Iqtisodiy tahlil



Download 1,13 Mb.
bet14/105
Sana19.04.2022
Hajmi1,13 Mb.
#564255
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   105
Bog'liq
УМК Иқтисодий таҳлил 2016

2.1. Taqqoslash usuli
Bilishning ilmiy usullaridan biri sifatida taqqoslash iqtisodiy tahlilda keng qo’llaniladi. Uning mohiyati – bir turdagi ob’ektlar o’rtasidagi o’xshashlik yoki farqlarni aniqlash maqsadida ularni qiyoslashdan iborat. Taqqoslash yordamida iqtisodiy hodisalardagi umumiylik va o’ziga xosliklar aniqlanadi, tadqiq etilayotgan ob’ektlar darajasida o’zgarishlar belgilanadi, ularning rivojlanish tendentsiyalari va qonuniyatlari o’rganiladi. Iqtisodiy tahlilda taqqoslashning quyidagi turlari qo’llaniladi:

  • Haqiqatdagi hisobot ma’lumotlarini rejaviy ma’lumotlar bilan taqqoslash. Rejaning bajarilish foizini aniqlash taqqoslash natijasi hisoblanadi;

  • Iqtisodiy hodisalar rivojlanishidagi tendentsiyalar, qonuniyatlarni aniqlash maqsadida ko’rsatkichlarni dinamikada taqqoslash;

  • Tahlil qilinayotgan korxona ko’rsatkichlarini tarmoq bo’yicha o’rtacha qiymatlar bilan taqqoslash;

  • O’rganilayotgan korxonaning faoliyat ko’rsatkichlarini raqobatchilarning mutanosib ko’rsatkichlari bilan taqqoslash;

  • optimal qarorlarni tanlash maqsadida turli boshqaruv qarorlari natijalarini taqqoslash;

  • samaradorligini baholash maqsadida boshqaruv qarorlari qabul qilingunga qadar va qabul qilingandan keyingi faoliyat natijalarini taqqoslash.

Quyidagilar ko’rsatkichlar taqqoslanuvchanligining majburiy sharti hisoblanadi:

  • hajm, qiymat, sifat va tuzilmaviy ko’rsatkichlar birligi;

  • qiyoslash amalga oshirilayotgan vaqt davri birligi;

  • ishlab chiqarish shartlari taqqoslanuvchanligi;

  • ko’rsatkichlarni hisoblash metodikasi taqqoslanuvchanligi.

Taqqoslanmaydigan ko’rsatkichlarni qiyoslash tahlil natijalari asosida noto’g’ri xulosa chiqarilishiga olib keladi. Shuning uchun qiyoslashni amalga oshirishdan avval ko’rsatkichlarni taqqoslama ko’rinishga keltirish lozim, ya’ni qiyoslanayotgan ko’rsatkichlarni sanab o’tilgan omillarga muvofiq yagona asosga keltirish lozim.
Agar taqqoslanmaydigan ko’rsatkichlar qiymat bahosining turli darajasi oqibatida kelib chiqqan bo’lsa, u holda ushbu omilni neytrallashtirish uchun ko’rsatkichlar ayni bir narxda ifodalanadi. Masalan, yalpi mahsulot qiyoslanuvchanligini ta’minlash uchun uning hisobot va bazis davrdagi jismoniy hajmi bazis davri narxlarida ifodalanadi:
Iyam = ∑q1p0 / ∑q0p0
Bu erda q1 i q0 – mos ravishda hisobot va bazis davrdagi i-turdagi mahsulot ishlab chiqarishning jismoniy hajmi;
p0 – i-turdagi mahsulotning bazis davrdagi narxi.
Korxonalar faoliyat ko’lami o’zgarishi tufayli ko’plab ko’rsatkichlar taqqoslanmaydigan bo’lishi mumkin. Masalan, agar hisobot yili xarajatlar miqdori (∑q1b1+a1) bazis yil xarajatlari (∑q0b0+a0) bilan taqqoslansa, u holda mazkur ko’rsatkichlarning farqi nafaqat mahsulot tannarxi darajasining o’zgarishi bilan, balki mahsulot ishlab chiqarish hajmidagi o’zgarishlar bilan ham shartlangan bo’ladi. Xarajatlarni taqqoslanma ko’rinishga keltirish uchun hajm omilining ta’sirini neytrallash talab etiladi, buning uchun bazis davr xarajatlari miqdorini hisobot davri mahsulot ishlab chiqarishning haqiqatdagi hajmiga (∑q1b0+a0) qayta hisoblash zarur va shundan so’ng hisobot davri xarajatlari miqdori taqqoslanadi:
Iz = ∑q1b1+a1 / ∑q0b0+a0
Bu erda b – i-turdagi mahsulot birligiga o’zgaruvchan xarajatlar;
a – tadqiq etilayotgan davrda jami mahsulot ishlab chiqarish uchun doimiy xarajatlar.
Taqqoslanayotgan ko’rsatkichlarni bir tuzilmaga keltirish uchun mahsulot ishlab chiqarishning haqiqatdagi hajmini bazis davr tarkibiga qayta hisoblash zarur:
2.2-jadval.

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish