Investitsiya loyihalarini sindikatli kreditlashning o’ziga xos xususiyatlar Reja


Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish sxemalari



Download 21,87 Kb.
bet3/3
Sana17.01.2022
Hajmi21,87 Kb.
#382439
1   2   3
Bog'liq
invest

Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish sxemalari.
Loyihaviy moliyalashtirishni amalga oshirish o’ziga xos tamoyillarga asoslanadi va ular quyidagilardan iborat:

- investitsion loyihada loyihani amalga oshirishga tayyor ishonchli sheriklarni ishtirok etishi;

- loyiha texnik-iqtisodiy asoslanishi va loyiha smeta xujjatlarni yuqori talab darajasida ishlab chiqilishi;

- loyihani etarli darajada kapitalizatsiyasi;

- loyihaning qurilish-montaj va ekspluatatsiya mezonlarini batafsil o’rganib chiqish (transport, maxsulotni ishlab chiqarish, marketing va boshqalar);

- loyiha riskini baholash va uni loyiha ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash;

- garov yoki boshqa ta’minotning maqsadga muvofiq mavjudligi.

Loyihaviy moliyalashtirishning yuqorida keltirilgan tamoyillari uni amalga oshirishning quyidagi ikki turdagi moliyaviy sxemalarida o’z ta’siriga ega bo’ladi:

1. Parallel moliyalashtirish;

2. Bosqichma - bosqich moliyalashtirish;

Birinchi tur moliyalashtirish amaliyotda “Hamkorlikda (qo’shma) moliyalashtirish” deb ham ataladi, bunda yuqori ahamiyatga ega bo’lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun bir nechta kredit muassasalari qarz mablag’lari ajratadi. Bosqichma - bosqich moliyalashtirishda esa yuqori nufuzga ega bo’lgan bankning qatnashishi zarurligini talab qiladi. Parallel moliyalashtirishning quyidagi afzalliklari mavjud, ya’ni loyihaviy moliyalashtirishning parallel moliyalashtirish shakli banklarga bir tomondan me’yorlarga amal qilgan holda kredit berish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan kredit risklarini pasaytiradi. Ko’p hollarda, loyihani moliyalashtirish tashabbuskori sifatida nufuzga ega bo’lgan tijorat bankining yoki halqaro moliya institutlarining ishtirok etishi qarzdorning o’z vaqtida kreditni qaytarishiga qo’shimcha kafolat beradi. Kredit shartnomasiga qilingan qo’shimchalarda agar qarzdor moliyalashtirishda ishtirok etayotgan biror kreditor oldidagi to’lov majburiyatini bajarmasa bosh kreditor kreditni muddatidan oldin undirib olish huquqiga ega bo’ladi.

Investitsiya loyihalarini hamkorlikda (qo’shma) moliyalashtirishning quyidagi ko’rinishlari (shakllari) mavjud?, ya’ni hamkorlikda moliyalashtirishning ikki shakli ko’p qo’llaniladi:

- mustaqil parallel moliyalashtirish, bunda har bir bank qarz oluvchi bilan kredit shartnomasi tuzadi va investitsiya loyihasida o’ziga tegishli bo’lgan qismini moliyalashtiradi (subloyiha);

- ko’pchilik bo’lib hamkorlikda moliyalashtirish, bunda barcha kreditorlar to’planib bitta sindikatga birlashadilar, yagona kredit shartnomasi tuziladi va kredit shartnomasini tayyorlash va imzolashni bank-menedjer amalga oshiradi. Keyingi bosqichda kredit shartnomasini amalga oshirish ustidan nazoratni (ayrim hollarda investitsiya loyihasini umuman amalga oshirishni) hamda zarur hisob-kitob operatsiyalarini sindikat tarkibidagi maxsus bank-agent ma’lum miqdordagi komission haq e’vaziga amalga oshiradi.

Investitsiya loyihalarini bosqichma-bosqich moliyalashtirishning o’ziga xos xususiyati, asosan, birinchi sinf toifasidagi banklarda investitsiya loyihalarining ekspertizasi bo’yicha tajribali mutaxassislarning mavjudligi, bank olamida yuqori nufuzga egaligi tufayli loyihalarni kreditlashtirish bo’yicha ko’plab arizalar kelib tushadi. Biroq, yirik banklar ham har doim bu loyihalarni ularning balansiga salbiy ta’sir etishi mumkinligi yoki boshqa sabablar oqibatida moliyalashtira olmaydi. Shuning uchun, ko’p hollarda, bu banklar loyihani kreditlashtirishning tashabbuskori sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Investitsiya loyihasini samaradorligini baholagani va kredit shartnomasini ishlab chiqqani uchun tashabbuskor bank komission haq oladi. Kredit berilgandan so’ng tashabbuskor bank shartnoma bo’yicha qarzdorga nisbatan o’z talabini boshqa kreditorga beradi.

 Sindikatli kreditlashni tashkil etish.


Tijorat banklari tomonidan sinditsiyalashtirilgan kreditlash qaytarishlik, to’lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida amalga oshiriladi.

Sinditsiyalashtirilgan kreditni berish qarz oluvchi va ishtirokchi banklar o’rtasida tuziladigan kredit shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Sinditsiyalashtirilgan kredit berish muddati yirik investitsiya loyihalarini qoplanish muddatiga bog’liq holda kredit shartnomasida belgilanadi. Sinditsiyalashtirilgan kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori sinditsiyalashtirilgan kredit to’g’risidagi kelishuv shartlariga ko’ra qarz oluvchi va ishtirokchi banklar o’rtasida tuziladigan kredit shartnomasi asosida belgilanadi. Zarar ko’rib ishlovchi, nolikvid balansga ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga hamda samarasiz investitsiya loyihalarini taqdim qilgan xo’jalik sub’ektlariga sinditsiyalashtirilgan kreditlar berilmaydi. Sinditsiyalashtirilgan kredit olgandan keyin moliyaviy ahvoli yomonlashgan qarzdordan berilgan kreditlar o’rnatilgan tartibda muddatidan avval undirib olish chora-tadbirlari ko’rilishi lozim. Bu qoida kredit shartnomasida albatta qayd etilgan bo’lishi kerak.

Qarz oluvchi o’ziga xizmat ko’rsatuvchi bankka yirik kredit berishni so’rab murojaat qilganidan keyin, bank kreditlash uchun lozim bo’lgan standart tadbirlarni: o’zining ichki kredit siyosatiga mos ravishda mijozning kreditga qobiliyatliligi tahlilini, biznes-rejasi tahlilini, kredit qaytarilishini ta’minlanganligi tahlilini va boshqalarni amalga oshiradi.

Sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirishning mumkinligi to’g’risida kredit qo’mitasi qaror qabul qilgan taqdirda, bank bir vaqtning o’zida ushbu bitimga boshqa banklarni jalb etish hamda sinditsiyalashtirilgan kreditlash tashkilotchisi sifatida bank sindikatini tashkil etish haqida qaror qabul qiladi.

Ishtirokchi banklarni ushbu bitimga jalb etish va bank sindikatini tashkil etish to’g’risida etakchi bank kredit qo’mitasi qaror qabul qilinganidan keyin, etakchi bank sinditsiyalashtirilgan kreditlashda ishtirok etish xohishini bildirgan banklarni aniqlaydi va ularga sindikatda qatnashish taklifi bilan birga tayyorlangan qarz oluvchi to’g’risidagi axborotni taqdim etadi. Shundan keyin etakchi bank ishtirokchi banklar bilan investitsiya loyihasi bo’yicha barcha kredit hujjatlarini taqdim etadi. Taqdim etilayotgan ma’lumotlar bank siri hisoblanadi.

Sinditsiyalashtirilgan kreditni berishga xorijiy banklar va boshqa xorijiy moliyaviy institutlar jalb etilishi mumkin. Bu holda sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish xorijiy banklar va moliyaviy institutlar bilan tuzilgan bitimlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Ishtirokchi banklar bilan muzokaralar boshlangunga qadar etakchi bank tomonidan bankning ichki kredit siyosati bilan belgilangan tartibda kredit paketini tahlili asosida barcha kredit hujjatlari hamda ishtirokchi banklar o’rtasida tuziladigan investitsiya loyihasini birgalikda kreditlash borasidagi o’zaro kelishuv loyihasi tayyorlab qo’yilgan bo’lishi kerak.

Etakchi bank ishtirokchi banklarga taklif yo’llashdan oldin qarz oluvchi haqidagi ma’lumotlarni Banklararo kredit byurosi ma’lumotlari bilan solishtirishi lozim. Kredit shartnomasining yakuniy variantini ishlab chiqish va imzolash faqatgina etakchi bank va ishtirokchi banklar o’rtasida mazkur investitsiya loyihasini sinditsiyalashtirilgan kreditlash to’g’risida o’zaro bitim tuzilgandan keyin amalga oshiriladi. Ishtirokchi banklar o’rtasida mazkur investitsion loyihani birgalikda kreditlash borasida bitim imzolangandan keyin bank sindikati tuzilgan hisoblanadi va ushbu bitimni imzolagan barcha ishtirokchi banklar o’zlariga sinditsiyalashtirilgan kreditlash borasida majburiyat olgan hisoblanadilar.

Bank sindikati tuzilgandan keyin ushbu bitimdan chiqish, ya’ni sinditsiyalashgan kredit berish borasidagi kredit shartnomasini imzolashda bosh tortilgan taqdirda ishtirokchi bank qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa ishtirokchi banklar oldida boy berilgan foydani qoplab berish borasida javobgar bo’ladi.

Yirik investitsiya loyihasi uchun sinditsiyalashtirilgan kredit olish uchun, qarz oluvchi etakchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: kredit buyurtmasi; loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomasi; qarz oluvchining bank hisobvarag’iga pul tushumlari (pul oqimi) taxmini ko’rsatilgan biznes-reja; qarz oluvchining kreditga layoqatliligini aniqlash uchun Davlat soliq xizmatining mahalliy (tuman) organi tomonidan tasdiqlangan 1, 2, 2a-shakllardagi oxirgi 3 yillik moliyaviy hisoboti; sindikatli kreditlashning ta’minot shakllaridan birini; etakchi bankning kreditlashni tashkil etishga doir ichki qoidalarida ko’zda tutilgan boshqa hujjatlar.

Olingan kreditni qaytara olmaslik riskining oldini olish maqsadida qarz oluvchi tez va erkin sotilish talablariga javob beradigan ta’minotga ega bo’lishi kerak. Qarz oluvchi bankka quyidagi ta’minot turlarini taqdim etish huquqiga ega: mulk yoki qimmatli qog’ozlar garovi; bank yoki sug’urta tashkiloti kafolati; uchinchi shaxsning kafilligi; sug’urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytaraolmaslik xatarini sug’urta qilingani to’g’risidagi sug’urta polisi.

Yirik investitsion loyihani moliyalashtirish maqsadida xorijiy bank yoki boshqa moliyaviy institutlar ishtirokida sinditsiyalashtirilayotgan kredit amalga oshirilayotgan bo’lsa, kreditni qaytarish majburiyatini ta’minoti sifatida hukumat kafolati taqdim etilishi mumkin. Ta’minot turlaridan biri kreditni qaytarish ta’minoti sifatida ishtirokchi banklar talab qilayotgan summani qoplash uchun etishmasa, qarz oluvchi etakchi bank roziligi bilan uning etishmayotgan qismini qoplash uchun qo’shimcha ravishda yuqorida sanab o’tilgan ta’minot turlarining biri yoki bir nechtasini bir-birini to’ldirishi asosida taqdim etishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasining “Garov to’g’risida”gi qonuniga muvofiq, muomaladan chiqarilgan buyumlardan tashqari, har qanday mulk, shu jumladan, buyumlar va mulkiy huquqlar (talablar), qimmatli qog’ozlar (ishtirokchi banklar emitent bo’lgan qimmatli qog’ozlardan tashqari) va boshqalar garov predmeti bo’lishi mumkin. Bunda garov shartnomasi bir tomondan qarz oluvchi va ikkinchi tomondan ishtirokchi banklar tomonidan imzolanadigan shaklda tuziladi.

Kafolat Fuqarolik kodeksining 299-moddasiga muvofiq kafolat beruvchining etakchi va ishtirokchi banklar oldidagi yozma majburiyati shaklida rasmiylashtiriladi. Yozma majburiyat etakchi bankda saqlanadi. Kafillik Fuqarolik kodeksining 292-moddasiga muvofiq, etakchi va ishtirokchi banklar-benifitsiarlar foydasiga kafil, etakchi, ishtirokchi banklar va qarz oluvchi tomonidan imzolanadigan yozma shakldagi kafillik shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

Etakchi bank ishtirokchi banklar bilan kelishgan holda ularga eng qulay bo’lgan ta’minot shaklini tanlash huquqiga ega. Bunda etakchi bank ishtirokchi banklar bilan birgalikda tavsiya etilayotgan ta’minot turini tahlil qilishi shart. Jumladan, garov taqdim etilgan taqdirda, etakchi bank garov sifatida taklif etilayotgan mulkni qarz oluvchi hamda ishtirokchi banklar vakillari ishtirokida birgalikda baholashi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda litsenziyaga ega bo’lgan mustaqil baholovchini jalb etgan holda baholashni amalga oshirishi mumkin. Kafolat, sug’urta yoki uchinchi shaxsning kafilligi taqdim etilgan taqdirda, etakchi bank kafolat beruvchining, sug’urta kompaniyasining yoki qarz oluvchiga kafil bo’layotgan shaxsning moliyaviy ahvolini batafsil tahlil qilishi va o’z xulosasini ishtirokchi banklarga ma’lum etishi lozim..

Bank sindikati kredit jildidagi barcha hujjatlarni ko’rib chiqib kredit berish to’g’risida qaror qabul qilganidan, etakchi va har bir ishtirokchi bankning sinditsiyalashtirilgan kreditdagi ulushi aniqlangandan keyin, etakchi va ishtirokchi banklar va qarz oluvchi o’rtasida kredit shartnomasi imzolanadi.

Kredit shartnomasida kreditning umumiy summasi, maqsadi, foiz stavkasi, muddati, har bir ishtirokchi bank tomonidan ajratiladigan kredit miqdori, kredit maqsadsiz ishlatilganligi aniqlanganda ishtirokchi banklar tomonidan ko’riladigan jazo choralari va jarimalar, kredit shartnomada belgilangan muddatlarda ajratilmgan hollarda ishtirokchi banklarga nisbatan qo’llaniladigan jarima miqdori va boshqalar belgilangan bo’lishi shart.

Kredit yig’ma jildi etakchi bankda yuritiladi va unda saqlanadi. Kredit yig’ma jildining nusxasi har bir ishtirokchi bankda saqlanadi.



Ishtirokchi banklar tomonidan qarz oluvchi bilan sinditsiyalashtirilgan kredit berish to’g’risida kredit shartnomasi tuzilgandan so’ng, ishtirokchi bankning ichki tartibida belgilangan tarzda tegishli mas’ul xodimi tomonidan buxgalteriyaga kreditning miqdori, muddati va foiz stavkasini ko’rsatgan holda, ssuda hisobraqamini ochish to’g’risida farmoyish beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Ziyonet.uz “ ijtimoiy tarmog’i



  1. Investitsiya faoliyati to’g’risida “ O’zbekiston respublikasi qonuni



  1. Investitsiya va inovatsiya “ majmua.



  1. Invesitsiya Faoliyati “ majmua.

Download 21,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish