Integrallashgan dasturiy vositalar



Download 17,19 Kb.
Sana20.04.2022
Hajmi17,19 Kb.
#567118
Bog'liq
integrallashgan dv


Integrallashgan dasturiy vositalar.
Ushbu turdagi dasturiyvositalar orasida eng keng tarqalganlari ofis dasturlar
paketi, xususan Microsoft Office (ishlab chiqaruvchi Microsoft)dan iborat. U
ofisni ishlashida o‘chrashi mumkin bo‘lgan turli-tuman axborotlarni qayta ishlash
uchun yagona muhit tashkil qiluvchi bir necha ilovalarni o‘ziga oladi. Uning
tarkibiga quyidagilar kiradi:
1. Microsoft Word matnli protsessor;
2. Microsoft Excel elektron jadvallar;
3. Microsoft powerpoint taqdimotlarni tayyorlash va namoyish etish paketi;
4. Microsoft Outlook ishni tashkilotchisi va rejalashtiruvchisi;
5. (SUBD) Microsoft Access ma’lumotlar bazalarni boshqarish sistemasi;
va boshqalar.
Yuqorida sanalgan ilovalar integrallashgan. Bu Microsoft Office tarkibiga
kiruvchi barcha dasturlar ma’lumotlarni qulay almashinish imkoniyatlari borligini
anglatadi.
Masalan, agar qandaydir davr natijalariga ko‘ra ilyustratsiyaga ega bo‘lgan
moliyaviy hisobot tayyorlash zarur bo‘lsa, u holda ma’lumotlarni Microsoft Excel
da qayta ishlash uchun Microsoft Access dan import qilish, ular asosida grafik va
diagrammalar yasash va keyin ularni Microsoft Word da yaratilgan hujjat matniga
joylashtirish mumkin. Diagrammani siljitish Microsoft Windows almashirish
buferiga nushalash va ilovaning asosiy menyusi orqali, uskunalar paneli orqali,
issiq tugmalar orqali yoki sichqonchani o‘ng tugmasiga bosilganda paydo
bo‘ladigan kontekstli menyu orqali amalga oshirilishi mumkin. Va nihoyat, har
qanday boshqa ob’ekt kabi, soddagina bir ilovada sichqoncha yordamida “ushlab”
va boshqa mos keladigan joyga ("Drag and Drop" tartib) “o‘tkazib” hujjat bilan
“bog‘lash” mumkin. Microsoft Office ilovalari ixtiyoriy ilovalar orasida har
qanday ma’lumotlar bilan almashinish imkoniyatini beradi.
Alohida

ob’ektlarni bir ilovadan boshqasiga o‘tkazishda oddiy


nushalash/qo‘yish amallaridan tashqari asl ob’ektni va uning nushasini bog‘lash

mexanizmini foydalanish mumkin. Bu holda Excel jadvalida dastlabki


ma’lumotlarni o‘zgartirishda, ular asosida yasalgan diagramma o‘zgaradi, u bilan
esa, Microsoft Word hujjatdagi diagrammaning nushasi ham o‘zgaradi. Masalan,
ma’lumotlarni Access berilganlar bazasidan olinishi mumkin. Ular avtomatik
yangilanadi va bunday hujjat bilan tanishmoqchi bo‘lgan ixtiyoriy xohlovchilar
eng oxirgi raqamlarni ko‘radilar.
Microsoft Office oilasi barcha ilovalarga umumiy bo‘lgan uskunalar
to‘plamiga egadir. Ular to‘g‘ri yozuvni grammatikasini tekshirish, rasm solish
uchun 

vosita,
rangli

sarlavhalarni


yaratish
uchun 

uskuna,
tashkiliy
diagrammalarning muharriri, matematik formulalarni muharrirlash uchun uskuna,
fototasvirlar muharriri, rasmlar kutubxonasi va sh.k.larni o‘zi ichiga oladi.
Bularga, shuningdek uskunalar paneli, hatto Microsoft Office ixtiyoriy ilovasining
standart elementlari bo‘lgan menyular ham kiradi.
Microsoft Officening 97 versiyasidan boshlab, unga Microsoft Outlook
ilova kirgan. Bu ilova shaxsiy faoliyatni tashkil etish va rejalashtirish uchun
uskunadan iborat. Microsoft Outlook elektron pochta, kontaktlar bo‘yicha bazani,
kalendar va boshqalarni o‘ziga oladi. Lekin, eng asosisiysi – ular bilan ishlashni
tashkil etuvchisi sifatida chiqib, barcha ilovalarni bog‘laydi. Microsoft Outlook
yordamida, uning tavsifiga uzatib boruvchi hujjat qo‘shib, uchrashuvni belgilash
mumkin. Bu, muhokama qilinishi rejalashtiriladigan Microsoft Word formatdagi
savollar ro‘yxati yoki Microsoft Excel formatdagi natijalar haqidagi hisobot
bo‘lishi mumkin. Tuzilgan hujjatni elektron pochta bo‘yicha yoki faks-ma’lumot
ko‘rinishida jo‘natish mumkin.
Microsoft Office, Windows 95 versiyasidan boshlab, operatsion sistema
bilan integrallashgan va uning barcha imkoniyatlarini foydalaniladilar. Tarmoqli
operatsion sistmalarda ishlab, Microsoft Office ilovalari bir necha
foydalanuvchilar birgalikda umumiy hujjat ustida guruhiy ishlashini qo‘llab-
quvvatlaydilar.
Materillarni
foydalanish
imkoniyatlari nafaqat ishchi stantsiyaning
lokal disklarida, balki qo‘shni kompyuter
yoki tarmoq serverida ham mavjud.
Microsoft Excel elektron jadval yoki
Microsoft Access ma’lumotlar bazasidan bir
vaqtni o‘zida bir necha kishi foydalanishi
mumkin. Microsoft Word bir vaqtni o‘zida turli qismlaridan foydalanishi mumkin
bo‘lgan
hujjat

yaratish
imkoniyatini


beradi.
Microsoft
PowerPoint
videoanjumanlar o‘tkazish imkoniyatini beradi. Bunda taqdimot bir vaqtni o‘zida
barcha anjuman ishtirokchilarning ekranlarida namoyish qilinadi.

Bundan tashqari, Microsoft Officening barcha ilovalari elektron pochta


bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Bir necha foydalanuvchi korrektura qilishi
talab etiladigan hujjat ustida ishlash mobaynida hujjatni ularga birin-ketin
jo‘natishi mumkin. Ishtirokchilardan biri tuzatishlarini qilib bo‘lgan zahotiyoq,
hujjat keyingi kishiga jo‘natiladi. Hujjat barcha ko‘rsatilgan ishtirokchilarni
aylanib o‘tgandan so‘ng, dastlab jo‘natgan foydalanuvchiga qaytib keladi. Bunda
barcha belgi va o‘zgartirishlar hamkorlikda ishlagan har bir ishtirokchi uchun
alohida ranglar bilan akslanadi. O‘zgartirishlarni ko‘rib chiqish va ularning qaysi
birlarini qabul qilish, qaysilarini bekor qilishni hal etish mumkin.
Hujjatlarni tayyorlashda ko‘pincha, yoki ma’lumotlar bazasi faylida, yoki
ma’lumotlar bazasi serverida(bu, masalan Microsoft SQL Server bo‘lishi mumkin)
axborot zarurati paydo bo‘ladi. Odatda bunday hollarda ODBC

1)
mexanizmini


qo‘llab-quvvatlovchi maxsus ilova-mijozlar foydalaniladi. U ixtiyoriy ilova –
mijozdan uning qo‘llab-quvvatlaydigan ixtiyoriy ilova –mijozi orqali ma’lumotlar
olish imkoniyatini ta’minlaydi. ODBC mexanizmi oilalarga kiruvchi barcha
ilovalarga kirishi mumkin bo‘lgan Microsoft Office standart elementlarning
biridan iborat.
Microsoft Office ilovalari funktsiyalarni keng to‘plamiga ega bo‘lib, ular
foydalanuvchilarning
turli

toifalariga


mo‘ljallangan. Lekin, u turli
foydalanuvchilar talab qiladigan absolyut maxsus funktsiyalarning barchasini
qamrab olishi mumkin emas. Microsoft Office da Microsoft Visual Basic univesal
dasturlash tili o‘rnatilgan. Uni foydalanib, malakali foydalanuvchi aniq tashkilot
yoki bo‘limlar talabiga javob beradigan shaxsiy ilovasini yaratishi mumkin. Visual
Basic tilida bir hil dastur Microsoft Officening ixtiyoriy ilovasidagi ob’ekt va
hujjatlarni foydalanishi mumkin.
Download 17,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish