Innovotison faoliyatni davlat byudjetidan moliyalashtirish masalalari


Innovatsion faoliyat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari



Download 18,66 Kb.
bet2/3
Sana26.02.2022
Hajmi18,66 Kb.
#467426
1   2   3
Bog'liq
shox iqtisod

Innovatsion faoliyat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari
innovatsion rivojlantirishning huquqiy jihatdan tartibga solinishini ta'minlash;
innovatsion faoliyat sohasidagi ustuvor yo'nalishlarni belgilash, shu jumladan texnologik taraqqiyotni prognozlashtirish asosida belgilash;
innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish;
innovatsion faoliyat sub'ektlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish;
innovatsion faoliyat sohasidagi respublika, tarmoq va hududiy davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
innovatsion faoliyatga investitsiyalarni jalb etishga ko'maklashish;
innovatsion faoliyat sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;
innovatsion faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini
oshirishni tashkil etish;
innovatsion faoliyat sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
2.Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi sub'ektlar uchun zarur huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart- sharoitlar yaratish, innovatsion loyihalar hamda yangi ishlanmalarni moliyalashtirish maqsadida amalga oshiriladi Davlat innovatsion faoliyatni qo'llab-quvvatlashni quyidagi yo'llar bilan amalga oshiradi:
innovatsion rivojlantirish strategiyalarini qabul qilish va amalga oshirish;
innovatsion faoliyat sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
innovatsion faoliyat sub'ektlariga soliq, bojxona imtiyozlari va preferentsiyalar berish;
O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag'lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan
boshqa manbalar hisobidan innovatsiyalarni yaratishga oid davlat buyurtmasini bajarish;
innovatsion faoliyatni moliyalashtirishga xo'jalik yurituvchi sub'ektlar mablag'larini jalb qilish uchun shart-sharoit yaratish;
ilm-fan yutuqlariga asoslangan mahsulotning va ilg'or texnologiyalarning kafolatlangan tarzda tatbiq etilishini ta'minlash maqsadida ularning davlat xaridlarini tashkil etish;
innovatsion faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlashga, qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga ko'maklashish.
Innovatsion rivojlanishni va novatorlik g'oyalarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi
Innovatsion rivojlanishni va novatorlik g'oyalarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi innovatsion
faoliyatni rivojlantirishni moliyalashtirish maqsadida vakolatli davlat organi huzurida, yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi.
Innovatsion rivojlanishni va novatorlik g'oyalarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasining mablag'lariquyidagilarga yo'naltiriladi:
ustav fondida davlat ulushi bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning buyurtmalariga muvofiq innovatsion faoliyatga oid tadbirlarni moliyalashtirish; innovatsion faoliyat sub'ektlari tomonidan innovatsiyalarni yaratish va ularni joriy qilishni moliyalashtirish;
innovatsion, tajriba-konstruktorlik va startap loyihalarini tanlab olish asosida moliyalashtirish;
ilmiy laboratoriyalarni zamonaviy yuqori texnologiyaga asoslangan asbob-uskunalar bilan jihozlash (qo'shimcha jihozlash), shuningdek zarur sarf materiallari va butlovchi qismlar bilan
ta'minlash bo'yicha tadbirlarni moliyalashtirish;
ilmiy faoliyat bo'yicha davlat dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulkka bo'lgan
huquqlarni (patentlarni) xorijda ro'yxatdan o'tkazish va patentni saqlab turish xarajatlarining o'rnini qoplash;
ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalarining yetakchi elektron ilmiy ma'lumotlar bazalaridan erkin foydalanishni ta'minlash, shuningdek xalqaro nashrlarda ilmiy natijalarni chop etishga tayyorlash bo'yicha xarajatlarni to'lash;
olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlardagi (markazlardagi, universitetlardagi va boshqa tashkilotlardagi) ilmiy stajirovkalarini moliyalashtirish;
ilmiy va innovatsion faoliyat sohasidagi jalb qilinayotgan yuqori malakali xorijlik olimlar va mutaxassislarning xarajatlarini (mehnatga haq to'lash, transport xarajatlari va boshqalar) ular bilan tuziladigan shartnomalar (kontraktlar) asosida moliyalashtirish.Innovatsion rivojlanishni va novatorlik g'oyalarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasining mablag'lari quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:kelgusi yil uchun O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini qabul qilishda belgilanadigan miqdorlarda ustav fondida 50 va undan ortiq foiz davlat ulushi bo'lgan xo'jalik jamiyatlaridagi davlat ulushi bo'yicha hisoblanadigan dividendlarning hamda davlat korxonalarining O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga ajratmalarining bir qismi;
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga patent bojlaridan, yig'imlardan va soliq toifasiga kirmaydigan boshqa to'lovlardan kelib tushadigan valyuta mablag'larining bir qismi;O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag'lari;
xalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining grantlari hamda kreditlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag'lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Innovatsion rivojlanishni va novatorlik g'oyalarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasini tashkil etish,
qayta tashkil etish hamda tugatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun Innovotsion faoliyatni davlat tomonidan moliyalashtirishda 2021-yil uchun 865 mlrd so’m mablag ajratilib, turli xil innovotsion loyihalar amalga oshirilgan bo’lib Ko’pgina fundamental g’oyalar inobatga olinmaganligi bois sohada bir qator kamchiliklar yuzasidan sohada muammolar yuzaga kelgan yani fuqarolar tamoinidan turli hil innovotsion g’oyalar taklif etilgan bo’lib bu g’oyalar taklif etilganda mualliflik huquqi buzilishi oqibatida g’oyalar o’zlashtirib yuborilgan.
Buning oqibatida davlat byudjetidan ajratilgan pul mablag’larining 15% ga yaqini o’zlashtirib yuborilgan va amalga oshmay qolgan.
Inovotsion rivojlanish vazirligi 2021-yilda O’zbekiston Respublikasi byudjetidan ajratiladigan mablag’lari cheklangan miqdorlari
Download 18,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish