Insonning biosferaga ta'siri mamataliyev Halimjon Ma'rufjon o'g'li Talaba, Farg'ona Politexnika Instituti, Farg'ona shahri, +998937353646



Download 12,79 Kb.
Sana30.01.2023
Hajmi12,79 Kb.
#905448
Bog'liq
Mamataliyev Halimjon 52 20 guruh


INSONNING BIOSFERAGA TA'SIRI
Mamataliyev Halimjon Ma'rufjon o'g'li
Talaba, Farg'ona Politexnika Instituti, Farg'ona shahri, +998937353646
Insonning biosferaga ta’sirining boshlanishni neolit davriga to’g’ri keladi. Insoniyat tarixining dastlabki bosqichlarida uning tabiatga ta’siri uncha sezilarli bo’lmagan, u tabiatdan nimani olsa uni tabiatga qaytargan. Biosferadagi moddalarning biotik davriy aylanishini buzmagan. Asta-sekin insonning tabiatga ta’siri kuchayib borgan. Ayniqsa keyingi yuz yilliklarda ilmiy-texnika revolyutsiya natijasida inson ta’sirida elementlarning biogen migratsiyasi juda kuchayib ketdi. Butun tarix davomida insoniyat o’z mehnat faoliyati bilan atrof-muhitdan iloji boricha ko’proq va tez foyda olishga harakat qilib kelgan. Keyingi asrda insonning biosferaga ko’rsatadigan ta’siri juda kuchayib ketdi va o’tkir muammolarning kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Tabiiy resurslar tobora kamayib ketmoqda. Ko’plab o’simlik va hayvonlarning turlari yo’qolib ketdi. Muhit, sanoat, turmush chiqindilari, zaharli kimyoviy moddalar tomonidan ifloslanmoqda va zaharlanmoqda. Tabiiy ekosistemalar, ko’llar, o’rmonlar buzilmoqda. Biosferadagi bunday noqulay o’zgarishlar o’simliklar va hayvonot olamiga, insonning o’ziga ham kuchli ta’sir ko’rsatmoqda.
Insonning gidrosferaga va atmosferaga ta’sirining tobora kuchayib borishi biosfera doirasida iqlimning o’zgarishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda atmosferada karbonat angidridning miqdori tobora ortib bormoqda. Organik yoqilg’ilardan foydalanish kislorodning yonib kamayishiga, karbonat angidridning esa ko’payishiga sabab bo’lmoqda. Atmosferada karbonat angidridning ko’payishi esa “parnik effektiga” olib keladi, bu esa Yer yuzasi haroratining ko’tarilishiga sabab bo’lmoqda. Keyingi 100 yil davomida Yer yuzasining harorati o’rtacha 0.60C gacha ko’tarilganligi aniqlangan. Atmosferaga azot II-oksid va freonning o’tishi natijasida bir necha yillar davomida ozon qatlami yupqalashib bormoqda. Freon lak va bo’yoqlarni purkovchi sifatida, sovitgichlar va kondensionerda sovitgich modda sifatida keng qo’llanib kelinmoqda. Atmosferaga har yili yuz millionlab tonna ifloslanuvchi moddalar ajratiladi. Havoda H2S ning ortib borishi kislotali yomg’irlarning ko’payishiga sabab bo’lmoqda. O’zbekistonda mevali daraxtlar hosildorligining kamayishi, ularning kasallanish sabablaridan biri ham kislotali yomg’irlarning ko’payib borishidir. O’rmonlarning yo’qolishi iqlimning keskin o’zgarishiga, suv boyliklarining kamayishiga, tuproq holatining yomonlashishiga olib kelyapti.
Biosferani muhofaza qilish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilshi kerak: 1) Kesilgan daraxtlar, buzilgan yerlarda o'rmon va o'tloqzorlar tashkil etilishi; 2) Yo'qolish xavfida bo'lgan o'simlik va hayvon turlari muhofaza ostiga olinishi va ko'paytirilishi; 3) Ko'p qisqargan ekosistemalar landshaftlar maydonlari tiklanishii va kengaytirilishi; 4) Tabiiy mahsuldorlik ortadi, tuproqni eroziyadan va yerni cho'llanishdan saqlash chora-tadbirlari ishlab chiqarilishi; 5) Biologik uslublarni qo'llash yo'li bilan tuproqning fizikaviy-kimyoviy tarkibi, biologik xususiyatlari yaxshilanishi; 6) Tabiatga sanoatning kuchli ta’siri to'xtatilishi; 7) O'simlik va hayvonlar ko'payishi va tarqalishi uchun tabiiy muhit tiklanishi va shu yo'l bilan o'lik tabiat va tirik biologik sistemalar o'rtasidagi munosabatlar hamda turg'unlik yuzaga kelishi; 8) O'simlik va hayvonlar yashash joyi muhitiga bog'liq ekanligini inobatga olgan holda, ular populyatsiyalarining tarkibi, miqdori, tuzilishi, o'zgarib turishi sabablarini o'rganib, yaxshi rivojlanish chora-tadbirlari yaratilishi; 9) Tabiiy ekosistemalarda tirik organizmlarning o‘z-o‘zini boshqarib turishi, ular soni, qalinligi, turlar xilma-xillik darajalari va mahsuldorligi doim nazorat ostida bo'lishi; 10) Turli tabiiy ofatlar tufayli buzilgan, o'zgargan sistemalar (yong‘in, yer siljish, suv bosish, yer qimirlash)ni tiklash chora-tadbirlari ko‘rilib, ekosistemalar tabiiy holati, elementlari saqlanishi; 11) Tabiiy sistemalar ichida va organizm о‘rtasidagi
turli biologik munosabatlar, ularning bir-biriga bog'liqligi, turg'unligi va o'zgarib turish sabablari o'rganib borilishi, ekosistemalar ichida biotik munosabatlar har xil va murakkab bo'lganligi tufayli shu munosabatlar ta’sir qiladigan omillar, biologik tuzilishlar tahlil qilinishi; 12) Inson tabiatga neolit
davridan shu vaqtgacha ta'sir qilib kelmoqda. Natijada tabiatning ayrim joylarida o'zgarishlar va to'la buzilishlar yuzaga keldi. Lekin inson tabiiy joylami tiklashi va shu joylarda ekologik qonunlarni qayta buzmasdan osoyishta yashashi zarligi; 13) Sun’iy ekosistemalar, insonga ko'p ozuqa mahsuloti beradigan navlar o'stirilib, ularga moslashgan zararkunanda hasharotlar ko'payishi kamaytirilishi.
Biosferada biologik turg'unlikni saqlab qolishning asosida ekologik qonunlar, ya’ni organizmlar rivojlanishi abiotik omillar ta’sirida va biotik munosabatlar hamjihatligida, ularga bog'liq holda borishini bilish, populyatsiyalar, biotsenozlar va ekosistemalar a ’zolarining soni, miqdor tarkibi va qalinligi, tuzilishini buzmaslik, buzilgan tabiiy joylarni tiklash insonning vazifasidir.
Tabiat, uning turli muhitlari, tabiiy birliklar, tirik jonzotlar va biologik mahsulotlarning ekologik xavfsizligini nazorat qilish, mahsulotlarning ekologik tozaligini ekspertiza qilish, insonlarni zaharli m oddalar ta ’siridan saqlash, qishloq xo'jaligida yetishtirilgan ekologik toza mahsulotlar bilan aholini ta’minlash kabi muammolarni hal qilish insonyatning asosiy vazifasidir.
Inson o'zi yashab turgan muhitni muhofaza qilishi, o'z avlodiga toza, go'zal, rang-barang boy tabiat, ozod va obod vatan qoldirishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ergashev A. Ergashev T. «Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish». «Yangi asr avlodi», 2005-yil.
2. G’оfurоv A.T, Nishоnbоеv K.N «Biоlоgiya» Toshkent 2003-yil.
3. To’rаqulоv Y.H, Musаеv J.A «Umumiy biоlоgiya» Toshkent 1998-yil.
Download 12,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish