Iqtisodiy tahlil


Nisbiy va o’rtacha miqdorlardan foydalanish



Download 1,13 Mb.
bet16/105
Sana19.04.2022
Hajmi1,13 Mb.
#564255
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   105
Bog'liq
УМК Иқтисодий таҳлил 2016

2.2 Nisbiy va o’rtacha miqdorlardan foydalanish
Mutlaq ma’lumotlar bilan birga iqtisodiy tahlilda odatda foiz yoki koeffitsientlarda ifodalanadigan nisbiy ko’rsatkichlar keng qo’llaniladi. Nisbiy miqdorlar, masalan, aholi jon boshi hisobida mahsulot ishlab chiqarishni aniqlash uchun qo’llaniladigan reja topshiriqlarining bajarilish darajasi, me’yorlarga rioya qilinishi, o’sish sur’ati va ko’payish, tarkibi, intensivlik ko’rsatkichlari yoki ulushini tavsiflaydi. Bunday nisbiy ko’rsatkichlar mutlaqsonlarda hisoblansa-da, nisbiy miqdorlar toifasiga kiritiladi.
Ishlovchilarning mehnat unumdorligi, mahsulot birligiga material sarfi kabi ommaviy hodisalarni o’rganishda o’rtacha miqdorlarni qo’llash zarurati vujudga keladi.
Iqtisodiy tahlilda o’rtacha miqdorlar bir turdagi hodisalar majmuini qandaydir belgi bo’yicha umumlashtirilgan miqdoriy tavsifi uchun foydalaniladi, ya’ni bitta son bilan ob’ektlarning jami majmui tavsiflanadi. Masalan, ishchilarning o’rtacha oylik mehnat haqi o’rganilayotgan ishchilar majmuining mehnatiga haq to’lash darajasining umumlashma tavsifi uchun qo’llaniladi. O’rtacha miqdorlar yordamida turli ob’ektlar majmualarini qiyoslash mumkin: rentabellik darajasi bo’yicha tumanlar, mehnatga haq to’lash darajasi bo’yicha korxonalar va hokazo.
O’rtacha miqdorlarning keng tarqalgan shakli – o’rtacha arifmetik bo’lib, uning oddiy va tortilgan turlari mavjud. O’lchovlar haqida bevosita ma’lumotlar mavjud bo’lmaganda o’rtacha garmonik usul qo’llaniladi, o’sishning o’rtacha sur’atini hisoblashda esa o’rtacha geometrikka murojaat qilinadi.
O’rtachani hisoblashning mazkur usullari o’rganilayotgan majmuaning o’ziga xos jihatlarini tavsiflash uchun etarli bo’lmasligi mumkin. Bunda ixtiyoriy o’rtacha tortilgan miqdor hisoblash manbasi bo’lib xizmat qiluvchi ma’lumotlar tarkibining hosilasi ekanligini nazarda tutish talab etiladi. Sonlarni qatorlarga yanada teng taqsimlash barcha qatorlar uchun yanada tipik o’rtacha miqdorni beradi va aksincha.
Misol, 2015 yilning to’rt kvartali uchun ma’lumotlar bo’yicha mahsulot sotishning o’rtacha kvartal hajmini hisoblash.



Kvartal

I

II

III

IV

Tushum xi, so’m

587612

630544

691406

601417

xi ning har bir qiymatidan 587612 ni ayirib tashlash, keyin esa “qoldiq”lar bo’yicha o’rtachani hisoblash mumkin:






0

42932

103794

13805

(0+42932+103794+13805) / 4 = 40133 so’m


Izlanayotgan kvartalda sotishning o’rtacha miqdori quyidagiga teng bo’ladi:
X = 40133+587612 = 627745 so’m
o’rtacha arifmetikdan tashqari o’rtacha miqdorlarning boshqa shakllari ham qo’llaniladi. Birinchi navbatda bu o’rtacha geometrik bo’lib, u miqdorni emas, balki miqdorlarning individual qiymatlari ko’paytmasini o’zgarmas saqlashga imkon beradi:

O’rtacha geometrik asosan o’sish sur’atini o’rganishda keng qo’llaniladi.
Misol, 2004 yilning to’rt kvartali davomida korxona mahsulot ishlab chiqarishida foydaalnilgan xom ashyo narxining o’sish sur’ati har xil bo’lgan. Yilning to’rt kvartali uchun ma’lumotlar bo’yicha yil uchun o’rtacha kvartallik narx o’sish sur’atini topish talab qilinadi.

Kvartal

I

II

III

IV

O’sish sur’ati

1,05

1,09

2,01

1,56

Narx o’sish sur’ati quyidagini tashkil qilgan: 1,05∙1,09∙2,01∙1,56 = 3,59
Agar o’rtacha o’sish sur’atini hisoblash uchun o’rtacha arifmetik formulasidan foydalanilsa, yillik o’sish sur’ati o’rtacha 1,43 martani tashkil qilganligini ko’ramiz:
(1,05+1,09+2,01+1,56)/4 = 1,43
Olingan qiymat o’sish sur’atining haqiqiy manzarasini berishi ehtimoldan uzoq, chunki agar har kvartalda narxlar 1,43 marta oshgan deb taxmin qilinsa, u holda yillik o’sish sur’ati 4,15 martani tashkil qilishi lozim:
1,43∙1,43∙1,43∙1,43 = 4,15 marta
Bunday qarama-qarshilik yuzaga kelmasligi uchun bir yilda o’rtacha kvartallik narx o’sish sur’atini hisoblash uchun o’rtacha geometrik formulasidan foydalanish talab qilinadi:

Iqtisodiy tahlilda o’rtacha xronologik usul ham keng qo’llaniladi. Korxonalarni tavsiflash uchun oraliq va oniy ko’rsatkichlar qo’llaniladi. Birinchisiga misol sifatida tovar aylanmasi, foyda, qandaydir davr uchun tushumlar hajmi; ikkinchisiga esa – muayyan sana uchun zaxiralar, asosiy mablag’lar va ishlovchilar soni haqida ma’lumotlarni keltirish mumkin. Oraliq ko’rsatkichlarni o’rtachalashtirish uchun ko’pincha o’rtacha arifmetik formulasi qo’llanilsa, oniy ko’rsatkichlarni o’rtachalashtirish uchun aynan o’rtacha xronologik formulasidan foydalaniladi. Agar X1,…,Xn oniy ko’rsatkichlar qatori berilgan bo’lsa, u holda mazkur qator uchun o’rtacha xronologik Sch quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:


Sch = (X1/2+X2+...+Xn­1+Xn/2)/ n-1
Misol, 2015 yildagi do’konda tovar zaxirasining o’rtacha miqdorini topish talab qilinadi, agar har bir kvartal boshi uchun zaxiralar haqida quyidagi ma’lumotlar mavjud bo’lsa (ming so’m):
Zaxira

1 yanvar

1 aprel

1 iyul

1 oktyabr

1 yanvar

2015

2015

2015

2015

2016

100

120

111

140

106

O’rtacha xronologik formulasidan foydalangan holda quyidagini topamiz:
Sch = (100/2+120+111+140+106/2)/(5-1) = 118,5 ming so’m
Olingan miqdorning iqtisodiy talqini quyidagicha: 2015 yil davomida korxona har kuni o’rtacha 118,5 ming so’mga teng tovar zaxirasiga ega bo’lgan.

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish