"iqtisodiyot" kafedrasi



Download 32,79 Kb.
Sana23.06.2022
Hajmi32,79 Kb.
#695563
Bog'liq
inovatsion Joriy


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


JIZZAX FILIALI
“AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI

“IQTISODIYOT” KAFEDRASI


“INNOVATSION IQTISODIYOT” FANIDAN




Joriy topshiriq

MAVZU: Biznesni innovatsion rivojlantirish va investitsiyalarni nazariy asoslari

Topshirdi: 140-20 guruh talabasi Q.Ravshanbek
Qabul qildi: X.Bahrom
Jizzax 2022


  • Biznesni innovatsion rivojlantirish

  • Investitsiyalarni nazariy asoslari

Innovatsiya” atamasining bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarida juda keng qo’llanilishi uning mazmunini har tomonlama o’rganishga bo’lgan talabni kuchaytirmoqda. Shu sababli mazkur atamaning iqtisodiy mazmun-mohiyatini ochib bergan ba’zi iqtisodchi-olimlarning qarashlarini o’rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi.


Innovatsiya atamasining bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarida juda keng qo’llanilishi uning mazmunini har tomonlama o’rganishga bo’lgan talabni kuchaytirmoqda. Shu sababli mazkur atamaning iqtisodiy mazmun-mohiyatini ochib bergan ba’zi iqtisodchi-olimlarning qarashlarini o’rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlanishning bosqichma-bosqich o’tish davrida davlatning ilmiy texnika siyosati mohiyati shuki, u respublika ichki talabini tez qondiradigan, jahon bozorida raqobatbardosh bo’la oladigan, iqtisodiyot tarmog’larini tubdan yangilanishiga imkon beradigan ilmiy va texnologik tadqiqotlarga ko’maklashishdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobida “O’zbekiston innovatsion rivojlanish turining hozirgi zamon modeliga o’tish uchun hamma zarur sharoitlarga ega. Bu model vujudga keltirilgan ilmiy-texnikaviy salohiyatdan keng va samarali foydalanishga, fundamental va amaliy fanning yutuqlarini, chuqur ilm talab qiladigan texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishga, yuqori malakali, iqtidorli ilmiy kadrlar sonini ko’paytirishga asoslanadi. Bu mamlakatimiz jahondagi iqtisodiyoti va sanoati rivojlangan davlatlar qatoriga
kirib borishining zarur sharti va mustahkam poydevori bo’lib xizmat qiladi”4 deb

ta’kidlagan edi. Darhaqiqat XXI asr boshida shu narsa ma’lum bo’ldiki, ilmiy- texnik rivojlanish darajasi va innovatsion muhit (ilm-fan, ta’lim, yangi texnologiyalarning mahalliy va jahon bozorlari) barqaror iqtisodiy o’sishga asos bo’lishi mumkin ekan. Yurtboshimiz mamlakatimizdagi innovatsion o’zgarishlarga e’tibor qilib, “...ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish


– O’zbekiston uchun inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo’lidir”5 deb, respublikamizda bugungi kunda amalga oshirilishi zarur bo’lgan masalalar, jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va
salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo’llari haqida to’xtalib,
ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarini samarali faoliyat yuritilishi zarurligini ta’kidladi.
Innovatsiya bu umuman olganda O’zbekiston Respublikasining ilmiy jamiyati, hamda ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi sektori uchun bosqichma-bosqich o’rganib kelinayotgan tushunchadir. Ma’lumki mustamlaka davrlarda bizning davlat mustaqqil ravishda amaliyotda yangiliklarni tadbiq etishga to’laqonli haqli emas edi. Mustaqillik O’zbek xalqi uchun dunyoni ochish bilan birgalikda bir qancha imkoniyatlarni berdi. Endilikda qa’tiyan iqtisodiy asoslangan innovatsion strategiyalarni ishlab chiqarishlarda, xizmat ko’rsatishlarda yohud ho’jalikning boshqa bir jabxasiga tadbiq etishimiz mumkin.
Avvalambor innovatsion faoliyat xususida so’z boshlashdan oldin innovatsiya to’g’risida tushuncha berib o’tamiz. “Innovatsiya”, «Innovatsion faoliyat”, «Innovatsion yechim” kabi terminlar O’zbekiston iqtisodiy o’tish davrining birinchi bosqichlaridayoq aktiv qo’llanila boshlandi. Umuman “Innovatsiya” tushunchasiga aniqlik kiritish maqsadida, uning mohiyati borasida keltirib o’tilgan fikrlar va nuqtai nazarlar bilan tanishib o’tamiz. Adabiyotlarda bu borada turli xil qarashlar mavjud.
Mazmuni, mohiyati yoki ma’lum bir mavjud ichki-tashqi strukturaga
ta’sir etish alomatlariga ko’ra innovatsiyani quyidagicha turkumlash mumkin:
- Texnik innovatsiya
- Iqtisodiy innovatsiya
- Tashkiliy innovatsiya
- Boshqaruv innovatsiyasi va hokazo.
Innovatsiyani ilmiy izlanishlarda, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarda xalqaro standartlarga asosan qo’llanilishi, bu bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkiliy strukturaning to’g’ri tashkil etilganligidan dalolat beradi. Xalqaro strandartlarga asosan innovatsiya orqali, umumun inovatsion faoliyat orqali qo’lga kiritilgan yangi bir turdagi mahsulotni, xizmatni yoki ularni takomillashtirilgan ko’rinishda bozorga kiritilishi, shu bilan birgalikda yangi yoki mukammallashtirilgan texnologik jarayonlarni amaliyotga tadbiq etilishi bu
ijtimoyi xizmatlarga bo’lgan yangicha yondashuvni shakillantirib beradi. Shu asosida innovatsiya, innovatsion faoliyatning yorqin natijasi sifatida e’tirof etiladi. Agar o’z o’rnida turli xil mulohozalar asosida fikr bildiradigan bo’lsak, “Innovatsiya”ning spetsifik xususiyati sifatida uning “o’zgaruvchanligini” ya’ni davr talabiga monand o’zgaruvchan qobiliyatga egaligini, innovatsion faoliyatning bosh vazifasi sifatida “o’zgaruvachanlik” funksiyasini qayd etish mumkin. Bu borada Avstriyalik mashhur olim I.Shumpeter o’zgaruvchanlikni 5 turga bo’lib o’rgangan:6
- Ishlab chiqarishga yangi texnologik jarayonlar hamda yangi texnika
va texnologiyalar asosida o’zgartirish kiritish;
- Mahsulotlarni takomillashgan ko’rinishda amaliyotga tadbiq etish;
- Xom-ashyo bazasiga o’zgartirish kiritish;
- Tashkilotning ishlab chiqarish taktikasiga va moddiy-texnik
ta’minotiga o’zgartirish kiritish.
- Bozor ko’lamini kengaytirish.
Bir qator manbalarda innovatsiya bir jarayon sifatida ko’rib chiqilgan va tan olinganki, “yangiliklar” vaqt o’tgan sari rivojlanib boradi. Va bu rivojlanishni innovatsiyaning dinamik va statik aspektlarga monand xususiyatlanishi sifatida ko’rib o’tilgan. Ma’lumki innovatsion jarayonning bir bosqichdan keyingi bir bosqichiga o’tishda vaqt resursi, energiya resursi, pul resursi va boshqa zaruriy resurslarga bo’lgan harajatlar talab etiladi. Bozor sharoitining iqtisodiy munosabatlar tizimida talab va taklif omili, tovar oldi-sotti jarayoni va ularga bo’lgan narxning proportsional yoki noproportsional tarzida mavjudlilik omili innovatsion faoliyatning kompanentlari sifatida qayd etiladi. Shu o’rinda innovatsion faoliyat tarkibini ko’rib chiqadigan bo’lsak, umuman bu faoliyatning strukturaviy asosini yangiliklar bozori, kapital bozori va sof raqobat bozori tashkil etadi. Innovatsiya zamirida keng qamrovda oqilona yangiliklardan foydalanish tushuniladi (xoh u yangi texnologiyalar ko’rinishida bo’lsin, xoh xizmat yoki mahsulot ko’rinishida, xoh tashkiliy-texnik va ijtimoyi-iqtisodiy yechimlarni o’zida qamrab olgan moliyaviy, tijoriy, ma’muriy xarakterdagi omil ko’rinishida bo’lsin). G’oyalarni vujudga kelish, ularni shakillanish va amaliyotda tadbiq etilishigacha bo’lgan davrini innovatsiyaning hayoti sikl deb atash mumkin. Innovatsiyaning hayotiy siklini innovatsion jarayonlar tashkil etadi. “Innovatsiya” va “innovatsion jarayon” atamalari bir biriga juda yaqin lekin bir xil tushunchalar emas. Innovatsion jarayon deganda yangiliklarni shakllantirish, o’zlashtirish va targ’ib etishni tushunish mumkin. Innovatsiya tashkilotchilari (novatorlar) asoslangan kriteriyalarga binoan ish yuritadilarki, ijobiy natijalar sifatida iqtisodiy samaradorlik yaqqol namoyon bo’ladi.Ularning strategiyasi, asosan sof raqobat muhitida aniq bir jabhada yangilik yaratgan holda raqobatchilardan o’tib ketishga qaratilgan. Ilmiy-texnik ishlab chiqilmalar va yangiliklar, ilmiy ishlab chiqarish siklning oraliq natijasi ko’rinishida namoyon bo’ladi va amaliy qabul qilish mobaynida so’nggi natija sifatida ilmiy-texnik innovatsiyani o’zida akslantiradi. Ilmiy-texnik ishlab chiqilmalar va kashfiyotlar, amaliyotda qo’llanishi nazarda tutilagan ilmlarga ilova bo’lib xizmat qiladi,
2022 yil 11 fevral kuni Oʼzbekiston Milliy matbuot markazida Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Аbdurahmonov ishtirokida matbuot anjumani boʼlib oʼtdi. Tadbirda vazirlikning masʼul xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, davlat boshqaruv organlari vakillari, ilmiy va oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Hozirda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan hududlarning intellektual va texnologik salohiyatini oshirish, ilmiy va innovatsion faoliyat uchun zamonaviy infratuzilmalarini shakllantirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.


Respublikaning innovatsion hududga aylantirilayotgan 13 ta tumanida 125,9 mlrd. soʼmlik 137 ta loyiha moliyalashtirilgan va 2021 yilda 1290 ta yangi ish oʼrinlari yaratilib, 653 ta xonadondagi «Аyollar» va «Yoshlar» temir daftarlariga kiritilgan 876 ta yoshlar va 360 ta xotin-qizlar mahallabay tarzda mazkur loyihalarga jalb qilingan. Shuningdek, 80 ta korxonada 230 turdagi innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyildi, shu jumladan 30 turdagi mahsulotlar eksportga yoʼnaltirilgan.

2022 yilning 1 yanvarь holatida 17 ta zamonaviy infratuzilmalar (9 ta texnopark, 1 ta biznes-inkubator, 1 ta biznes-akselerator, 1 ta kovorking markaz, 3 ta oʼquv markaz va 2 ta innovatsion poligonlar) faoliyat yuritmoqda. Sirdaryodagi Biznes-akselerator, Toshkent davlat texnika universitetining Innovatsion oʼquv-ilmiy markazi, Аndijon mashinasozlik institutining Yoshlar texnoparki va Samarqand davlat universitetining Yoshlar texnoparkida 3D modellashtirish, robototexnika, mexatronika, IT texnologiyalari va dasturlash, biotexnologiya hamda energetika yoʼnalishlari boʼyicha toʼgaraklar tashkil qilingan.


Ilmiy tadqiqot va Oliy taʼlim muassasalarining vazirlik tomonidan 2018-2021 yillarda moliyalashtirilgan 844,7 mlrd. soʼmlik 603 ta fundamental, amaliy, innovatsion loyihalari bajarilmoqda.

2021 yilda umumiy qiymati 73,1 mlrd. soʼm boʼlgan 86 ta loyiha boʼyicha ishlar yakunlandi.


2021 yilda sanoat, qishloq xoʼjaligi, xizmat koʼrsatish va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlarni tashkil qilish, ular natijalarini tijoratlashtirish maqsadida hokimlik organlari tomonidan mahalliy byudjetdan 9,37 mlrd soʼm mablagʼ ajratilgan. Loyihalarning natijalari oʼlaroq innovatsion mahsulotlar – yantoq va qamishdan ozuqa-em, chorvachilik ozuqasi sifatida chigirtka uni; zuluk yetishtirish; baliq chiqindilaridan “OMEGA-3” yogʼini ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyilgan.

“Boʼlajak olim” tanlovining 2021 yildagi birinchi bosqichida 8,7 mlrd. soʼmlik 25 ta startap loyihalar moliyalashtirilgan va amalga oshirilmoqda. 48 ta loyihaga boshlangʼich kapital sifatida 3,1 mlrd. soʼm hamda 17 ta yosh olimning innovatsion loyihalari uchun 13,62 mlrd. soʼm ajratilgan.


“Аkademik harakatchanlik” dasturi doirasida 2021 yilda 452 mln. soʼm evaziga 13 nafar yosh olimlar respublika hududlarida ichki stajirovkani oʼtadilar.
“TechnoWays“ marafoni doirasida 2021 yilda Аndijon, Fargʼona, Namangan, Jizzax, Samarqand viloyatlarida hududiy bosqichlar hamda “InnoWeek.Uz-2021” xalqaro innovatsion gʼoyalar haftaligi doirasida respublika bosqichi oʼtkazildi. Unda 350 nafar iqtidorli yoshlar 126 ta loyihalari bilan ishtirok etdi. Eng yaxshi deb topilgan loyihalarga 600 mln. soʼm pul mukofotlari berildi.

2021 yil 22-27 noyabr kunlari oʼtkazilgan “InnoWeek.Uz-2021” xalqaro innovatsion gʼoyalar haftaligida 14,7 ming ishtirokchi, 380 ta tashkilot, shu jumladan 131 nafar xorijlik mehmonlar qatnashdi. Tadbirda


163 turdagi innovatsion mahsulotlar xarid qilinib, yangi ishlanma va texnologiyalarni joriy qilish yuzasidan 83,6 mlrd soʼmlik 80 ta shartnoma imzolandi.
Oʼtgan yilning 12-13 mart kunlari Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari olimlari, loyiha tashabbuskorlari uchun oʼtkazilgan koʼrgazmada 1,2 ming kishi ishtirok etdi 3,1 mlrd. soʼmlik 5 ta shartnoma imzolandi.
2021 yilda vazirlik tomonidan 26 ta loyihaga 13,8 mln. dollar xorijiy investitsiya jalb qilingan va 2434 ta yangi ish oʼrinlari yaratilib, 175 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyilgan. Jumladan, 10,0 mln. dollar evaziga “Dorivor moddalarni sintez qilish boʼyicha Oʼzbekiston-Xitoy tibbiyot texnologiyalari parkini tashkil etish", 5,0 mln. dollarlik "Zamonaviy diagnostika markazi tashkil etish", Turkiyaning "Jfc Enerji Yatirim Sanayi ve Ticaret A.S." kompaniyasi bilan
1,0 mln. dollarlik "Intensiv bogʼ tashkil etish" loyihalari amalga oshirilmoqda.
2022 yilda:
– innovatsion rivojlanayotgan tumanlarga 100 mlrd. soʼmlik 130 dan ortiq yangi loyihalar ishga tushiriladi;
– «Аkademik harakatchanlik» va «Boʼlajak olim» dasturlariga 150 dan ortiq yoshlarda innovatsion biznes koʼnikmalarni shakllantiriladi;
– 7 ta viloyat – Buxoro, Namangan, Fargʼona Xorazm, Jizzax, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida Yoshlar texnoparklari tashkil etiladi;
– «Mirzo Ulugʼbek vorislari» respublika tanlovida tashabbuskor iqtidorli yoshlar, shu jumladan, olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlar tanlanib, ularni ilmiy-texnik faoliyatga keng jalb qilish, ularning bilim, koʼnikma va malakasini oshirish ishlari bajariladi.
MANBA:
INNOVATSION RIVOJLANISH VAZIRLIGI WEB_SAYITI


Download 32,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish