Iqtisodiyot va servis


Hozirgi axborot texnologiyalari rivojlangan bir zamonda O‘zbekistonda onlayn bozorlar yo‘q hisobida desak bo‘ladi



Download 0,9 Mb.
bet7/11
Sana10.07.2022
Hajmi0,9 Mb.
#771067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
19-87 Azimov T. kurs ishi docx

Hozirgi axborot texnologiyalari rivojlangan bir zamonda O‘zbekistonda onlayn bozorlar yo‘q hisobida desak bo‘ladi. Ya’ni, ulgurji-ko‘tara mahsulotlar sotiladigan onlayn bozorlar yo‘qligi ham muammo sanaladi.
Telegramdagi e’lon beruvchi bir nechta kanallar esa, bu davlat strukturasi darajasidagi axamiyatli platforma emas. Buni muammo sifatida ikkilamchi tartibda sanab o‘tamiz.
Endi shu ikkilamchi muammoga qisqaroq tarzda qo‘shimcha izoh berib o‘tsam. Ya’ni, bu muammo dehqonlar bilan yoki umuman olganda, ishlab chiqaruvchilar bilan bog‘liq masala haqidadir.
Shu o‘rinda logistika xaqida ham biroz ma’lumot berib o‘tish kerak. Logistika deganda ko‘pchilikning oddiy tasavvurida yuklarni uzoq va yaqin manzillarga tashuvchilar gavdalanadi. Aslida esa, logistika butun bir tarmoq, bog‘lanish demakdir.
Misol uchun, bizni mamlakatimiz sharoitini oladigan bo‘lsak, men kabi tadbirkor bilan ekin yetishtiradigan dehqon o‘rtasida bevosita o‘zaro bog‘lanish, ya’ni logistika yo‘q.
Mamlakat ichi bo‘ylab eksportbop mahsulotni izlanar ekan, men kabi tadbirkorlar shunday mahsulot yetishtirgan dehqonni izlab topishi kerak bo‘ladi. Ko‘pincha bunday dehqonlarni izlash davomida, albatta, o‘rtada dalollarga duch kelaman. Ya’ni, o‘rtada turib o‘zining ozmi-ko‘pmi foydasini qo‘shadigan uchinchi, to‘rtinchi ob’yektlar turib qoladi.
Bu esa mahsulotning narxi sun’iy ravishda oshishini anglatadi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, biz jahon bozoriga narxi va sifati bilan raqobatlasha oladigan mahsulotlar taklif eta olishimiz kerak va shundagina eksport haqida bemalol gapirishimiz mumkin bo‘ladi.
Endi, agar biz eksportni rivojlantirmoqchi bo‘lsak, bozorning zamonaviy infrastrukturasini shakllantirishimiz kerak. Va, haqiqatan, jahon bozoriga O‘zbekiston mahsulotlarini sotmoqchi ekanmiz, mamlakatda onlayn qidiruv bozorlar bazasini shakllantirishimiz kerak bo‘ladi.
Bugun bizda barcha sohadagi ishlab chiqaruvchi va eksportyorlarni o‘zaro birlashtiradigan, konstruktiv tarzda yondashib ishlab chiqilgan loyihaga ehtiyoj bor.
Ayni vaziyatimizni misol qilib oladigan bo‘lsak, masalan, o‘zim arzon va kerakli mahsulotni topishim uchun hozirda ijtimoiy tarmoqlarning turli telegram kanallari, saytlaridan foydalanishga majburman. Ularni har birini ochib qidirish ham gohida qiyinchilik tug‘diradi. (Ustiga-ustak bularni orasida rasmiy maqomga ega bo‘lmagan, insofsiz tovlamachilari ham uchrab turadi).
Mana, qo‘shni Qozog‘istonni olaylik, u yerda “Flagma” deb nomlangan loyiha bor (Qozog‘istonliklarning ushbu loyihasi men ta’kidlab o‘tgan mahsulotlar onlayn bozori bazasi bo‘lib, ancha qulay hisoblanadi).
O‘zbekistonliklarda bu kabi loyihalar bo‘lmagani uchun, o‘z-o‘zidan ma’lumki bunday vositalardan foydalanishmaydi. Ya’ni, bizning oddiy eksportyorlarimizning aksariyati kerakli mahsulotni mamlakat ichidan o‘zlari bilgan yo‘l bilan izlashadi.
Odatda faqat shu soha bilan shug‘ullanuvchi odamlar orqaligina, oddiy so‘rab-surishtiruv yo‘li bilan qidirishadi. Masalan, falon joyda, falonchi degan odamda shu mahsulot bor ekan, deyishadi. O‘sha joyni topib, o‘sha mahsulotni olib ketishadi. Vaholanki, boshqalarda xuddi shunday mahsulotni, balki sifati jihatidan undan ham yaxshiroq, nisbatan arzonroq bo‘lgani ham bordir.
Afsuski, bu xaqida ma’lumot bo‘lmagani uchun, faqat o‘sha so‘rab-surishtirgan joyidan olishga majbur bo‘ladi va shunday ko‘nikma hosil bo‘ladi.
Tarjumon.uz: Demak, eksport uchun kerakli bo‘lgan mahsulotni topish bilan bog‘liq ikkinchi muammo, bu eksportyorlar uchun zamonaviy sharoitlarning yaratilmagani ekan desak bo‘lar ekanda?
S.Ortiqov: Albatta bo‘ladi. O‘z navbatida, bu oddiy muammoni mahalliy hokimiyatlar darajasida hal etish mumkin. Chunki, ularda o‘z hududlari bo‘yicha barcha ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. Afsuski mahalliy hokimiyatlarimizning bu boradagi zamonaviy yondashuvlarini hozircha kuzatishga muvofaq bo‘lmadik.
Vaholanki, o‘sha mahalliy hokimiyatlar tomonidan mahsulotlarning moddiy bazasini, ya’ni qayerda, qanday, qancha miqdorda va narxdagi mahsulotlar borligi xaqidagi ma’lumotlar bazasini yaratish uchun hech qanday to‘siq mavjud emas.
Agar yuqorida ta’kidlaganimdek ularning umumiy bazasi bo‘lsa yoki masalan, xuddi MY TAXI yoki “Yandeks-Taksi” kabi formatda ishlaydigan dastur bo‘lsa, u holda haligi narx 1,5 AQSh dollari emas, balki teng yarmiga kamayishi mumkin. Chunki ular qaytishi uchun ham buyurtmani dastlabki yetib borgan manzilning o‘zidan olish imkoniyati bo‘ladi.
Biznes uchun mana shunday zamonaviy sharoitlarni yaratish orqali biz logistikamizni ham arzonlashtirishimiz mumkin ekan.
Xitoyda yoki Yevropa mamlakatlarida yuk tashuv xizmati shunday shaklda qurilgan. Ya’ni, borish va kelish uchun bitta narx belgilamaydi. Faqat bir tomonga narx qo‘yadi. Ular qaytayotganida ham buyurtmasi bo‘ladi.
Bular ham bizning eksportyorlar oldida turgan muammo hisoblanadi.
O‘z navbatida eslatib o‘tishim kerakki, muammolar sifatida sanayotgan har bir holatning eksport qilinayotgan mahsulot tannarxiga ta’siri bo‘lib, uning qimmatlashuvini keltirib chiqaradi. Bu esa jahon bozorida bizning mahsulotimizdan ham arzonrok takliflar bilan raqobatlasha olmasligimizdan darak berishi mumkin.
Takror aytaman - eksport uchun asosiysi, arzon narx va sifatli mahsulot.
Bugungi yuk tashuvchi transport vositalarining harakatlanishi uchun, albatta, dizel yoqilg‘isi zarur bo‘ladi. Bizda davlat kursi bo‘yicha birjadagi dizelning narxi 8 ming so‘m. Qo‘lda yoki rasmiy tilda aytilganda, “qora bozorda” nisbatan arzonroq.
Hozirgi mavjud holatda furalar Qozog‘istondan yoqilg‘i baklarini to‘ldirib, O‘zbekistonga olib kirishadi va hatto, shundan ham foyda ko‘rishadi. Chunki, uning narxi 6 ming so‘mgacha boradi.
Guvohi bo‘lib turganimizdek, garchi “qorabozor” bo‘lsa-da, o‘sha dizel uchun sarflanayotgan pul Qozog‘istonda qolib ketayapti, desak bo‘ladimi? Vaholanki, o‘sha dizel yoqilig‘isini o‘zimizda rasman 5 ming so‘mda narx belgilab, sotsak bo‘lmaydimi? Masalan, “O‘zbekneftegaz” kabi kompaniyalarimiz shunday narxni belgilash masalasini ko‘rib chiqsa bo‘ladimi?
Hatto, mavsum bo‘lmagan paytlarda o‘sha “qorabozordagi” dizel arzonlashib, 4 ming so‘mgacha tushib ketadi. Mana, ayni mavsum avjiga chiqqan paytda dizel yoqilg‘isini narxi 6 ming so‘mga chiqib oldi. Hatto, shu narxda ham dizelni topish muammo.
Demak, eksportyorlar oldida turgan beshinchi muammo - bu dizel yoqilg‘isining O‘zbekistonda qimmat narxdaligi.
Narx qimmatligini mutasaddilar dizelni qayta ishlab chiqilishi bilan izohlashga urinishadi. Aslida bu ham xaqiqiy sababi emas, deb o‘ylayman. Chunki bu yerda o‘ziga xos foyda ko‘zlanadi, ya’ni o‘sha dizel katta miqdordagi pulga sotib olib qo‘yiladi va keyin “barakatopgur” monopolist shovvozlarimiz o‘sha narxdan tushirmay sotishadi.
Demak, dizel narxi muammosini qaysidir ma’noda monopoliya bilan bog‘lash mumkin. Bunisiga ham ko‘nib, loaqal ekportyorlar uchun dizel narxlarini ixchamlashtirish choralari ko‘rilsa, ushbu muammoga qisman yechim topilgan bo‘lardi.
Importyorlar baribir dizelni Qozog‘iston, Turkmaniston yoki boshqa qo‘shni davlatlardan quyib olishadi. Ular bizdan sotib olmaydi. Eksport qiluvchilar uchun loaqal o‘sha 8 minglik dizelni boradigan manzilining yarim masofasigacha qismi uchun arzonlashtirilsa, bu ham qaysidir jihatdan eksport uchun yordam bo‘lar edi.
Buni, ushbu muammoning yechimiga berilgan bitta taklif sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Ya’ni, bu eksport qiluvchilar uchun tannarxini arzonlashtirishga qo‘shimcha imkoniyat desak to‘g‘riroq bo‘lsa kerak.
Xullas, biz dastlab, eksport qilinadigan mahsulotni topdik, uni tashib beradigan yuk tashuvchi furani ham topib yolladik va unga o‘sha mahsulotni ortib, eshigini tamg‘aladik deylik.
Endi yukni olib O‘zbekistondan chiqib ketish darvozasiga boriladi.
Bojxonachilar ham mavsum va mavsumdan tashqari paytlarni juda yaxshi bilishadi, lekin shunga qaramay, haligi yuk ortilgan transport, masalan kunduzgi soat 8:00 da bojxona nazoratiga yetib borgan bo‘lsa, shu bilan ertasi kuni kunduzgi 10-11:00 larda bojxona ko‘rigidan o‘tib, chiqib ketishi mumkin. Har holda bugungi holat shunday.
Mahsulotni manziliga yetkazib borish uchun transportirovka qilish muddati ko‘pi bilan 5 kun bo‘lsa, yuk mashinasi ichidagi mahsuloti bilan naqd bir sutkani O‘zbekiston chegarasining o‘zida yo‘qotadi. Ya’ni, sifati buzilishi mumkin mahsulot bojxona nazoratida kamida bir sutka ushlanib qolinadi.

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish