"iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholini ijtimoiy muhofaza qilishning moliyaviy manbalari"


  Aholini ijtimoiy muhofaza qilishning iqtisodiy va moliyaviy



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/32
Sana11.03.2022
Hajmi1,38 Mb.
#490809
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
Bog'liq
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholini ijtimoiy

3.2. 
Aholini ijtimoiy muhofaza qilishning iqtisodiy va moliyaviy 
asoslarini mustahkamlash 
 
 
Aholining ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand qatlamlari ijtimoiy himoyasini 
faqat davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga samarali ta’minlab 
bo‘lmaydi, albatta. Demak, kam ta’minlangan oilalar a’zolariga o‘z ishini ochishi, 
mustaqil biznesini yo‘lga qo‘yishi uchun ularga beg‘araz ssuda va grant berish 
institutini joriy qilish muhim ahamiyatga ega. Agar ular o‘z ishini yo‘lga qo‘yib, 
barqaror daromad manbaiga ega bo‘lsa, nafaqat ularning ijtimoiy himoyasi uchun 
byudjetdan pul ajratishga hojat qolmaydi, balki ularning o‘zlari soliq to‘lovchilarga 
aylanib, davlat byudjeti daromadlarini to‘ldirish manbaiga aylanadi. 
Bugungi kun voqeligi faqat ayrim fuqaro guruhlariga nafaqalar berishni 
nazarda tutuvchi passiv ijtimoiy siyosat mexanizmlarining aholini ijtimoiy 
muhofaza qilish uchun yetarli emasligini ko‘rsatmoqda. Tadbirkorlik uchun 
qulay sharoitlar yaratish, yangi ish o‘rinlarni ochish hisobidan aholi bandligini 
yanada 
oshirish, 
aholining 
muhtoj 
qatlamlari 
bandligini 
oshirishni 
rag‘batlantirishga qaratilgan aktiv ijtimoiy siyosat chora-tadbirlari Harakatlar 
strategiyasining to‘rtinchi yo‘nalishida o‘z aksini topgan. Bu chora-tadbirlar, 
jumladan, quyidagilardan iborat
30


ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan va mehnat bozorida vaziyat murakkab 
bo‘lgan 34 ta tumanda 4 300 000,0 mln.so‘m miqdoridagi korxonalar mablag‘lari 
va tijorat banklari kreditlarini jalb qilgan holda 46,8 mingta ish o‘rni tashkil etish 
yo‘li bilan qishloq joylarda barqaror ish o‘rinlari tashkil etish hisobiga aholi 
bandligini oshirish; 

aholi bandligini ta’minlash maqsadida 10 ming nafar ta’lim muassasalari 
bitiruvchisiga o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun tijorat banklari kreditlari 
hisobidan 60 000,0 mln.so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratish orqali bandlikni 
va oila daromadlarini oshirish; 
30
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi 
PF-4947-sonli  Farmoniga 1-ilova. 


53

respublika hududlarida aholi bandligini ta’minlash hamda qo‘shimcha 
daromad manbaini yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan 400 000,0 
mln.so‘m hajmida bank kreditlarini ajratish orqali fuqarolarning shaxsiy yordamchi 
xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish, qoramol, qo‘y, echki, 
quyon boqish va go‘sht etishtirish, parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish
ixcham issiqxonalar tashkil etish, shuningdek, urug‘ va ko‘chatlar uchun 
mikrokreditlar ajratish hajmini yanada oshirish, shu yo‘l bilan aholi tomorqasidan 
foydalanish samaradorligini oshirish, sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab 
chiqarish hajmini ko‘paytirish; 

Mehnat vazirligi tizimida Koreya Respublikasi, Yaponiya va boshqa 
davlatlar hamda xalqaro moliya institutlarining 8,5 mln.doll. (o‘rtacha 1 ta 
markazni tashkil etish uchun – 3 000,0 mln.doll.) grant mablag‘lari va imtiyozli 
kreditlarini, 
shuningdek, 
Bandlikka 
ko‘maklashish 
Davlat 
jamg‘armasi 
mablag‘larini jalb etgan holda viloyat markazlarida ishsiz fuqarolarni kasbga 
o‘qitish markazlarini bosqichma-bosqich tashkil etish orqali ishsiz fuqarolarni 
kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish. 
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi chora-tadbirlar tizimida keksa 
avlod vakillari, pensionerlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, ularning turmush 
sharoiti va sifatini yaxshilash muhim o‘rin tutadi. Harakatlar strategiyasida ham 
“nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, ularning madaniy hordiq 
chiqarishiga va sog‘liqlarini mustahkamlashga, keksalarning maishiy holatlarini 
yaxshilash, ularning muammolarini o‘rganish, mahallalarda istiqomat qilayotgan 
ko‘makka muhtoj keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar bilan bir qatorda, 
“Muruvvat”, “Sahovat” uylarida yashovchilar holidan muntazam xabar olish, bu 
ishlarga yoshlarni keng jalb etish maqsadida “Nuroniylar e’zozimizda” patronaj 
yoshlar harakatini tashkil etishga, jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali keksa 
avlod vakillarini ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan” bir qator 
chora-tadbirlar, ularni amalga oshirish uchun mas’ul tashkilotlar, bu ishlarni 
bajarish uchun zarur mablag‘lar va ularning manbalari ko‘zda tutilgan. 


54
O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilayotgan mamlakat iqtisodiyotini 
barqaror va dinamik ravishda rivojlantirishga tayangan kuchli ijtimoiy siyosat 
natijasida aholi farovonligi jiddiy ravishda o‘sdi, odamlarning turmush sifati 
yaxshilandi va bu o‘z navbatida o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining va aholi 
strukturasida keksa yoshdagi odamlar ulushining oshishiga asos bo‘ldi. 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining ilk kunlaridanoq yolg‘iz 
pensionerlar va nogironlarning ijtimoiy himoyasi bilan bog‘liq masalalar 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 27-maydagi “O‘zgalar 
parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlarni ijtimoiy himoyalash yuzasidan 
qo‘shimcha tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-212-son Farmoni va “O‘zbekiston 
Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi qonunida o‘z aksini topdi. 
So‘nggi yillar mobaynida respublikada yolg‘iz keksalar, pensionerlar va 
nogironlarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordamni kuchaytirish bo‘yicha ulkan 
ishlar amalga oshirildi. Misol tariqasida, faqatgina 2010-2015-yillar mobaynida 
keksalar va pensionerlar uchun mo‘ljallangan 12 ta Saxovat va Muruvvat internat 
uylari moddiy-texnika bazalari, 14,6 ming yolg‘iz keksalar, pensioner, 
nogironlarning turar joy sharoitlari yaxshilandi, 5,4 ming odam reabilitatsiya 
texnik vositalari va protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta’minlandi, 6,4 ming 
nogiron va pensioner sanatoriyalarda sog‘liqlarini tiklashdi. Ko‘rsatilgan tibbiy-
ijtimoiy yordamning umumiy hajmi 132,2 milliard so‘mni tashkil etdi. 
Shu bilan birga, o‘tkazilgan o‘rganish ishlari “Nuroniy” jamg‘armasi davlat 
tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni 
muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, uning manzilliligini ta’minlash, 
keksa yoshdagilar, imkoniyati cheklangan odamlar va yolg‘iz keksalarga 
ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordam darajasi va sifatini ko‘tarishni, shuningdek 
joylarda tuman va shaharlar aholisining zamonaviy diagnostika va davolanish 
uslublaridan foydalanish imkonlarini ta’minlaydigan tubdan yangi yondashuvlar 
ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatdi.


55
Keksalarni qo‘llab-quvvatlash davlat tizimini yanada takomillashtirish 
maqsadida qariyalar va faxriylarni ijtimoiy himoyalash, ularning faolligini 
oshirish, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘laqonli ishtirok etishlari uchun 
shart-sharoitlar yaratish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasida katta avlod 
vakillarining rolini oshirish uchun qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi "O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4906-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan 
qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2705-son qarorida quyidagilar ko‘zda tutilgan:

oqsoqollar, keksalar va faxriylarni yoshlarni xalqimizning ko‘p asrlik 
an’analariga, Vatanga muhabbat, keksalarni e’zozlash ruhida tarbiyalashga 
qaratilgan ijtimoiy faoliyatga jalb etish; 

joylarda keksalar turmush sifatini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini 
qo‘llab-quvvatlash, mamlakat ijtimoiy- siyosiy hayotidagi ishtirokini ta’minlash 
sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga ko‘mak berish; 

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda oilalarda 
tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, yoshi keksa faollarni bolasi bor muammoli 
oilalarga biriktirish, shuningdek yolg‘iz va muhtoj keksalarga ijtimoiy va moddiy 
ko‘mak ko‘rsatish; 

“Nuroniy” jamg‘armasi markaziy apparatining, uning viloyatlardagi va 
tumanlardagi bo‘linmalariga, “Nuroniy” jamg‘armasi xodim-pensionerlariga davlat 
byudjetidan pensiyalarini to‘la hajmda to‘lash orqali byudjetdan moliyalanishini 
ta’minlash; 

har yili “Mahalla” xayriya fondiga Navro‘z va Mustaqillik umummilliy 
bayramlariga bag‘ishlab o‘tkaziladigan hasharlardan tushadigan mablag‘larning 10 
foizini “Nuroniy” jamg‘armasiga o‘tkazish; 


56

“Nuroniylar maskani” komplekslarini yaratish va ularda o‘quv zallari, 
hordiq xonalari, davolash fizkulturasi, shuningdek ovqatlanish xonalari va tibbiy 
kabinetlarni tashkillashtirish; 

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jamoatchilik tartibida 
fuqarolar yig‘ini (ovullar, qishloqlar, mahallalar) raisining o‘rinbosari – keksalar 
va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchi lavozimini kiritish; 

“Nuroniy” jamg‘armasining barcha bo‘linmalari moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlash, zarur shart-sharoitlarni yaratish, mebel, kompyuter texnikasi va 
aloqa vositalari bilan ta’minlash; 

kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va davolash uchun 2,8 million keksa 
yoshdagi fuqarolarning barchasi ixtisoslashtirilgan tibbiy brigadalar tomonidan 
chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini ta’minlash; 

biriktirilgan patronaj hamshiralari tomonidan salomatliklari ustidan doimiy 
nazorat orqali keksa yoshdagi fuqarolar orasida kasalliklar profilaktikasi 
choralarini kengaytirish, 15,5 ming yolg‘iz keksalarning turmush sifatini va 
turmush darajasini ularga shaxsiy ijtimoiy xodimlarni biriktirish orqali oshirish; 

keksa yoshdagi shaxslarni ularga to‘lovsiz asosda davolash va 
sog‘lomlashtirish. Shu munosabat bilan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot 
markazlariga 20 ming va viloyatlardagi tibbiyot muassasalariga 215 mingdan 
ziyod, jami 178,9 milliard so‘m miqdoridagi orderlar ajratish. 
Bundan tashqari, urush va mehnat faxriylari, yolg‘iz pensionerlar va 
nogironlar salomatligini har yil bu kontingentga kirgan 34 ming odamni 18 
milliard 
so‘m 
miqdorida 
sanatoriya-davolash 
muassasalarida 
bepul 
sog‘lomlashtirish yo‘li bilan salomatliklarini yaxshilash ko‘zda tutilgan.
Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida keksalar, nogironlar hamda 
urush va mehnat faxriylari uchun 3 ta yangi sanatoriy qurish va ularni jihozlash 
yo‘li bilan qo‘shimcha 50 mingdan ziyod pensioner va nogironlarning sanatoriya 
muassasalarida bepul sog‘lomlashtirilishini tashkillashtirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, 
ushbu maqsadni amalga oshirish ishlariga davlat byudjeti hisobidan 13,5 milliard 
so‘m ajratish mo‘ljallangan. 


57
Imkoniyati cheklangan shaxslarning turmush sifatini, har yil bu kontingentga 
kirgan 10 ming odamni jami 2,5 milliard so‘m miqdoridagi zarur protez-ortopediya 
buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash hisobidan oshirish 
ham qaror va farmonda nazarda tutiladi.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar va nogironlar turmush 
darajasi va sifatini har yil ushbu kontingentga kirgan 4 ming odamni umumiy 
miqdori 3,2 milliard so‘m bo‘lgan asosiy oziq-ovqatlar, gigiena vositalari bilan 
ta’minlash yo‘li bilan oshirish, 1941-1945-yillardagi urush qatnashchilariga 
sanatoriylarda har yili sog‘lomlashtirish kursidan o‘tish o‘rniga yo‘llanmaning 
o‘rtacha narxiga teng ravishda kompensatsiya olish huquqini berish, yolg‘iz va 
kam ta’minlangan keksa fuqarolarni umumiy miqdori 6,4 milliard so‘m hajmidagi 
qishki kiyim komplekti va poyafzal, shuningdek qishga g‘amlash uchun qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlari bilan har yili ta’minlash, Andijon, Buxoro, Samarqand va 
Farg‘ona viloyatlarida ochiq yurakda jarrohlik operatsiyalarini o‘tkazish uchun 
umumiy summasi 9,7 milliard so‘m bo‘lgan hududlararo kardioxirurgik markazlar 
yaratish, tuman (shahar)lardagi barcha tibbiyot birlashmalari va muassasalarini, 
shuningdek barcha viloyatlardagi onkologiya dispanserlarini umumiy miqdori 
108,7 million AQSh dollariga teng bo‘lgan tegishli zamonaviy tibbiyot uskunalari 
bilan jihozlash, keksalar va nogironlarning 23 ta Saxovat va Muruvvat uy-
internatlari moddiy-texnika bazasini umumiy miqdori 207 milliard so‘mga teng 
hajmda mustahkamlash kabi chora-tadbirlar ham keksa avlod vakillari, nuroniylar 
va o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan aholi qatlamlarini ijtimoiy himoya 
qilishga qaratilgan. 
Dasturni moliyalashtirishga 688,2 milliard so‘m yo‘naltiriladi, shuningdek, 
xalqaro moliyaviy tuzilmalarning 108,7 million AQSh dollari hajmidagi kredit va 
grant mablag‘larini jalb etish ko‘zda tutilgan
31
.
31
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Keksalar va nogironlarni 
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2705-son qarori. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari 
to‘plami, 2017 y., 1-son, 10-modda. 


58
Ushbu chora va tadbirlarning amalga oshirilishi keksalar va faxriylarni 
yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan ijtimoiy faoliyatga jalb etishga, ularning ijtimoiy 
faolligini qo‘llab-quvvatlashga, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ishtirokini 
ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga, keksa yoshdagi odamlar, 
imkoniyati cheklangan shaxslar va yolg‘iz keksalarning turmush sharoitlari va 
sifatini oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratishga, manzilli ijtimoiy 
himoyani kuchaytirish va ularga ko‘rsatiladigan yordam turlarini kengaytirishga 
yordam beradi. 
Shuningdek 2017-yil 14-iyulda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Ezgu maqsad” xalqaro xayriya jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-
3135-son qarori
32
bilan “Ezgu maqsad” xalqaro xayriya jamoat fondi tashkil etildi.
Fondning asosiy mablag‘lari jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, 
xorijiy fuqarolar va tashkilotlarning xayriya yordami hamda qonun hujjatlarida 
taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi.
Aholining himoyaga muhtoj qatlamlari salomatligini muhofaza qilish, ularga 
tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirishni ta’minlash, yetim bolalar va ota-ona 
qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoki xavfli guruhga kiradigan bolalar, 
“Mehribonlik”, “Muruvvat”, “Saxovat” uylari va ixtisoslashtirilgan ta’lim 
muassasalari tarbiyalanuvchilariga yordam berishga yo‘naltirilgan kompleks 
chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, 
ko‘p bolali oilalarni qo‘llab-quvvatlash Fondning asosiy vazifalari sirasiga kiradi. 
Fond O’zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari, xorijiy 
fuqarolar va tashkilotlar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, xalqaro tashkilotlarning 
xayriya mablag‘larini jalb etish va jamlash bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi 
hamda ulardan Fond xayriya dasturlarini amalga oshirish uchun maqsadli 
foydalanadi. 
Fondga istisno tariqasida O’zbekiston Respublikasi hududida Fond xayriya 
dasturlari doirasida hisob-kitoblar va to‘lovlarni xorijiy valyutada amalga oshirish, 
Fond xayriya dasturlarini amalga oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy fuqarolar — 
32
http://press-service.uz/uz/lists/view/794 


59
mutaxassislarni mehmonxona va boshqa joylarda joylashtirish xizmatlari uchun 
to‘lovlarni milliy valyutada to‘lashga ruxsat etildi. 
Fond soliqlarning barcha turlari va davlat maqsadli jamg‘armalariga 
majburiy ajratmalardan (Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg‘armasiga majburiy ajratmalar bundan mustasno) va Fond tomonidan chetdan 
keltiriladigan tovarlar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari 
bundan mustasno) ozod qilindi. 
Respublikadagi qator vazirlik va idora hamda tashkilotlarga Fond xayriya 
dasturlari amalga oshirilishini ta’minlashda Fond bilan faol hamkorlik kilish 
tavsiya etildi. 
Shu kabi davlat ijtimoiy dasturlarining amalga oshirilishi natijasida o‘tgan 
davrda aholi salomatligi sezilarli darajada mustahkamlandi, onalar o‘limi — 3,2, 
bolalar o‘limi — 3,4 barobar kamaydi, o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 66 yoshdan 74 
yoshgacha, ayollar o‘rtasida esa 76 yoshgacha uzaydi
33


Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish