Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]



Download 112,6 Kb.
bet16/54
Sana31.03.2022
Hajmi112,6 Kb.
#520872
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54
Bog'liq
Havo kodeksi

40-modda. Reyestrdan o‘chirish
Havo kemasi O‘zbekiston Respublikasining tegishli reyestridan quyidagi hollarda:
a) havo kemasi foydalanishdan chegirib tashlansa yoki chiqarilsa;
b) havo kemasi belgilangan tartibda chet el davlatiga, chet el yuridik yoki jismoniy shaxsiga sotilsa yoki berilsa;
v) havo kemasi eksperimental havo kemalari qatoriga o‘tkazilsa;
g) havo kemalarini ro‘yxatga olish tartibida nazarda tutilgan boshqa hollarda o‘chirilishi mumkin.
Havo kemasini O‘zbekiston Respublikasining tegishli reyestridan o‘chirish bilan kemaning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma va bu havo kemasi haqidagi tegishli reyestrdagi yozuvlar o‘z kuchini yo‘qotadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2007-yil 12-sentabrdagi 141-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalari”ning 17-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2005-yil 7-yanvardagi 3-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining eksperimental havo kemalarini davlat ro‘yxatiga olish qoidalari”ning 26 — 29-bandlari.
41-modda. Havo kemalariga qo‘yiladigan belgilar
Ro‘yxatdan o‘tkazish paytida havo kemalariga ro‘yxat belgisi va davlat tanish belgisi berilib, ular shu havo kemalarida qayd etiladi.
Ro‘yxat belgisi va davlat tanish belgisidan tashqari havo kemalariga qo‘shimcha belgilar (ramzlar, yozuvlar, nishonlar) qo‘yilishi mumkin. Mazkur belgilarni havo kemalariga qayd etishda ro‘yxat belgisi va davlat tanish belgisining ko‘rinishini yomonlashtirmaslikka e’tibor qilish lozim.
Fuqaro va eksperimental havo kemalariga ro‘yxat belgisini va davlat tanish belgisini hamda boshqa belgilarni qayd etish tartibi Aviatsiya ma’muriyati tomonidan, davlat havo kemalariga qayd etish esa O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Fuqaro havo kemalariga ro‘yxat belgisi va davlat tanish belgisini hamda boshqa belgilarni qayd etish aviatsiya qoidalari (O‘ZR AQ-44)” (ro‘yxat raqami 2811, 14.07.2016-y.).

Download 112,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish