"iqtisodiyot "fakulteti "iqtisodiyot nazariyasi" kafedrasi


Koronavirus pandemiyasining jahonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga ta’siri



Download 2,09 Mb.
bet10/23
Sana31.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#236815
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
kurs ishi BOLTAYEV DAVRONBEK

Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.

Koronavirus pandemiyasining jahonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga ta’siri


Pandemiya natijasida jahon iqtisodiyotiga umumiy ko‘lamda va xususan qishloq xo‘jaligiga yetadigan zararning aniq miqyosini aytish xozircha qiyin. Ammo global miqyosda virusning mazkur sohaga ta’siri shu paytgacha juda past darajada.

Jumladan, ko‘pchilik mamlakatlarning oziq-ovqat xavfsizligi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan don ekinlarining (bug‘doy, makkajo‘xori va guruch) narxlari jahon bozorlarida bugungi kunda barqarorligicha qolmoqda. Qayd etish lozimki, don ekinlarining 2019 yilda jahondagi yetishtirilishi ko‘lami va yakuniy zaxiralari avvalgi yillarning ko‘rsatkichlariga nisbatan yuqori hamda 2008−2009 yillardagi umumjahon oziq-ovqat inqirozi davriga nisbatan yuqoriroq bo‘lgan.

Hozirgi vaqtda alohida hukumatlar tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining xalqaro savdosiga kiritilayotgan cheklovlar, ichki va tashqi bozorlardagi yakuniy iste’molchilarga yetkazib berish zanjirlarining uzilishiga olib keluvchi logistika bilan bog‘liq qiyinchiliklar, shuningdek joriy etilayotgan karantin choralari natijasida mamlakat ichida qishloq xo‘jaligidagi ishchi kuchi harakatlanishining cheklanishi jahon qishloq xo‘jaligi uchun asosiy xatarlardir.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasidagi xozirgi vaziyat va aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash


Shu vaqtga qadar O‘zbekistonda pandemiya qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlarda jiddiy uzilishlarga olib kelmadi. Bahorgi ekin mavsumi muvaffaqiyatli o‘tishi, meva-sabzavotchilik mahsulotlarining yangi hosili iste’molchilarga to‘siqlarsiz yetib borishi, soha xodimlari o‘z ish joylariga nisbatan erkin yetib olishlari uchun hukumat barcha zaruriy choralarni ko‘rmoqda.

Mahalliy bozor pandemiya keltirib chiqargan vahimaga oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ko‘tarilishi bilan javob berdi. Ammo ularning asosiy turlari, masalan mahalliy bug‘doy va un uchun, narxlar xozirgi kunda ko‘tarilgan bo‘lsa ham, ular unchalik yuqori emas. Bundan tashqari, biz do‘konlarning peshtaxtalari va bozorlarning rastalari mahsulotga to‘la ekanligini, mahallalarda oziq-ovqat mahsulotlarini sotish shoxobchalari ochilayotganini, ko‘pgina sotuvchilar esa mahsulotlarni uygacha yetkazib berish xizmatlarini taklif etayotganini ko‘rmoqdamiz.

Albatta, mamlakatning ayrim hududlarida oziq-ovqat mahsulotlarining ba’zi turlari bo‘yicha taqchillik yuzaga kelishi mumkinligini istisno etmaslik lozim, ammo mahalliy hokimiyatlar ushbu masalani hal qilish uchun yetarli darajada tezkor choralar ko‘rmoqdalar.

Misol uchun, Andijon viloyatida mahalliy ishlab chiqarilgan un yetishmovchiligi to‘g‘risida xabarlar bo‘ldi. Haqiqatdan ham, karantin davrida viloyatlardagi un tegirmonlariga bug‘doy va oziq-ovqat do‘konlariga un yetkazib berish hajmlarini oshirish kerak va bu hukumat tomonidan amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, iste’molchilar vahimaga berilmasliklari va unni haddan tashqari katta hajmlarda xarid qilmasliklari lozim. O‘zbekistonda bug‘doy zaxiralari keragidan ham ortiqroq, bundan tashqari, iyun oyida don ekinlari yangi hosilining terimi boshlanadi, bu esa mahalliy ishlab chiqarilgan un zaxiralarini qo‘shimcha oshirish imkoniyatini beradi.

Yuqorida aytib o‘tilgan, hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ichki bozorda mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabni qo‘llab-quvvatlamoqda. Shakar, un va o‘simlik yog‘idan tashqari O‘zbekiston, umuman olganda, oziq-ovqat importiga bog‘lanib qolmagan. Bu yilgi mavsumning asosiy vazifasi butun mamlakat bo‘ylab fermerlar mahsulotlarini o‘z vaqtida ekib, hosilini yig‘ib olishlaridan iborat.


Import qiluvchi mamlakatlardagi iqtisodiy vaziyatning o‘zgarishi natijasida mahalliy meva-sabzavot mahsulotlari eksportchilari uchun mavjud xatarlar


2020 yilda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi uchun mavjud xatarlar orasida mahalliy meva-sabzavotchilik mahsulotlarining eksporti bilan bog‘liq murakkabliklarni aytib o‘tish mumkin. So‘ngi uch yil mobaynida ushbu mahsulotlarning eksport hajmlari 570 mln AQSH dollaridan 1,3 mlrd dollargacha o‘sdi. Lekin mahalliy sabzavotlar va mevalarning asosiy importchilari bo‘lgan Rossiya va Qozog‘istondagi aholining xarid qilish qobiliyati pasayishi, shuningdek ularning milliy valyutalari devalvatsiyasi munosabati bilan mazkur mahsulotlarga bo‘lgan talabning pasayishi kutilmoqda.

Ayni vaqtda, O‘zbekistondan keltirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘pgina holatlarda raqobatchilarning, deylik Turkiya va Chili davlatlaridagi, mahsulotlaridan arzonroq narxlarda sotilishi 2020 yilda O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlarga talabning nisbatan o‘sishiga olib kelishi mumkin. Ammo hozirgi bosqichda meva-sabzavotchilik mahsulotlarining mahalliy eksportchilari uchun qandaydir muayyan prognozlar qilish mushkul.


Koronavirus pandemiyasining O‘zbekiston qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqarish va bandlikning o‘sish sur’atiga ta’siri


2020 yilda mazkur sohadagi o‘sish, O‘zbekistonning butun iqtisodiyoti kabi, katta ehtimol bilan sekinlashadi (Jahon bankining prognozlariga muvofiq, mamlakat iqtisodiyotining o‘sishi joriy yilda 5.7% dan 1.6% ga pasayadi — tah.). Ayni paytda agrar sohaning o‘sishi boshqa sohalar bilan taqqoslaganda o‘rtachadan yuqoriroq bo‘ladi, chunki pandemiya davrida qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talab yuqori bo‘lib, milliy iqtisodiyotning boshqa sohalari to‘g‘risida bunday deb bo‘lmaydi.

Kuzgi bug‘doy ekini yaxshi qishlab oldi va don ekinlarining hosili o‘tgan yilgi hajmi 6 mln tonnaga yetgan hosildan kam bo‘lmaydi. Paxta klasterlarining yaxshi tayyorgarligi sababli paxtani ekish jarayoni me’yorida o‘tmoqda.

Bundan tashqari, fermerlarga urug‘larni, yonilg‘i-moylash materiallarini va o‘g‘itlarni o‘z vaqtida yetkazib berish uchun «yashil yo‘lakchalarni» yaratishdagi hamda bularni xarid qilish uchun imtiyozli kreditlarni ajratishdagi davlat yordamini ham inobatga olish zarur. Yaqin orada kartoshka, meva va sabzavotlar hosilini terib olishning asosiy mavsumi boshlanadi va barcha fermer xo‘jaliklari bunga o‘z tayyorgarliklarini boshlab yubordilar.

Sohadagi o‘sish sur’atining pasayishiga va muayyan darajada bandlikning kamayishiga hissa qo‘shuvchi omillar, avvalroq aytib o‘tganimdek, import qiluvchi mamlakatlardagi meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga bo‘lgan talabning kamayishidan iborat. Pandemiya keltirib chiqargan iqtisodiy inqiroz natijasida daromadlarning hamda mehnat muhojirlari tomonidan pul o‘tkazmalarining kamayishi natijasida O‘zbekiston aholisidagi xarid qilish qobiliyatining pasayishi xam salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Hosil terimiga jalb etiladigan ish kuchining, ayniqsa mamlakatning boshqa viloyatlaridan qishloq xo‘jaligidagi mavsumiy ishlarga keluvchi fuqarolarning harakatiga vaqtincha cheklovlar o‘rnatilishi ham sohadagi o‘sishning sekinlashuviga hissa qo‘shadi.


Alohida mamlakatlar tomonidan oziq-ovqat eksportining qisqartirilishi yoki to‘xtatilishi bilan bog‘liq O‘zbekiston uchun xatarlar


Aprel oyining boshida BMTning Oziq-ovqat va qishloq-xo‘jaligi dasturi (FAO), Jahon sog‘liqni-saqlash tashkiloti (BSST) va Jahon savdo tashkiloti (JST) rahbarlari oziq-ovqat ta’minotida uzilishlarning oldini olish maqsadida dunyo mamlakatlarini xalqaro savdoga cheklovlar o‘rnatilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun sa’y-harakatlarni amalga oshirishga chorladilar.

Darhaqiqat, alohida hukumatlar o‘z oziq-ovqat xavfsizliklarini ta’minlash maqsadida qator oziq-ovqat mahsulotlariga nisabatan vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatdilar. Jahon banki FAO, JSST va JST xavotiriga qo‘shilgan holda hisoblaydi-ki, hukumatlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining xalqaro savdosi uchun to‘siqlar yaratayotgan mamlakatlarda eksport cheklovlari oziq-ovqat ta’minoti muammosini hal etmaydi.

Bular bevaqt javob choralaridir, ayniqsa pandemiya shundoq ham jahon bozorlari uchun ko‘plab xatarlar va noaniqliklar keltirib chiqarishini inobatga oladigan bo‘lsak. Jahondagi oziq-ovqat zaxiralari har qachongidan ham katta ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga ta’qiq o‘rnatish hojatsiz zarar keltiradi, shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlariga narxlarning ko‘tarilishi hamda inqirozning aholi uchun iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini faqat og‘irlashtiradi.

Xususan, Qozog‘iston tomonidan joriy yilning 1 aprelidan bug‘doy va un uchun eksport kvotalarining o‘rnatilishi O‘zbekistondagi vaziyatga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu mamlakatdan bug‘doyni eksport qilish uchun kvota aprel oyiga hukumat tomonidan 200 ming tonna miqdorida belgilangan, un eksporti uchun esa 70 ming tonna miqdorida. Eksport kvotalari iste’molchi mamlakatlarga, shu jumladan O‘zbekistonga ham, ushbu turdagi mahsulot importining kamayishiga olib keladi. Lekin mazkur cheklovlarning salbiy ta’siri O‘zbekiston uchun kichik va vaqtinchalik bo‘ladi. Buni qanday tushuntirish mumkin?




Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish