Iqtisodiyot va menejment


  Oziq-ovqat mahsulotlari iste‟moli va unga ta‟sir



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/24
Sana17.08.2021
Hajmi0,96 Mb.
#149632
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
Haitov Bektosh oziq-ovqat xavfsizligini taminlashning asosiy yonalishlari

1.3.  Oziq-ovqat mahsulotlari iste‟moli va unga ta‟sir 

etuvchi omillar 

O‗zbekistonda iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  va  diversifikatsiyalash 

sharoitida  uning  tamoyillariga  to‗la-to‗kis  amal  qilishga  katta  e‘tibor  berilmoqda. 

Bu  esa,  o‗z  navbatida,  aholining  bozor  sharoitida  ishlash  va  yashash  tartib-

qoidalari  to‗g‗risidagi  tasavvurlarini  ham  o‗zgarib  borishiga  olib  kelmoqda.  Shu 

bilan  birga,  bozor  iqtisodiyotining  asosiy  g‗oyalari  tamoyillari,  talablarini  amalga 

oshirish imkoniyatlari ham kengayib bormoqda. 

Respublikamizda bozor tovarlar bilan to‗yinib, bozorning barqaror tuzilmasi 

va  infratuzilmasi  shakllanib  kelmoqda,  xo‗jalik  sub‘ektlarining  mustaqilligi 

kengayib,  tadbirkorlikning  rivojlanishiga  qulay  muhit  yaratilmoqda.  Bularning 

hammasi bozor munosabatlarining ob‘ektiv qonuniylik va demokratik asoslarining 

kuchayib borishi va natijada bozorning yangi bosqichiga o‗tish uchun shart-sharoit 

yaratilayotganidan  dalolat  beradi.  Bozorning  bu  yangi  bosqichi  haridor  bozori  va 

sifat  bozori  bo‗lib,  bu  bosqichda  to‗la  mazmundagi  tovar  iste‘molchilar 

tasavvuriga  mos  keladigan  tushunchalar  bilan  baholanadi.  Tovarni  iste‘molchi 

sifatli deb qabul qilgan taqdirda uning harid qilinishi sodir bo‗ladi. 

Iste‘molchi aniq tovar sifati, o‗zi uchun muhim bo‗lgan alohida xossalarini 

boshqa ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining aynan bir xil tovarning xuddi shunday 

xossalari  bilan  taqqoslab,  uning  ahamiyati,  qadr-qimmati  to‗g‗risida  xulosa 

chiqaradi. Bu esa korxona, firma uchun eng katta yutuq hisoblanadi. 

Shunday  qilib  bozor,  ishlab  chiqarilgan,  taklif  etilayotgan  va  sotilayotgan 

tovarlar  zamonaviy  talabga  naqadar  mos,  ularga  sarf  qilingan  harajatlar  naqadar 

foydali  ekanligini  baholovchi  asosiy  mezondir.  Prezident  Islom  Karimov 

aytganlaridek,  ―...bugun  bozor  qonunlariga  asoslanuvchi  yangi  iqtisodiyot 

yaratayapmiz.  Bunda  mahsulot  talab  va  taklifni  hisobga  olgan  holda, 

raqobatbardosh  bo‗lishi  va  u  umum  qabul  qilingan  standartlarga  javob  berishini 




17 

 

nazarda  tutgan  holda  ishlab  chiqarilishi  lozim‖  .   Jumladan,  ―...xalqimizni  oziq-



ovqat  mahsulotlari  bilan  to‗liq  ta‘minlashga  zamin  tug‗dirdi,  kerak  bo‗lsa,  ularni 

chet mamlakatlarga eksport qilishga imkon bermoqda.‖.  

Shu boisdan har bir korxona, firma, tadbirkor o‗z faoliyatini ana shu talablar 

nuqtai  nazaridan  tashkil  etishi  va  amalga  oshirishi,  respublika  iqtisodiyotida 

marketing 

elementlaridan 

samarali 

foydalanishi 

maqsadga 

muvofiqdir. 

Masalan, U.Breddik marketing strategiyasining quyidagi elementlarini qayd qiladi: 

– haridorlarning ehtiyojlarini aniqlash; 

– raqobatchilarning strategiyasini tushunish; 

 mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning bozori; 

– narx-navoning hosil bo‗lishi; 

– tovarlar harakati; ta‘minlash. 

Shuningdek, K.Berri,  A.Pulfordlar  marketing  strategiyasining  quyidagi 

jihatlarini  ko‗rsatib  o‗tadilar:  bozorlar  iste‘molchilar,  kuch-raqobat  ustunligi, 

faoliyat kengligi, maqsadi, resurslar, vaqt. 

Har  qanday  mahsulot  va  xizmatlarga  bo‗lgan  talabning  shakllanishiga  bir 

necha  omillar  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Shuningdek,  oziq-ovqat  mahsulotiga  bo‗lgan 

talabning shakllanishiga ham qo‗yidagi omillar mavjud. 

1.  Demografik omillar – aholi soni, uning tarkibi, jinsi, yoshi, oila soni va 

ularning o‗rtacha ko‗rsatkichlarining o‗zgarishi va h.k. 

2.  Iqtisodiy omillar – aholining pul daromadlari va ularning ijtimoiy guruhlarga 

taqsimlanishi, chakana savdo baholari, tovarlar taklifi hajmi va tarkibi, aholini 

ijtimoiy himoya qilish fondlari, aholining shaxsiy xo‗jaliklaridan olayotgan 

mahsulotlari va boshqalar. 

3.  Tabiiy iqlim sharoitlari – yil davomida fasllarning uzun-qisqaligi, hududning 

relefi va boshqalar. 

4.  Ijtimoiy omillar – aholining ijtimoiy va mamlakatlar bo‗yicha tarkibi, ularning 

bilim va madaniy saviyalari, tarixiy urf-odatlari, an‘analari, milliy bayramlari 

va boshqalar. 



18 

 

Odamning  yashashi  va  komil  inson  bo‗lib   yetishishi  uchun  ular  turli 



narsalarga  ehtiyoj  sezishadi.  Ba‘zi  bir  ehtiyojlarning  kamayishi  bilan  ularning 

o‗rniga boshqa bir yangi narsaga ehtiyoj paydo bo‗ladi. Shuningdek, oziq-ovqatga 

bo‗lgan ehtiyoj aholi sonining o‗sishiga ham bog‗liq, bu esa, demografik omillar 

sirasiga kiradi. 

Aholi  sonining  o‗sishi  oziq-ovqat  mahsulotlariga  bo‗lgan  ehtiyojning 

o‗sishiga  olib  kelmoqda.  Shuning  uchun  O‗zbekiston  Respublikasining  aholi 

talabi, asosan, mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlashga qaratilgan. Shu 

nuqtai  nazardan,  maqoladagi  asosiy  vazifalardan  biri  sifatida  oziq-ovqat 

mahsulotlarining  me‘yorga  nisbatan   iste‘molini  o‗rganish  va  unga  ta‘sir 

ko‗rsatuvchi omillarni tahlil qilishga qaratilishi lozim. 

Umuman,  bugungi  kunda  mamlakatimizning  oziq-ovqat  sanoatida 

tadbirkorlik  sub‘ektlari  tomonidan  ishlab  chiqarilayotgan  bir  qancha  mahsulotlar 

tabiiyligi, arzonligi, qulayligi va sifati bilan ajralib turadi. Biroq, bu mamlakatimiz 

oziq-ovqat  sanoati  tarmoqlarida  muammolar  yo‗q  va  hamma  imkoniyatlar  ishga 

solindi, degani emas. Chunki, mazkur mahsulotlarni mamlakatimiz aholisiga sotish 

bilan birga, xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilinadi. Zero, ekologik toza, sifatli 

mahsulotlarga  jahonning  barcha  davlatlarida  ham  ehtiyoj  katta.  Faqat  ularga 

mahsulotni  yetkazib  berish  mexanizmlarini  yo‗lga  qo‗yish  kifoya.  Bu  esa,  sohani 

yanada jadal rivojlantirish uchun katta imkoniyatdir. Ishdagi tahliliy natijalar shuni 

ko‗rsatadiki,  oziq-ovqat  sanoatida  tadbirkorlik  faoliyatining  rivojlanishi  hisobiga 

viloyatda  mehnat  resurslarini  yangi  ish  o‗rinlari  bilan  ta‘minlash  yanada  ortadi. 

Bugungi  kunda  bu  sohada  mehnat  qilayotgan  ishchi-xodimlar  soni  ham  sezilarli 

darajada ko‗payib bormoqda.  

Tadbirkorlik  sub‘ektlari  tomonidan  yetishtirilayotgan  poliz  ekinlari  va 

sabzavot  mahsulotlarining  o‗ziga  xos  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda,  ularni 

yetishtirish va sotish davridan emas, balki iste‘molchi talabini hisobga olgan holda, 

ekinlar  seleksiyasini  yaratish  va  ularni  ekish  vaqtidan  oxirgi  iste‘molchiga  yetib 

borishigacha  bo‗lgan  bo‗g‗inlari  yaratilishi  kerak.  Buning  uchun  bozorga 

tadbirkorlik  sub‘ektlari  tomonidan  ishlab  chiqarilgan  poliz  ekinlari  va  sabzavot 



19 

 

mahsulotlarini  yetkazib  berish  bilan  bog‗liq  muammolarni  hal  qilishda 



quyidagilarga alohida e‘tibor berish zarur: 

–    tabiiy-iqlim  sharoitlari  va  tashkiliy-iqtisodiy  salohiyatdan  yetarli  darajada 

samarali foydalanish; 

–    poliz  ekinlari  va  sabzavot  mahsulotlari  yetishtirish  bo‗yicha  ixtisoslashgan 

xo‗jaliklar va  ulgurji bozorlar tashkil etish; 

–    poliz  ekinlari  va  sabzavot  mahsulotlari  saqlash  uchun  zamonaviy 

muzlatkichlar bilan ta‘minlash; 

–    poliz  ekinlari  va  sabzavot  mahsulotlarini  yetishtirishning  intensiv 

texnologiyasiga o‗tish hamda texnologik xususiyatlarga ega bo‗lgan yuqori hosilli, 

kasallikka chidamli, mexanizatsiyalashgan qayta ishlovga yaroqli navlarni yaratish. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



20 

 


Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish