Informatika o’qitishning asosiy didaktik tamoyillari reja


Bilimlarni mustahkam o’zlashtirish



Download 36,51 Kb.
bet6/6
Sana18.07.2022
Hajmi36,51 Kb.
#821948
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Azizjon Ergashov

Bilimlarni mustahkam o’zlashtirish
Bilimlarni mustahkam o’zlashtirish - jarayoni juda murakkabdir. Shu sababli o’qituvchilarga qisqa tezis shaklidagi tavsiyalar berish bilan cheklanamiz.

  1. Zamonaviy o’qitishda tafakkur xotiraga nisbatan yuqoridir.

  2. O’quvchilar ongli ravishda o’zlashtirgan bilimlarigina eslab qolishlari kerak.

  3. YAngi bilimlarni o’rganishga kirishishdan oldin, o’quvchilarning ijobiy xarakatlar bilan ta’minlash lozim.

  4. O’tganlarni takrorlash va mustahkamlashni shunday tashkil qilish kerakki, bunda o’quvchilarning faqatgina xotirasini faollashtiribgina qolmasdan, balki ularning tafakkurini va his tuyg’ularini ham faollashtirish lozim.

Nazariy va amaliy ta'lim jarayonida talabalar o'zlarining bo'lajak kasbiy faoliyatlari uchun kerak bo'ladigan bilim, ko'nikma va malakalarni egallab boradilar. Bundan tashqari, avvalgi mashg'ulotlarda hosil qilingan bilim, ko'nikma va malakalar ancha murakkabroq materialni o'zlashtirib olish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Ilmiy bilimlarni egallash talabalarning xotirasi, mantiqiy tafakkuri, xilma-xil faoliyat turlaridagi ijodiy faolligi va mustaqilligini rivojlantirishga yordam beradi. Lekin hosil qilingan bilim, ko'nikma va malakalarning kelgusida ilmiy bilimlar tizimini o'zlashtirishda asos bo'lishi uchun ular puxta o'zlashtirilgan bo'lishi va talabalarning xotirasida saqlanishi kerak. Mustahkamlik tamoyilining talablari shulardan iborat bo'lib, bularga rioya qilmaslik talabalarning sust o'zlashtirishiga, o'qishda ulgurmasligiga sabab bo'Iadi.
Ta'lim oluvchilarga har bir fandan beriladigan bilim, malaka va ko'nikmalar, ular tomonidan ongli, puxta va mustahkam o'zlashtirilgan bo'lishi shartdir. Buning uchun esa har bir fan ta'lim beruvchisi o'zi beradigan o'quv materialini o'quv rejasi, o'quv dasturi va ta'lim oluvchilarning individual yosh xususiyatlariga mos qilib tushuntirish, ta'lim oluvchilarning sezgi a'zolarini ko'proq ishtirok etishiga erishish, ko'rgazmali qurollardan, texnika vositalardan samarali foydalanish, darsda ta'lim oluvchilarni amaliy faoliyatini tashkil etish, ularni mustaqil ishlashga, mustaqil tafakkur qilishga, mantiqiy xulosalar chiqarishga erishishi katta ahamiyatga ega. Darsni ta'lim oluvchilarning yoshlariga mos qilib o'tish, dars davomida turli xil usullardan, vositalardan mohirona foydalanish, dars jarayonida hamma ta'lim oluvchilarni ongli - faol ishtirok etishini ta'minlash, o'quv materialini ilmiy, izimli, izchil, jonli va obrazli bayon qilish, konkret dalillarni ko'rsatish orqali yaxshi natijalarga erishish mumkin.
O'qitishda talabalarning yoshi va individual imkoniyatlarini hisobga olish tamoyili. Har bir talaba o'zining individual (jismoniy, psixik va b.) xususiyatlariga egaki, bu uning o'quv faoliyatiga katta ta'sir etadi. Pedagogning bu xususiyatlarni o'rganishi va hisobga olishi ta'lim-tarbiya sifatini oshirish va har bir talabaning ijobiy qobiliyatlarmi rivojlantirish uchun sharoit yaratadi.
Talabaning bunday xususiyatlarini o'rganish uzoq vaqt mobaynida olib boriladi. Pedagog talabalarning mashg'ulotlardagi va ishlab chiqarish ta'limi vaqtida ustaxonalardagi ishini, uy vazifalarini bajarishini kuzatadi, ularning bilimi, yozma ishlari va tayyorlagan buyumlarini tekshiradi, darsdan tashqari vaqtlarda ular bilan suhbatlashadi. Talabaning kuchli va ojiz tomonini bilib olishga, uning qiziqishlari, tafakkuri, nutqi, xotirasi, diqqati, xayoliga xos bo'lgan xususiyatlarni o'rganishga, uning xarakteri va iroda sifatlarini yaxshi bilib olishga harakat qiladi, hayotiy va mehnat tajribalarini, ularning o'qishga kelishdan oldingi faoliyati xususiyatlarini o'rganadi.
Ta'limda ta'lim oluvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish - jonli va samarali dars o'tish garovlaridan biridir. Ta'lim beruvchi o'quv materialini ta'lim oluvchilar uchun tushunarli qilib o'tishi uchun, ularning yoshi va individual xususiyatlarini diqqat markazida saqlashi shart. O'quv materiallari ta'lim oluvchilarning yoshi va ma'lumotiga qanchalik loyiq, mos bo'lsa, bu o'quv materiali ta'lim oluvchiga yaxshi tushunarli bo'ladi va uzoq vaqt xotirasida saqlanadi. O'quv materialini ta'lim oluvchining yoshiga va individual xususiyatiga mos holda o'tish uchun ta'lim beruvchi quyidagi shartlarga amal qilishi lozim:
• ta'lim beruvchi ta'lim oluvchilarining anatomik, fiziologik va psixologik xususiyatlarini yaxshi bilishi;
• ta'lim beruvchining o'quv rejasi, o'quv dasturi, darsliklar, o'quv qo'llanmalari va zarur qo'shimcha adabiyotlarni qunt bilan o'rganib chiqishi;
• guruhdagi ta'lim oluvchilar tarkibi, fan va mavzuning maqsadi hamda xarakteriga, darsning maqsadiga qarab o'qitishning yangi - yangi usullarini qo'llashi;
• dars jarayonida o'z nutqini izchil, tizimli va emotsional, ta'sirli bo'lishiga erishish;
• dars jarayonida ta'lim oluvchilar diqqatini markazla shtira olishi va hokazo.
Nazorat savollari
1.Ta’lim tamoyillari debganda nimani tushunasiz?
2.Didaktik tamoyillar deganda nimani tushunasiz?
3.O'qitishda tizimlilik va izchillik tamoyili qanday bo’ladi?
4.Tushunarlilik tamoyili dep ?
5.Ko‘rgazmalilik tamoyili deb nimaga aytiladi ?
6. Nazariyaning amaliyot bilan bog‘lanishi nima ?
Download 36,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish