hozirgi paytda sun’iy partenogenezni sut emiznvchilarda, hatto odamda ham qo’llab, ijobiy natijalar olinmoqda.
Sun’iy panenogenez usullarini tut ipak qurtida qo’llab, B.l.Astaurov katta muvaffaqiyatlarga erishdi. 22 yoshli qiz bolaning tuxumida 4 ta blastomer hosil bo’lganligi kuzatilgan.
Sun’iy partenogenez sohasidagi ishlar, urug’lanish jarayoni to’g’risidagi tasavvurlarni ancha oydinlashtirdi. Urugchilik va erkaklik jinsiy hujayralari yadrasining qo’shilib ketishi, rivojlanishga sabab bo’ladi, degan fikrlar xato bo’lib chiqdi. Jinsiy hujayralamnig qo’shilib ketishi natijada paydo bo’ladigan fziologik jarayonlar, rivojlanishning boshlanglich omili hisoblanadi. Erkaklik jinsiy hujayrasi, irsiyat hodisalari uchun katta ahamiyatga ega. Ammo tuxumning rivojlanishi uchun shart emasdir.
Agar yangi organizm uchun irsiy material tuxum hujayraning DNK si bo’lsa, ya’ni yangi organizm tuxum hujayradan paydo bo’lsa, bu hodisa gipogenez deyiladi. Agar yangi organizm tuxum hujayraning sitoplazmasi va spermatozoidning yadrosidan rivojlansa, bu hodisa androgenez deyiladi. Bu holatda tuxum hujayraning yadrosi o’ladi.
Ginogenez - partenogenezning bir turi bo’lib, urug’lanish oxiriga yetmasligi tufayli sodir bo’ladi. Bunda urug’lanish agent vazifasini bajaradi, erkak pronukleus urug’lanishda qatnashmaydi, faqat tuxum hujayrani taraqqiy etishi uchun, faollashtiradi. Ginogenez boshqa tur spermasi ishtirokida ham sodir bo’lishi mumkin, lekin bu sperma genlarini embrionga kiritmaydi. Masalan, kumush karas tuxumining taraqqiy etishi uchun sazan, oddiy , karas spermasi zarur bo’ladi. Gipogenez, tuxum hujayrani sun’iy qizdirish, urug’lantirish orqali ham sodir bo’ladi. Sichqonlar zigotasidan erkaklik pronukleusini mikroxirirglk yo’1 bilan olib tashlash orqali. ginogenez sodir bo’lishi kuzatgan. Bunday tuxum sitoxalazin V da saqlanib, sitotomiyamng oldi olingan va diploid tuxum paydo bo’lgan.Bunday tuxumdan, faqat urg’ochi sichqonlar olinadi.
Androgenez - bunda tuxum hujayra faqat spermatozoid yadrosi bilan taraqqiy etadi, tuxum yadrosi taraqqiyotda qatnashmaydi. Tabiiy androgenez tamakida, makkajolxorida, ba’zan tut ipak qurtida uchraydi.
Androgenezni sun’iy yo’l bilan ham, xosil qilish mumkin. XX asr boshlarida, dengiz tipratikanining yadrosiz tuxum hujayrasi urug’lantirilgan. Bunday urug’lanish merogoniya deyiladi. Bu ta’riba orqali genetikaning muxum muammosi, ya’ni irsiy material faqat yadro yoki sitoplazma orqali nasldan-naslga o’tadimi. degan savoliga javob berildi. Spermatozoidda deyarli sitoplazma bo’lmaydi. Shuning uchun, androgenetik organizmda faqat ota belgilari bo’lar ekan, sitoplazma orqali belgilar nasldan-naslga o’tmaydi. Merogoniya tajribalari uchun har xil dengiz tipratikanlari tanlandi.
B.I.Aslaurovning tut ipak qurti ustidagi yadro genez bo’yicha o’tkazilgan tajribalari nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham ega bo’ldi. Bu tajribada tuxum yadrosi qizdirish, yoki nurlantirish orqali nobud qilindi. Keyin tuxum urug’lantirilib, tuxumning ichiga kirgan 2 ta spermatozoid pronukleusi qo’shilgan va xromosomaning diploid nabori hosil bo’lgan.Shu yo’l bilan poliploidiya ham hosil qilish mumkin.Shunday qilib, tut ipak qurtining erkak individlari olindi. Ular urg’ochisiga nisbatan 30% gacha ko’proq tola beradi.
Gipogenez va androgeuez yo’li bilan ko’payish orqali, tabiatda jinslar nisbatini tartibga solish va urardan amaliy maqsadlarda foydalanish mumkin.
Partenogenez yo’li bilan rivojlanadigan organzrnlarda, xuddi jinsiy ko’payish kabi somatik hujayralanning xromosoma to’plarni, diploid bo’ladi. Xromosomalarning diploid to’plamning tiklanishi, 2-meyozdaoosit va reduksion tanachaning qo’shilishi, yoki oosit reduksion tanachani qaytarib, o’ziga biriktirib olishi orqali amalga oshadi.

Jinsiy ko’payish


Erda hayotning paydo bo’lishi va rivojlanishi jarayonda jinsiy ko’payish dastlab paydo bo’lgan. Jinsiy ko’payish esa, 3 mlrd yil oldin paydo bo’lgan. Jinsiy ko’payish, tirik organizmlarning deyarli hamma guruhlarida uchraydi. Jinsiy ko’payishning bunday keng tarqalishi, tirik organizmlarda genetik turli-tumantikni va fenotipi ko’zgaruvchanlikning kelib chiqishiga sababchi bo’lgan.


Jinsiy ko’payish deyilganda, ota-ona organizmining genetik axboroti, ya’ni gametalaning qo’shilishi natijada yangi organizm paydo bo’lishi tushuniladi.
Sodda hayvonlarda ikkita hujayraning qo’shilishi (kopulyasiya), ikkita individning qo’shilishi (kon’yugasiya) kuzatiladi. Kon’yugasiyada mikronukleuslarni va ba’zan sitoplazmani kon’yugatlar almashtirib oladi. Endomiksisda, yadro reoorganizasiyaga uchraydi. Ba’zan bir individning tuxum va urug’ hujayralari o’saro qo’shilib, zigota hosil bo’ladi. Bu hodisa avtomiksis deb ataladi va sodda hayvonlar, zamburug’lar, diatom suvo’tlarda uchraydi. Grekcha autos - o’zi, miksis – qo’shilish degan ma’noni bildiradi.
Shunday qilib, jinsiy ko’payishning bu ko’rinishlarida indivtdlar soni ortmaydi, ba’zan halto kamayadi (kopulyasiya).
Jinsiy Ko’payishda ishtirok etish uchun, ota-ona organizmlar jinsiy bezlaridan jinsiy hujayralar-gametalar ishlanib chiqaradi. Urg’ochi individ tuxum hujayra, erkak individ spermatozoid ishlab chiqaradi. Bu gametalar qo’shilib, zigota hosil qiladi. Ba’zi organizmlarning zigotasi, tuzilishi jihatdan o’xshash gametalar qo’shilishidan hosil bo’ladi. Bunday qo’shilish izogamiya deyiladi.
Gametalarni tuxum va spermatozoidga, individlarni erkak (sames) va urg’ochi (samka)ga bo’lish, jinsiy dimormizm deyiladi. Bir individda ham erkaklik, ham urug’chilik jinsiy bezlarining bo’lishi va bir individda tuxum va spermatozoid yetilsa, bunday organizm, germatodit deb ataladi. Agar bir individda har ikkala tashqi organlar va ikkilamchi jinsiy belgi bo’lib, bir xil jinsiy bez bo’lsa, bu soxta germafroditizm deyiladi. Gennafroditizm yassi chuvalchanglarda va boshqa hayvonlarda ueliraydi. Bu hodisa jinsiy xromosomalar XX bo’lganda, yoki hamma somatik hujayralarda XU bo’lganda, embrional rivojlanish buzilganda sodir bo’ladi. Ba’zi odamlarda jinsiy xromosomalarning mozaisizmi kuzatiladi, ya’ni ba’zi somatik hujayralarda xromosomalar XX bo’lsa, boshqasida XU bo’ladi.

Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish