Inflyatsiya va uning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari


Inflyatsiyaning barqarorlashtirish usullari



Download 94,43 Kb.
bet7/8
Sana31.12.2021
Hajmi94,43 Kb.
#205645
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
INFLYATSIYA VA UNING IJTIMOIY IQTISODIY OQIBATLARI

Inflyatsiyaning barqarorlashtirish usullari
Jahonning iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarida inflyatsiyaga qarshi kurash olib borishda juda katta nazariy va amaliy tajriba to'plangan. Inflyatsiyani butunlay yo'qotish imkoniyati yo'q. Chunki uni yuzaga chiqishiga sabab bo'lgan omillarni (ichki va tashqi, pullik va pulsiz) lo'liq yo'qotish mumkin emas. Shuning uchun hozirgi davrda eng asosiy maqsad inflyatsiyaning butunlay yo'qotish emas, balki uni boshqaruvchan qilish va uning salbiy iqtisodiy ijtimoiy oqibatlarini zaiilashtirish hisoblanadi.

Dunyoning turli mamlakatlarida xukumat tomonidan mavjud iqtisodiy-ijtimoiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda inflyatsiyaga qarshi turli antiinflyatsion siyosatni ishlab chiqaradilar va uni amalga oshiradilar. Davlat tomonidan antiinflyatsion siyosatni olib borishda turli chora-tadbirlar hisoblangan byudjet, ijtimoiy, soliq. baho, kredit-moliya, sanoat-investitsiya, tashqi iqtisodiy va emissiyani amalga oshiradilar.

Byudjet siyosati – bu davlalning asosiy iqtisodiy siyosati hisoblanadi va uning asosiy maqsadi mamlakatning aniq belgilangan muddat mobaynida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yonalishlari bclgilanadi va amalga oshiriladi. Byudjet siyosati yordamida soliqlar va yig'imlar assoida yig'ilgan davlat moliya resurslarini umummilliy vazifalarini bajarish uchun qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi. Byudjet siyosatining asosiy tarkibiy qismi bo'lib ijtimoiy siyosat hisoblanadi. Chunki mamlakatdagi ijtimoiy tadbirlarni moliyalashtirish asosan davlat byudjeti tomonidan amalga oshiriladi.

Soliq siyosati – bu davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy vazifalarini bajarishi uchun zarur moliya mablag'larini yig'ish uchun xo'jalik yurituvchi subektlar va mamlakat aholisidan soliqlar, to'lovlar hamda majburiy ajratmalarni belgilash, ularni undirish yuzasidan qonun asosida belgilangan tizimdir.

Baho siyosati – bu mahsulotlar. xizmatlar va to'lovga qobiliyatli talab o'rtasidagi mutanosiblikga erishish hamda uni tarlibga solib turish bilan bog'liq siyosatdir.

Kredit-moliya siyosati bu Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasi, majburiy zahiralar mcyori va ochiq bozordagi operatsiyalar orqali mamlakat bank-kredit tizimini boshqarish hamda tartibga solib turishdan iborat.

Sanoat-invcstitsiya siyosati bu yalpi ichki mahsulotning o' sishini ta'minlovchi mamlakat sanoat-tcxnologik qudratini rivojlantirishga qaratilgan siyosatdan iborat.

Tashqi iqtisodiy faoliyat siyosati – bu davlat tomonidan xorijiy mamlakatlar bo'lib tashqi iqtisodiy faoliyatni boj-tarif dastaklari yordamida tartibga solib turishdan iboratdir.

Emissiya siyosati – bu Markaziy bank tomonidan milliy iqtisodiyolning holatiga asosan muomalaga qog'oz pul chiqarish. ularning aylanishini tarlibga solish va muomaladagi ortiqcha pullarni aylanmadan chiqarib turishdan iborat siyosatdir.

Dunyoning har bir mamlakatidan xukumat tomonidan antiinflyatsion siyosati mavjud inflyatsiyani tartibga solishga hamda uni o'sish sur'atlarini pasaytirishga qaratilgan bo'lishi lozim. Bunday siyosatni olib borishda asosan ikki shakllardan foydalaniladi:

1) Pul islohotlarini amalga oshirish;

2) Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish;

Pul islohotlari – bu mamlakatdagi pul muomalasini tartibga solish va kuchaytirish maqsadida davlat tomonidan mavjud pul tizimini to'liq yoki qisman o'zgartirishlarini amalga oshirishdir. Mamlakatning iqtisodiy rivojlangan holati, pullarning ta'minlanganligi darajasiga asosan pul islohotlarining reval'vatsiya, deval'vatsiya va denominatsiya usullaridan foydalaniladi. lqtisodiyoti rivojlangan davlatlardan Germaniya Federativ Respublikasi, lsroil va boshqalarda reval'vatsiya usulidan foydalanildi. Reval'vatsiya o'z mohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valyutaga nisbatan kursini ko'tarib qo'yishdan iborat. Pul islohotining ikkinchi usuli bo'lib deval'vatsiya hisoblanadi. Deval'vatsiya o'z mohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valyutaga nisbatan tushirib qo'yishdan iborat. Deval'vatsiya usulidan asosan iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o'tayotgan mamlakatlarda keng foydalaniladi. Pul islohotining uchinchi usuli bo'lib denominatsiya hisoblanadi. Denominatsiya o'z mohiyatiga asosan milliy pul birligidagi ortiqcha nollarni olib lashlab muomalaga yangi pullarni chiqarishdan iborat. Denominatsiya usulida Rossiya (3 dona nolni olib tashladi) va Turtsiya (liradan 6 dona nolni olib lashladi) xukumatlari foydalanishdi. Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish o'z mohiyatiga asosan mamlakatda mahsulotlar, bajarilgan ishlar, korsatiladigan xizmatlarga bo'lgan narx-navolarni o'sib borishini cheklash va pul tizimini barqarorlashtirish masadida davlat tomonidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Ushbu chora-tadbirlar ikki yo'nalishda olib boriladi:

1) Deinflyatsion siyosat. Ushbu siyosat mamlakatda pulga bo'lgan talabni pul-kredit va moliya mexanizmlari yordamida tartibga solib turiladi. Deinflyatsion siyosat davlat xarajatlarini qisqartrish, kreditlar uchun foiz stavkalarini oshirish, soliq yukini kuchaytirish (soliqlar soni va ularni foiz stavkalarini ko'tarish) va pul massasini cheklashni o'z ichiga oladi. Shuni ta'kidlash lozimki, deinflyatsion siyosat mamlakatdagi iqtisodiy osishni sekinlashuviga sabab boladi;

2) Daromadlar siyosati. Ushbu siyosat olib borishda davlat tomonidan mahsulotlar, korsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlarga bo'lgan narx-navo va ish haqi ustidan birdaniga nazorat etiladi hamda ularni o'sishini ma'lum chegarasi o’rnatiladi yoki butunlay «muzlatib» qo'yiladi. Daromadlar siyosati o'z mohmiyatiga ко'га qat'iy siyosat hisoblanadi va u aholi ortasida norozilikni kelib chiqarishi mumkin. Lekin inflyatsiya bilan kurashishda ayrim mamlakatlarda daromadlar siyosatidan foydalaniladi.

Xalqaro amaliyotda rivojlanayolgan mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi karash olib borish tajribasida biz ta'kidlab otgan ikki yonalishdan oqilona birgalikda foydalanilgan.

O'zbekiston Respublikasi muslaqillikka erishgan dastalabki kunlaridan boshlab yurtboshimiz rahnamoligida mamlakatimi/da qat'iy pul-kredit siyosati olib borilmoqda. Olib borilayotgan bunday siyosat natijasida inflyatsiya sur'ati belgilangan me'yorlarda ushlab turishga erishilmoqda. Prezidentimizning bu jarayonlar haqidagi quyidagi gaplari juda o'rinlidir. «Puxta o'ylangan qat'iy pul-kredit siyosatini izchil olib borish tufayli inflyatsiya ko'zda tutilgan prognoz ko'rsatkichlari chcgarasida. ya'ni yillik 7,8 foiz darajasida saqlab qolindi»2.Ushbu omil mamlakatimizda inflyatsiya sur'atlarini aholi turmush darajasiga kam darajada la sir etayotganligidan dalolal bcradi.

Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga otayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash uchu nasosan quyidagi chora-tadbirlar amalga rshirilmoqda:

– milliy iqtisodiyotni sog'loinlashtirish, investitsiya faoliyatining tushib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini ta'minlash;

– raqobatbardosh. yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;

– xalq iste'mol tovarlarini ishlab ehiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining tarkibini o'zgartirish va unda zamonaviy lexnika hamda texnologiyalarni joriy etish;


  • tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag'batlantirish;

– soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yonalishda asosiy etiborni soliqlarning rag'ballanliruvchi funktsiyasiga qaratish;

– davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qollab-quvvatlash;

inamlakat ichida mahsulotlar, valyuta, kredit er, ko'chmas mulk, mehnat va qimmalli qog'ozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish;

– pul-kredit siyosatini iqtisodiyotnign rivojlanishi holatiga asosan o'zgartirib turish;

– tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni eksport qilishni ragbatlantirish;

– erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar, xarajatlar va narx-navoni davlat tomonidan tartibga solish va uni nazorat qilish;

– davlat byudjet taqchilligini noinflyatsion yo'Ilar bilan qisqartirish;

– davlatning strategik oltin-valyuta zahiralarini chuqur tahlil etish va ulardan oqilona foydalanish.

Yuqorida ta'kidlab otilgan chora-tadbirlami ishlab chiqish va ularni amalga oshirish ma'lum muddat talab etadi. Oqilona ishlab chiqilgan antiinflyatsion siyosatni amalga oshirish pirovard natijada milliy pul birligini muslahkamlanishiga va pul tizimini barqarorlashuviga olib keladi.

XULOSA
O'tgan yilninig yakuni bo'ycha respublikamiz davlat byudjeti ortigi bilan bajarildi. kozda tutilgan defitsit o'rniga yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foiz miqdorida profitsitga erishildi. Puxta o'ylangan qat'iy pul-kredit siyosatini izchil olib borish tufayli inflyatsiyani kozda tutilgan prognoz ko'rsatkichlari chegarasida, ya'ni yillik 7,8 foiz darajasida saqlab qolishga erishildi. Joriy 2014 yilni oladigan bolsak. o'rtacha ish haqi miqdorini byudjet sohasida va shunga mos ravishda xojalik yurituvchi sub'ektlarda ham - 1,4 barobar oshirish ko'zda tutilmoqda. Inflyatsiyaning o'sish ko'rsatkichini 7-9 foiz darajasida saqlab turish mo'ljallanmoqda. lnflyatsiya va lining rivojlanishi alohida olingan mamlakatda ma*Ium xususiyatlarga ega bulishi mumkin. Hozirgi davr inflyatsiyasi, utgan davr inflyatsiyasidan fark kiluvchi xususiyatlarga zga. Oldingi inflyatsiyalar vaktinchalik bulib. ular odatda urush vaktida harbiy xarajatlarni koplash uchun kogoz pullar chikarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib. yani ishlab chikarish va tovarooborot suratlarini oshirmasdan. yoki bu kursatkichlar kamayib ketgan holda davlat lomonidan buladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy yullaridan biri kogoz pullarni muomalaga chik;arishdan iborat bulgan. Natijada muomalaga chikarilgan pullar. muomala uchun zarur bulgan oltin mikdoridan oshib ketgan va pulning real kiymati uning nominal kiymatidan tushib ketgan. yani, xakikatda pul birligi uzida kursatilganidan kam oltin mikdorni ifoda kila boshlagan. Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bulib sifati ham uzgarib bormokda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan. uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi konunining buzilishi natijasida umumxujalik mexanizmining ishdan chikishiga olib keladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bulib kolmasdan. ishlab chiqarish va kayta ishlab chikarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadi. Xozirgi davr inflyatsiyasi birinchidash; pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi konunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab chikarishga ketadigan xarajatlar salmogining usishi natijasida lovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi.

Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o'tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash uchun asosan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirish lozim:

- milliy iqtisodiyotni sog'lomlashtirish, investitsiya faoliyatining tushib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini ta'minlash;

- raqobatbardosh. yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;

- xalq iste'mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining tarkibini o'zgartirish va unda zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni joriy etish;

-tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini ragbatlantirish;

- soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yonalishda asosiy e'tiborni soliqlarning rag'batlantiruvehi funktsiyasiga qaratish;

- davlat lomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash;

- mamlakat ichida mahsulotlar. valyuta, kredit er, ko'chmas mulk, mehnat va qimmalli qog'ozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish;

- pul-kredit siyosatini iqtisodiyotnign rivojlanishi holatiga asosan ozgartirib turish;

- tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar. ishlar, xizmatlarni eksporl qilishni rag'batlantirish;

- erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar. xarajatlar va narx-navoni davlal tomonidan tartibga solish va uni nazorat qilish;

- davlal byudjel taqchilligini noinflyatsion yo'Ilar bilan qisqartirish;

- davlatning stratcgik oltin-valyuta zahiralarini chuqur tahlil elish va ulardan oqilona foydalanish.



Yuqorida takidlab otilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish malum muddat talab etadi. Oqilona ishlab chiqilgan antiinflyatsion siyosatni amalga oshirish pirovard natijada milliy pul birligini mustahkamlanishiga va pul tizimini barqarorlashuviga olib keladi.


Download 94,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish