«iqtisodiyot» kafedrasi «mikroiqtisodiyot nazariyasi» fanidan kurs ishimavzu: Byudjet nazorati organlarining vakolatlari


Davlat moliyaviy nazorati organlari



Download 121,5 Kb.
bet5/5
Sana01.07.2021
Hajmi121,5 Kb.
#106475
1   2   3   4   5
Bog'liq
abcdef

3. Davlat moliyaviy nazorati organlari 
  Davlat moliyaviy nazorati barcha darajadagi qonunchilik va ijroiya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Budjet jarayonining brcha basqichlarida Parlament moliyaviy nazorati tegishli qo‘mitalar va  komissiyalar vakolatiga kiradi. OliyMajlis tomonidan tashkil etilgan va unga

bo‘ysunuvchi, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi davlat moliyaviy nazorat organi O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi hisoblanadi. Uning faoliyati mulkchilik shaklidan, idoraviy

 va ijtimoiy mansubligidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga, davlat budjeti mablag‘lariga tayanadigan, davlat mulkini 

boshqaradigan yoki soliq, bojxona yoki boshqa imtiyozlarga ega bo‘lgan jamoat tashkilotlariga

yo‘naltirilgan. O‘zR Hisob palatasi xodimlari tekshirishlar natijalari bo‘yicha xulosalarini tayyorlaydilar va ularni tekshirilgan tashkilotlar rahbarlariga qonun buzilishlarini  bartaraf qilish bo‘yicha choralar ko‘rish uchun yuboradilar. Agarda, davlat mablag‘lariga hiyonat aniqlansa, ish huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi.Qonun buzarliklar aniqlanganda majburiy bajariladigan ko‘rsatmalar beriladi.Bir necha martalik qonun buzarliklar sodir etilganida, Oliy  Majlis bilan kelishilgan holda, tashkilotning barcha turdagi hisob-kitoblarini to‘xtatib qo‘yish 

to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Bunda Hisob palatasiga qonun buzarlarga nisbatan ma’muriy

jazo choralarini qo‘llash huquqi berilmagan.

Ijroya hokimiyati yo‘nalishi bo‘yicha davlat moliyaviy_nazoratini amalga oshiruvchi muhim organ  O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi  hisoblanadi. Uning zimmasiga budjetni shakllanishi va bajarilishi, davlat mablag‘larini sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish yuklatilgan.

–  respublika va mahalliy budjetlarning qat’iy bajarilishi ustidan doimiy nazoratni 
ta’minlash;  
–  tijorat banklarini moliya organlari, budjet muassasalarining  birinchi navbatdagi sarf-
xarajatlarini  mablag‘  bilan ta’minlash hamda budjet muassasalari xodimlariga ish xaqi,

 ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalarni to‘lash muddatlariga va to‘liqligiga rioya qilish, shuningdek budjet 


muassasalariga ko‘rsatib  o‘tilgan maqsadlar uchun naqd pul berish bo‘yicha faoliyati ustidan 
nazorat va monitoringni amalga oshirish;  
–  belgilangan shtat-smeta intizomiga va budjet mablag‘larini xo‘jalik ehtiyojlariga sarflash 
limitlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish; hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlari va mansabdor shaxslarning budjet jarayoniga asossiz aralashish hollarining oldini olish kabi bir qator vazifalar ham nazorat-taftish organlari zimmasiga yuklatilgan.  Shuningdek,  O‘zbekiston Respublikasi Moliya

 vazirligining Nazorat-taftish Bosh 


boshqarmasiga amaldagi qonunchilikka asosan,  budjet intizomini buzganlik uchun mansabdor 
shaxslarni jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortish huquqi berilgan. 
Davlat moliyaviy nazorati sohasida amaldagi qonunchilikka rioya etilish qismiga tegishli 
bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining va budjetdan tashqari fondlarining kassa ijrosini nazorat qilish Moliya vazirligining G‘aznachiligiga  yuklatilgan. 

G‘aznachilik tizimi amaldagi qonunchilikka rioya etilishqismiga tegishli bo‘lgan

O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining va budjetdan tashqari fondlarining kassa ijrosini nazorat qilish bo‘yicha ishlarni olib boruvchi Bosh boshqarma hamda o‘zlarining hududlarida davlat budjeti va budjetdan tashqari fondlarga tushumlar va ularni ishlatilishini

 nazorat qiluvchi hududiy organlardan tashkil topgan. G‘aznachilik Moliya  vazirligiga

qilingan ishlar bo‘yicha har kuni axborot berib boradi. Ikkita mustaqil davlat xizmatlarining

funksiyalari va harakatlarida bir-birin takrorlashga yo‘l qo‘yilmasligi uchun Moliya vazirligi G‘aznachilik dastlabki moliyaviy nazoratni, NTBB so‘nggi moliyaviynazoratni amalga oshirish bo‘yicha qaror

qabul qilgan. 
Amaliyotda funksiyalarning bunday taqsimlanishi quyidagicha ko‘rinish olgan: budjet 
mablag‘laridan foydalanishning qonuniyligi va mablag‘larni banklardagi hisob raqamlardan o‘tishi ustidan nazoratni G‘aznachilik amalga oshiradi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan budjet mablag‘larini sarflanishining asoslanganligi va maqsadlili ustidan nazoratni esa NTBB amalga 
oshiradi. 
Soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan moliyaviy nazorat davlat soliq xizmati tomonidan

 amalga oshiriladi.  


O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Bosh Nazorat-taftish boshqarmasi tashkil etilgan. Bosh boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘grisida" 2000-yil 13 martdagi 87-son qarori bilan 

tashkil etilgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi

Bosh boshqarma Qoraqalpogiston Respublikasi, Viloyatlar va Toshkent shahar Davlat soliq 
boshqarmalarida o‘z faoliyatida bevosita unga bo‘ysunadigan nazorat-taftish bo‘linmalariga ega 
bo‘ladi. 
Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi: 
–  xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini soliqqa oid qonun 
hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan hujjatlar asosida tekshirish (taftish)larni hamda Huqumat 
qarorlari bilan nazorat,  soliq organlariga yuklangan masalalar bo‘yicha nazorat tartibidagi 
tekshirishlarni belgilangan tartibda tashkil etish va o‘tkazish; 
–  xo‘jalik yurituvchi subyektlardan undiriladigan soliqlar va yig‘imlarni hisoblab 
chiqarishda, undirishda qonuniylikka rioya qilinishi, to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va budjetga o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirish; 
–  soliqqa doir huquq buzishlarni aniqlash, ularning oldini olish, ularga barham berish; 
–  soliq majburiyatlarini bajarishda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yordam ko‘rsatish; 
–  Davlat soliq qo‘mitasining boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarni kompleks tekshirishlarning istiqboli rejalarini  tayyorlash, tekshirishlar

o‘tkaziladigan obyektlarni aniqlash_va ularni amalga oshirish; 


–  hujjatlar asosida va nazorat tartibidagi tekshirishlarni o‘tkazish jarayoni hamda tartibi 
ustidan nazorat o‘rnatish, shuningdek, ularni o‘tkazishda (barcha darajadagi  soliq organlariga) 
amaliy va metodik yordam ko‘rsatish; 
–  davlat soliq xizmati organlari tomonidan tekshirishlar materiallari bo‘yicha qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda qarorlar qabul qilinishi va moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishi 
ustidan nazorat o‘rnatish; 
–  xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan hujjatlar asosida va nazorat tartibidagi 
tekshirishlar yakunlari bo‘yicha budjet oldidagi majburiyatlarning bajarilishi (qo‘shimcha 

Xulosa

Budjet daromadlari va xarajatlari bo'yicha rejaning bajarilishi haqida ma’lumotlar bilan ta’minlash moliya organlari budjet hisobining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu ma’lumotlar asosida budjet ijrosi jarayoni ustidan nazorat qilish va tezkor rahbarlik amalga oshiriladi.

Bu maqsadlar uchun moliya organlari budjet daromadlari va xarajatlari, bank muassasalaridagi budjetning pul mablag‘lari, budjet bo‘yicha ochilgan kreditlar va berilgan mablag‘lar, budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar, ssudalar va boshqalar hisobini yuritadi.

Moliya organlari, shuningdek, bank muassasalari tomonidan umumdavlat daromadlari va soliqlarining alohida olingan budjetlar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlanishi, budjet bo‘yicha tayinlanishiga qarab budjet mablag‘larini tasarruf qiluvchilar tomonidan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda budjet mablag'larining butligini ta’minlaydi.

Moliya organlari budjet ijrosi to‘g‘risidagi oylik, chorak va yillik hisobotlami tuzadi va budjet ijrosi natijalarini aniqlaydi. Moliya organlari o‘zlari ijro etayotgan budjetlar ijrosining buxgalteriya hisobini bevosita amalga oshiradi.

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi. Viloyatlar, shaharlar va tumanlar moliya organlari viloyatlar, shaharlar, tumanlar budjetlari ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi.

Moliya organlari muayyan ma’muriy-hududiy birlikdagi barcha boshqa budjetlar ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qiladi. Moliya organlari budjet tashkilotlarining hisob va hisobotlarini tekshiradi va ularga tegishli ko‘rsatmalar beradi.Har bir moliya organi o‘zi ijro etayotgan budjetning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni va muayyan m a’muriy-hududiy birlik budjeti ijrosi to‘g‘risidagi yig‘ma hisobotni tuzadi.

Davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobi bo'yicha moliya organlarining vazifalariga: 1) budjet daromadlari buxgalteriya hisobini yuritish va bank muassasalariga kelib tushgan daromadlaming budjetlar o'rtasida to‘g‘ri taqsimlanishi ustidan nazoratni olib borish; 2) bank muassasalarida saqlanilayotgan budjetning naqd pullari buxgalteriya hisobini yuritish; 3) budjet ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan turli operatsiyalar (budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar, budjetlarga ssudalar berish va budjetlardan ssudalar olish bo‘yicha operatsiyalar va boshqalar) buxgalteriya hisobini yuritish; 4) budjetlarda tashkil qilinadigan fondlar va zaxiralar buxgalteriya hisobini yuritish; 5) o'zlari ijro etayotgan budjetlar ijrosi to‘g ‘risidagi hisobotlami tuzish; 6) quyi moliya organlarida va budjet mablag'larini tasarruf qiluvchilarda buxgalteriya hisobining yuritilishi, hisobotning tuzilishi va uslubi ustidan nazorat qilish; 7) buxgalteriya hisobi va hisobotini markazlashtirish va mexanizatsiyalashtirish bo'yicha tadbirlaming amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish kiradi.



Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida uning davlat budjeti bosh boshqarmasiga, boshqa moliya organlarida esa moliya organining bosh buxgalteri boshqaradigan buxgalteriyaga yuklatilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


  1. Vahobov A.V., T.S.Malikov. Moliya. Darslik. – T.: ”Noshir” 2012. -712 b.

  2. Po’latov D.X., Nurmuhamedova B.I., G’aznachilik. Darslik.- T.: ”Sano-standart”, 2014.-272 b.

  3. Qosimova G.A., G’aznachilik. O’quv qo’llanma. T.: “Iqtisod-moliya”, 2013. 448 b

  4. Qosimova G.A., Karimova Z.X., Byudjetdan tashqari fondler, O’quv qo’llanma. T.: “Iqtisod-moliya”, 2009. 212 b.

  5. Malikov T., Jalilov P., Byujet-soliq siyosati., Monografiya. T.: Akademnashr, 2011. 472 b.


Download 121,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish