Integratsiya- yangi sifat. Integratsiya – ta’lim jarayonini optimallashtirishning muhim prinsipi. Integratsiya



Download 36,26 Kb.
bet2/3
Sana08.04.2022
Hajmi36,26 Kb.
#536120
1   2   3
Bog'liq
Integratsiya

Innovatsion faoliyat – pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olgʻa boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuchdir. Innovatsion faoliyat – bu yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy me’yorlar-ning mos kelmasligi, yoxud amaliyotning yangi qoʻllanilayotgan me’yorining mavjud me’yor bilan toʻqnashuvi natijasida vujudga keluvchi majmuali muammolarning yechimiga qaratilgan faoliyatdir.
Innovatsion salohiyat deganda, alohida pedagogning va yaxlitlik-da pedagogik jamoaningyangilikni oʻzlashtirishga tayyorligi, ulardan amaliyotda foydalana olishi va kutilgan natijalarni qoʻlga kirita olishi tushuniladi.Pedagogika va pedagogik menejmentda innova-tsion salohiyat tushunchasi ikki xil tarzda talqin etiladi: keng ma’no-da – ta’limmuassasasining innovatsion salohiyati, tor ma’noda – oʻqituvchining innovatsion salohiyati.
Ta’lim muassasasining innovatsin salohiyati deganda, uning oʻz-oʻzini rivojlantirishga tayyorligi, shaxsning oʻz-oʻzini rivojlantirish uchun madaniy-ta’li-miy muhitning va shart-sharoitlarning xilma-xilligi hamdakommunikativ munosabatlarning yuqori darajasi tushuniladi.
Alohida pedagog uchun esa, bu – uning shaxsidagi ijtimoiy-madaniy va ijodiy oʻziga xosliklar yigʻindisi, pedagogik faoliyatni takomillashtirishga tayyorligi hamda buning uchun zaruriy ichki vosita va metodlarning mavjudligidir.
Innovatsiya” tushunchasi lotin tilidan olingan boʻlib (in-ga, novus-yangi), ya’ni tarjimasi “yangilanish”, “oʻzlashtirish”, “qandaydir yangilikni kiritish”, “yangini joriy qilish”, “yangilik kiritish”. Oʻz navbatida “yangi” soʻzi ushbu tushunchaning asosiy yadrosini tashkil etadi.
Innovatsiya” tushunchasi doimo bir xil ma’noda ta’riflanmaydi, koʻp hollarda u “yangilik kiritish” tushunchasi sifatida koʻrib chiqiladi.
Jumladan, S.Turgʻunovning fikricha, innovatsiya – maqsadga yoʻnaltirilgan oʻzgartirishlar boʻlib, ma’lum bir ijtimoiy birlikka – muassasa, uyushma, jamoa va guruhlarga yangi, nisbatan barqaror boʻlgan elementlarni, umumiy holda halqning ma’naviy-madaniy munosabatlari va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan uzviy bogʻliq boʻlgan yangiliklarni kiritishdir.
Innovatsiya” tushunchasi keng va tor ma’noda ishlatiladi. Birinchi ma’noda innovatsiya – biror bir yangi ijtimoiy ehtiyojni yaxshiroq qondirish uchun yangi ilmiy, amaliy vosita, ya’ni yangilik yaratish, tarqatish va qoʻllashni oʻz tarkibiga oladigan kompleks jarayon sifatida qaraladi.
“Innovatsiya”, ikkinchi ma’noda, biror bir jamoa faoliyatini takomillashtirish uchun kiritilayotgan va bu innovatsiya subyekti tomonidan yangilik deb qabul qilingan yangi vosita, uslub, yondashuvlar tizimiga nisbatan ishlatiladi.
M.Jumaniyozovaning ta’kidlashicha, innovatsiya – rivojlangan texnologik jarayonning takomillashgan mahsuloti koʻrinishida namoyon boʻladigan ijodiy mehnatning natijasi. U amaliyot va nazariyaning muhim qismi boʻlib, ijtimoiy-madaniy ob’ekt sifatlarini yaxshilashga yoʻnaltirilgan ijtimoiy subyektlarning harakat tizimi, ayni vaqtda u boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi oʻzgarishlar mexanizmi boʻlib hisoblanadi.
N.Mamadov oʻzining “Umumiy ta’lim maktablarini innovatsion boshqarish” deb nomlangan tadqiqotida innovatsiya – bu boshqaruv ob’ektini oʻzgartirish hamda yuqori darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik samaralarni qoʻlga kiritish maqsadida muayyan sohalarga yangilikni tatbiq qilishning yakuniy natijasi ekanligini qayd etib oʻtadi.
Novatorlik bu - umumiy muammolarga xos yechimlarni o‘z ichiga qamrab olgan, pedagog tafakkurini rivojlantirishning alohida bir turidir.
Ta’lim tizimidagi har qanday yangilik innovatsiya bo‘la olmaydi. Shu sababli «novatsiya» va «innovatsiya» tushunchalari o ‘rtasidagi asosiy farqlarni ko'rsatib o ‘tish zarur. Har ikkala tushuncha mezonlari quyidagicha: novatsiya amaldagi nazariya doirasida amalga oshiriladi, ko‘lam va vaqt bo‘yicha chegaralanadi, metodlar yangilanadi va natijasi avvalgi tizimni takomillashtiradi.
Innovatsiya esa tizimli, yaxlit va davomli bo`ladi, m a’lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi, am aliyot subyektlari pozitsiyalarini to ‘la yangilaydi. Bunda faoliyatning yangi y o ‘nalishlari ochiladi, yangi texnologiyalar yaratiladi, faoliyatning yangi sifat natijalariga erishiladi, natijada amaliyotning o ‘zi ham yangilanadi.
«Innovatsiya» tushunchasi birinchi m artaAQSHda XX asrda madaniyat- shunos olimlar tomonidan aniqlangan va paydo bo‘lgan. Ularning fikricha, bir madaniyat elementlarini boshqasiga joriy qilish m a’nosini bildirgan.
Uning bu m a’nosi etnografiyada hozirgacha saqlanib qolgan.
Olim lar yangiliklar kiritish va tekshirishni uch bosqichga ajratadilar: Birinchi bosqich — yangiliklar muvaffaqiyatiga yordam beruvchi yoki to ‘sqinlik qiluvchi omillarni o ‘rganish va turli xil yangiliklarni tahlil qilish.
Ikkinchi bosqich - yangilik kiritish jarayonini bir soha muhitidan ikkinchi soha muhitiga olib o ‘tish mexanizmini hisobga olish bilan birgalikda o ‘rganish.
Uchinchi bosqichda yangilik yaratuvchining diqqati turli xil innovatsion vaziyatlarni tahlil qilish, tavakkaichilikni baholash m etodlarini ishlab chiqish, yangiliklarni kiritish sohasida tavsiyalar ishlab chiqish.

Download 36,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish