Iqlim o`zgarishi va uning fizik mohiyati norsoatov Sharofiddin Sirojiddin o`g`li Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy unversiteti Fizika fakulteti 3-kurs talabasi



Download 52 Kb.
Sana21.04.2022
Hajmi52 Kb.
#569051
Bog'liq
maqola


IQLIM O`ZGARISHI VA UNING FIZIK MOHIYATI
Norsoatov Sharofiddin Sirojiddin o`g`li
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy unversiteti
Fizika fakulteti 3-kurs talabasi
Iqlim tushunchasi o`z ichiga muayyan hududda uzoq vaqt davomida yig`ilgan harorat, namlik, atmosfera bosimi, shamol, yog`in va boshqa meteorologik parametrlar statestikalarini oladi. Ushbu parametrlarning uzoq vaqt emas, balki muayyan vaqtdagi holatlariga ob-havo deyiladi. Iqlim–yer yuzasining quyosh nurlariga nisbatan og`ishiga bog`liq ravishda ob-havoning muayyan joyga xos bo`lgan ko`p yillik maromi, ya’ni biron joyda bo`ladigan ob-havo sharoitlarining mavsumiy geografik o`zgarishi. Iqlim, atmosfera va faol qatlamlarda tabbiy jarayonlar be to`xtov davom etadigan yer yuzasidagi iqlim hosil qiluvchi jarayonlar. Yer yuzasining muayyan mintaqasi o`ziga xos tabiiy-iqlim, ijtimoiy, ekologik, etnografik xususiyatlari uni tabiat inson o`rtasidagi o`zaro aloqa munosabatlari xarakterini belgilab beradi. Mintaqaviy iqlim muammolarga barham berishning me’zoni havo va suvning ifloslanishi belgilangan miqdordan oshib ketishi va boshqalar hisoblanadi. Iqlim o`zgarishiga atmosferani o`rni katta, Atmosferadagi gazlar tarkibi ancha turg`un: unda azot 78,08%, kislorot 25,95%, argon 0,93%, karbonat angidrid 0,3%. Boshqa gazlar (neon, geliy, metan, ksenon, radon va boshqalar) taxminan 0,01% ni tashkil etadi. Ana shu tarkibning buzulishi, karbonat salmog`ining ortishi va kislorod miqdorining kamayishi natijasida atmosferaga zarar yetadi. Mineral yoqilg`i (ko`mir, neft, gaz) yoqilganda atmosferaga ko`p miqdorda karbonat angidrid (CO2), vodorodsulfid (H2S) va oltingugurt oksidlari, shuningdik, kullar va to`la yonmagan ko`mir zarralari va qurumlar ko`tariladi. Yirik shaharlarda havoni ifloslaydigan asosiy manbalardan biri avtotransportdir. Avtomobillardan chiqadigan gazlar tarkibida zararli moddalar: is gazi, azot oksidi, ba’zi bir uglevorodlar (penten, geksen va boshqalar), qo`rg`oshinning zaharli birikmalari va hatto kanserogen moddalar (benzapiren) bo`ladi.
Hisoblarga ko`ra, 1 tonna benzindan 60 kg is gazi chiqadi. 1000 ta avtomobil bir kunda 3 tonnadan ortiq is gazi chiqaradi bu esa atmosferaga katta zarar yetqazadi, boshqa gazlarni hisobga olmasa ham bo`ladi. Iqlimning o`zgarishi kunlarni isishi quyoshdan tushgan issiqlik nurini atmosfera zararsizlantir uning 50% o`tqazadi, bu issiqlikning 1% i o`simliklarni fotasentiz qilishga sarflanadi, qolgan 49% i muhudga issiqlik bo`lib tarqaladi.
Yashab turgan atrof muhutimizda kislarodning o`rni juda katta ahamiyatga ega, kislorod yer qobig`ida eng keng tarqalgan element bo`lib uning ulushi (turli xil birikmalar tarkibida) qattiq yer qobig`i massasining taxminan 47% ni tashkil qiladi. Kslorod – kimyoviy faol metallmas, xalkogenlarni eng keng tarqalgan vakili hisoblanadi. Normal sharoitda oddiy modda sifatida rangsiz, tamsiz va hidsiz gaz . Ikki molekuladan iborat bo`lgan uchun kislorod atomlari (O2) u dioksigen deb ham ataladi. Kislorodning allotropik shakllari mavjud, masalan, ozon – normal sharoitda o`ziga xos hidga ega bo`lgan ko`k gaz, uning molekulasi uchta kislorod atomidan iborat ( O3 formulasi).
Fizik xossalari: Kislorod normal sharoitda uning 1 litri 1,429 g keladi, u havodan biroz og`irdir. Suvda oz eriydi ( 4,9 ml /100g da +50˚ C) gaz simon kislorod qizdirilsa, u atomlarga parchalanadi, aralashmadagi ajralgan atomlarning konsentratsiyasi + 2000˚C – 0,03%, +2600˚C -1%, +4000˚C-59%,+ 6000˚C-99,5%teng bo`ladi. Suyuq kislorod -182,98˚C haroratda 101,325 kPa bosimda qaynab ketadi va xira ko`k suyuqlikdir. Kislorodning kiritik harorati 154,58 K ( -118,57˚C ) kiritik bosim 4,882 MPa.
Mutahasislar ob-havoga faol tasir etish usullarini xal qilish uchun bulutlarni vujudga kelishi va ularni xususiyatlarini har tamonlama ilmiy jihatdan o`rgandi Yer yuzasidan kutarilgan sari havoni tashkil qilgan molekulalar soni tez kamayib boradi. Bu esa haroratining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun yer yuzasidan 10 kilometrda harorat minus 50 – 55 gradus, 20-40 km larda esa minus 70-80 graduslar atrofida bo`ladi. Yer atmosferasining 80 foizi uning sirtiga tutashgan 20 km qatlamda tuplangan. Bu erdagi gaz molekulalarining notekis isishi esa, sayyorada shamollar paydo qiladi.
Malumki quyosh nuri tasirida asosan suv sirtiga yaqin bo`lgan molekulalar sirtning taranglik kuchini engib suv bug`lariga aylanadi, issiqlik harakati tufayli yuqoriga kutariladi va bulutlarn hosil qilad.
Bulutlar balandlik bo`yicha asosan uch qisim: quyu qavat bulutlari asosan 2 km dan past, o`rta qavat bulutlarining asosi 2 km dan 6 km gacha va yuqori qavat bulutlarining pastki chegarasi yerdan 6 km dan yuqori balandlikda joylashadi. Shuningdek, vertikal rivojlangan bulutlarning asosi odatda quyu qavatda, uchuning chuqqisi esa o`rta qavatda yoki xatto yuqori qavatda joylashgan bo`lishi mumkun .
Yuqori qavat bulutlarining shakli patsimon – patsimon tup – tup va yomg`irli qatlamdor kurinishlarda bo`lishi mumkun. Quyu qavat bulutlaridan yog`inlar vujudga keladi. Osmondagi bulutlar shamol tasirida bir-biri bilan, xamda havoning turli qatlamlari bilan bilan doimo ishqalanishda buladi. Natijada bazi qatlam bulutlar kuchli zaryadlanib qoladi, turli ishora bilan zaryadlangan qatlam bulutlar bir- biriga yaqinlashganida, ular o`rtasidagi tasir tufayli chaqmoq hosil bo`ladi. Chaqmoq har xil zaryadlangan qushni qatlam
bulutlar o`rtasida, yashin esa zaryadlangan bulut bilan Yer orasida sodir bo`ladigan ulkan elektir uchqunidir. Quyu qavat bulutlarining miqdori ko'paysa va harorati pasaysa suv tomchilari va muz zarrachalari (kristallar) paydo bo'ladi. Suv bug`lari tomchiga aylanishi uchun u biror narsa ustiga shimilishi zarur. Havoda bunday narsa vazifasini eruvchan va eriydigan (ho'llanadigan) mayda nanozarralar bajaradi Ular o'rmonlarni va ko'mirni yonishi natijasida oltingugurt gazi SO2, vulqonlarning otilishi, meteoritlarning yonishi va boshqa sabablar ta'sirida atmosferada mayda zarralar, bundan tashqari dengiz suvining shamol ta'sirida to'lqinlanib sachrashi va ko'pirishi natijasida dengiz tuzlari zarralari hosil bo'ladi. hisoblar ko'rsatadiki, bir yil mobaynida tahminan 500 million tonna dengiz tuzi Еr atmosferasiga tarqalishi kuzatilgan.
Bu zarralar ustiga shimilgan va eritma hosil qilgan suv bug`lari kattalashib o'rtacha 0,003-0,03 mm ba'zan 0,1 mm bo'lgan tomchilarni yuzaga keltiradi. Bularning atmosferada to'planishi bizga bulut tarzida ko'rinadi. Bunday mayda tomchilar yomg`ir hosil qilish qobiliyatiga ega bo'lmaydilar. Chunki, ular yomg`ir bulutlarining quyi chegarasidan pastga tushishlari bilanoq bug`lanib ketadilar. Lekin 0,2 mm dan katta tomchilar esa bug`lanib ketguncha bir necha kilometr pastga tushishlari va yer sirtiga yomg`ir sifatida yog`ishlari mumkin. Shu sababli, o'lchami 0,2 mm gacha bo'lgan tomchilarni bulut tomchilari, undan kattalarini esa yomg`ir tomchilari deb atash qabul qilingan. Bulutlar faqat mayda tomchilardan iborat bo'lsa, ularni tomchili, tomchilar va muz zarralaridan iborat bo'lsa-aralash, faqat muz zarralarining to'plamidan iborat bo'lsa-kristallik bulutlar deb nomlanadi. Bulutlarning harorati 0˚C ga teng bo'lgan sahidan yuqoridagi qismi o'ta sovuq tomchilar va muz zarrachalaridan iborat bo'ladi. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, tomchilarning muzlash harorati ularning diametriga bog`liq. Misol uchun, diametri 1 mm li tomchilar tahminan minus 250 C da, 0,1 mm li tomchilar tahminan minus 320C da muz kristallchalariga aylanadilar. Bundan kichik tomchilar esa minus 390C gacha tomchi holida qolishlari mumkin. Bunday bo'lishiga asosiy sabab ularning tarkibida ma'lum turdagi nano zarrachalarning bo'lishidadir.
Aralash bulutlarda yog`inlar muz xolida hosil bo'lib, havoning erga yaqin issiq (0˚ C dan yuqori haroratli) qismiga tushgandan so'ng erib, yomg`irga aylanadi. Еrga yaqin havo harorati 0˚ C dan past bo'lsa (masalan, qishda) yog`inlar qor shaklida yog`adi.
Yog`inlarni chaqirish hozirgi paytda yog`inlarni chaqirish uchun qattiq uglekislota (karbonat angidrid) ya'ni, quruq muz (-79˚ C) yoki suyuq azot (-194˚C) keng qo'llaniladi. quruq muzni mahsus qurilma yordamida maydalab yomg`ir bulutlari ustiga sepiladi. Buning natijasida bulutning harorati keskin pasayadi. Bu esa suv tomchilarini hosil bo'lishiga va yomg`ir yog`ishiga olib keladi. Huddi shunday yo'l bilan suyuq azot ham bulut ustiga purkaladi, suv tomchilari hosil bo'lib yomg`ir yog`adi.
Demak. iqlim o‘zgarishi - keng tarqalayotgan, jadal va tezlashib borayotgan jarayondir. G‘arbda yashovchilar uchun ham sayyoraning isish xavfi endi faqat chekka hududlarga ta'sir qiladigan muammo emas. Iqlim ko‘rsatkichlarining yil sayin tobora yomonlashib borayotganini insoniyat Yerdan shafqatsizlarcha foydalanishni davom ettirayotgani bilan bog‘lash mumkin. Ko‘pchilik davlatlar tomonidan bu jarayon xavfsizlikka qarshi eng katta tahdid sifatida ko‘rilmoqda. Dunyo bo‘ylab sodir bo‘lgan ayanchli hodisalar ekologik xavfsizlikni ta'minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini ishlab chiqishga yetarli darajada kuchli turtki berishi kerak.


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. A.Ergashev, M.T.Yulchiyeva, O`.A.Ahmedov,A.A.Abzalov, Ekologiya .

  2. Shayx Abdulaziz Mansur, Umarbek Abduraxmonov, Ayrim oyatlar tafsiri ustuda mulohazalar.

  3. https://uz.m.wikipedia.org

Download 52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish