Iqtisodiy munosabatlarni oʻrganish usullari


Kurs ishining maqsad vazifasi



Download 1,03 Mb.
bet2/5
Sana20.06.2022
Hajmi1,03 Mb.
#680079
1   2   3   4   5
Bog'liq
Iqtisodiy munosabatlarni o

Kurs ishining maqsad vazifasi: Iqtisodiyot asosining insoniyat hayotidagi roli, ya'ni «inson uchun nima beradi?» degan savolga javob berishdir. Insonlar o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar, munosabatlar turli-tumandir. Ularni ma'lum bir nuqtai nazardan yondashib guruhlarga ajratish mumkin. Biz ularni, eng avvalo, bir-birini taqozo qilishi, bog'liqligi va bu munosabatlarning tutgan o'rni jihatidan ikki guruhga: ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-iqtisodiy aloqalar, munosabatlarga ajratib o'rganib chiqish.
1.IQTISODIY MUNOSABATLAR MOHIYATI VA ULARNING TARKIBI.

Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar jamiyatdagi yirik ijtimoiy guruhlar, jamoa, jamiyat a'zolari o'rtasidagi aloqalarni o'z ichiga oladi. Ular, eng avvalo, ishlab chiqarish faoliyati natijalari, ya'ni yaratilgan mahsulotga bo'lgan mulkchilik mazmuni, unga egalik qilish munosabatlari, ishlab chiqarish aloqalari, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, taqsimot munosabatlari. Bu munosabatlar jamiyat uchun eng muhim, birinchi darajali ijtimoiy-iqtisodiy savollarga javob beradi:


- iqtisodiy hukmronlik kimning qo'lida – hal qiluvchi ishlab chiqarish omillari kim tomonidan o'zlashtiriladi;
- kim va qanday ishlab chiqaradi - ijtimoiy sharoitlarga ko'ra iqtisodiy ne'matlarni yaratadi;
- xo'jalik faoliyati natijasi kimga va qancha miqdorda tegishli bo'ladi. Ulardan kelib chiqib, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar o'z ichiga mulk munosabatlari, ishlab chiqarishdagi ijtimoiyiqtisodiy munosabatlar, ne'matlarni taqsimlash munosabatlarini qamrab oladi.
Tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarning vujudga kelishiga sabab – ijtimoiy ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste'molni ma'lum bir tashkiliy shaklisiz amalga oshirib bo'lmaydi. U insonlarning har qanday birgalikdagi faoliyat yuritishlari uchun ob'ektiv zaruriyatga aylanadi. Ularni biz tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar deb ataymiz. Ishlab chiqaruvchilar o'z xo'jalik faoliyatlari qanday bo'lishi kerakligini avvaldan o'ylab, tahlil qilishadi. Ish jarayonini qanday tashkil etishni rejalashtirishadi. Rejalarini amalga oshirish uchun tashkiliy masalalarni yechishadi.
Tashkiliy iqtisodiy munosabatlar mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi munosabatlari, xo'jalik yuritishning tashkiliy aloqalari va munosabatlari, iqtisodiyotni boshqarish aloqalari, munosabatlarini o'z ichiga oladi. Ular bir butun holda, yaxlitlikda iqtisodiy munosabatlar tizimini tashkil etadi. Ijtimoiyiqtisodiy munosabatlar o'ziga xos, maxsus munosabatlar bo'lib, ular ma'lum bir tarixiy davr yoki ijtimoiy tizimga xos. Unga neoinstitutsional nuqtai nazardan qarasak, kishilik jamiyatiga xos munosabatlar bilan birga har bir mamlakatning o'ziga xosligi aks etadi. Bu munosabatlarda asosiy rolni mulk munosabatlari o'ynaydi.
Tashkiliy iqtisodiy aloqalar va munosabatlar ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardan farqli ravishda barcha mamlakatlar uchun umumiy jihatlarga ega bo'lib, bularga eng avvalo xo'jalik yuritishning tashkiliy shakllari, erishilgan mehnatni tashkil etish va boshqarishning ilmiy, innovatsion yutuqlari kabilarni kiritish mumkin. Iqtisodiy munosabatlarning ikkiga ajralishi iqtisodiy fikr yuritishning tarixiy va hozirdagi ikkiga ajralish sabablarini tushunishga yordam beradi. Ma'lumki, iqtisodiyotni nazariy jihatdan ta'riflash qadimgi Yunonistonda Aristotel`, Ksenofont1 tomonidan «uy xo'jaligini yuritish haqida»gi ta'limot sifatida qaralgan. U paytda shunday xo'jalik quldorning yer xo'jaligi bo'lgan. Bu ta'limot o'rta asrlargacha hukm surgan. XVI asrga kelib, Yevropada bozor iqtisodiyoti, tadbirkorlikning shakllana boshlashi, savdo, ayniqsa mamlakatlar o'rtasidagi savdoning rivojlanishi millatning boyishi manbalarini nazariy jihatdan asoslab berish uchun izlanishlarning kuchayishiga olib keldi va u Angliya, Frantsiya, Italiya kabi mamlakatlarda nazariy maktab – merkantilizmning (merkante – savdogar) vujudga kelishiga olib keldi.
Merkantilistlarni nazariy iqtisodiyotning avvalgi uy xo'jaligini yuritish haqidagi ta'limot, degan nomi qoniqtirmay qo'ydi. Shuning uchun frantsiyalik merkantilist Antuan Monkret`en unga «politekonomiya - siyosiy iqtisod» (yunoncha politike – davlatni boshqarish san'ati) deb nom berdi. 1615 yilda yozgan «Siyosiy iqtisod bo'yicha risola»da Frantsiyaning tashqi savdo bo'yicha manfaatlarini himoya qilish uchun davlat tomonidan maxsus chora-tadbirlar qabul qilish bo'yicha o'z fikrlarini bildirgan. Shu paytdan boshlab nazariy iqtisodga milliy boylikni ko'paytirishda davlatning roli haqidagi ta'limot sifatida qaraladigan bo'ldi. Tarix sahnasiga savdo kapitali o'rniga sanoat kapitali chiqishi va hukmronligi o'rnatilishi bilan merkantilizm ilgarigi mavqeini yo'qotdi. O'rniga ilmiy nazariy iqtisod kirib keldi. XVII– XVIII asrlarda vujudga kelgan Angliya siyosiyiqtisodi, uning mashhur vakillari Adam Smit va David Rikardo kapitalistik munosabatlarni birinchi marta chuqur o'rganib, milliy boylikning o'sishi haqida o'z ta'limotlarini yaratdilar.
«Iqtisodiy tizim jamiyatdagi turli xo'jalik yurituvchi sub'ektlar o'rtasida iqtisodiy munosabatlar, aloqalar, jarayonlarni bir butun holda, muayyan tarzda tarkib topishi va tartibga solinishini ifodalaydi»2 . Ayniqsa, nazariyaga XX asrning 70 yillaridan boshlab, yangi institutsiionalizmning kirib kelishi va hozirga kelib (institutsional4 tahlil allaqachonlar XIX asrda vujudga kelgan), iqtisodiy tafakkurning asosiy oqimi (mainstream)ga aylanishi muhim rol` o'ynadi. Unda fan-texnika revolyutsiyasining oqibatlari, axborotning rivojlanishi, xo'jalik munosabatlarining sifat jihatdan o'zgarishi, global iqtisodiyotning shakllanishiga diqqat qaratiladi. Har bir mamlakatning o'ziga xos xususiyatlari, institutsional tarkibini hisobga olmay neoklassik nazariyaning universal metodlari asosida iqtisodiy siyosat yuritish - xatarli ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib kelishini hayot ko'rsatdi.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish