Iqtosodiyot


Infilatsiyaga sabab omillar va ularni bartaraf etish



Download 1,57 Mb.
bet7/11
Sana03.06.2022
Hajmi1,57 Mb.
#633436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5212962932853312809

Infilatsiyaga sabab omillar va ularni bartaraf etish

Iqtisоdiy аdаbiyotlаrdа bu yo’qоtish yalpi ichki mаhsulоt (YAIM) hаjmining оrqаdа qоlishi sifаtidа аniqlаnаdi hаmdа u hаqiqiy YAIMning pоtеntsiаl YAIMdаn kаm bo’lgаn hаjmi sifаtidа ko’rinаdi. Ishsizlik dаrаjаsi qаnchаlik yuqоri bo’lsа, YAIM hаjmining оrqаdа qоlishi shunchаlik kаttа bo’lаdi.


Mаkrоiqtisоdiyot sоhаsidаgi tаniqli tаdqiqоtchi А.Оukеn ishsizlik dаrаjаsi vа YAIM hаjmining оrqаdа qоlishi o’rtаsidаgi nisbаtini mаtеmаtik ifоdаlаb bеrаdi. Bu nisbаt iqtisоdchilаr оrаsidа Оukеn qоnuni sifаtidа tаnilgаn bo’lib, аgаr ishsizlikning hаqiqiy dаrаjаsi uning tаbiiy dаrаjаsidаn bir fоizgа оrtiq bo’lsа, YAIM hаjmining оrqаdа qоlishi 2,5% ni tаshkil qilishini ko’rsаtаdi. 1:2,5 yoki 2:5 bo’lgаn bu nisbаt, ishsizlikning hаr qаndаy dаrаjаsi bilаn bоg’liq rаvishdа mаhsulоtning mutlоq yo’qоtilish hаjmini hisоblаsh imkоnini bеrаdi.
Аyrim hоllаrdа milliy mаhsulоtning hаqiqiy hаjmi pоtеntsiаl hаjmidаn оrtib kеtishi hаm mumkin. Bundаy hоl ishsizlik dаrаjаsi tаbiiy dаrаjаdаn hаm pаst bo’lgаn dаvrlаrdа ro’y bеrаdi. Ishlаb chiqаrishgа ishchilаrning qo’shimchа smеnаlаrini jаlb qilish, kаpitаl uskunаlаrdаn o’rnаtilgаn nоrmаtivdаn yuqоri dаrаjаdа fоydаlаnish, ish vаqtidаn оrtiqchа ishlаsh vа o’rindоsh ishlаrdа bаnd bo’lish kаbilаr buning аsоsiy sаbаblаridir.
Ishsizlik – bu nаfаqаt iqtisоdiy, bаlki ijtimоiy оqibаtlаrgа hаm egа bo’lаdi. Turg’unlik (dеprеssiya) fаzаsi ishchi kuchining fаоliyatsizligigа sаbаb bo’lаdi, fаоliyatsizlik esа mаlаkаning yo’qоlishigа hаmdа ijtimоiy vа siyosiy tаrtibsizliklаrgа оlib kеlаdi.
Ishchi kuchi bоzоridа mеhnаt rеsurslаri bir vаqtning o’zidа turli sоhаlаr bo’yichа hаrаkаtdа bo’lаdi. YA’ni, ishchi kuchi аhаmiyatli qismining dоimiy rаvishdа iqtisоdiy fаоl аhоli tаrkibigа qo’shilib, undаn chiqib turishi; ishgа yollаnib, ishdаn bo’shаshi; ish qidiruvchilаr sаfigа tushib qоlishi vа h.k. jаrаyonlаr tаkrоrlаnib turаdi. SHungа ko’rа, ishchi kuchi bоzоridа quyidаgi guruhlаr pаydо bo’lаdi:
- ishchi kuchi tаrkibidаn chiqqаnlаr;
- ishchi kuchi tаrkibigа kiruvchilаr;
- ish qidirishdаn vоz kеchgаnlаr;
- o’z ishini yo’qоtgаnlаr;
- yangi ish bilаn tа’minlаngаnlаr.

Joriy yilning iyun oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Respublika bandlik va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi tomonidan Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan metodika bo‘yicha respublikaning 101 ta shahar va tumanlarida navbatdagi ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi. Unda 490 ta fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, 4,9 mingta uy xo‘jaliklari hamda 25,9 ming nafar fuqaro qamrab olindi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, SOVID-19 pandemiyasi davrida koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilgan karantin chora-tadbirlari mehnat bozoriga sezilarli darajada ta'sir ko‘rsatdi.
O‘tkazilgan tadqiqot natijalari respublikada ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholining 13,2 foiz tashkil etganligini ko‘rsatdi. Bu ko‘rsatkich 2019 yilning shu davrida 9,1 foizga teng bo‘lgan. Ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1,9 mln kishini tashkil etadi (16-30 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida ishsizlik darajasi- 20,1 foiz, ayollar o‘rtasida ishsizlik darajasi esa - 17,4 foiz).
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra mehnat resurslari soni 19 mln kishini tashkil etib, 2019 yilning shu davriga nisbatan 0,6 foizga ko‘paygan bo‘lsa SOVID-19 pandemiyasining iqtisodiyot sub'yektlari faoliyatiga salbiy ta'siri natijasida iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 foizga yoki 671 ming kishiga kamayib, 12,7 mln kishini tashkil qildi.
Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarining rasmiy sektorda band bo‘lgan aholi soni 5,5 mln kishini tashkil qilib, o‘tgan yil shu davrga nisbatan 0,2 foizga yoki 12,4 ming kishiga kamaydi.
Bunda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilgan ayrim cheklov chora-tadbirlar sababli yakka tartibda tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 167,5 ming (46,4 foiz)ga kamayib ketganligi hisobiga yuzaga kelgan bo‘lsa, 131,2 ming ishsizlarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish hisobiga rasmiy bandlar soni keskin kamayish oldi olindi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, respublikadan tashqariga xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketganlar soni 2 mln kishini tashkil etgan, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 553,2 ming, 2020 yilning 1-chorak yakuniga nisbatan esa 232,1 ming kishiga kamaygan.
Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni (xorijda ishlayotgan mehnat migrantlarini hisobga olmaganda) o‘tgan yilga nisbatan 2,1 foizga yoki 105,3 mingga kamayib, 5,1 mln kishini tashkil etmoqda. Bunda asosan vaqtinchalik bir martalik va mavsumiy ishlarni bajaruvchilar (108,4 mingga kamaygan), mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmasdan oilaviy korxonalarda va tadbirkorlarda ishlovchilar (87,6 ming), ro‘yxatdan o‘tmasdan va tegishli ruxsatnomasiz faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar (110,6 ming) soni kamaydi.
Shu bilan birga, karantin chora-tadbirlari davrida uyda o‘tirgan fuqarolar soni oshganligi hamda fuqarolarning shaxsiy tomorqalarni rivojlantirish uchun Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan subsidiyalar berish dasturi hajmi keskin ortganligi uchun dehqon va shaxsiy tomorqalarda band bo‘lganlar soni 201,1 mingga ortgan.
Tadbirkorlik sub'yektlari va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga mehnat stajini hisobga olish va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi berilishi norasmiy sektorda bandlar ulushini kamaytirish imkoniyatini bermoqda.
Respublikada iqtisodiy nofaol aholi soni 2019 yil mos davriga nisbatan 4,5 foizga oshgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tkazilgan tadqiqot davomida tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish sohasi vakillari karantin chora-tadbirlari davrida vaqtinchalik o‘z faoliyatlarini to‘xtatib turishlarini va cheklovlardan so‘ng qayta tiklash niyatini bildirib, boshqa faoliyat bilan shug‘ullanmaslikni afzal ko‘rayotganligi sababli oshganligini ko‘rsatdi.
2020 yilning yanvar-iyun oylarida, ayniqsa SOVID-19 pandemiyasining mehnat bozoriga salbiy ta'sirini yumshatish maqsadida mehnat organlari tomonidan 588,2 ming(30 yoshgacha bo‘lganlar 159,9 ming va ayollar 229,4 ming) ishsiz va band bo‘lmagan aholiga xizmatlar ko‘rsatildi.
Xususan, 501,1 ming nafari doimiy ish o‘rinlariga ishga joylashtirish va jamoat ishlariga jalb qilish orqali bandligi ta'minlandi, 15,0 ming nafar ishsizlar kasb-hunarga o‘qitildi, 27,0 ming nafar ishsiz shaxslarga Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan 10,1 mlrd. so‘m ishsizlik nafaqasi to‘lab berildi.
Shuningdek, Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan ajratiladigan subsidiyalar hisobiga 24,8 ming nafar fuqaro shaxsiy tomorqalarida, 15 ming nafar fuqaro qishloq xo‘jaligi, tikuvchilik va hunarmandchilik kooperativlarida a'zo sifatida biriktirilib, band qilindi, 3 ming nafar fuqaro tadbirkorlikka jalb etildi, 256 ta ish beruvchiga mehnat organlari yo‘llanmasi bilan ishga olingan 2,3 ming nafar ishsizlarning kasbiy malakasini oshirganligi va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini ishga olganligi uchun moddiy ko‘mak ajratildi



Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish