“Iqtisodiy xavfsizlik” fanining predmeti, obyekti va maqsadi


-rasm. Xavfsizlik subyektlari va obyektlari1



Download 41,6 Kb.
bet3/3
Sana28.03.2023
Hajmi41,6 Kb.
#922695
1   2   3
Bog'liq
Iqtisodiy xavfsizlik

1.1-rasm. Xavfsizlik subyektlari va obyektlari1





Tabiat

Davlat qurilishi
Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasining mazmun va mohiyatini yoritib berishdan oldin milliy xavfsizlik tushunchasiga to‘xtalib o‘tish kerak bo‘ladi. Milliy xavfsizlik manfaatlarni himoyalashning umumiy shakli sifatida manfaat va ehtiyojlarni qondirish, moddiy, ma’naviy, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo‘lish va farovonlikka intilish to‘g‘risidagi barcha tasavvurlarni



1 “Дaвлaтнинг иқтисодий хaвфсизлиги”. Ҳ.П.Aбулқосимов. Тошкент - 2012, 9 бет.
ifodalaydi. Mamlakatning milliy xavfsizligi uning milliy manfaatlarini turli siyosiy, harbiy, iqtisodiy, yekologik, g‘oyaviy va boshqa omillar ta’siri va tahdidlardan himoya qilishga yo‘naltiriladi. Shuning uchun ham milliy xavfsizlik tarkibi murakkab tuzilishga yega bo‘lib, siyosiy, harbiy, iqtisodiy, yekologik, g‘oyaviy, mafkuraviy, axborot xavfsizligini o‘z ichiga oladi (1.1-rasm).








1.2-rasm. Milliy xavfsizlik turlari


Iqtisodiy xavfsizlik – iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. U iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy o‘sish ta’minlangan, ijtimoiy ehtiyojlar optimal darajada qondirilgan, ratsional boshqarish amalga oshirilgan, milliy va xalqaro darajalarda iqtisodiy manfaatlarning himoyalangandagi holatini ifodalaydi.
Iqtisodiy xavfsizlik mamlakatning iqtisodiy jihatdan mustaqil, barqaror rivojlanishiga qodirligini ta’minlashga yo‘naltirilgan.
Respublikamizda iqtisodiy xavfsizlik masalasi mamlakat milliy xavfsizligining bir qismi sifatida birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimovning «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida ko‘rib chiqildi. Unda mamlakatning milliy xavfsizligi, uning ajralmas qismi bo‘lgan iqtisodiy xavfsizlik masalalari nazariy jihatdan chuqur tahlil qilindi.
Hozirgi paytda iqtisodiy xavfsizlik bu – mamlakat iqtisodiyotini doimiy barqaror rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarning umummilliy majmuasi bo‘lib, u albatta davlatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligi va mustaqilligini hamda tashqi va ichki tahdidlarga qarshi turish mexanizmini ko‘zda tutadi.
Ilmiy adabiyotlarda va darsliklarda «iqtisodiy xavfsizlik» tushunchasining turlicha talqinlari berilgan. Bir guruh olimlar mazkur tushuncha mazmunini mamlakatning yetarli mudofaa salohiyatini, davlat siyosatining ijtimoiy yo‘naltirilganligini, milliy manfaatlarni himoya qilishni kafolatlashga qodir bo‘lgan iqtisodiyot va hokimiyat institutlarining ahvoli sifatida ta’riflaydi.
Boshqa bir guruh olimlar yesa o‘rganilayotgan tushunchani hokimiyat institutlarining iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan, milliy manfaatlarni himoya qilish va ro‘yobga chiqarish hamda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlash mexanizmlarini yaratishga qodirligi va tayyorligi, deb talqin qiladilar.
A. Isaxodjayev va A. Rasulevlarning fikricha, iqtisodiy xavfsizlik bu faqat milliy manfaatlarni himoya qilishdan iborat bo‘lmay, davlat hokimiyati institutlari, ijtimoiy assotsiatsiyalar, xususiy sektorning mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining milliy manfaatlarini amalga oshirish va himoya qilish mexanizmini yaratish, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlashga tayyorligi va qobiliyatidir. “Iqtisodiy xavfsizlik” deganda iqtisodiyotning mamlakat ijtimoiy, siyosiy va mudofaa qobiliyatining yetarli darajasini ta’minlash imkonini beradigan holati tushuniladi. “Iqtisodiy xavfsizlik” – bu xalqning (davlat orqali) mustaqil ravishda, tashqaridan bo‘ladigan aralashish va taziqlarsiz o‘z iqtisodiy taraqqiyot yo‘li hamda shakllarini belgilashidir. “Iqtisodiy xavfsizlik” – bu nafaqat milliy manfaatlarni himoyalanganligi, balki hokimiyat institutlarining mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish borasidagi milliy manfaatlarni amalga oshirish va himoyalash
mexanizmlarini yaratishga bo‘lgan tayyorligi va qobiliyati hamdir.
Rossiyalik mashhur olim, akademik L. Abalkin «iqtisodiy xavfsizlik» tushunchasining uchta asosiy elementini ajratib ko‘rsatgan. Bular: iqtisodiy mustaqillik, milliy iqtisodiyotning barqarorligi, mamlakatning o‘z-o‘zidan rivojlanish va taraqqiy yetishga qodirligi.
L.Abalkinning fikricha, iqtisodiy mustaqillik absolyut xarakterga yega yemas, chunki xalqaro mehnat taqsimoti milliy iqtisodiyotlarni bir-biriga bog‘liq qilib qo‘yadi. Bunday sharoitlarda iqtisodiy mustaqillik milliy resurslarni nazorat qilish imkoniyatini bildiradi. Ishlab chiqarish, samaradorlik va mahsulot sifatining shunday darajasiga yerishish kerakki, u mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlasin va jahon savdosida, kooperatsiya aloqalarida va fan-texnika yutuqlarini ayirboshlashda teng ishtirok yetish imkoniyatini bersin. Milliy iqtisodiyotning barqarorligi yesa mulkchilikning barcha shakllarini himoya qilish, tadbirkorlik faolligi uchun sharoit va kafolatlarni yaratish, barqarorlikka putur yetkazishi mumkin bo‘lgan omillarga (masalan, iqtisodiyotda kriminal tuzilmalar bilan kurash, og‘ir ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan daromadlar taqsimlanishida katta tafovutlarga yo‘l qo‘ymaslik) to‘siq bo‘lish imkoniyatlarini bildiradi.

Davlat xavfsizligi
Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning muhim tarkibiy qismi, uning moddiy asosi bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiy kategoriya sifatida davlatchilik shakllangan hamda jamiyat o‘z manfaatlarini anglab yyetgan davrlardan paydo bo‘la boshlagan.
Iqtisodiy xavfsizlik o‘zining obyekt va subyektlariga yega bo‘lib, uning obyekti deganda mamlakatning iqtisodiy tizimi hamda uni tashkil yetuvchi elementlari tushuniladi.
Iqtisodiy xavfsizlik obektlariga quyidagilar kiradi:

    • tabiiy boyliklar;

    • inson resurslari, mehnatga layoqatli aholi;

    • ishlab chiqarish fondlari;

    • ko‘chmas mulk;

    • moliyaviy resurslar;

    • xo‘jalik tizimlari;

    • mintaqalar;

    • oila;

    • inson.

Iqtisodiy xavfsizlik subektlari quyidagilardan iborat:

    • funksional va tarmoq vazirliklari hamda idoralari;

    • soliq xizmatlari;

    • bojxona xizmatlari;

    • banklar;

    • birjalar;

    • sug‘urta kompaniyalari;

    • qonun chiqaruvchi organlarning tegishli qo‘mita va komissiyalari;

    • mahsulot ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar, ish va xizmatlar ko‘rsatuvchilar;

    • iste’molchilar jamiyatlari.

Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi turlari mavjud:

    • ishlab – chiqarish –texnologik sohalardagi xavfsizlik;

    • sanoat sohasidagi xavfsizlik;

    • oziq-ovqat xavfsizligi;

    • demografik xavfsizlik;

    • moliyaviy xavfsizlik;

    • axborot xavfsizligi;

    • tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi xavfsizlik va h.k.


Iqtisodiy xavfsizlik darajalari





Xalqaro daraja


Milliy daraja





Mintaqaviy xavfsizlik

Xususiy

Jamiyat xavfsizligi

Mintaqa xavfsizligi




Firma xavfsizligi


Shaxs xavfsizligi




1.3-rasm. Iqtisodiy xavfsizlik darajalari 2


L.Abalkinning ta’kidlashicha, mamlakatning o‘z-o‘zidan rivojlanish va taraqqiy yetishga qodirligi ayniqsa hozirgi paytda o‘ta muhimdir. Investitsiya va innovatsiyalar uchun kerakli muhitni yaratish, ishlab chiqarishni muntazam modernizatsiya qilish, xodimlarnining bilim, kasb-malaka, umumiy madaniy darajasini oshirish kabilar milliy iqtisodiyotning barqarorligining zarur va muhim shartlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyot va hokimiyat institutlarining shunday holatidirki, bunday holatda mamlakat milliy manfaatlarining kafolatli himoyalangani, mamlakat iqtisodiy rivojining ijtimoiy yo‘naltirilganligi, ichki va tashqi jarayonlar rivojidagi eng noqulay sharoitda ham mudofaa salohiyatining yetarli darajada ta’minlanganligini ifoda yetadi.
Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi darajalari mavjud:

  • xalqaro (global va mintaqa darajasida);

  • milliy, lokal (mamlakat ichidagi mintaqa yoki tarmoq darajasida);

  • xususiy (firma va shaxs darajasida).

Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik – bu har bir davlat, ya’ni dunyo hamjamiyati a’zosining o‘z ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti strategiyasini yerkin tanlash va amalga oshirish imkoniyatlarining ta’minlangandagi holatidir.
Xalqaro iqtisodiy xavfsizlikni amalga oshirishda taraqqiyot modellarini zo‘rlab o‘tkazish, iqtisodiy va siyosiy jihatdan majburlashdan voz kechish, har qanday xalqning o‘z mustaqil yo‘lini tanlash huquqini tan olish, turli mulkchilik shakllari va manfaatlarning mavjudligini qonuniy yekanligini hurmatlash yo‘lidan boriladi.
Milliy iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyot va hokimiyat institutlarining milliy manfaatlarni kafolatli himoyalanganligi, mamlakat rivojlanishining ijtimoiy yo‘naltirilganligi, yetarli iqtisodiy va mudofaa salohiyatining ta’minlangandagi holatini ifodalaydi.
Korxona (firma)ning iqtisodiy xavfsizligi – ma’muriyat va personal tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy, tashkiliy- iqtisodiy va injener-texnik



2 Вечканов Г.С. Экономическая безопасность. – СПб.: Питер, 2007, с. 67
chora-tadbirlar tizimi tufayli vujudga keltirilgan hayotiy muhim iqtisodiy manfaatlarning ichki va tashqi xavf-xatarlardan himoyalanganlik holatidir3.




3Abulqosimov X.P. Iqtisodiy xavfsizlik. T.: Akademiya, 2006, 111 – b.
Download 41,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish