Iqtisodiyot” kafedrasi 5230100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) bakalavr yo‘nalishlari talabalari uchun


Franchayzingning asosiy turlari va qoidalari



Download 172 Kb.
bet6/13
Sana06.03.2022
Hajmi172 Kb.
#484140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Biznesni rejalashtirish usl qo\'llanma 5230100 sirtqi 3-semetr

Franchayzingning asosiy turlari va qoidalari.
Franchayzing tizimi franchayzing bitimiga asoslanadi. Yirik firma bitimga asosan boshqa firma yoki ishbilarmonlarga xodimlarni tayyorlashda, dastgohlarni sozlashda, texnologiyani o‘zlashtirishda, tashkiliy masalalarda, reklamada, ta’minotda, mahsulot sotishda yordam ko‘rsatish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.Bu xizmatlar uchun kichik firma ularga vaqti-vaqti bilan to‘lovlar to‘lab turadi hamda o‘z kapitalining bir qismini investitsiya qiladi, marketing va menejment bo‘yicha xizmat ko‘rsatish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Franchayzingning asosiy prinsiplari: franchayzingning “nou-xau”sini franchayzing kapitali bilan birlashtirish. Franchayz — litsenziya asosida biznes olib borish uchun ma’lum belgilangan miqdordagi badal.Franchayzing tizimi o‘zining afzallik tomoni va kamchiligiga ega. Franchayzing tizimning foydali tomoni quyidagilardan iborat: franchayzerning sotib olish uchun to‘lagan to‘lovi zaruriy kapitalni ta’minlaydi va kelajakdagi moliya bilan ta’minlash tashqi zayomlarsiz amalga oshiriladi, qandaydir yangilikni amaliyotda kichik tavakkalchilik bilan tekshirish imkonini beradi. Kamchiliklari quyidagilardan iborat: franchayzer o‘z daromadini ushbu tizim qatnashchilari bilan bo‘lishadi, bu esa boshqa firmalarga qaraganda daromadni pasaytiradi. Franchayzing-ni franchayzat (kichik firma) uchun foydali tomoni shundan iboratki, kichik shakldagi bizneslar tashkil etish uchun kam kapital harajat talab qiladi, bu esa erkin ishbilarmon bo‘lish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.Haridorlar uchun keng ma’lum bo‘lgan firmani va uning mahsulotining nomi franchayzatga qo‘shimcha harajatlarsiz avval bunyod etilgan tovarning “imidj”ini va oldindan tekshirib ko‘rilgan shakllarini ishlatishga imkon yaratadi. Undan tashqari bosh firma kelajakda yangi kiritilayotgan texnik vositalar, texnologiyalar va reklama qiymatini bir qismini qoplash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi va barcha zaruriy xizmatlar ko‘rsatadi. Franchayzingni ikkita asosiy turi mavjud: tovarli va ishbilarmonli. Tovarli franchayzing franchaziatga har xil tovar guruhlariga tegishli bir to‘plam tovarni sotish bilan bog‘liq to‘lanadigan haq franchayziatlardan ma’lum sharoitlarda undiriladi Ishchanlik franchayzingi haqidagi kelishuv quyidagi xizmatlar ko‘rsatilishini aks etgirishi mumkin: xizmatchilarni o‘qitish, mutaxassislar tomonidan korxonaning qurilishi uchun maydon tanlash, asosiy fondlarni ijaraga topshirish yoki tayyor korxonani ekspluatatsiya qilish, xo‘jalik faoliyati sohasidagi bilim va tajribalar bilan ta’minlab berish. Har qanday franchayzing tizimining asosini tomonlarning vazifalarini o‘z ichiga oluvchi franchayzing shartnomasi tashkil qiladi. Qabul qilingan kelishuvga binoan hech qaysi bir tomon boshqa tomonning soliq va qarziga javob berishga majbur emas. Shuning uchun shartnoma imzolanishdan avval asosiy vaziyatlarini chuqur ko‘rib chiqishi va omilkor mutaxassis bilan maslaxatlashish zarur.Shartnoma tuzishda quyidagilar aniqlanishi shart: Mahsulot sotish uchun franchayziatda texnik, franchayzerda esa xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari bormi; raqobatchi mahsuloti bilan solishtirib sotish uchun taklif qilgan franchayzerning mahsuloti noyobmi; franchayziat uchun mahsulot tayyorlab beruvchi va aniq bir yordam ko‘rsatuvchi, franchayz uning oldida qaysi darajada javobgar bo‘ladi; korxonaning (franchayzerning) moliyaviy ahvoli qaysi holda, franchayziat kimning mahsuloti bilan savdo qilmoqchi; shu asosda ishlovchi boshqa korxona egalarining asosiy faoliyati va ish uslubi qanday; franchayzingda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan va har doim o‘zgarib turuvchi texnologiya, imkoniyat va resurslar bormi; franchayzing shartnomasining davomiyligi qanday; shartnomani o‘zgartirishga qanday shartlar va harajatlar kerak; mahsulotni chet eldan keltirish qanday muddatda amalga oshiriladi, uzilish xavfi yo‘qmi, chet el valutasini yo‘qotish mumkinmi; mahsulot narxiga ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘langan holda import uchun boj qo‘yiladimi va qandaydir qoida bormi; franchayzga keladigan, franchayziatning korxonaga (franchayzerga) to‘lashi kerak bo‘lgan litsenziya to‘lovi pul miqdori qancha (agarda u qo‘yilgan bo‘lsa), bu pul miqdori qoidaga ko‘ra korxonaning reklamasi uchun doimiy harajatga, mahsulotni olg‘a siljishi uchun tadbirlar uyutirishga sarflanadimi. Franchayzing shartnomasini tugatishdan avval quyidagi savollarni hal qilib olishlari shart: o‘z ishini qarindoshlariga meros qilish imkoniyati; korxona turar joyini o‘zgartirishning maqsadga muvofiqligi; tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishning maqsadga muvofiqligi va boshqalar.

Download 172 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish