"intervallar"



Download 4,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana16.03.2022
Hajmi4,84 Mb.
#493712
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Interval NOROV B



 
BUXORO DAVLAT UNVERSITETI
SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI 
MUSIQA TA’LIMI YO`NALISHI 
9-3MUZS-20 GURUHI TALABASI 
NOROV BOBIR
NING 
― MUSIQA NAZARIYASI ― FANIDAN 
“INTERVALLAR” 
MAVZUSIDA YOZGAN 
R E F E R A T I


Mavzu:
Interval 
Reja 
1.Interval haqida umumiy tushuncha 
2.Xromatik intervallar.Intervallar engarmonizmi 
3.Tabiiy major va minor intervallari 
4.Xarakterli intervallar 
5.Xulosa 
Interval (musiqada) — ikki tovushning past-balandlik (yaʼni tebranishlarning 
miqdori) jihatidan oʻzaro nisbati. Tovushqatorning qamragan pogʻonalariga 
qarab, lotincha tartib sonlarining nomi bilan (prima, sekunda, tersiya, kvarta 
va h. k.) ataladi. Ketma-ketiga sadolanuvchi tovushlardan melodik interval, 
baravariga (qoʻshalogʻiga) sadolangan tovushlardan garmonik interval tarkib 
topadi. Musiqa nazariyasida intervallar hajmi (pogʻonalar soni) va tonlar 
miqdori bilan oʻlchanadi. Bir oktava doirasidagi intervallar oddiy, bir 
oktavadan keng intervallar (nona, detsima, undetsima va h. k.) tarkibiy 
intervallar deyiladi. Hamohanglik yoki ohangsizlik jihatidan garmonik 
intervallar konsonans va dissonanslarga boʻlinadi. Interval duana-zo"ning 
oʻlchov birligidir. Sharq musiqa nazariyasida in boʻʼd deb yuritilgan. 
Bir oktava ichida tuzilgan intervallar quyidagicha nomlanadi: 
1.Prima 
2.Sekunda 
3.Tersiya 


4.Kvarta 
5.Kvinta 
6.Seksta 
7.Septima
8.Oktava 
«Interval» – bu lotinchadan olingan so‘z bo‘lib, oraliq yoki masofa 
ma’nosini anglatadi. Musiqada esa ikki tovush oralig‘ini bildiradi. 
Birin-ketin yoki bir vaqtda eshitilgan ikki tovush qo‘shilmasi 
interval deyiladi. Intervallar melodik hamda garmonik shaklda 
bo‘ladi. 
Har bir interval ikki miqdor son va sifat miqdori bilan 
aniqlanadi. Miqdori bosqichlar soni bilan ifodalanadigan intervallar 
son miqdorli intervallar deyiladi. 
Miqdori ton va yarim tonlar bilan ifodalangan intervallar 


sifat intervallar deyiladi. Barcha garmonik intervallar va melodik 
intervallar asosan eng pastki tovushidan yuqoriga qarab o‘qiladi. 
Intervalning pastki tovushi interval asosi, yuqori tovushi esa 
intervalning cho‘qqisi deyiladi. 
Bir oktava oralig‘ida hosil bo‘lgan intervallar oddiy intervallar 
deyiladi. Hammasi bo‘lib, sakkizta oddiy intervallar bor. Ularning 
nomi shu intervallar hisobiga kiradigan bosqichlar soniga bog‘liqdir. 
Intervallar lotin tilida tartibli sonlar bilan nomlanadi. Tartibli sonlar 
interval yuqori tovushining pastki tovushiga nisbatan nechanchi 
bosqichda turganligini bildiradi. 
Interval tovushlarning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi 
natijasida pastki tovush yuqoriga va yuqoridagi tovush pastga 
joylashadi. Bunga interval aylanishi deyiladi. 
Interval tovushlarning aylanishi 2 yo‘l bilan amalga oshiriladi: 
1. Interval asosini (pastki tovushini) bir oktava yuqoriga 
ko‘tarish. 
2. Interval cho‘qqisini (yuqori tovushini) bir oktava pastga 
ko‘chirish. 
Mazkur intervalning aylanishi natijasida yangi interval hosil 


bo‘ladi. Qoida bo‘yicha barcha sof intervallar sofga, kichik intervallar 
kattaga, katta intervallar kichikka, ortilgan intervallar kuchaytirilganga, 
kuchaytirilgan intervallar ortilganga aylanadi va aksincha. 
Agar biror interval va uning aylanmasini birlashtirsak, oktava 
hosil bo‘ladi. Shu sababdan, bir biriga aylanadigan intervallar 
sifat miqdorining yig‘indisi hamma vaqt olti tonga ega bo‘ladi. 
Intervallarni o‘rganish davomida o‘qituvchi o‘quvchilardan nazariy bilimlarni 
o‘zlashtirish bilan birga, shu bilimlarni amalda qo‘llay 
bilish ko‘nikmalarini egallash ham talab etadi. Ular berilgan notadan 
boshlab har bir yangi intervalni tuza bilishlari bilangina kifoyalanib 
qolmasdan, uni pastdan yuqoriga yoki yuqoridan pastga qarata 
kuylashni ham, dastlab eshitib olib, melodik bayon qilishni, so‘ngra 
garmonik bayon qilishni, ham topa bilishlari kerak. 
Intervallar solfedjo qilish malakalarini egallashga yordam beradi. 
Shu sababli o‘qituvchi o‘quvchilarga turli topshiriq va mashqlarni 
berib borishi lozim. Intervallarni aniqlashga mo‘ljallanadigan yozma 


va og‘zaki diktantlar ham shular jumlasiga kiradi yoki og‘zaki 
topshiriqlar berish mumkin. 
Musiqada 8 ta asosiy interval bor. Bular – prima, sekunda, tersiya, 
kvarta, kvinta, seksta, septema va oktavalardir. 
Har bir asosiy intervalning aniq ton o‘lchovi bor. Prima – 0, 
sekunda-1ton, tersiya-2ton, kvarta-2.5ton, kvinta-3.5 ton, seksta- 
4.5 ton, septema-5.5 ton, oktava-6 ton. 
Bunday intervallarni har qanday tovushdan yuqoriga yoki pastga 
qurish mumkin. 
a) birinchi oktavaning lya,re, fa, mi tovushlaridan intervallar 
tuzish; 
b) musiqa misolida uchraydigan intervallarni aniqlash; 
c) tanish qo‘shiqlardagi, shuningdek, notaga qarab o‘rganib 
olinayotgan yangi qo‘shiq yoki mashqlardagi kuyning interval 
tuzilishini aniqlash. 


Ana shularning hammasi qo‘shiqni ongli ravishda o‘rgana 
borishga, talaffuzning aniq ravshan bo‘lishiga yordam beradi. 
Musiqa ijrosi jarayonida bir vaqtda yoki birin-ketin eshitilgan ikki tor'tsh 
qo'shilmasi intervalar deyiladi. Birin-ketin eshitilgan tovushlar intervali 
melodik intervalni hosil qiladi. Baravariga (bir vaqtda) eshitilgan tovushlar 
garmonik intervalni hosil qiladi. lntervalning pastki tovushi interval asosi" 
yuqori tovttshi esa interval cho'qqisi deyiladi. Masalan: lntervallarning 
melodik harakatlari vaqtida ko'tariluvchi va pastlashuvchi intervallar hosil 
bo'ladi. Barcha garmonik intervallar va ko'tariluvchi melodik intervallar asosi 
(eng pastki tovush) dan yuqoriga qarab o'qiladi. Har bir interval ikki miqdor 
son va sifat miqdori bilan aniqlanadi. Intervallarning son miqdori deganda 
tovushlar orasidagi pog'onalar soni tushuniladi. Intervallarning sifat miqdori 
deganda tovushlar orasidagi masofa tushuniladi. Bir oktava oralig'ida hosil 
bo'lgan interval oddiy interval deyiladi. Hammasi bo'lib 8 ta oddi-v interval 
bor. lntervallar lotin tilida tarlibli sonlar bilan nomlanadi. Taftibli sonlar 
interval yuqori tovushining pastki tovushga nisbatan nechanchi pog'onada 
turganligini bildiradi. 


Engarmonik intervallar 
Ikki interval ko'rib chiqiladi 

Download 4,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish