Informatika va programmalash


EHMlarning uchinchi avlodi



Download 1,53 Mb.
bet6/74
Sana13.07.2022
Hajmi1,53 Mb.
#786339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
Informatika va programmalash

EHMlarning uchinchi avlodi (1965-1975 yillar) tranzistorlar va turli xil ehtiyot qismlar o‘rniga integral sxemalardan keng ko‘lamda foydalanishi bilan xarakterlanadi.
Integral sxemalardan foydalanish tufayli mashinalarning texnik va ishlatish xarakteristikalarini ancha yaxshilashga, jumladan, ixchamlashuviga va ishlash tezligining oshishiga erishildi. Bunday mashinalarning ishlashi ancha samarali va ishonchli bo‘ldi. Ularning xotira sig‘imi 2048 Kbaytgacha kengaydi. Bu avlod mashinalarini bir nechta mamlakatlar birgalikda ishlab chiqarganligi uchun ularni Yagona Sistema (ES-единая система) turidagi mashinalar deb nomlandi, ularning nomlari «ES» qisqartmasidan boshlanadi: ES-1050, ES-1022 va boshqalar.
Bu mashinalar turiga qarab, sekundiga 2 milliongacha turli arifmetik amallarni bajarishi mumkin bo‘ldi.
Fan va texnikaning rivojlanishi odam bilan EHM o‘rtasida muloqot qilish mumkin bo‘lgan hisoblash mashinalari yaratish zaruratini tug‘dirdi. Bu imkoniyat yangi paydo bo‘layotgan to‘rtinchi avlod mashinalarida amalga oshirildi.
EHMlarning to‘rtinchi avlodi (1975 yildan boshlab). Ularda element bazasi sifatida katta integral sxemalar, ya’ni 1sm. kub hajmda 100 mingtagacha elementni birlashtirgan mikrosxema qo‘llaniladi.
Hozirgi kunda beshinchi avlod mashinalarini ishlab chiqish ustida katta ishlar qilinyapti. Ayniqsa, bu sohada XX asrning 80-yillarida Yaponiya olimlari taklif etgan beshinchi avlodning loyihasi diqqatga sazovordir. Bu loyiha keyingi davr mashinalarini yaratishni ko‘zda tutgan. Yaponiya olimlarinig ta’biricha, ushbu avlod mashinalari mantiqiy masalalarni hal qila oladigan, og‘zaki gaplarni "eshitadigan" va "tushinadigan", matnlarni o‘qiyotgan tezlikda tarjima qila oladigan hamda "ko‘ra" oladigan, "tushunadigan" bo‘lishi kerak.
Bunday kompyuterlar katta va o‘ta katta integral sxemalar asosida qurilishi nazarda tutilgan. Oxirgi paytlarda rivojlangan mamlakatlardagi ilmiy laboratoriyalarda oqsil molekulalari bilan tajriba o‘tkazilmoqda. Ular kompyuterlarning arifmetik asosini tashkil qiluvchi asosiy element ikkilik sanoq sistemasida xotirlovchi katakchalar vazifalarini o‘tayapti. Albatta, ushbu yo‘nalish bo‘yicha EHM qurish haqida gap yuritishga erta albatta, lekin tajribalar yaxshi natijalarga olib kelsa, kompyuterlarning yangi davrini boshlaydigan biokompyuterlarga ega bo‘lishimiz ham mumkin. Hisoblash texnikasi vositalarining tuzilishi va ularni ishlab chiqarishning takomillashuvi bilan elektron hisoblash mashinalarining yangilari paydo bo‘laveradi. Hozirda EHMlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: mikro, shaxsiy, mini, o‘rtacha tezlikda ishlaydigan, katta tezlikda ishlaydigan super EHMlar. Hozirgi kunda EHMlardan fizika, matematika, astronomiya, geofizika, texnika va boshqa bir talay fan sohalarida turli xil murakkab amaliy masalalarni yechishda muvaffaqiyatli foydalanilmoqda, jumladan, atom energetikasi, gidrotexnika inshootlarini qurish, kemasozlik, kosmik fazoni zabt etish va boshqa shu kabi ko‘plab sohalarning beqiyos darajada tez rivojlanib ketishi, shak-shubhasiz hisoblash texnikasining keng ko‘lamda samarali qo‘llanilayotganligi natijasidir. Hozirgi kunda EHMlar qo‘llanilmayotgan biror sohani topish qiyin, yaqin kelajakda uning yana ham kengroq rivojlanishi va inson faoliyatiga chuqurroq kirib borishi kutilmoqda.



Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish