Inflyatsiya va uning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari



Download 94,43 Kb.
bet5/8
Sana31.12.2021
Hajmi94,43 Kb.
#205645
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
INFLYATSIYA VA UNING IJTIMOIY IQTISODIY OQIBATLARI

Inflvatsiva nazariyalari
Hozirgi vaqtda inflyatsiya tabiatini o'rganishda iqtisodchi olimlar Lining monetar sabablarini, ya'ni tovar masasiga nisbatan pul massasining xajmini o'zgarishini asosi qilib ko'rsatadilar. Inflyatsiya bilan olib boriladigan faoliyatda uning darajasini о'lash uchun dastak lozim bo'ladi. Ushbu dastak bo'lib baholar indeksi hisoblanadi. Baholar indeksi joriy umumiy iste'mol narxlarining bazis davridan narxlarga nisbatan o'sishi (pasayishi) bilan aniqlanadi. Ushbu indeksni aniqlashda mamlakat fuqorolarining iste'mol savatiga kiritilgan mahsulotlar v xizmatlarning chakana narxlaridan foydalanadilar. Ushbu formula quyidagicha hisoblanadi:

Bu yerda: IPTs – iste'mol narxlarining indeksi;



PKt – iste'mol savatining joriy narxi;

PKb – iste'mol savatining bazis narxi.
Inflyatsiya darajasining o'sishini bir bahosini o'sishi bilan aniqlash mumkin. Masalan 1 litr benzinning bazis davridagi narxi 500 so'm bo'lgan va uning joriy davrdagi narxi 585 so'mga teng. Demak, biz kuzatgan davr ichida 1 litr benzinning narxi 117 % ga ortgan. Masalan:

Baholar indeksidan tashqari inflyatsiyani boshqarishda yalpi ichki mahsulot indeksi ko'rsiakichidan foydalaniladi. Yalpi ichki mahsulot – bu ma'lum bir davr mobaynida, odatda bir yilda mamlakatda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar, bajarilgan ishlar va korsatilgan xizmatlarning umumiy miqdorining puldagi ifodasidir. Yalpi ichki mahsulot baholar indeksini umumiy darajasini o'lchash uchun deflyatordan foydalaniladi. Deflyator – bu pul ifodalangan iqtisodiy ko'rsatqiyalarni o'tgan davrdagi baholar darajasiga nisbatan taqqoslash maqsadida qo'llaniladigan koeffitsientdir. Deflyator yordamida aniq bir muddatdagi haqiqiy ish haqi darajasini aniqlash mumkin.

Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning mohiyatini o'rganish va uni oqilona boshqarish bo'yicha turli nazariyalar mavjud. ulardan bin bo*lib Angliyalik taniqli iqtisodchi olim Djon Meynard Keyns yaratgan nazariya hisoblanadi. Dj.M.Keyns bozor iqtisodiyoti faoliyatiga davlat tomonidan aralashuvini bilvosita dastakini ishlab chiqdi. Ushbu dastak yordamida davlat tomonidan faol moliya siyosati olib borish, talabni ragbatlantirish va ommaviy ishsizlikni pasaytirishni amalga oshirishi imkoniyatiga ega bo'ladi. Keyns tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy mexanizm quyidagi asosiy nizomlardan iborat:

1. mamlakat aholisining ish bilan ta'minlanganligi darajasi ishlab chiqarish xajmi bilan aniqlanadi;

2. umumiy talab taklifga to'g'ri kelmaydi, chunki ma'lum pul mablag'lari jamg'arishga sarflanadi;

3. ishlab chiqarishning xajmi oqilona talab darajasidagi tadbirkorlikka asosan aniqlanadi;

4. investitsiyalar va jamg'armalar barobarligi holatidagi investitsiya hamda jaing'arma aktlari mustaqil faoliyat ko'rsatadi.

Dj. Keynsning asosiy fikri quyidagilardan iborat: qo'shimcha pul emissiyasi aholining lo'lovga qobiliyatlilik lalabini oshiradi. Bulling natijasida tovarlar va xizmatlarni ko'payishi uchun asos yuzaga keladi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan xaridorlarning pullarini olish maqsadida ishlab chiqarish hajmini ko'paytiradilar va muomaladagi ortiqcha pul emissiyasi massasini mahsulotlar va xizmatlar bilan to'ldiradilar. Xalqaro amaliyotda Dj. Keyns tomonidan ilgari surilgan nazariya «tartibga solinib turiladigan inflyatsiya» nomini olgan.

Otgan asrning 60 yillarida inflyatsiya nazariyasining yangi maktabiga asos solindi. Ushbu maktabga AQShlik mashxur iqtisodchi, Nobel' mukofatining laureati, «Chikago iqtisodiy maktabi»ning boshlig'i Milton Fridmen asos soldi. Xalqaro amaliyotda ushbu maktab «monetarizm» deb nomlanadi. Monetarizm maktabining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:


  1. «Pullar ahamiyatga egadir». ya'ni kredit – pul sohasidagi o'zgarishlar mamlakat iqtisodiyotining umumiy holatiga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi;

  2. Mamlakat Markaziy banki iqtisodiyotdagi xo'jalik holatidan qat'iy nazar pul massasining barqaroro'sishini ta'minlab turishi lozim.

M.Fridmenning asosiy goyasi quyidagilardan iborat: mamlakat ig'tisodiyotining rivojlanish darajasi davlat byudjetining holati, ishsizlik darajasi va boshqa makroekonomik ko'rsatqichlardan qatiy nazar davlalning pul siyosatidagi asosiy vazifasi o'rtacha 3-5 % ga oshirishi lozim. Ushbu g'oya Dj. Keyns g'oyasiga qarama-qarshidir. Dj. Keyns pul massasini osishidagi cheklovlar va talabni oldinga surgan bo'Isa, M. Fridmen esa taklif va pul massasining doimiy o'sishini oldinga surgan.

Monetarizm maktabi tarafdorlari inflyatsiyaga qarshi quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishni qollab-quvvatlaydilar:

– tadbirkorlikning to'gridan-to'g'ri rag'ballanlirish (foydaga investitsiya qilingan qismidan soliqlarni pasaytirish);

– davlat xarajatlarini qisqartirish:

– investitsiyaga yo'naltirilgan jamgarmalarning osishini rag'ballanlirish (mamlakat aholisining jamg'armalarini tijoral banklariga va qimmatli qogozlarga joylashtirish).

O'z mohiyatiga asosan monetaristik siyosal qal'iy siyosat bo'lib, uni amalga oshirishda qattiqlik va turli demogogiyaga nisbatan befarqlikni talab etadi. Shuni takidlash lozimki, Dj. Keyns va M. Fridmen yaratgan nazariyalari inflyatsiya bilan oqilona kurash olib borishda mutloq toliq javob bermaydi. Har ikkala nazariya o'zining ijobiy tomonlari bilan bir qatorda salbiy tomonlarga ham egadir.

Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning lajribasi shundan dalolat bermoqdagi inflyatsiya qaysi shakl va turda yuzaga chiqmasin, u doimo ishsizlik muammosi hal elishlikni, ularning ozaro bog'liqligini chuqur tahlil etgan avstraliyalik iqtisodchi olim A. Fillips grafiklar yordamida inflyatsiya va ishsizlik haqiqatda ular ortasida teskari aloqa mavjudligini isbotlaydi. Uning fikricha aniq olingan mamlakatda aholi o'rtasida ishsizlik darajasi past darajada bo'Iadi. O'z vaqtida uning aksi inflyatsiya darajasi yuqori bo'lgan holatda, ishsizlik darajasi past bo'Iadi. Biz buni quyidagi grafikda ko'rishimiz mumkin. A. Fillipsning fikricha. inflyatsiya darajasi yuqori darajadagi mamlakatlarda haqiqiy ish haqi qiymati tushib boradi. Ushbu holat aholining turli toifalari narx-navo ko'tarilishi natijida yo'qolilgan haqiqiy ish haqini kompcnsatsiya qilish maqsadida ishlashga majbur bo'ladi. Buning natijasida, mamlakat aholisi ortasida ishsizlak darajasining pasayishi kuzatiladi.


Download 94,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish