Informatika va kompyuter grafikasi


Takrorlanuvchi algoritmlarga doir misollar



Download 1,29 Mb.
bet4/10
Sana09.04.2022
Hajmi1,29 Mb.
#539088
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5269642297703667463

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Reja
Takrorlanuvchi algoritmlarga doir misollar
ifodasini hisoblash algoritmini tuzing.





9. ifodasini hisoblash algoritmini tuzing.




ifodaning qiymatlarini ekranga chiqarish algoritmini tuzing.

ifodaning qiymatlarini ekranga chiqarish algoritmini tuzing.



TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

INFORMATIKA VA KOMPYUTER GRAFIKASI”


KAFEDRASI

AXBOROT TEXNALOGIYALARI VA JARAYONLARNI MATEMATIK MODELLASHTIRISH” FANIDAN




___ - MUSTAQIL ISHI
MAVZU:_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
BAJARDI:___________________________
______________________________
TEKSHIRDI:_________________________


2021-YIL


3 - Mavzu: C++ dasturlash tilida funksiyalar . Matematik funksiyalar.

Reja:


  1. C++ dasturi yaratilish tarixi.
  2. C++ tilida ifodalar


1. C++ dasturi C dasturining rivojlantirilgan analogidir, O‘z navbatida S dasturi BCPL va V tillari asosida yaratilgan. BCPL tili 1967 yili Martin Richard tomonidan yaratilgan. С dasturi dastlab Denis Ritchi tomonidan rivojlantirildi va ilk bora 1972 yil DEC PDP-11 kompyuterida sinaldi. Dastlab С dasturi Unix operatsion tizimida qayta ishlovchi til sifatida mashhur bo‘ldi. Bugungi kunda ko‘pgina operatsion tizimlar S va C++ dasturlarida yozilgan. Oxirgi o‘n yillikda С dasturi barcha kompyuterlar uchun qulay dastur bo‘lib qoldi. Apparat ta’minotidan qat’iy nazar S da diqqat bilan qayta ishlash natijasida mukammal dasturlar yozish mumkin.


С dasturi 70 – yillarning oxiriga kelib shunday rivojlandiki, hozirgi kunda uning «an’anaviy», «klassik» yoki «Kernigan va Ritchi» turlari mavjuddir.
С dasturining turli kompyuterlarda keng qo‘llanilishi tilning o‘zgarishiga olib keldi. Ular o‘zaro o‘xshash, lekin bir – biriga bog‘lanmagan. Bu esa dasturchilar uchun turli noqulayliklarni yuzaga keltirdi. С dasturining standart ko‘rinishi aniqlash zarur bo‘lib qoldi. 1983 yili Amerika Milliy Standart komitetida hisoblash texnikasi va axborotlarni qayta ishlash sohasida X3J11 texnik komiteti tuzildi. 1989 yili esa standart tasdiqlandi. 1990 yilda S dunyo buyicha standartlashtirildi. 80 -yillarning boshlarida Ber Stroustrup tomonidan С dasturining kengaytmasi C++ dasturi ishlab chiqildi. C++ dasturi С dasturini «tartibga keltiruvchi» xossasini ta’minlaydi. Eng muhimi u ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash imkoniyatini beradi. Bu esa dasturiy ta’minotlar olamida tub o‘zgarish edi. Tez va aniq dasturiy ta’minot yaratish va yangi proektlar orqali undan ham kuchli dastur yaratish muhim edi. Ob’ektlar – dasturiy ta’minotning takror ishlatiladigan effektiv komponentasi bo‘lib, real hayot elementlarini modellashtiradi. Ob’ektga yo‘naltirilgan proektrlash dasturlash texnologiyasini oldingilariga nisbatan ancha qulaydir. Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlarni tushunish, tuzatish va o‘zgartirish oson.
Ko‘pgina kompaniyalar tomonidan ob’ektga yo‘naltirilgan tillarning turli versiyalari ishlab chiqildi. SHulardan biri Xerox kompaniyasining Palo Alto tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan Smalltallk tilidir. Smalltallk – sof ob’ektga yo‘naltirilgan til va dasturning barcha komponentlari ob’ekt hisoblanadi. C++ - gibrid til, u С uslubida, ob’ektga yo‘naltirilgan hamda bir vaqtning o‘zida har ikkala usulda dasturlash imkonini beradi.
Birinchi elektron hisoblash mashinalari paydo bo‘lishi bilan dasturlash tillari evolyusiyasi boshlanadi. Dastlabki kompyuterlar ikkinchi jahon urushi vaqtida artilleriya snaryadlarining harakat traektoriyasini hisob-kitob qilish maqsadida qurilgan edi. Oldin dasturchilar eng sodda mashina tilini o‘zida ifodalovchi kompyuter komandalari bilan ishlaganlar. Bu komandalar nol va birlardan tashkil topgan uzun qatorlardan iborat bo‘lar edi. Keyinchalik, insonlar uchun tushunarli bo‘lgan mashina komandalarini o‘zida saqlovchi (masalan, ADD va MOV komandalari) assembler tili yaratildi. SHu vaqtlarda BASIC va COBOL singari yuqori sathli tillar ham paydo bo‘ldiki, bu tillar tufayli so‘z va gaplarning mantiqiy konstruksiyasidan foydalanib dasturlash imkoniyati yaratildi. Bu komandalarni mashina tiliga interpretatorlar va kompilyatorlar ko‘chirar edi. Interpretator dasturni o‘qish jarayonida uning komandalarini ketma - ket mashina tiliga o‘tkazadi. Kompilyator esa yaxlit programma kodini biror bir oraliq forma - ob’ekt fayliga o‘tkazadi. Bu bosqich kompilyasiya bosqichi deyiladi. Bundan so‘ng kompilyator ob’ektli faylni bajariluvchi faylga aylantiradigan kompanovka dasturini chaqiradi.
Interpretatorlar bilan ishlash osonroq, chunki dastur komandalari qanday ketma - ketlikda yozilgan bo‘lsa shu tarzda bajariladi. Bu esa dastur bajarilishini nazorat qilishni osonlashtiradi. Kompilyator esa kompilyasiya va kompanovka kabi qo‘shimcha bosqichlardan iborat bo‘lganligi uchun ulardan hosil bo‘ladigan bajariluvchi faylni tahlil qilish va o‘zgartirish imkoniyati mavjud emas. Faqatgina kompilyasiya qilingan fayl tezroq bajariladi, chunki bundagi komandalar kompilyasiya jarayonida mashina tiliga o‘tkazilgan bo‘ladi.
C++ kabi kompilyasiya qiluvchi dasturlash tillarini yana bir afzalligi hosil bo‘lgan dastur kompyuterda kompilyatorsiz ham bajarilaveradi. Interpretatsiya qiluvchi tillarda esa tayyor dasturni ishlatish uchun albatta mos interpretator dasturi talab qilinadi.
Ayrim tillarda (masalan, VISUAL BASIC) interpretator rolini dinamik bibliotekalar bajaradi. Java tilining interpretatori esa virtual mashinadir (Virtual Machine, yoki VM). Virtual mashinalar sifatida odatda brouzer (Internet Explorer yoki Netscape) lar qo‘llaniladi.
Ko‘p yillar davomida dasturlarning asosiy imkoniyati uning qisqaligi va tez bajarilishi bilan belgilanib kelinar edi. Dasturni kichikroq qilishga intilish kompyuter xotirasini juda qimmatligi bilan bog‘liq bo‘lsa, uning tez bajarilishiga qiziqish protsessor vaqtining qimmatbaholigiga bog‘liq edi. Lekin kompyuterlarning narxi tushishi bilan dastur imkoniyatini baholash mezoni o‘zgardi. Hozirgi kunda dasturchining ish vaqti biznesda ishlatiladigan ko‘pgina kompyuterlarning narxidan yuqori. Hozirda professional tarzda yozilgan va oson ekspluatatsiya qilinadigan dasturlarga talab oshib bormokda. Ekspluatatsiyaning oddiyligi, konkret masalani echish bilan bog‘liq bo‘lgan talabni ozroq o‘zgarishiga, dasturni ortiqcha chiqimlarsiz oson moslashtirish bilan izohlanadi.
Ifodalar va operatorlar.

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish