Innavatsiyalar vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti



Download 284,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana24.03.2023
Hajmi284,72 Kb.
#921322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Yozma ish turlari bo’yicha taqdimot tayorlash (2)

Kurs ishining metodologik asosi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim 
to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Qonunlari, “Davlat ta’lim 
standartlari”, oliy ta’limi to‘g‘risidagi Nizomlar va me’yoriy hujjatlar, sharq muta-
fakkirlarining fikrlari, prezident I.A.Karimov asarlari, darsliklar, o‘quv qo‘llan-
malar, ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha ilmiy-uslubiy ishlar va metodikalar tashkil 
etadi. 


I BOB.
Ona tili ta’limida samaradorlikka erishishning zamonaviy usullari 
1.1. Hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida interfaol usullardan foydalanish 
Ma’lumki, ona tili ta’limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini 
kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va
yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la 
olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ona tili 
ta’limiga o‘quv fani emas, balki, butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim jarayoni 
sifatida qaraladi
2

Ona tili - nutq: o‘qish va yozish sohasidagi ko‘nikma va malakalar o‘quvchilar 
o‘quv mehnatining zaruriy sharti va vositasi hisoblanadi. Bola o‘qish ko‘nikmalarini 
egallash bilan, birinchi navbatda o‘z ona tilini o‘rganishi zarur. 
Chunki ona tili bilimdonlikning, aql -idrokning kalitidir. Ona tili boshqa 
fanlarni vositasi hamdir, jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida 
o‘rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va 
mehnatga havasini uyg‘otishda ham alohida rol o‘ynaydi. Maktabda o‘quv predmeti 
sifatida tilni o‘rganish tizimi tilning barcha tomonlarini, yani fonetikasi, leksikasi, 
so‘z yaslishi va grammatikasi (morfologiya va sintaksis)ning o‘zaro ichki 
borlanishlariga asoslanadi. Maktablarda ona tili o‘rgatishning mazmuni jamiyat 
rivojlanishining hozirgi bosqichida davlatimizning maktab oldiga qo‘ygan 
vazifasiga moslangan. Bu vazifalar ko‘pqirrali bo‘lib, ularni bajarish o‘quvchilar 
ongini o‘stirishga, ularga g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy, estetik, mehnat tarbiyasini 
berishga yo‘naltirilgan. Ona tilini o‘rgatish natijasida o‘quvchilarda o‘z fikrini 
grammatik to‘g‘ri, uslubiy aniq, mazmunli, ohangga rioya qilib ifodalay olish va uni 
imloviy to‘g‘ri yoza olish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Bu vazifa o‘quv predmeti 
sifatida o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, o‘quvchini shaxs sifatida 
shakllantirishga yo‘naltirilgan umumta’lim vazifalari bilan bog‘liq, holda amalga 
oshiriladi. Ona tili kursida beriladigan bilimlar mazmunini o‘zbek tilining tovush 
tuzilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi (fonetik va grafik); 
2
Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi, - Toshkent, 2010. 


so‘zlarning o‘zgarishi gapda so‘zlarning bog‘lanishi haqidagi (grammatik, ya’ni 
morfologik va sintaktik); so‘zning morfemik tarkibi va so‘z yasalish usullari 
haqidagi (so‘z yasalishiga doir); so‘zlarning leksik-semantik guruhi haqidagi 
(leksikologik); o‘zbek tili to‘g‘ri yozuv tamoyillari va tinish belgilarning ishlatilishi 
haqidagi (orfografik va punktuatsion) bilimlar tashkil etadi. Bu bilimlar, birinchidan, 
grammatik, fonetik, so‘z yasalishiga oid tushunchalarda, ikkinchidan, grafik, 
orfografik, punktuastion qoidalarda namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘zbek tili 
kursi fonetik, grafik, morfologik, sintaktik va boshqa ko‘nikma va malakalarni ham 
o‘z ichiga oladi. Ma’lumki, dars o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilishning asosiy 
shakli hisoblanadi. Shunday ekan, ona tili o‘qitishning samaraliligi darsning sifatiga 
bevosita bog‘liq. 
Darsga qo‘yilgan umumdidaktik talablar pedagogik adabiyotlarda keng 
yoritilgan. Ularni ona tili o‘rgatishga tatbiq qilib, metodik aniqliklar kiritilsa, ona tili 
darslariga qo‘yilgan talablar quyidagicha bo‘ladi: 
I. Yangi bilim berish, ularni nutq amaliyotiga tatbiq etish va o‘quvchilarni 
tarbiyalash bir butun jarayondir. Darsda o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil 
etishga, foydalaniladigan til materialining g‘oyaviy-siyosiy, estetik va badiiy 
qimmatli bulishiga, tilni o‘rganish jarayonida bolalarda dunyoqarash elementlarini 
shakllantirishga alohida ahamiyat berish zarur. Ijodiy izlanish muhiti yaratilgan 
darslarigina zarur axloqiy sifatlar tarbiyalanadi. Ona tili darslarida o‘zbek tiliga 
muhabbat va so‘zga ehtiyotlik bilan munosabatni tarbiyalashga alohida e’tibor 
beriladi. Buning uchun matn puxta tanlanadi. Tilni o‘rganish jarayonida leksik-
stilistik ishlarga katta, o‘rin beriladi. Darsda she’r, soddalashtirilgan matnlar bilan 
birga, yuksak badiiy matnlardan ham foydalaniladi. 
Ona tili o‘qitish jarayoni o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini 
shakllantirishga qaratiladi. Ona tili darslari har bir kishi uchun zarur bo‘lgan
saranjom-sarishtalik, mustaqillik, tashabbuskorlik sifatlarini ham tarbiyalaydi. 
II. Darsning aniqligi va ichki mantiqiyligi, uning maqsadga yo‘naltirilganligi. 
Yangi material o‘rgatiladigan darsnipg logikasi o‘rganiladigan til xodisasi va uning 
lingvistik mohiyatining bir-biriga ta’sir qilishiga ma’lum dara-jada sabab bo‘ldi. 


O‘qituvchi bu o‘zaro bog‘lanishni bilishi va uni o‘quvchilar bi-lan birga 
topshiriqlarni bajarish davomida asta ocha borishi muhimdir. Agar dars grammatik 
bilimlarni mustahkamlash, orfografik ko‘nikmalarni shakllantirish maq-sadini o‘z 
oldiga qo‘ysa, darsning mantiqiy shartlari asta murakkablashtirib boril-gan mashqlar 
tizimini aks ettiradi. Bolalar biror imlo qoidasini yaxshilab bilib, o‘r-ganib olishlari 
uchun bir-ikki mashq jamoaviy ravishda bajariladi. O‘quvchilar mustaqilligi 
oshgach, mashqni mustaqil ishlaydilar. Darsda bajarilgan mashqlar o‘rtasidagi 
bog‘lanishni shakllantiradigan ko‘nikmaning xususiyati ham sabab bo‘-ladi. O‘quv 
materialining mavzuga va darsning maqsadiga mos bo‘lishi uning maqsadga 
yo‘naltirilishini ta’minlaydi. Darsda foydalaniladigan barcha o‘quv ma-teriallari 
(shu jumladan, til faktlarini kuzatish, imlo va nutqqa oid mashqlarni baja-rish uchun 
tanlanadigan materiallar ham) darsning maqsadiga juda mos bulishi zarur. 
III. Ona tili darsi, avvalo, o‘quvchilar nutq va tafakkurini o‘stirish darsidir. Ona 
tili darslari ijtimoiy-foydali bulishi uchun o‘quvchilarda o‘z fikrini grammatik 
to‘g‘ri, uslubiy aniq, izchil ifodalash va boshqalar fikrini ko‘ra olish ko‘nikmasini 
shakllantirishga qaratilishi lozim. Ona tili darslarida nutq o‘stirish ko‘rsatmasi 
grammatik matsrialni o‘rgatishda o‘quvchilar tilimizdagi har bir so‘z turkumi yoki 
so‘z qismining rolini bilib olishlariga erishtiradigan metodik usullarni qo‘llashni 
talab etadi, ya’ni grammatik nazariya grammatik turi va aniq nutq malakalarini 
shakllantirishga, anglab, tushunib yozish malakalarini o‘stirishga amalda tatbiq etish 
uchun o‘rgatiladi. Darsda bolalar nutqini o‘stirish darsning mazmunida va darsda 
qullannilgan vazifalar turlarida o‘z aksini topadi. Grammatik, so‘z yasalishiga oid, 
orfografik materiallarni o‘rganishni nutq o‘stirish bilan bog‘lash o‘quvchilar aqliy 
faoliyatini boshqarish hisoblanadi. Bolalar nutqini o‘stirish jarayoni ularning 
tafakkurini o‘stirish bilan bog‘liq. Ona tili darsi o‘quvchilar taffakurini o‘stirish 
ustida ishlash maqsadiga yo‘naltirilganligiga qarab baholanadi. Bunda muayyan 
grammatik va orfografik materialni o‘rganish jarayonida shu materialni yaxshiroq 
o‘zlashtirishni taminlaydigan, aqliy faoliyatni talab qiladigan mashqlarni o‘tkazish 
tushuniladi. Masalan, “o‘zakdosh so‘zlar” tushunchasini shakllantirish uchun 
so‘zlarning leksik ma’nosi va morfemik tarkibini taqqoslashni (ularning 


ma’nolarida umumiylikni va ularda bir xil o‘zakning mavjudligini) bilish lozim. 
O‘quvchilar tafakkurini o‘stirish uchun o‘qituvchi darsga tayyorlanganda, vazifa 
turlarini tanlaydi, darsning materialini va unn o‘zlashtirishda bolalar bajaradigan 
aqliy faoliyat mashqlarini ham belgilab oladi
3

O‘quvchilarga beriladigan nazariy bilim tildan ongli foydalanish imkonini 
beradi. Nazariyaga ahamiyat berish, elementar tarzda bo‘lsa ham, o‘quvchilarning 
til hodisalari o‘rtasidagi bog‘lanishni bilib olishiga e’tibor berish demakdir. 
So‘rog‘iga javob topa oladilar. Masalan, nima uchun 

Download 284,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish