«iqtisod-moliya»



Download 3,55 Mb.
bet2/163
Sana29.12.2021
Hajmi3,55 Mb.
#98025
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

KБК 65.050.2я722

ISBN 978-9943-13-181-1

© «IQTISOD-MOLIYA», 2010

ISBN 978-9943-13-339-6

© «IQTISOD-MOLIYA», 2011

ISBN 978-9943-13-619-9

© «IQTISOD-MOLIYA», 2016




© Mualliflar jamoasi, 2016




KIRISH
Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek, «O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohot va modernizatsiya modeli orqali biz o‘z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo‘yar ekanmiz, «shok terapiyasi» deb atalgan usullarni bizga chetdan turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi tartibga soladi, degan o‘ta jo‘n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik».
Haqiqatdan ham, besh tamoyilga asoslangan davlatning bosh islohotchilik roli, ya’ni bozorni tartibga solishda ishtirok etishi o‘zini oqladi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining respublikamiz iqtisodiyotiga ta’siri boshqa rivojlangan va ayrim qo‘shni davlatlardagiga qaraganda «yumshoq» kechdi. Agar boshqa mamlakatlarda moliya tizimining izdan chiqishi va ishlab chiqarish hajmlarining keskin qisqarishi, ko‘plab yirik korxonalarning yopilishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, bizda jahon xomashyo bozorlarida talabning susayishi tufayli, eksport daromadlarining sezilarli kamayishi, asosiy savdo hamkorlarimizning xarid qobiliyati pasayishi natijasida tashqi savdo aylanmasining qisqarishi kuzatildi.
Bugungi kunda ko‘plab yetakchi olim va mutaxassis­ larimiz tomonidan iqtisodiyotimizda moliyaviy inqiroz­ ning salbiy oqibatlari ta’sirini pasaytiradigan omillar mavjudligi ta’kidlanmoqda. Ya’ni, ularning fikrlariga ko‘ra, mamlakatimiz iqtisodiyoti jahon iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatadigan darajada integratsiyalashmaganligi, respublikamizda katta hajmdagi xorijiy kapitalni ushlab turuvchi kompaniya va moliyaviy institutlarning yo‘qligi, deyarli barcha ustav fondlari korxonalarning real xususiy aktivlariga ega

3


ekanligi kabi holatlar inqirozning salbiy ta’siri u qadar katta bo‘lmasligini ta’minladi. Aksincha, hozirgi inqiroz ehtimol tutilayotgan salbiy ta’sirlardan tashqari, biz uchun ijobiy ta’sirlarga ham ega bo‘lishi, yangi imkoniyatlarni vujudga keltirishi mumkin. Masalan, AQSH va Yevropadagi investorlar aksiyalardan bosh tortib, o‘z aktivlarini bo‘shatmoqdalar. Demak, ular tomonidan yangi bozorlarni, yangi imkoniyatlarni izlash boshlanadi, ya’ni ushbu investorlar kapital kiritishning muqobil yo‘llarini qidiradilar. G‘arb bozorlari turg‘unlikka yuz tutgan pallada rivojlanayotgan mamlakatlar bozorlarida o‘sishning ijobiy dinamikasi kuzatiladi. Ushbu mulohazalardan kelib chiqadigan xulosa shuki, ko‘plab investorlar O‘zbekiston bozoriga e’tibor qaratishlari ehtimoldan holi emas.
Shu o‘rinda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O‘zbekistonga jiddiy ta’siri bo‘lmaganligini quyidagi omillar bilan izohlash mumkin:
— respublikamizda ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish yo‘li tanlanganligi;

— davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi aniq belgilab olinganligi;

— O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlari barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi;

— oqilona tashqi qarz siyosati olib borilayotganligi;


— aholining ish haqi va daromadlari muntazam oshirib borilishi hamda iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o‘sishining oldini olishga doir chora-tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilayotganligi;

— davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlari barqaror va ishonchliligi, ularning himoya mexanizmlari kuchli ekanligi bilan izohlanadi.


4


O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishini ta’minlashda va uning «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirishda bilimdon va ishbilarmon xodimlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. Mamlakatimiz Prezidenti I. Karimov ta’kidlaganidek: «Bugungi kunning eng muhim vazifasi — hayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa, boshqaruvida, respublika miqyosida, viloyat, shahar, tuman, qishloq va mahallalarni va kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni boshqarishda, tarmoq bo‘g‘inlarini idora etishda yangicha fikrlaydigan, qiyin damlarda mas’uliyatni o‘z zimmasiga ola biladigan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir, imoni pok, bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish, ularga ishonch bildirishdan iboratdir»1.
Rejali boshqaruv amaliyotida «personalni boshqarish» tushunchasi yo‘q edi. Lekin, har bir korxona va tashkilotda kadrlar boshqaruv tizimi va jamoani ijtimoiy rivojlantirishning funksional kichik tizimi mavjud edi.
Hozirgi vaqtda korxona va tashkilot personalini boshqarish konsepsiyasi asosini xodim shaxsiy rolining ortib borayotganligi, uning asosiy yo‘l-yo‘riqlarni bilishi, ularni shakllantira olishi, korxona va tashkilot oldida turgan vazifalarga muvofiq ravishda yo‘naltira bilishi tashkil etadi.
Respublikamizdagi iqtisodiy va siyosiy tizimlarda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar har bir shaxs uchun katta imkoniyatlar yaratishi bilan bir qatorda, jiddiy xavf-xatar ham tug‘diradi, ya’ni amalda har bir kishining hayotiga ma’lum darajada noaniqlik kiritadi. Bunday vaziyatda personalni boshqarish alohida ahamiyatga egadir, chunki u shaxsning tashqi sharoitga moslashishi, tashkilotdagi personalni boshqarish tizimining tuzilishida shaxsiy omilni hisobga olish masalalarining butun bir majmuini amalga oshirish imkonini beradi. Shuning uchun ham, ma’naviyat va qadriyatlarning ustuvorligiga butunlay yangicha

5


yondashuvlarni ishlab chiqish talab etiladi. Korxona va tashkilot ichidagi asosiy subyekt — xodimdir, tashkilotdan tashqarida esa, mahsulot iste’molchilaridir. Ishlovchining ma’naviy ongini boshliqqa emas, balki iste’molchiga tomon burish, talon-torojga emas, balki foyda olishga, o‘ylamasdan bajaradigan ijrochiga emas, balki tashabbuskorlikka tomon yuz burish zarur. Sog‘lom iqtisodiy mohiyatga asoslanadigan ijtimoiy me’yorlarga o‘tishni unutmaslik kerak. Iyerarxiya ikkinchi o‘ringa o‘tib, u o‘z o‘rnini ma’naviyat, madaniyat va bozor talabiga bo‘shatib beradi.
O‘zbekistondagi va chet ellardagi tashkilotlar tajribasini umumlashtirish personalni boshqarish tizimining asosiy maqsadini, ya’ni kadrlar bilan ta’minlash, ularning samarali ishlashini, kasbiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanishini shakllantirishga imkon beradi. Shunga ko‘ra, korxona va tashkilotda personalni boshqarish tizimi shakllantiriladi. Uning tuzilishi uchun asos sifatida shunday tamoyillardan, ya’ni fan tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotda sinovdan o‘tgan qoidalar va usullardan foydalaniladi. Bularning barchasi ushbu o‘quv qo‘llanmada o‘z ifodasini topgan.

6






Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish